Morfologik xususiyatlar:
kelishik qo’shimchalari qo’yidagicha:
Qaratqich kelishigi –niŋ//-nïŋ, -ni/-nï, -in/-ïn qo’shimchalari orqali ifodalanadi: mana uchragan kishini adini bilmayman kabi. Qadimgi yozma yodgorliklarga xos bo’lgan –in tarixiy shakllari bilan ham ishlatiladi. Misol, kerakli dashin arami yo’q; ko’pin ishi ko’l bo’lur.
Tushum kelishigi uchun –i/-ï, –ni/-nï affikslari qo’llaniladi: qizni – qizi, ko’zni – go’zi, bolalarini-balalarin kabi.
Jo’nalish kelishigining –ga, -ka, -a, -na shakllari mavjud: tuyaga-diyaga, murodiga-murodina, yerga-yira kabi. –a shakli o`g`uz lahjasida ancha faol qo’llanuvchi qo’shimchadir.
O’rin-payt kelishigi –da, -ta qo’shimchasi bilan qo’llaniladi. So’z unli va jarangli undosh bilan tugasa –da, jarangsiz undosh bilan tugasa -ta qo’shimchasi qo’llaniladi: bolada-balada, ko’zda-go’zda, kinoda-kinoda, qishda-qishta, itda-itta kabi. O`g`uz lahjasida so’z-o’zak va negizlarning qattiq va yumshoqligiga amal qilgan holda chiqish kelishigining qo’shimchasi –dan, -tan ko’rinishiga ega: poezddan-poyizddan, ishdan-ishtan kabi;
2) kelasi zamon aniq fe`li ko’pincha –jaq//-jak qo’shimchalari bilan shakllanadi: barjaqman, getjäksän kabi;
3) o’tgan zamon sifatdosh –an shaklida bo’ladi: gïtän, ölän kabi;
4) to’liqsiz fe`l edi –ti//-tï shaklida ifodalanadi: o’qigan edi – o’qianti; ko’rgan edi – go’räntï kabi;
5) ko’plik son shaklining –lar/–lär, ba‘zan –ler ko’rinishlari mavjud: qo’ylar, gechchïlär, dïlekler kabi.
O`g`uz lahjasi leksikasining asosiy qismini o’zbek adabiy tilida ishlatiladigan umumturkiy so’zlar tashkil qiladi. Shevalar leksikasida forscha-tojikcha so’zlar arabcha so’zlarga qaraganda ko’pchilikni tashkil etadi. Mazkur lahjaga tegishli ba‘zi so’zlarni quyida keltirib o’tamiz: ayil (qorinbog`), nuqalav (boks), susaq (cho’mich), secha (chumchuq), qara yag` (neft), yarish (musobaqa), ulli (katta) va b.
Shevalardagi ba‘zi arabcha so’zlar o’z ma’nosini o’zgartirgan holda ham qo’llaniladi. Masalan, g`assol (arabchada o’lik yuvadigan degan ma’noda) so’zi ishyoqmas, landavur, ayyor, mug`ombir ma’nosida qo’llaniladi. Yoki mag`zava so’zi arabchada kir suvni anglatsa, shevalarda gap-so’zga tushunmaydigan ma’nosiga ega.
Dostları ilə paylaş: |