Oriental Unversiteti Pedagogika bòlimi Pedagogika Psihologiya yònalishi 7guruh


IV. Alkogol iste’mol qilishga moyil bo‘lgan bolalar bilan ijtimoiy-pedagogik faoliyat yuritish tuzilmasi



Yüklə 110,5 Kb.
səhifə5/8
tarix11.11.2023
ölçüsü110,5 Kb.
#131582
1   2   3   4   5   6   7   8
Sipirtli ichimliklar

IV. Alkogol iste’mol qilishga moyil bo‘lgan bolalar bilan ijtimoiy-pedagogik faoliyat yuritish tuzilmasi
Ijtimoiy-pedagogik faoliyat – bu aniq bir bolaga uning individual muammolarini hal etish uchun yordam ko‘rsatishga qaratilgan faoliyatdir.
Ijtimoiy-pedagogik faoliyat quyidagi prinsiplarga tayanadi:

  • bolaga individual-shaxsiy yondoshish

  • bola shaxsining ijobiy tomonlariga e’tiborni qaratish

  • bolaga yondoshishning obyektivligi

  • konfedensialligi3

ijtimoiy-pedagogik faoliyat har qanday boshqa faoliyat kabi o‘z tuzilishiga ega va quyidagi tarkibiy qismlardan tashkil topgan: maqsad, subyekt, obyekt, funksiyalari, metodlari, shakllari, spirtli ichimlik ichishga odatlangan bolalar bilan ijtimoiy-pedagogik faoliyat olib borishning tuzilishi har bir tarkibiy qismi mazmuni bilan tanishib chiqamiz.
Birinchi - tashkiliy qismi. Alkogolizmga odatlangan o‘smirlar bilan ijtimoiy-pedagogik faoliyatning maqsadi bolalarda alkogolizmni rivojlantirishga imkon beruvchi salbiy omillarni yo‘qotishga qaratilgan.
Birinchi omili – individual psixologik hisoblanadi, bu shaxsiy xislatlari buzilishiga, sabablilik doirasining zararlanishini o‘z ichiga oladi. O‘smirning munosabatlar ko‘nikmalari rivojlanmagan, pedagogik qarovsiz, psixik rivojlanishi (ZPR) ortda qoladi.Ikkinchi omil – individual-somatik – spirtli ichimlik ichishga odatlangan bolada nasliy somatik kasalliklar bo‘ladi, ular jismoniy kasalliklar rivojlanishdan ortda qolishga olib keladi.
Uchinchi omil – ijtimoiy-maktabdan tashqari, bu kattalar tomonidan bola huquqlari buzilishini, bola qarovsiz qolganini yoki kattalar bolani haddan tashqari qattiq tarbiyalash bilan shug‘ullanishlarini anglatadi, yoki bolani noqonuniy harakatlarga jalb etadilar, oilaning ijtimoiy mavqei past, oilaviy o‘zaro munosabatlar yomon bo‘ladi.
To‘rtinchi omil – ijtimoiy maktab, ya’ni sinfdagi yomon ta’sir qiluvchi psixologik muhit, o‘quv guruhining (sinfning) past ijtimoiy mavqei. Bu omillar bolaga ta’sir ko‘rsatadi, unda spirtli ichimliklarga bog‘lanib qolishni rivojlantiradi. Shuning uchun, ijtimoiy-pedagogik faoliyat bolaning ijtimoiylashishini qiyinlashtiruvchi omillarni yo‘qotishga qaratilgan bo‘lishi kerak.
Ijtimoiy-pedagogik faoliyatning maqsadlarini quyidagi vazifalarni hal etish bilan amalga oshirish mumkin:

  1. Ma’lum bir o‘smirga faol yordam ko‘rsatish va himoyalash usullarini yaratish.

  2. O‘smirda ijobiy qadriyatli yo‘nalishlar shakllantirish

  3. O‘smirni ijtimoiy-foydali faoliyatga jalb etish.

  4. Faol shaxsni tarbiyalash. Unga fuqarolik, oilaparvarlik sifatlarini rivojlantirib, o‘ziga to‘g‘ri baho berishini shakllantirib tarbiyalash kerak.

  5. Bolaning jismoniy va psixik sog‘lomligini mustahkamlab borish.

  6. Bolaning huquqiy madaniyati asoslarini shakllantirish.

  7. Qiyin vaziyatlarda yo‘l topa bilish ko‘nikmalarini shakllantirish.

Ikkinchi tarkibiy qism – bu uning subyekti. Faoliyat subyekti ijtimoiy-pedagogik hisoblanadi, lekin undan tashqari maxsus ishlar bo‘yicha mutaxassislar ham valeolog, psixolog va ota-onalar ealb etilishi mumkin.
Uchinchi tarkibiy qismi – bu obyektdir, butun ijtimoiy-pedagogik faoliyat tashkil etiladigan obyekt. Faoliyat obyekti alkogolizm jarayoniga turli darajalarda berilgan bolalar hisoblanadilar.
To‘rtinchi tarkibiy qism – faoliyat vazifalari, bu vazifalarni faoliyat subyektlari bajaradilar: ijtimoiy-pedagog, ijtimoiy ishlar bo‘yicha mutaxassis, valeolog, psixolog, ota-onalar.
Ijtimoiy-pedagogning faoliyati vazifalari quyidagilardan iborat:

  1. Ijtimoiy-pedagogik- ijtimoiy aloqalar va munosabatlarni yo‘lga quyishda bolaga va oilaga yordam ko‘rsatish, bolaning rivojlanishi uchun qulay ijtimoiy muhit yaratish.

  2. Ijtimoiy-o‘qitish vazifalari – bolaga ichkilikbozlik muammolari haqida bilimlarni egallab olishga yordam ko‘rsatish hamda ichkilikbozlikka berilish jarayoniga qarshi turish ijtimoiy mahoratlari va ko‘nikmalarini egallashiga yordam ko‘rsatish.

  3. Huquqiy-himoyalanish vazifalari, bu vazifa alkogolizmga berilgan bolaning huquqlarini himoya qilishni va rioya qilishni ko‘zda tutadi.

Ijtimoiy ishlar bo‘yicha mutaxassis quyidagi vazifalarni bajaradi:

  1. Ijtimoiy turmush – oila va bolaga turmush, tura rjoy sharoitlarini yaxshilashda yordam ko‘rsatish va qullab-quvvatlash.

  2. Ijtimoiy-iqtisodiy - spirli ichimlik ichadigan bola yashaydigan oilaga moddiy yordam ko‘rsatishda ishtirok etishini ko‘zda tutadi.

Valeolog ijtimoiy-tibbiy vazifalarni bajaradi, bu spirtli ichimlik ichadigan bola sog‘lig‘ini saqlash bo‘yicha ishlarni ko‘zda tutadi.
Psixolog ijtimoiy-psixologik vazifalarni amalga oshiradi, bu ishlar turli xildagi testlardan o‘tkazishni, bola va ota-onalarga maslahatlar berishni ko‘zda tutadi. Bolaning ota-onalari bola shaxsi shakllanishi va rivojlanishi bo‘yicha tarbiyaviy vazifalarni amalga oshirishlari kerak.
Faoliyatning beshinchi tarkibiy qismi metodlar hisoblanib, ular uning turli subyektlari faoliyatlariga, bolaning yoshi xususiyatlariga, uning alkogolizm jarayoniga berilganliklari darajasiga bog‘liq bo‘ladi.
Faoliyat tuzilishining oltinchi tarkibiy qismi - aniq metodlarga binoan belgilanadigan metodlarni amalga oshirish shakllari.
Ijtimoiy-pedagogik faoliyatning ushbu texnologiyasi kompleks hisoblanadi, chunki bir maqsadga erishishga harakat qiluvchi turli mutaxassislarni ishlarini birlashtiradi.



Yüklə 110,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin