7-sinf O'zbek tili - Konspekt (2018-2019) @sadikov uz
Yangi mavzu bayoni:
topshiriq. Matnni o‘qing, savollarga javob bering.
Til barcha asrlarda xalqlar o‘rtasidagi eng asosiy muloqot vositasi bo‘lgan. Kimki boshqa millat va xalqlar tilini bilsa, u shu xalqning dilini ham tushunadi. Xalqlar o‘rtasidagi birlik, ahillik, mehr-oqibat va hurmat til bilishdan boshlanadi. O‘zbek xalq shoiri G‘afur G‘ulom ko‘p til bilishning xosiyati haqida shun- day deb yozgan edi: „Hayotda ko‘p tilni bilish chuqur bilim ol- moqchi bo‘lgan yoshlar uchun juda zarur. Ingliz, nemis, fransuz yoki italyan tillarini bilish dunyo madaniyati xazinasiga yo‘l ocha- di. Shekspirni, Bayronni, Shillerni, Gyugoni, Gyoteni, Danteni asl nusxasida o‘qiy olish katta fazilat-ku!“
Savollar:
Boshqa tillarni bilishning qanday foydasi bor?
G‘afur G‘ulom ko‘p til bilish haqida nima degan?
Siz qaysi tillarni o‘rganyapsiz?
Bilib oling!
Juft so‘zlar -u(-yu)yuklamasi bilan bogTangan- da, so‘zlar orasiga chiziqcha qo‘yilniaydi. Masalan: ona- bola — ona-yu bold, bog‘-bo‘ston — bog‘-u bo‘ston kabi.