42
19.3.Korxonalarni boshqarishning integratsion tizimlari bozori.
19.4.Korporativ informatsion tizimlar bozoridagi yangi tendensiyalar.
Qo‘llaniladigan pedagogik texnologiyalar:“Blits so‘rov”, “Klaster” usullari.
19-mavzu bo‘yicha tavsiya etilgan adabiyotlar
1. M.YU. Isakov. Korxonalarning rivojlanish strategiyasi. Ma’ruza matnlari. -
TDIU, 2016. – 8-18 b.
2. Prosvetov G.I. Strategiya predpriyatiy. Uchebnoe posobie. – M.: «Alfa-
Press», 2010.
3. Ekonomika predpriyatiya. Uchebnik dlya VUZov. 3-e izdanie /Pod. red.
V.YA.Gorfinkelya, V.A.SHvandara. - M.: YUniti-Dana, 2013.
4. O.I. Volkov, Ekonomika predpriyatiya, Uchebnik. M., “INFRA-M”, 2015.
5. Abdukarimov I.T. va boshqalar Korxona iqtisodiy salohiyati tahlili. T.:
«Iqtisodiyot va huquq dunyosi» nashriyot uyi, 2013.
________________________________________________
MAVZULAR BO‘YICHA MATN ANNOTATSIYASI VA
OXIRGI YANGILIKLAR
43
1-mavzu “Korxonalarning rivojlanish strategiyasi” fanining predmeti va vazifalari
1.1. “Korxonalarning rivojlanish strategiyasi”- fan va o‘quv kursi sifatida.
1.2. Kursning tuzilishi va uning iqtisodiy fanlar tizimida tutgan o‘rni hamda boshqa
o‘quv fanlari bilan bog‘liqligi.
1.3. Kursning bozor iqtisodiyoti sharoitiga va islohotlar talabiga xos vazifalari.
1.1. “Korxonalarning rivojlanish strategiyasi”- fan va o‘quv kursi sifatida
“Borliq ongni belgilaydi” iborasi ma’lum bir jihatlari bilan har bir inson hamda
jamiyat hayoti va iqtisodiyotning tuzilishini anglatadi. SHu sababli iqtisodiyotning oila
o‘chog‘i miqyosida, shuningdek, korxona, tarmoq va butun xalq xo‘jaligi miqyosida ko‘rib
chiqilishi bejiz emas. So‘nggi holatda gap makroiqtisodiyot haqida, uning tendensiyalari,
qonuniyatlari haqida borib, unda ko‘rib chiqiladigan muammolar ba’zi hollarda korxona
iqtisodiyotidan sezilarli ravishda farqlanadi.
“Iqtisodiyot” atamasi birinchi bor Aristotel tomonidan kiritilgan hamda odamlarning
tovar ishlab chiqarish va ayirboshlashdagi xo‘jalik faoliyatini anglatgan. Tovar ishlab
chiqarish, ayirboshlash va realizatsiya qilish tizimi qanchalik yaxshi tashkil qilingan bo‘lsa,
iqtisodiyot ko‘rsatkichlari va aholining turmush tarzi, resurslarsdan oqilona foydalanish,
bahoni shakllantirish, soliqqa tortish, samarali qo‘llanuvchi boshqaruv tizimi kabi omillarni
hisobga olgan holda, shunchalik yuqori bo‘ladi.
Iqtisodiyotning inson va jamiyat hayotidagi o‘rni va ahamiyatiga o‘z vaqtida A.Smit
yuqori baho berib, u insonni “homo economicus” - “iqtisodiy odam” deb atagan.
Haqiqatdan ham, har bir odam iqtisodiyotning mohiyatini, hayot ne’matlari nimalar evaziga
berilishini anglamaguncha, mablag‘larni ishlab topish va ulardan samarali foydalanishni
o‘rganmaguncha, oila miqyosi va undan yuqori darajadagi iqtisodiyot uchun ma’qul
keluvchi sifat va miqdor parametrlariga ega bo‘ladi, deb o‘ylash noto‘g‘ri bo‘lar edi.
Demak, iqtisodiyot parametrlari (ham salbiy, ham ijobiy) avvalo insonlar harakati va
faoliyatining, oqilona ho‘jalik yuritish, moddiy boyliklarni ishlab chiqarish, ayirboshlash va
taqsimlashni samarali olib borish qobiliyati natijasida yuzaga keladi.
Iqtisodiyot inson hayotining moddiy, ma’naviy, fiziologik va boshqa ehtiyojlari bilan
bog‘liq bo‘lgan har bir jabhasini qamrab oladi. Oila qurish, kelajak avlodni tarbiyalash,
zaruriy turmush tarzini ta’minlash uchun odamlarga oziq-ovqat, kiyim-bosh, turarjoy va
boshqa vositalar kerak bo‘ladi. Bu predmetlar, qoidaga ko‘ra, iqtisodiyotning turli
tarmoqlaridagi korxonalarda ishlab chiqariladi. SHu sababli iqtisodiyotning, ayniqsa,
avvalgi ma’muriy-buyruqbozlik tizimidagi rejali iqtisodiyotdan farq qiluvchi bozor