Қорин чурралари


ChURRALARNI DAVOLAShNING UMUMIY QOIDALARI



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/35
tarix19.10.2022
ölçüsü0,73 Mb.
#118423
növüРеферат
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   35
орин чурралари (1)

 


ChURRALARNI DAVOLAShNING UMUMIY QOIDALARI 
Churralarni faqatgina operativ usulda bartaraf etish mumkin. Operativ davolashning asosiy 
qoidalari har bir churra uchun alohida yondoshish va differensial holatda churrani operatsiya qilish 
usulini tanlashdir. Buning uchun churraning shakliga, kelib chiqishidagi sharoitiga, qorin devori 
to‟qimalarining holatiga, churra darvozasi hajmiga hamda bemorning yoshiga alohida e‟tibor berish 
zarur, qorin churralarining operatsiyasi mumkin kadar oddiy va kam jaroxatli bo‟lishi lozim. Shu 
bilan bir qator da tanlangan usul davolashda radikal usul bo‟lishi kerak. 
Churrani kesish – bu juda yuqori maxorat talab qiladigan operatsiyadir. Shuning uchun 
soglikni saklash tizimi oldidagi asosiy maqsad – operativ davolashning sifatini ko'tarish va 
jarrohlarning kasbiy maxoratini ko'tarish bugungi kunning talabidir. 
Hozirgi kunda plastika qilish usullarining besh xil turi mavjud: 
1) fassial – aponevrotik usul; 
2) mushak – aponevrotik usul; 
3) mushak usuli; 
4) biologik yoki sintetik materiallar bilan plastika qilish; 
5) qo'shma (autodermal va yot to‟qimalar yordamida kombinasion plastika qilish). 
Dastlabki uch usul autoplastik usullar, kolagan ikki usul esa alloplastik usullardir. 
Fassial–aponevrotik usul – eng muhim usul bo‟lib, qorin devorining topografoanatomik 
munosabatlarini yaxshi tiklaydi. 
Bu usul quyidagicha o‟tkaziladi: 
1. Aponevroz qirralarini bir-biriga birlashtirib choq qo'yish. 
2. Churra darvozasini aponevrozdan dublikatura hosil qilib bartaraf qilish. 
3. Churra darvozasini aponevrozdan yoki fassial laxtak dublikatura hosil qilib bartaraf qilish. 
4. Churra darvozasini bartaraf qilishda erkin autolaxtaklardan foydalanish. 
Eng ko‟p tarqalgan usul – bu aponevrozdan dublikatura hosil qilib plastika qilishdir. 
Aponevrozning qirralarini taranglashtirmay bir-biriga tikish operatsiyadan keyin yaxshi chandiq 
bo‟lishiga olib keladi. Sho‟nga misol Martыnov, Ru, Opel usulining chov churralarida, Meyo 
usulining kindik churrasida, Napalkov, Vishnevskiy, Martыnov usullarining operatsiyadan keyingi 
churralarda qo'llanilishidir. 

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin