Mazmuni: Sening jamoling shu’lasi tufayli sham’ olovi gul kabi tovlanmasa, nima uchun parvona Xalildek o’zini olivga otadi. Bayt tahlili jarayonida Xalil kim? Nima uchun u o’zini olovga otar ekan, degan savollar tug’ilishi tabiiy. Shu kabi savollarning javobi esa Rabg’uziy qissasida o’zining mukammal ifodasini topgan. Binobarin, mazkur asar nafaqat madaniyat va adabiyot tarixining qimmatli manbai, balki barcha davrlar adabiyotini o’rganishda ham muhim yordamchi vosita vazifasini ham bajaradi.
7-MAVZU
1.1. "Noma" atamasining lug’aviy va istilohdagi ma`nolari. "Noma" so`zi fors-tojik tilidan olingan bo`lib, xat maktub degan lug’aviy ma`noni ifodalaydi. Adabiyotshunoslik atamasi sifatida bu so`z ikki xil istilohiy ma`noga ega:
1. Yirik hajmli epik asarlar tarkibidagi timsollarning bir-birlariga yozgan maktublari. "Xamsa" (Nizomiy, Amir Xusrav, Jomiy, Navoiy) tarkibidagi dostonlarning ko`pchiligida bunday kompozitsion unsurni uchratish mumkin. Xususan, Xusravning (Farhodning) Shiringa maktubi, Shirinning javob maktubi, Majnun va Laylining o`zaro yozishmalari va hokazo.
2. Oshiqning o`z ma`shuqasiga turli ruhiy holatlarda yozgan ishqiy maktublari mazmunidagi asarlarga nisbatan "noma" janr atamasi sifatida qo`llanadi. Mazkur janrning ilk nishonalari arab va fors-tojik adabiyotida ko`rinsa-da, uning tom ma’nodagi dastlabki namunasi Xorazmiyning "Muhabbatnoma" asaridir.
1.2. Xorazmiy shaxsiyatiga oid manba va ma`lumotlar. Xorazmiy XIV asr o’zbеk adabiyotining vakillaridan biridir. Uning hayoti va ijodi haqida yеtarli tasavvur bеradigan manbalar hozircha ma'lum emas. Xorazmiy haqidagi ma'lumotlar uning o’z asari «Muhabbatnoma» tarkibida uchraydi. Dostondagi ayrim qaydlarga ko’ra u shoir sifatida o’z davrida kеng shuhrat qozonadi. Ko’pgina lirik asarlar yozgani shubhasiz. Chunki «Muhabbatnoma»dagi bir nеcha janrlarda yozilgan asarlar uning shoirlik istе'dodidan dalolat bеradi. Xorazmiyning mеrosi haqida, uni o’rganish borasida bir muncha ishlar olib borildi. Bu jihatdan Samoylovich, Ko’pruluzoda, Shchеrbak, N.Mallaеv, Solih Qosimov va boshqalarning ishlarini ko’rsatish mumkin.
Asar A.M.Shcherbak tomonidan “Oguzname – Muxabbatname” nomi bilan Moskvada 1959-yilda nashr ettirilgan. Shu yioli S. Qosimov tomonidan Toshkentda ham nashr ettirilgan. S. Qosimov asarning til xususiyatlariga oid nomzodlik dissertatsiyasini ham yoqlagan. Keyinchalik asar turli hajmda “Navoiyning Nigohi tushgan” (- Toshkent, 1986) va “Muborak maktublar” (- Toshkent, 1987) kitoblariga kiritilgan. Biroq birinchisidaforsioy qismlari tushib qolgan bo’lsa, ikkinchisida hamd va na’t qismi yo’q.
Alisher Navoiy “Muhokamatm ul-lug’atayn” asarida turkey tilga xos bo’lgan “meng” so’zini izohlab shundfay yozadi: “Husn ta’rifida ulug’roq xolg’akim, turklar men got qo’yupturlar, alar (forsiylar) ot qo’ymaydurlar. Turk bu ta’rifni bu nav’ ado qilibdurkim,
Bayt:
Aningkim, ol engida meng yaratti,
Bo’yi birla sochini teng yaratti”.
Navoiy keltirgan bu bayt “Muhabbatnoma”ning muqaddimasidan olingan.
Sayfi Saroyi asarlarininng Gollandiyada (Leyuden universiseti fondida) saqlanadigan yagona qo’lyozma nusxasida Xorazmiy taxallusli shoirning qalamiga mansub bo’lgan kichik qasida keltirilgan. U quyidagi bayt bilan boshlanadi:
Soldi niqob chehradin ul turki xovariy,
Bo’ldi jahon yuzi yuana oynadek ariy.
Biroq bu aynan “Muhabbatnoma”ning muallifi bo’lgan Xorazmiy ekanligi isbotlanmagan.
Shoirning to’liq nomi, tarjimai holi aniq emas. «Muhabbatnoma»ning ko’p joyida «Xorazmiy» taxallus sifatida kеltirilgan. Bu uning Xorazmdan ekanini ko’rsatadi. «Muhabbatnoma» asari tarkibida kеltirilgan fors-tojik tilidagi hasbu hol hikoyatda aytilishicha, u bir necha mamlakatlarga sayohat qilgan.