O‘zbekiston hududida qadimgi davlatlar’’mavzusidagi jadvalni to‘ldiring


Forobiy (taxallusi; toʻliq nomi Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn Uzlugʻ Tarxon Forobiy



Yüklə 171 Kb.
səhifə5/7
tarix31.03.2022
ölçüsü171 Kb.
#115069
1   2   3   4   5   6   7
2 5280831933050264625

Forobiy (taxallusi; toʻliq nomi Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn Uzlugʻ Tarxon Forobiy) (873, Forob shahri — 950, Damashq) — Oʻrta Osiyoning mutafakkiri va qomusiy olimi. Yunon falsafasini chuqur bilgani, unga sharxlar bitganligi va jahonga targʻib qilgani hamda zamonasining ilmlarini puxta oʻzlashtirib, fanlar rivojiga ulkan hissa qoʻshgani uchun "al Muallim assoniy" ("Ikkinchi muallim", Aristoteldan keyin), "Sharq Arastusi" nomlariga sazovor boʻldi. F. Sirdaryo sohilidagi Forob (Oʻtror) degan joyda turkiy qabilaga mansub harbiy xizmatchi oilasida tavallud topadi. Oʻsha davrda Movarounnahrda somoniylar sulolasi hukmronlik qilayotgan edi.

Damashqda tug“ilgan Boʻlajak faylasuf boshlangʻich bilimini Oʻtrorda olgandan soʻng , oʻqishini Toshkent, Samarkand va Buxoroda davom ettirdi. F. ilmini yanada chuqurlashtirish maqsadida Bagʻdodga yoʻl oladi. Olim yoʻlyoʻlakay Eronning yirik shaharlari Ray, Hamadon, Isfahon va boshqa joylarda boʻladi. Bagʻdodda Yaqin va Oʻrta Sharq mamlakatlaridan kelgan talaba va olimlar toʻplangan edi. Bu yerda koʻzga koʻringan olimu fuzalolar bilan tanishdi, yunon falsafiy maktabi, turli fan sohalari namoyandalari bilan uchrashib, ulardan ilm sirlarini oʻrgandi.

Oʻrta Osiyoning mutafakkiri va qomusiy olimi.

Olim 941 yildan Damashkda muhtojlikda kun kechira boshlaydi. Shunga qaramay ilm bilan shugʻullanadi, falsafa va boshqa fanlar sohasida tadqiqot ishlari olib boradi. U Aleppo (Halab) hokimi Hamdamid (hukmronlik yillari 943—967) iltifoti va hurmatiga erishadi. U olimlarning homiysi sifatida tanilgan edi. Hokim F.ni oʻz saroyiga taklif etadi, lekin, u saroyga bormasdan, erkin hayot kechirishni maʼqul koʻradi. Shunga qaramasdan, allomaning Halabdagi hayoti sermahsul boʻldi, bu yerda oʻzining koʻplab asarlarini yozdi.F. 949— 950 yillarda Misrda, soʻngra Damashqda yashaydi va shu yerda umrining oxirgi kunlarini oʻtkazadi. U Damashqsagi "Bob assagʻir" qabristoniga dafn etilgan.



Farobiyning asosiy asarlari: "Falsafani oʻrganishdan oldin nimani bilish kerakligi toʻgʻrisida", "Falsafiy savollar va ularga javoblar", "Ensiklopediyadan mantiq boʻlimining bir qismi", "Taliqot" (sharhlar), "Inson aʼzolari haqida risola", "Boʻshliq haqida maqola", "Donolik asoslari", "Falsafaning maʼnosi va kelib chiqishi", "Hayvon aʼzolari, funksiyasi va potensiyasi", "Mantiq toʻgʻrisidagi risolaga muqaddima", "Mantiq ilmiga kirish", "Ilmlarning kelib chiqishi haqida", "Musiqa haqida katta kitob", "Baxtsaodatga erishuv haqida", "Masalalar mohiyati", "Buyuk kishilarning naqllari", "Ihso alulum", "Hikmat maʼnolari", "Aql toʻgʻrisida", "Ilmlar va sanʼatlar fazilati", "Qonunlar haqida kitob", "Substansiya haqida soʻz", "Falak harakatining doimiyligi haqida", "Sheʼr va qofiyalar haqida soʻz", "Ritorika haqida kitob", "Hajm va miqdor haqida soʻz", "Musiqa haqida soʻz", "Fizika usullari haqida kitob", "Fazilatli xulqlar", "Fozil shahar aholisining fikrlari", "Jismlar va aksidensiyalarning ibtidosi haqida", "Aristotel "Metafizika" kitobining maqsadi toʻgʻrisida" va boshqa F. asarlari 20-asrning 70—80-yillarida Toshkent va Olmaotada "Falsafiy risolalar", "Mantiqiy risolalar", "Matematik risolalar", "Ijtimoiyaxloqiy risolalar", "Tadqiqotlar va tarjimalar" nomlari ostida rus tilida nashr etilgan.




7

Абу Али ибн Сино

Abu Ali ibn Sino (toʻliq ismi: Abū ‘Alī al-Husayn ibn ‘Abd Allāh ibn Sīnā al-Balkhī; arabcha: أبو علي الحسین بن عبدالله بن سینا) — oʻrta osiyolik buyuk qomusiy olim[5], boshqa manbalarda esa, buxorolik fors[6] olim, tabib va faylasuf. 980-yilning 18-iyunida Buxoro yaqinidagi Afshona qishlogʻida tugʻilgan va 1037-yilning 16-avgustida Hamadonda vafot etgan. Gʻarbda Avitsenna (ingl. Avicenna) nomi bilan mashhur.


Buxoro

Afshonada



Ibn Sinoning otasi Abdulloh Balx shahridan boʻlib, Somoniylar amiri Nuh ibn Mansur (967—997) davrida Buxoro tomoniga koʻchib, Hurmaysan qishlogʻiga moliya amaldori etib tayinlanadi. U Afshona qishlogʻida Sitora ismli qizga uylanib ikki oʻgʻil farzand koʻradi. Oʻgʻillarining kattasi Husayn (Ibn Sino), kenjasi Mahmud edi. Husayn 5 yoshga kirgach, Ibn Sinolar oilasi poytaxt — Buxoroga koʻchib keladi va uni oʻqishga beradilar. 10 yoshga yetar yetmas Ibn Sino Qurʼon va adab darslarini toʻla oʻzlashtiradi.

oʻrta osiyolik buyuk qomusiy olimtabib vafaylasuf Ibn Sinoning tib ilmida yuksak mahoratga erishishida Buxorolik boshqa bir tabib Abu Mansur al Hasan ibn Nuh al Qumriyning xizmati katta boʻldi. Ibn Sino undan tabobat darenii olib, bu ilmning koʻp sirlarini oʻrgangan. Qumriy bu davrda ancha keksayib qolgan boʻlib, 999 yilda vafot etdi. Ibn Sino 17 yoshdayoq, Buxoro xalqi orasida mohir tabib sifatida tanildi. Oʻsha kezlarda hukmdor Nuh ibn Mansur betob boʻlib, saroy tabiblari uni davolashdan ojiz edilar. Dovrugʻi butun shaharga yoyilgan yosh tabibni amirni davolash uchun saroyga taklif qiladilar.Uning muolajasidan bemor tezda sogʻayib, oyoqqa turadi. Evaziga Ibn Sino saroy kutubxonasidan foydalanish imkoniyatiga ega boʻladi.

Olimning ilmiy ijodi 18 yoshidan boshlandi. U Nuh ibn Mansurga atab nafsoniy quvvatlar haqida risola, „Urjuza“ tibbiy sheʼriy asari, oʻz qoʻshnisi va doʻsti Abulhusayn al-Aruziyning iltimosiga binoan, koʻp fanlarni oʻz ichiga olgan „Alhikmat al-Aruziy“ („Aruziy hikmati“) asarini taʼlif etdi. Undan tashqari, boshqa bir doʻsti faqih Abu Bakr albar qiy (yoki Baraqiy) ning iltimosiga koʻra, 20 jildli „Alhosil val-mahsul“ („Yakun va natija“) qomusiy asari hamda 2 jildli „Kitob al-bir val-ism“ („Sahovat va jinoyat kitobi“)ni yozdi.„Tib qonunlari“ning 1-kitobini tugatib, oʻzining mashhur falsafiy qomusi — „Kitob ash-shifo“ ni ham shu yerda yozishga kirishadi. „Tib qonunlari“ ning qolgan qismini ham Hamadonda yozib bitiradi.




8

Абу Райхон Беруний


Yüklə 171 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin