O'tmu prttfpxxiirl, J'ilnhfiiya fanlari doktori


Mustaqillik davri dramaturgiyasi



Yüklə 0,87 Mb.
səhifə12/12
tarix05.06.2018
ölçüsü0,87 Mb.
#52774
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12

Mustaqillik davri dramaturgiyasi. O'zbek milliy tafakkuri, estetik qarashlari tizimida sodir bo'lgan yangilanishlar bugungi dramaturgiya taraqqiyotiga ham jiddiy ta'sir ko'rsatdi. O. Yoqubovning "Bir koshona sirlari", Usmon Azimning "Bir qadam yo'l", Erkin Samandarning "Arabmuhammad Bahodirxon", Ilhom Hasanning "Bir kam dunyo", Abdulla A'zamning "Dugohi Husayniy", "Jek London hikoyasidan so'ng" kabi asarlari hozirgi o'zbek dramaturgiyasida erishilgan yutuqlardan bo'ldi.

U. Azimning "Bir qadam yo'l" dramasida inson ko'ngli mayllariga e'tiborsizlik, vaqtida odamni qadrlamaslik singari illatlar bir umr mehnat qilib, halol yashagan keksa kishining murakkab taqdiri misolida aks ettirilgan. Samarqandni ko'rish, uni ziyorat etishni umr bo'yi orzu qilib yashagan, ammo vaqtida qo'lining kaltaligi, keyinchalik turmush tashvishlari bilan ovoraligi, undan so'ng farzandlarining e'tiborsizligi sabab yonginasidagi shaharni ko'rmay o'tib ketgan qariya va uning o'g'illari ruhiyati asarda katta mahorat bilan ko'rsatilgan.

Istiqlol dramaturgiyasida shakliy izlanishlar, ijodiy tajri-balar bir zum ham to'xtagan emas. Dramaturglar sanog'iga yetib bo'lmas hayotiy holatlar shu holatlarda harakat qiladigan qahramonlar tabiatida ham jiddiy evrilishlar yasashi mumkinligini nozik his etgan holda drama-versiya, drama-vaziyat singari yangi ifoda shakllarini o'ylab topganlarki, bu hoi asarlarning muvaffaqiyatli chiqishini ta'minlagan.

E. Samandarning "Arabmuhammad Bahodirxon" trage-diyasida insoniyat paydo bo'lgandan beri hal bo'lmay kelayotgan va bundan keyin ham to'la hal etilishi mumkin bo'lmagan yaxshilik va yovuzlik, nafs va qanoat, hokimiyat va farzandlik burchi singari qarama-qarshi qadriyatlar o'rtasidagi to'qnashuv o'tmishda yashab o'tgan bobolarimiz taqdirlari misolida ta'sirli tasvirlab berilgan. Qo'lida imkoniyati bo'lishiga qaramay, o'zining yovuz farzandlariga qarshi qo'shin 102

www.arxiv.uz saytidan yuklab olingan
tortishni istamagan Arabmuhammadxon shaxsiyatidagi yuksak sifatlar va o'z otalarining ko'zlariga mil tortish darajasida yirtqichlashgan Habash va Elbars timsollaridagi tubanliklar asarda butun ko'lami bilan juda ta'sirli yo'sinda ko'rsatib berilgan.

Ayni vaqtda milliy dramaturgiyaning tilga olishga loyiq badiiy yutuqlar qo'lga kiritilishi og'ir kechayotgan soha bo'lib qolayotganligini ta'kidlash kerak. Mustaqillik davri dramaturgiyasi bozor iqtisodi talablariga eng ko'p berilgan adabiy tur bo'ldi. Bu hoi sahna asarlarining sifatiga salbiy ta'sir ko'rsatmay qolmadi, albatta.

Komediyalarning saviyasi kishida haqli e'tiroz va jiddiy xavotir uyg'otadi. Negaki, o'zbek komediyachiligining dastlabki qadamlariyoq juda zalvorli va esda qolarli bo'lgan. Hamza, Abdulla Qahhor, Sharof Boshbekovlarning teran ma'noli kulgi asarlarini eslashning o'zi fikrimizning nechog'liq haq ekanligini ko'rsatadi. Bugungi komediyalarning badiiyati nochor bo'lgani uchun na ijrochilarga, na tomoshachilarga va na o'quvchilarga biror estetik ozuqa bera oladi. Sahnaviy ijodning komediya deb atalmish bir turiga ko'cha so'zlari, tiyiqsiz chuchmallik hamda pardasizlik katta sur'at bilan kirib kelmoqda. Mualliflar qahramonlar ruhiyatidagi to'qnashuvlar tarangligi haqida emas, so'zlarning pardasizligi haqida ko'proq bosh qotirishmoqda.

She'riyat va nasr borasida mustaqillikkacha bo'lgan yaqin o'tmishdagi estetik yuksakliklarga yetibgina qolmay, undan balandroq cho'qqilarni egallash imkoniyati yuzaga kelganligi ayon haqiqat bo'lsa, dramaturgiya bobida shu vaqtgacha eri-shilgan sahnaviy yuksaklikka yetib borilmayotganligi achi-narlidir.

Davr ahli ruhiyatidagi oshkoralik, sezimlar nozikligi, munosabatlar dramatizmidagi taranglik hali-hanuz pyesalarga ko'chib, sahna realligiga aylangani yo'q. Holbuki, har qanday keskin ijtimoiy o'zgarish va yangicha hayotiy vaziyat dramatik

turdagi asarlar yaratilishi uchun mo'1-ko'l material bera oladi. Biz yashayotgan davr ana shunday keskin o'zgarish-yangi-lanishlar davridir.

Ma'lumki, milliy adabiyotimiz uchun haq gapni aytish badiiy ijodning oddiy talabiga aylanib qoldi. Bugun adabiyot zarur gapni, dolzarb muammoni odamning taqdiriga bog'lab, ta'sirli yo'sinda ifodalash kerakligiga odatlanib bormoqda. Milliy dramaturgiyada esa hanuzgacha zarur gapni yalang'och yo'sinda, keskin tarzda aytish fazilat sanab kelinmoqda.

Har bir alohida odamda bo'lgani kabi har bir millatning va har bir davrning ham o'z mo'ljallari, egallanishi orzu etiladigan marralari bo'ladi. Mustaqillikka erishilganidan keyingi davr o'zbek adabiyoti uchun inson ma'naviyati qirralarini tekshirish, odam ruhiyatidagi ko'z ilg'amas sezimlarni tadqiq etishga erishish ana shunday baland marradirki, milliy adabiyotimiz uni egallash sari og'ishmay borayotir.

Xullas, mustaqillik davri adabiyoti sog'lom tamoyillar asosida rivojlanmoqda. Hozir yaratilayotgan turli janrlardagi asarlarda zamondoshlar ruhiyatini tasvirlashning eng ta'sirchan usullarini kashf etishga jiddiy e'tibor berilyapti.

Savol va topshiriqlar

1. Hozirgi adabiy jarayonga xos xususiyatlarni ko'rsating.

2. Bugungi o'zbek she'riyatining yetakchi xususiyatlariga to'xtaling.

3. Istiqlol davri o'zbek romanchiligining asosiy belgilarini ayting.

4. Zamonaviy o'zbek qissachiligidagi yetakchi yo'nalishlarni sharhlang.
5. Zamonaviy o'zbek hikoyachiligining taraqqiyot tamo- yillarini ko'rsating.

6. Bugungi o'zbek dramaturgiyasining xususiyatlarini sharhlang. 103

www.arxiv.uz saytidan yuklab olingan
Cho'lpon ......................................................................... 3

She'rlar ........................................................................... 6

Cho'lpon she'rlari to'g'risida ...................................... 11

Ijtimoiy va intim lirika .................................................... 11

Kecha va kunduz ............................................................ 13

"Kecha va kunduz" romani to'g'risida ............................ 33

Oybek ............................................................................. 35

Lirika .............................................................................. 37

Qutlug' qon ..................................................................... 39

"Qutlug' qon" romani to'g'risida ..................................... 59



Roman janri haqida ........................................................ 61

Odil Yoqubov .................................................................. 63

Ulug'bek xazinasi ........................................................... 65



Badiiy adabiyotda ruhiyat tahlili .................................... 86

Abdulla Oripov ............................................................... 87

She'rlar .......................................................................... 89

Abdulla Oripov she'riyati to'g'risida ............................... 102

Link qahramon ............................................................... 103

Sohibqiron ..................................................................... 105

«Sohibqiron» asari to'g'risida ......................................... 113

ADABIYOTI__Vilyam_Shekspir'>JAHON ADABIYOTI

Vilyam Shekspir ............................................................. 115

Otello .............................................................................. 118

"Otello" fojiasi to'g'risida ............................................... 132

Tragik obrazlar va hayot haqiqati ................................. 133

Haynrix Hayne .............................................................. 135

She'rlar .......................................................................... 138

Haynrix Haynening she'rlari haqida ............................... 142

Aleksandr Pushkin......................................................... 143

"Yevgeniy Onegin" ....................................................... 146



She'riy roman ................................................................. 162

Chingiz Aytmatov .......................................................... 163

"Asrga tatigulik kun" .................................................... 165

"Asrga tatigulik kun" romani to'g'risida ........................ 181

Badiiy asar pafosi haqida ............................................... 182

Mustaqillik davri o'zbek adabiyoti ................................ 183

QOZOQBOY YO'LDOSHEV, VAL1JON QODIROV JALOLBEK YO'LDOSHBEKOV

ADABIYOT

Umumiy o'rta ta'lim maktablarining 9- sinfi uchun darslik



II qism

(O'zbek tilida)

Ijodiy guruh rahbari — Akbar Mirzo



Muharrir Rauf Subhon

Rassom Shamsiddin Ahmedov

Texnik muharrir Ulyana Kim

Musahhiha Dilfuza Usmonova

Sahifalovchi Halima Xo'jayeva

Nashnyot litsensiyasi: Al 185. 10.05.2011. 2014-yil 24-aprelda bosish-

ga mxsat etildi. Bichimi: 60 x 90 '/|(, Kegli: 11. "Tayms" garniturasi.

Ofset bosma usulida bosildi. Shartli bosma tabog'i 12,5. Nashr bosma 104

www.arxiv.uz saytidan yuklab olingan
tabog'i 14,2. Adadi 56405.

Buyurtma 14-108.

Darslikning qayta ishlangan va to'ldirilgan original-maketi

'Mitti Yulduz" MCHJ ga tegishli bo'lib, jamiyat kompyuter bazasida



nashrga tayyorlandi. Toshkent sh. Navoiy ko'chasi, 30.

O'zbekiston Matbuot va axborot agentligining "O'zbekiston" NMIUda chop etildi. 100129, Toshkent sh. Navoiy ko'chasi, 30.
Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin