O‘qituvchi va murabbiylar mehnatini hech narsa bilan o‘l- chab, qiyoslab bo‘1maydi. Yurtimizda har yili 1- oktabr sanasini O‘qituvchilar va murabbiylar kuni sifatida umumxalq bayrami deb e’lon qilinganligi xalqimizning ustozlarga azaliy hurmat-eh- tiromining yaqqol namunasidir.
(Islom Karimov)
topshiriq. Berilgan tayanch so‘zlar asosida ustozlaringizni ta’riflang. Qaysi ustozingizni nima uchun yaxshi ko‘rishingizni ayting
Tayanch s o ‘ z l a r:mehribon, aqlli, shirinso‘z; o‘qish, yozish, rasm chizish; tartibli, ahil, do‘st, maslahat; o‘rgatmoq, bermoq. topshiriq. Matnni o‘qing. Birinchi o‘qituvchingiz haqida so‘zlab bering.
Birinchi o‘qituvchim
Har bir insonning ilk ustozi uning birinchi o‘qituvchisi bo‘ladi. Hammamiz ham qo‘limizga birinchi marta qalam tut- qazib, yozishni, o‘qishni o‘rgatgan o‘qituvchimizni hech qa- chon unutmaymiz. O‘qituvchilar bizga bilim beribgina qolmay, tarbiya ham berishadi. Shuning uchun odobli bolalarga kattalar 14„Ustozingga rahmat!“ deyishadi. Bu o‘quvchilarga ustozlarning ta’siri nihoyatda kuchliligidan. Xalqda „Ustoz — otangdan ulug‘“ deyilishining sababi ham shundadir.