topshiriq. Rasmni kuzating. Berilgan tayanch so‘zlar ishtirokida gaplar tuzing va til bayrami taassurotlari haqida o‘zaro suhbatlashing.
Tayanch so‘z va birikmalar: katta zal, bezatilgan sahna, bayramona kiyingan o‘quvchilar, Navoiy portreti, til bayrami. mashq. Matnni o‘qing. Ajratib ko‘rsatilgan gaplarni ko‘chiring.
O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tilidir. 1989- yil 21- oktabrda „Davlat tili to‘g‘risida“gi Qonun qabul qilindi.
Ushbu qonun milliy qadriyatlarimizni tiklash va rivojlantirish uchun juda katta imkoniyatlar berdi. O‘zbek tili mustaqil dav- latimizning bayrog‘i, gerbi, madhiyasi qatorida turadigan, qonun yo‘li bilan himoya qilinadigan muqaddas timsollaridan biriga aylandi.O‘tgan davr mobaynida davlat tilining hayotimizdagi o‘rni va ta’sirini kuchaytirish yo‘lida g‘oyat ulkan ishlar amalga oshirildi. Istiqlol yillarida o‘zbek tilining qo‘llanish doirasi ni- hoyatda kengaygani, uning xalqaro miqyosda ham muloqot vositasiga aylanib borayotgani juda quvonarlidir. Tilga e’tibor — elga e’tibor, deydilar. (Islom Karimov. ,, Yuksak ma’naviyat — yengilmas kuch“ asaridan) topshiriq. Savollarga javob bering va shu mavzuda suhbatni da- vom ettiring. „Davlat tili to‘g‘risida“gi Qonun qachon qabul qilingan?
„Tilga e’tibor — elga e’tibor“ maqoli nimani anglatadi?