Oro davlat universiteti yoqub saidov



Yüklə 242,94 Kb.
səhifə37/45
tarix16.05.2022
ölçüsü242,94 Kb.
#115930
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   45
Oro davlat universiteti yoqub saidov

Fonetik xususiyatlar:

1) qipchoq shevalaridagi kabi bu lahjada ham juft unlilar mavjud: a-ä, i-ï, ö-o’, u-ü kabi;

2) qisqa va cho’ziq unlilvr farqlanadi, ya‘ni turkman tilidagi kabi qadimgi turkiy cho’ziq unlilar (birlamchi cho’ziq unlilar) mavjud: at (hayvon), a:d (ism), o’t (o’t, o’simlik), o’:t (o’t, olov) kabi;

3) so’z tarkibida unli tovushlarning tanglay ohangdoshligi saqlangan: kishi-kishilar-kishilara (kishilarga) kabi;

4) so’z boshida t va k tovushlari jaranglashadi: til-dil, tilak-dilak, tuz-duz; ko’z-go’z, ko’k-go’k, keldi-geldi kabi. Ba‘zan o’rtada, ikki unli orasida ham t va k totsvushlari jaranglashadi: yetti-yeddi, ko’kimtir-go’gimtir kabi. Lekin bunday jarangli aytish hodisasi ro’y bermaydigan so’zlar ham bor: turk, paxta, tesha, kamon, kema va boshqalarda.

5) «bo’l» fe`lining boshidagi b undoshi tushib qolib, o’l tarzida talaffuz etiladi;

6) ikki unli tovush orasida ch undoshi ko’pincha jarangli talaffuz etiladi: achchiq – aji, ipning uchi – ipin uji kabi;

7) bir qator so’zlarda öu//o’u tipidagi diftong ancha keng qo’llaniladi: davlat – do’ulat, quvladi – qo’uladi kabi;

8) chuqur til orqa undoshi q so’z oxirida, ba‘zan so’z o’rtasida tushiriladi: sariq – sari, sichqon – sichon kabi;

9) a unlisi y undoshi oldida i bilan almashinadi: ishlay – ishliy, qo’ymay – qo’ymiy kabi.




Yüklə 242,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin