O’ZBEK TILINING QARLUQ LAHJASI
E‘ t i b o r q a r a t i l a d i g a n m a s a l a l a r:
Qarluq-chigil-uyg`ur lahjasida so’zlashuvchi aholining yashash manzillari;
Qarluq-chigil-uyg`ur lahjasining sheva guruhlari;
Lahjaning fonetik, morfologik-leksik xususiyatlari;
O’zbek adabiy tilining shakllanishi va taraqqiyotida mazkur lahjaning tutgan o’rni.
Tayanch tushunchalar: qarluq-chigil-uyg`ur, lahja, fonetika, morfologiya, leksika.
O’zbek tilining qarluq-chigil-uyg`ur lahjasi shahar shevalarini o’z ichiga oladi. Mazkur lahja birligining shakllanishi XI asrdan qoraxoniylar harakati bilan bog`langan. Tarixiy jihatdan qarluq-chigil-uyg`ur til birligiga Namangan, Toshkent, Andijon va O’zbekistonning boshqa tumanlaridagi aholi shevalari taaluqlidir. Bu lahja O’zbekiston zaminidan tashqarida ham ko’p tarqalgan. Masalan, Qozog`istonning Chimkent, Sayram, Qorabuloq, Qoramurt, Iqon, Mankent; Qirg`iziston zaminidagi O’sh, Jallolobod, O’zgan va boshqa hududlar shular jumlasidandir. Bu lahjaga oid sheva vakillarini Afg`onistonda ham uchraydi. Ushbu lahja quyidagi guruhlarga bo’linadi:
1. Farona guruhi. Bu guruhga Namangan shahar shevachi va shahar atrofidagi shevalar (masalan, Uychi shevasi) taalluqlidir. Shuningdek, Andijon shahar shevasi va Shahrixon shevasi, O’sh, O’zgan, Marg`ilon, Qo’qon shevalari kiradi.
2. Toshkent guruhi. Bunga Toshkent shahar shevasi, Toshkent viloyatidagi qipchoq shevalaridan boshqa shahar tipidagi shevalar, masalan, Parkent, Qoraxitoy va boshqa shevalar taalluqlidir.
3. Qarshi guruhi. Bu dialektga Qarshi, Shahrisabz, Kitob, Yakkabog` kabi (qipchoq shevalaridan tashqari) Qashqadaryodagi shu tipdagi shevalar kiradi. Mazkur guruhga Samarqand-Buxoro shevasi ham kiradi.
4. Shimoliy o’zbek guruhi. Bunga Iqon, Qorabuloq, Chimkent, Qoramurt, Turkiston, Chimkent, Sayram va shu tipdagi boshqa shevalar kiradi. Mazkur shevalar o’g`uz tili xususiyatlarining ham bo’lishi bilan ajralib turadi.
Lahjaning fonetik xususiyatlari quyidagilardan iborat:
1) ch va t undoshlari almashinadi: tish-chish kabi. Bu holat, ayniqsa, Toshkent, Marg`ilon, Andijon, Namangan shevalarida ko’p uchraydi;
2) qarluq-chigil-uyg`ur lahjasi y lashgan shevalardandir;
3) lahjada unli tovush uyg`unligi yoki ohangdoshlik hodisasi uchramaydi. Shuning uchun ham ulardagi unlilar miqdori ko’p emas, ular 6-8 dan oshmaydi. Jumladan, Toshkent shevasida oltita (i, o, e, a, i, o’), Namangan shevasida sakkizta (u, a, a, o, u, e), Samarqand-Buxoro shevasida oltita (o, e, a,` o’, o’) fonema mavjud;
4) hozirgi o’zbek adabiy tilida so’zning oxirida q kelganda, ushbu lahjada ham keladi: issiq-issi, tirnoq-tirno, sandiq-sandi kabi;
Morfologik xususiyatlari quyidagilardan iborat:
1) aniq hozirgi zamon fe`lni ifodalovchi ikki morfologik belgiga esa:
a) – vot, Namangan shevasida –ut: borvotman, borvotsan, qilutti (qilyapman), qiluttimiz (qilayapmiz) kabi, Namangan shakli –ut fonetik qonuniyatlar asosida o’zgargan bo’lib, u aslida –vot qo’shimchasiga borib taqaladi;
b) –yap qo’shimchasi Farg`ona vodiysidagi barcha shahar (Andijon, Marg`ilon, Qo’qon kabi) hamda o’sha shaharlarga yaqin bo’lgan qishloq shevalariga xosdir: boryapman, kelayapman kabi. Farg`ona shevalaridagi bu qo’shimcha Namangan shevasidan tashqari –yap shakliga borib taqaladi va Samarqand-Buxoro shevasidagi –op ko’rsatgichiga ham yaqinlashadi: boropman, qilopman kabi.
2) Samarqand-Buxoro shevalarida o’rin-payt va jo’nalish kelishigi qo’shimchalari aralash holda qo’llanilishi ko’zga tashlanadi: magazinni qoshiga saqlang kabi;
3) ayrim hollarda tushum kelishigi –di, -ti qo’shimchasi bilan qo’llaniladi: qora kokil qizdi (qora kokilli qizni), idti qopmas, otti tepmas deb bo’lmaydi (Itni qopmas, otni tepmas deb bo’lmaydi) kabi;
4) ayrim hollarda o’rin-payt kelishigi –ta qo’shimchasi bilan shakllanadi: zavutta ishlatadi (zavodda ishlaydi), Toshkentta yashaydi (Toshkentda yashaydi) kabi;
5) Toshkent, Samarqand, Namangan kabi shevalarda aniq o’tgan zamon fe`lining birinchi shaxs ko’pligi –duk, -dug, -tuk shakllarida qo’llaniladi.Qarluq-chigil-uyg`ur lahjasidagi shevalarning o’ziga xos morfologik xususiyatlari juda ko’p bo’lib, ularni yana davom qildirish va har bir shevaga xos xususiyatlarni ko’plab keltirish mumkin. Darhaqiqat, bu shevalarning har biri genetik jihatdan umumiy xususiyatlarga ega bulishi bilan birga, o’ziga xos tor sheva ko’rsatgichlariga ham egadir.
Hozirgi o’zbek adabiy tili qarluq-chigil-uyg`ur lahjasi asosida shakllangan. Shunga ko’ra, hozirgi o’zbek xalqi va uning tili, mavjud tasnifga ko’ra turkiy xalqlar oilasining qarluq guruhiga kiradi. O’zbekiston hududida o’g`uz va qipchoq urug`larining hamda ularning o’ziga xos shevalarining bo’lishi bu turkum turkiy urug`larning ham o’zbek xalqi va tilining shakllanishida hissasi borligini ko’rsatadi. Hozirgi o’zbek dabiy tiliga asos qilib qarluq urug` til xususiyatlari olingan bo’lsa-da (fonetik tomondan Toshkent shevasi, morfologik tomondan Farg`ona shevalari), adabiy til tarkibida o’g`uz tilining xususiyatlari (kelasi zamon -djak affiksi) va qipchoq tilining shakllari ham (-yotir//-yatir affiksi) joy olgan.
Qarluq-chigil-uyg`ur lahjasi tarkibiga kiruvchi shevalarning har birida leksik birliklar adabiy tildagidan farqli ravishda u yoki bu darajada uchraydi. Misol: adabiy tildagi ona so’zi Toshkent shevasida oyi, Farg`ona, shevasida ayya, buvi shaklida faol qo’llaniladi. Yoki adabiy tildagi qalampir so’zi Toshkent shevasida garmdori, Buxoro shevasida qalampur; adabiy tildagi o’rik so’zi Samarqand-Buxoro shevasida zardoli tarzida ifodalanadi. Shevalarning lug`at tarkibi juda boy bo’lib, ular o’zbek adabiy tili boyligini ta‘min etuvchi eng muhim manba hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |