Yangi mavzu bayoni:
topshiriq. Berilgan rasmlar asosida suhbatlashing. Har biriga o‘z munosabatingizni bildiring
mashq. Matnni o‘qing. Ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarni zid ma’noli so‘zlar bilan juftlab yozing va ularga ta’rif bering.
Insoniy fazilatlar
To‘g‘riso‘zlik, xushmuomalalik, mehnatsevarlik, kamtarlik, rahmdillik, bilimdonlik, halollik, saxiylik kabi xislatlar yuksak insoniy fazilatlar hisoblanadi. Bunday fazilatlarga ega insonlar jamiyatda hurmat qozonadi, boshqalar oldida e’tiborga ega bo‘- ladi. Komil inson bo‘lish uchun kishi o‘zida yoshlikdan ushbu fazilatlarni tarbiyalab borishi kerak. Maqtanchoqlik, yolg‘onchi- lik, hasadgo‘ylik, o‘zgalarni mensimaslik insonni obro‘sizlantira- di. Shuning uchun hamisha to‘g‘riso‘z, g‘amxo‘r va kamtar bo‘- ling. „Kamtarga kamol, manmanga zavol“, deydi dono xalqimiz.
Bilib oling!
Sifatlar tub va yasama bo‘ladi. Yasama sifatlar ot va fe’l asoslariga so‘z yasovchi qo‘shimchalarni qo‘shish orqali yasaladi
mashq. Berilgan so‘zlardan tub va yasama sifatlarni ajratib yozing.
Ko‘rkam, sezgir, ozg‘in, yangi, to‘g‘ri, katta, shirin, chiroyli, ziyrak, past, toza, rostgo‘y, ulkan, jasur, tiniq, keng, qotma, baxil, baxtli, chaqqon, qizg‘anchiq, saxiy, erinchoq, mug‘ambir, intizomli, samimiy.
mashq. Berilgan otlarga mos qo‘shimchalarni qo‘shib, sifatlar yasang.
Ish, harakat, baxt, hosil, tartib, mazmun, daraxt, gul, chi- roy, aql.
mashq. Berilgan so‘zlarga darajalarni bildiruvchi so‘zlarni qo‘- shib, namunadagidek darajalab yozing.
N a m u n a: Qurilishlar — ulkan qurilishlar, g‘oyat ulkan qurilishlar.
Bayram, taassurotlar, ko‘prik, liboslar, shahar, mahalla, inson, bola, ustoz, o‘quvchi, maslahat, daraxt.
mashq. Matnni o‘qing. Sifatlarni aniqlab, ma’nosini tushuntiring.
Farosatlilik va farosatsizlik
Farosatlilik va farosatsizlikni ko‘chada ham, kattalar bilan muomalada ham, o‘qishga, ishga munosabatda ham, kiyinish, yurish-turishda ham uchratish mumkin. Farosatli kishilar hush- yor, ziyrak, atrofdagilarga e’tiborli, xushmuomala bo‘ladilar. Ular birovning dilini og‘ritmaydilar. Farosatsiz insonlar esa be-fahmlik bilan ish yuritadilar. Katta va kichikni farqlamaydilar. Farosatlilik kishilarda hurmat-ehtirom, mehr-oqibat, iliqlik, yaxshi kayfiyat, ishonch kabi tuyg‘ularni uyg‘otadi. Farosatsizlik esa boshqalarga nisbatan g‘azab-nafrat, shubha-gumon paydo qiladi
mashq. Matndan avval yaxshi xulqqa oid fazilatlarni, so‘ngra yomon xulqqa oid odatlarni ko‘chirib yozing.
Yaxshi xulq — yaxshi husn
Yaxshilikning katta-kichigi bo‘lmaydi. Bir odamga ochiq chehra bilan muomala qilish, keksalarni ko‘chaning narigi betiga o‘tkazib qo‘yish, jamoat transportlarida ularga joy bo‘shatib berish ham insoniy fazilatlardir. Bir og‘iz shirin so‘z kishiga qanchalik xursandchilik bag‘ishlasa, noo‘rin aytilgan sovuq gap odamning dilini shunchalik vayron qiladi. Kishi qaysi kasb egasi yoki qanday yoshda bo‘lishidan qat’i nazar, odamlar bilan yaxshi munosabatda bo‘la olmasa, u kasbini ham, qadrini ham yo‘qotadi. Odam samimiyligi bilan obro‘ topadi. O‘ylamasdan aytilgan so‘zlar, quruq va’dalar kishi obro‘sini ketkizadi. Xushmuomala bo‘lish madaniyatlilik belgisidir.
(Shukrullo)
topshiriq. Matnlarni o‘qing. Har biriga o‘z munosabatingizni bil- dirgan holda berilgan savollarga javob bering.
Nozima avtobusda o‘tirib ketayotgan edi. Bekatdan bir kishi avtobusga chiqdi. Nozima u kishiga joy berdi va o‘zi o‘rtog‘i Munisaning yoniga borib turdi. Shunda Munisa sekingina No- zimadan so‘radi: „Nega joy berding, o‘qituvchingmi?“
Ayting-chi, Munisa kimlarga joy berish kerak deb o‘ylar ekan?
Dostları ilə paylaş: |