O'quv- sport ishlarini tashkil qilish. Reja



Yüklə 24,14 Kb.
səhifə2/5
tarix15.04.2023
ölçüsü24,14 Kb.
#125423
1   2   3   4   5
O\'quv- sport ishlarini tashkil qilish

Tayyorgarlik buyicha-suzishni bilmaydiganlar, bo'sh suzadiganlar, o'zicha yaxshi suzadiganlarga bo'linadi.
O'quv; sport darajasiga ega butmagan cuzuvchilar III va II darajalilar; 1-darajalilar va sport ustalari sportni takomillashtirish gruppalariga jalb qilinadi.
Bitta o'qituvchiga quyidagi miqdorda shogirdlar bilan shug'ullanish tavsiya qilinadi.
- suzishni bilmaydiganlar, yomon biladiganlar va o'zicha suza oladiganlar o'quv va o'quv sog'lomlashtirish guruhlarida 12-15 kishidan ko'p bo'lmasligi kerak.
Mashg'ulotlar haftasiga 2-3 marta, suvda 30-45 minut davomida o'tkaziladi.
- Sportcha suzish texnikasini o'zlashtirganlar o'smirlar va III darajalilardan iborat o'quv-trenirovka guruhi 8-10 kishidan ko'p bo'lmasligi kerak.
Mashg'ulot bir haftada 3-4 marta, suvda darslar 45-60 minut davom etadi.
- II darajali suzuvchilardan iborat o'quv trenirovka gruppasi 6-7 kishidan ko'p bo'lmasligi kerak.
Mashg'ulot bir haftada 4-5 marta o'tkazilib, ularning har biri 60-90 min davom etadi.
- I darajali va sport masterlaridan ibort takomiliashtirish guruhida 4-6 kishi shug'ullanadi.
Mashg'ulotlar haftasiga 6,9.12 marta o'tkazilib, suvdagi darslarning davom etishi 90-120 minutni tashkil etadi.
Ommaviy cho'milish joylarida aholi punktlarida shaharlarda, shahar chekkalarida, dam olish uylari joylashgan manzillarda yilning yoz faslida aholini suzishga o'rgatish o'quv punktlari uyushtiriladi. Oromgohlarda bolalarni suzishga otryadlar bo'yicha o'rgatiladi.
Sportcha suzish maktabida yoshiga qarab suza oladiganlardan tuzilgan o'quv guruhlari sportcha suzishga o'rgatiladi.
Ayrim sport maktablarida doimiy ishlaydigan o'rta guruh 11-12, 13- 14, 15-16 yoshlardan iborat terma komanda guruhlari fakultet va har bir kurs buyicha tuzilib ularga suzishni istovchi talabalar kiritiladi.
Shahar sport komiteti va tashkilotlari tomonidan uyushtiriladigan yoshlar sporti maktablarida suzish sporti dasturiga muvofiq kelajagi porloq bolalar va shaharning eng kuchli suzuvchilari bilan o'quv sport ishlari olib boriladi.



Yüklə 24,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin