-xoʻr
|
- Asosdan anglashilgan narsalarni kоʻp va tez-tez iste’mol qiluvchi: choyxoʻr, goʻshtxoʻr, qimizxoʻr
|
-paz
|
- Asosdan anglashilgan ovqatni pishirish, tayyorlash bilan shugʻullanuvchi: somsapaz, kabobpaz, mantipaz
|
-soz
|
- Asos anglatgan narsani yasash, sozlash, tuzatish bilan shugʻullanuvchi: aravasoz, soatsoz, kemasoz
|
-doʻz
|
- Asos anglatgan narsani tikish, yaratish bilan shug'ullanuvchi: etikdoʻz, kashtadoʻz, mahsidoʻz
|
-kash
|
- Asos ifodalagan narsa bilan shug'ullanish, ish-harakatni shu
|
с) So’zga so’z qo’shib yangi so’zlar hosil qilish:
Ikki mustaqil so’zning birikib yasalishidan qo’shma, juft va takroriy so’z hosil bo’ladi. Qo’shma so’z: sadarayhon, sotib oldi, tuyaqush, soddadil, biroz, bir nafas, birpas.Juft so’z: qozon-tovoq, achchiq-chuchuk, achchiq-tiziq, bola-chaqa, katta-kichik;Juft so’z yangi lug`aviy ma’no anglatsa, yasama so’z hisoblanadi: bordi-keldi (aloqa), issiq-sovuq (ahvol), quyuq-suyuq (ovqat).Mas., chol-ampir so’zining ma’nosi chol va kampir,aka-uka so’zining ma’nosi aka va uka,asta-sekin so’zining ma’nosi asta va sekin so’zining alohida-alohida atash ma’nosi- dan farqlanmaydi.
Takroriy so’z: ququ (qush), dudut (yengil mashina), popop (asli:poppop,tikuv mashinasi), tutu (tovuq), patpat (mototsikl), shapshap, es-es, ko’z-ko’z, qop-qop; Qo’shma, juft, takroriy so’zning hosil bo’lishi kompozitsiya usulida, lekin undan so’z yasovchi qo’shimcha qo’shib yangi so’z yasalsa, qo’shimcha qo’shish usuli ham yuzaga chiqadi: nomnishonsiz, domdaraksiz, orzuhavasli, og`ainigarchilik, pirpirak, pirpiramoq, po’shtpo’shtlamoq, sarsonsargardonlik, sonsanoqsiz, uyjoyli, gijgijlamoq, hayhaylamoq, qarindoshurug`chilik, haybarakallachi, vaqtichog`lik, boshpanasiz kabi. Demak, bir so’zda ikki yasalish usuli ham voqelanishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |