Ish yuritish tili va uslubi. Hujjat turlari va xususiyatlari: tarjimayi hol, ariza, bildirishnoma. Yozilish uslubi, o‘ziga xos xususiyatlari.
REJA
REJA
Ish yuritish tili va uslubi.
Hujjat turlari va xususiyatlari.
Tarjimayi holning yozilish uslubi, o‘ziga xos xususiyatlari va namunalari ustida ishlash.
Arizaning yozilish uslubi, o‘ziga xos xususiyatlari va namunalari ustida ishlash.
Bildirishnomaning yozilish uslubi, o‘ziga xos xususiyatlari va namunalari ustida ishlash.
Rasmiy uslub – ish qog`ozlari, hujjatlar, qonun, qaror, farmon, ustav, nizom, bitim, shrtnoma kabilarning mazmun-mohiyatida ham boshqa uslublardan farqlanadigan bir qancha jihatlar mavjuddir.

O`zbek tilining rasmiy uslubi tarixi qadimgi davrlarga borib taqaladi. Hozirgi O`zbekiston Respublikasi va unga tutash hududlarda vujudga kelgan qadimgi davlatlar, hoqonliklar, xonliklar, amirliklar, hokimliklar, bekliklarda yuritilgan ko`plab hujjatlar fikrimizning yaqqol dalilidir. Bunday hujjatlar sirasiga farmonlar, yorliqlar, vaqfnomalar, arznomalar, qarznomalar, vasiqalarni kiritishimiz mumkin.
Hujjatlar - rasmiy munosabatlarni ifodalovchi va qayd etuvchi rasmiy yozma vositalardir. Shuning uchun hujjatlar tilida so‘z va so‘z shakllarini qo‘llashda muayyan chegaralanishlar mavjud. Xususan, rasmiy til uslubida kichraytirish – erkalash qo‘shimchalarini olgan so‘zlar, ko‘tarinki-tantanavor yoki bachkana, dag‘al so‘zlar, shevaga oid so‘zlar, tor doiradagi kishilargina tushunadigan, o‘xshatish, jonlantirish, mubolag‘a, tashxis kabi obrazli tafakkur ifodasi uchun xizmat qiluvchi usullar ishlatilmaydi.