69
– tovar kelib chiqqan joy nomlari.
3. Ushbu kodeksda yoki boshqa qonunlarda nazarda tutilgan
hollarda «Intellektual faoliyatning boshqa natijalari hamda fuqarolik
muomalasi ishtirokchilarining, tovarlar va xizmatlarning xususiy
alomatlarini aks ettiruvchi vositalar» (O‘zR
Fuqarolik kodeksining
1031-moddasi).
Nomoddiy aktivlarni, birinchi galda nomoddiy aktivlar tarkibidagi
intellektual mulkni baholash ishlari ma’lum bir izchillikda amalga
oshiriladi: – intellektual mulk obyektlari; – saqlaydigan hujjatlar
(patentlar va guvohnomalar); – intellektual mulk huquqlari
ekspertiza qilinadi.
Intellektual mulk ekspertizasi. Intellektual mulk obyektlarining
mavjudligi hamda ulardan foydalanish haqiqat ekanligi tekshiriladi.
Saqlaydigan hujjatlar (patentlar va guvohnomalar) ekspertizasi
birinchi galda hudud va amal qilish muddati bo‘yicha amalga
oshiriladi. Saqlaydigan hujjatni hudud bo‘yicha
ekspertizadan
o‘tkazishda saqlaydigan hujjat qaysi hududda amal qilishini
hisobga olish lozim. Saqlaydigan hujjatni muddatlar bo‘yicha
ekspertiza qilishda hujjatning amal qilish muddatlari O‘zbekiston
Respublikasining qonun hujjatlari bilan belgilangan me’yoriy
muddatlarga mos kelishini tekshirish lozim.
Intellektual mulkka bo‘lgan huquqlar ekspertizasi. Intellektual mulk
obyektlarini tasdiqlovchi hujjatlar: patent, litsenziyalar, guvohnomalar,
mulkiy huquqlarni korxonaning ustav sarmoyalariga o‘tkazish haqidagi
ta’sis hujjatlari, korxona va intellektual
mulk obyektlarining ishlab
chiquvchilari o‘rtasidagi shartnomalar yoki mualliflik shartnomalari,
intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlar bepul topshirilishida
qabul qilish va topshirish dalolatnomalarini tekshirish zarur. Ushbu
mulkdan nomoddiy aktiv sifatida foydalanuvchi korxonada uni
foydalanishga topshirish va hisobga olish haqidagi dalolatnoma
bo‘lishi kerak. Patentni to‘liq o‘tkazish bo‘yicha rasmiy ro‘yxatga
olinmagan
shartnomalar, shuningdek, rasmiy ro‘yxatga olinmagan
litsenziya shartnomalari haqiqiy emas deb tan olinadi.
70
Mazkur mulkni ustav sarmoyasiga ulush sifatida kiritishda
ta’sis shartnomasi bilan bir qatorda bir vaqtning o‘zida huquqni
o‘tkazish to‘g‘risida litsenziya shartnomasi tuzilishi lozim.
Intellektual mulkka bo‘lgan huquq ekspertizasi o‘tkazilganidan
so‘ng bevosita baholash hisob-kitoblariga kirishish mumkin.
Nomoddiy aktivlarni baholash uchun xarajatli, qiyosiy va
daromadli yondashuvlardan foydalaniladi.
Xarajatli yondashuvdan
foydalanishda tannarxdan yutish usuli va barpo etish qiymati
usuli qo‘llaniladi. Tannarxdan yutish usuli xarajatli va qiyosiy
yondashuvlar elementlarini o‘zida mujassamlashtirgan. Ushbu
usul bilan nomoddiy aktiv qiymati undan foydalanish natijasida
xarajatlardagi tejalishlarni aniqlash orqali o‘lchanadi. Mazkur
usuldan faqat o‘zining texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlariga ko‘ra
yaqin bo‘lgan ikkita mahsulot turi
haqida yoki bir mahsulotni
ishlab chiqarishning ikkita usuli (texnologik jarayoni) haqida
gap ketayotganda foydalanish mumkin.
O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga muvofiq
nomoddiy aktivlarning asosiy turlari aniqlangan.
Baholash nuqtayi nazarida nomoddiy aktivlarga: yo moddiy-
ashyoviy shaklga ega bo‘lmagan, yoki ularning moddiy-ashyoviy
shakli ulardan xo‘jalik faoliyatida foydalanish uchun muhim
ahamiyatga ega bo‘lmagan; daromad keltirishga qodir bo‘lgan;
ulardan uzoq davr mobaynida foydalanish maqsadida xarid qilingan
aktivlarni kiritish mumkin.
Yuqorida keltirilgan intellektual mulkdan
foydalanish huquqining
amal qilish muddatlari quyida keltirilgan.
Olingan foyda miqdori diskontlash koeffitsiyentidan foydalangan
holda hisob-kitob yiliga – baholash vaqtiga keltiriladi.
Nomoddiy aktivlar va intellektual mulk obyektlarini, nomoddiy
aktivlar va intellektual mulk obyektlaridan tashkil topgan mahsulotni
yoki nomoddiy aktivlar va intellektual mulk obyektlaridan
foydalaniladigan ishlab chiqarishlarni sotish bozorini aniqlashda
baholash obyektining funksional belgilari va (yoki) qo‘llanish
71
Intellektual mulk obyektlari
Intellektual faoliyat
natijasi
Individuallashtirish
vositalari
Mualliflik
huquqi
Aralash
huquqlar
Tovar
belgilari
Firma
nomlari
Ilmiy
izlanishlar,
adabiyot, san’at
asarlari
Fonogrammadan
foydalanish,
ko‘rsatuvlar
uzatish
Tijoriy
belgilar
Tovarlarning
kelib chiqish
joylar nomi
Patent
huquqlari
Noan’anaviy
obyektlar
Kashfiyotlar
Foydali
modellar
Topologiya,
seleksiya
natijalari
Sanoat
namunalari
4.3-rasm. Intellektual mulk obyektlarining turlari
1
.
1
www.ima.uz – O‘zbekiston Respublikasi intellektual mulk
huquqlarini
himoyalash assotsiatsiyasi ma’lumotlari asosida tayyorlanadi.
72
usuliga ko‘ra qo‘llanish sohasi va yo‘nalishlari, sotish geografiyasi,
sotish bozorining hajmi, raqobatlashuvchi tovarlarning sotilish
hajmi, baholash obyekti uchun eng maqbul yoki kafolatlangan
sotish hajmi aniqlanishi zarurdir.
4.1-jadval
Dostları ilə paylaş: