O'z yo'nalishi bo'yicha kamida bakalavr darajasidagi oliy ma’lumot yoki kamida bakalavr darajasidagi oliy ma'lumot va kichik yoshdagi bolalarni tarbiyalash bo'yicha kurslarni tugatganlik


Rejalashtirish, tashkil etish, rahbarlik va nazorat qilish hokimiyat munosabatlarini amalga oshirishi tufayli boshqaruv ishi deb hisoblanadi



Yüklə 1,26 Mb.
səhifə2/3
tarix27.11.2022
ölçüsü1,26 Mb.
#120044
1   2   3
Boshqaruv slayd

 Rejalashtirish, tashkil etish, rahbarlik va nazorat qilish hokimiyat munosabatlarini amalga oshirishi tufayli boshqaruv ishi deb hisoblanadi.
Samaradorlik tushunchasi, garchi ijtimoiy munosabatlar jarayonida ko’p qo’llanilsa-da, boshqaruv nazariyasida eng kam ishlangan tushunchalardan biridir. Samaradorlikning umumiy nazariyasi mavjud bo’lmaganligi bois ushbu yo’nalishdagi barcha urinishlar hozircha kutilgan natijaga olib kelmadi.
Faoliyatning turli sohalarida
samaradorlikning o’z xususiy ko’rsatkichlaridan foydalaniladi. Ammo ta’limda bugungi kunda bunday ko’rsatkichlar yo’q. Shunga qaramay, samaradorlik tushunchasi sifatga yo’naltirishda juda muhim va foydalidir. Vazifaning butun murakkabligini anglagan holda, boshqaruv samaradorligi nima ekanligini aniqlashga urinib ko’ramiz.
Kasbiy mahorat – bu o'qituvchi nutqining ravon va ta'sirchan o'tilayotgan mavzuga o'quvchi diqqatini torta oladigan, mavzuga mos ko'rgazmalar ijod qilib va undan unumli foydalana oladigan, har qanday sharoitda ham o'quvchi qalbiga yo'l topa oladigan, har bir dars bolaning qiziqish va faoliyatini oshirisha oladigankishini tushunamiz.
Kasbiy mahorat – izlanish, ijodiy mehnat mahsuli. Pedagogik mahorat hamma o'qituvchilar uchun bir qolipdagi ish uslubi emas, balki u har bir o'qituvchining o'z ustida ishlashi, ijodiy mehnati jarayonida yuzaga keladigan jarayondir.
Kasbiy mahorat bir qator komponentlardan tarkib topadi. U pedagogika va psixologiya bo'yicha ilmiy bilimlarni, ya'ni kasbiy bilimlar, kasbiy qobiliyat, pedagogik etika va pedagogik texnikani o'z ichiga oladi.
Kasbiy mahorat nima?
«o'qituvchi mehnatini biror narsa bilan qiyoslab ham, taqqoslab ham bo'lmaydi». To'quvchi bir soatdan keyinroq o'z ishining hosilini ko'radi, po'lat erituvchi bir necha soatdan so'ng olovdagi metall oqimidan shodlanadi. Bu uning orzusini yuksak cho'qqisi; yer haydovchi, don sepuvchi g'allakor bir necha oydan keyin dalada o'stirgan boshoqlari va bir siqim donidan zavqlanadi. O'qituvchi esa o'z ijodining mahsulini ko'rish uchun yillab mehnat qilishi kerak, degan fikrlarni bayon etadi.
V.A. Suxomlinskiy o'zining «Chin insonni qanday tarbiyalash kerak» degan asarida
Kasbiy mahoratning asosiy negizi bu – kasbga oid bilimlarni puxta o'zlashtirishdan iboratdir. O'qituvchi o'quv yurtidayoq ilmiy bilimlar sistemasini puxta egallab olishi kerak. Pedagogik mahoratni egallashda psixologiya va pedagogika faniga doir bilimlar katta rol` o'ynaydi. Ilmiy psixologik va pedagogik bilimlar sistemasining mavjudligi o'qituvchiga faqat o'z sinfini hamda ayrim o'quvchilarni o'rganish va ularning to'g'ri fe'l atvorlarini tushunishgagina emas, balki bolalar jamoasi va uning har bir a'zosini rivojlanish istiqbolini ham belgilash imkonini beradi.
Pedagogik jarayonni boshqarish – bu pedagog tomonidan amalga oshiriladigan belgilab qo'yilgan yo'riqnoma va talablarga asoslangan holda talim berish jarayonini tartibga solish va boshqarish hisoblanadi. Yetuk mutaxassis tayyorlashda kasbiy bilimdonlik va mahoratning ahamiyati nihoyatda katta.
Ta'lim metodikasida o'qituvchining qiyofasi, uning dunyoqarashi, uning
psixologik-pedagogik, metodik va maxsus ilmiy tayyorgarlik namoyon bo'ladi. Xuddi ana shu omillar ta'lim samoradorligini belgilaydi. Shu sabali ta'lim metodlarini samaradorligini oshirish uchun o'qituvchining tayyorgarlik darajasi printsipial ahamiyatga ega. Pedagog faoliyatining ta'lim metodida o'z ma'lumoti, madaniyati, kasbiy tayyorgarligi darajasini qanchalik aks ettirishiga bog'liq.
To'g'ri boshqaruvda o'qituvchi va talabalar shaxslararo muloqat va munosabatlarni, o'zaro hurmat va ishonch hamkorligini yo'lga qo'yishga erishiladi. Garchi bu jarayon oson yo'l bo'lib hisoblansa ham, biroq ana shu usul asosida ish ko'rgan o'qituvchi o'zi xohlamagan holda ta'lim mazmunini va sifatini ilmga moslashtirishga intildi. Bunda o'qituvchi va o'quvchilarni didaktik hamkorligi ham yaqqol ko'zga tashlanadi. Dars davomida ta'lim mazmuni, shakli orqali axloqiy sifatlar shakllanib boradi, talabalarda madaniy, irodaviy zo'r berish sifatlari tarbiyalab boriladi.
Pedagogik jarayon qatnashchilari bu albatta, pedogok va talaba hisoblanadi. Bu ikki sub'ekt o'rtasidagi munosabat, muloqot murakkab jarayonni tashkil etadi.
 
Kelajagi buyuk davlatni taraqqiy ettirish uchun sitqidildan xizmat qilishga intilayotgan har bir yosh rahbarning bilim va tafakkuri, tashkilotchiligi, izlanuvchanligi, odobi hamda axloqi jamiyatda yangi iqtisodiy munosabatlarni qaror toptirish, ma’naviy va moddiy ne’matlar yaratishga qaratilgan bo‘lib, Vatani va xalqi uchun yonib yashash hissi bilan sug‘orilmog‘i lozim.
boshkaruv - murakkab kasblardan biri bo‘lib, u nafakat iqtisodiy,
ijtimoiy va psixologik bilimlarni nazariy jihatdan, balki amaliy jihatdan ham
o‘zlashtirgan holda yetarli tayyorgarlikka ega bo‘lishlikni talab etadi. Bunda umumiy,
texnik, idtisodiy, omilkorlik va tashkilotchilik qobiliyatlariga ega bo‘lish bilan birga,
rahbar barcha haqiqatlarni tushunish orqali ko‘p qirrali vaziyatlarda, sharoitlarda o‘z
qiyofasini amaliy tarzda to‘g‘ri ifoda eta olishni bilishi zarur.
Rahbarning xulq madaniyati va odobi xodimlarga ta’sir etishning
muvaffaqiyatini belgilaydigan omillardan hisoblanadi. Bizga ma’lumki, rahbarlik
odobining mohiyati, asosiy mazmuni uning faoliyati uchun zarur bo‘lgan axloqiy
fazilatlarda ifodalanadi.
Rahbarlik odobi yuksak ma’naviy, madaniy, axloqiy meyor, talab va tamoyillar bo‘lgan erkinlikka asoslanadi. Rahbar nafaqat o‘zi erkin bo‘lishi, balki sherigining, o‘zi ishlayotgan jamoa a’zolarining ham erkinligini hurmat kilishi lozim.
Rahbar vazmin, har qanday vaziyatda ham o‘zini tuta biladigan, odobli va xushmuomala bo‘lishi zurur. O‘z xatti- harakatini nazorat qila oladigan, kayfiyati va sezgilarini tiya biladigan, yurish turishida bo‘ysinuvchilarga o‘rnak ko‘rsatadigan bo‘lishga majburdir.
Ma’lumki, bugungi kundagi rahbar o‘zining ijtimoiypsixologik tuzilishi va ma’naviy qiyofasi bilan o‘tmishdoshlaridan tubdan farq qiladi.

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin