O’quv-uslubiy majmua та’lim sohasi: 230000 Iqtisod Mutaxassislik



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə47/137
tarix08.11.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#131404
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   137
Toshkent moliya instituti korxonalarni rivojlantirish strategiya-hozir.org

45 
xarajatlarni minimallashtirish va daromad(foyda)ni maksimallashtirish deyarli har bir
korxonaning asosiy vazifasi hisoblanadi.
Fanning predmeti bozor munosabatlari sharoitlarida korxonalar faoliyatining nazariy
va amaliy asoslarini, korxonalar faoliyatida iqtisodiy qonuniyatlarning namoyon bo‘lishini,
shuningdek, ularning ishlab chiqarish va xo‘jalik faoliyati samaradorligini reurslardan
oqilona foydalanish, ratsional boshqaruv, investitsion va tadbirkorlik faolligi asosida
oshirish yo‘llarini aniqlash bilan ifodalanadi.
Fanning predmetini tashkil qiluvchi eng asosiy muammo va masalalar qatoriga
quyidagilarni kiritish mumkin:
*
bozor munosabatlarida korxonaning roli, o‘rni va xatti-harakatlari hamda
davlat idoralari bilan o‘zaro aloqalari;
*
korxonaning tashkiliy strukturasi va boshqaruv mexanizmi;
*
ishlab chiqarishni rejalashtirish va prognozlashtirish;
*
korxonaning innovatsion va investitsion faoliyati;
*
resurs korxonaning salohiyati va resurslardan foydalanish;
*
ishlab chiqarish faoliyati samaradorligini baholash va tahlil qilish;
*
korxonaning tijorat sirlari va iqtisodiy xavfsizligi.
YUqoridagi va boshqa savollar o‘zgaruvchanlik dinamika asosida o‘rganilib,
zamonaviy korxonalarni boshqarishning turli shakl va usullari vujudga kelishi va yo‘qolib
ketishining tarixiy sabablari aniqlanadi. Bunday muayyan tarixiy yondashuv ushbu fanni
o‘rganishning muhim metodologik holatlaridan biri hisoblanadi.
Fanning maqsadi ta’lim olayotganlarga amaliy iqtisodiy bilimlarni, shuningdek,
mustaqil fikrlash hamda olingan axborotlar va mustaqil o‘rganish yordamida korxona
iqtisodiyoti muammolari(masalalari) bo‘yicha qaror qabul qilish ko‘nikmalarini
singdirishdadir. YAnayam aniqroq aytadigan bo‘lsak, gap bo‘lajak mutaxassislarni ishlab
chiqarishni tashkil qilish, rejalashtirish va boshqarish vazifalarini malakali tarzda hal qilish,
korxonaning xarajat va daromadlari qanday yuzaga kelishi hamda ishlab chiqarish
samaradorligini oshirish imkoniyati mavjud bo‘lgan yo‘llarni topish haqida bormoqda.
Biroq shuni ham unutmaslik kerakki, istalgan bilimlar doimo to‘ldirib va
mukammallashtirib borilmas ekan, eskirib qolishi hamda korxonalar hayotida vujudga
keluvchi turli xil vazifalarni hal qilishga yaramay qolishi mumkin. Gap shundaki, fan-
texnika va iqtisodiyotning rivojlanishi qo‘shimcha bilimlar chegarasini kengaytiradi hamda
korxona xodimlarining hozirgi kun talablariga javob beruvchi bilim, ko‘nikma va malakaga
ega bo‘lishlarini talab qiladi. SHu sababli olingan axborotlar, o‘rganilgan formula, atama va
kategoriyalar bilan cheklanib qolish yaramaydi. Ularni doimiy ravishda to‘ldirib, fan va
xo‘jalik amaliyotining so‘nggi yutuqlari asosida rivojlantirib borish lozim. Olingan bilimlar
faqat shu asosdagina amaliyotda qo‘llanib, jamiyatning bevosita ishlab chiqarish kuchiga
aylanishi mumkin.
«Korxonalarning rivojlanish strategiyasi” fan sifatida boshqa iqtisodiy fanlar bilan,
jumladan, «Iqtisodiy nazariya», «Mikro va makroiqtisodiyot», «Sanoat iqtisodiyoti»,
«Lizing», «Korxonalarda ishlab chiqarishni tashkil qilish», «Xom ashyo etkazib berish va
mahsulotni sotishni o‘rganish» bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, unda korxonalarning
tashkiliy tuzilmasidan tashqari joriy va istiqboldagi ishlab chiqarishni rejalashtirish, mehnat
iqtisodiyoti va sotsiologiyasi o‘rganiladi hamda mehnatni tashkil qilish va haq to‘lashning
asoslari ishlab chiqiladi.

Nazorat uchun savollar






46 
1. Bozor iqtisodiyoti ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan avvalgi iqtisodiyotdan
nimasi bilan farqlanadi?
2. Ishlab chiqarish (sanoat) korxonasi bozorning xo‘jalik yurituvchi boshqa
sub’ektlaridan qaysi xususiyatlari bilan farqlanadi?
3. Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida korxonalar faoliyatining maqsadi nimada?
4. Korxonaning bozor va ishlab chiqarish aloqalarini ochib bering.
5. Raqobatchilik korxona faoliyatiga qay tarzda ta’sir o‘tkazadi?
6. Zamonaviy korxonalarning faoliyati qaysi qonun hujjatlariga asoslangan?
Korxonalar faoliyatiga bevosita ta’sir qiluvchi muayyan qonunlarni sanab o‘ting.
7. Iqtisodiy siyosat, iqtisodiy muhit va iqtisodiy fanlarning o‘zaro aloqalarini
ko‘rsatib bering.
8. Korxonaning iqtisodiy faoliyati bilan shug‘ullanuvchi zamonaviy mutaxassis
qanday xislatlarga ega bo‘lishi lozim?





Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin