O‘zbekiston milliy universiteti m. ShAripov d. Fayzixo‘jayeva mantiq tarixi va nazariyasi falsafa yo‘nalishi talabalari uchun Darslik Toshkent



Yüklə 1,13 Mb.
səhifə136/180
tarix25.11.2023
ölçüsü1,13 Mb.
#134832
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   180
O‘zbekiston milliy universiteti m. ShAripov d. Fayzixo‘jayeva ma-fayllar.org

Forobiy tushuncha haqida. Ma’lumki, tushunchalar so‘z orqali ifodalanadi. Forobiy so‘zlarni ikki guruhga: oddiy va murakkabga ajratadi. Oddiy so‘zlar yo nomni, yo fe’lni, yo qo‘shimchani ifodalaydi. Nom mustaqil mazmunni ifodalovchi “inson”, “o‘simlik” kabi so‘zlardir. Nomlar bir ma’noli va ko‘p ma’noli bo‘ladi. Nomlar individual buyumlarni yoki ikki va undan ortiq bo‘lgan buyumlarni ifodalaydi. Birinchisi yakka individual nom, ikkinchisi umumiy nom yoki unversaliya deb ataladi. Umumiy nomlar umumiy konkret va umumiy mavhum bo‘ladi.
Fe’l ma’lum g‘oya’ni ifodalovchi so‘z bo‘lib, mohiyatiga ko‘ra shu g‘oya mavjud bo‘lgan vaqtni bildiradi. U mustaqil tushunish mumkin bo‘lgan so‘zdir. Masalan: “boradi”, “bordi” va h.k.
Qo‘shimcha o‘zi mustaqil biror ma’noni anglatmaydi. U nomga yoki fe’lga qo‘shilgandagina biror ma’noni bildiradi.
Nom ham, ega ham kesim bo‘lishi mumkin. Masalan: “Zayd – insondir” deganimizda, fikrning har ikki qismi nomdan tuziladi. Fe’lning farq qiluvchi belgisi shuki, u mohiyatiga ko‘ra kesimni ifodalaydi. Ba’zan u ega vazifasini ham bajarishi mumkin. Masalan: “yurayotgan insondir” kabi. Qo‘shimchaning ega ham, kesim ham bo‘la olmasligi uning farq qiluvchi belgisi hisoblanadi. U yo eganing, yo kesimning bir qismi bo‘lishi mumkin.
Murakkab tuzilgan gaplar ikki guruhga 1. To‘liq tuzilgan murakkab gap. 2. To‘liq tuzilmagan murakkab gap.
To‘liq tuzilgan murakkab gaplar tugallangan fikrni ifodalaydi: “Zayd insondir”. To‘liq tuzilmaganlari esa tugallangan fikrni bildirmaydi: “Zaydning do‘sti”.
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib aytish mumkinki, Forobiy til va tafakkurning o‘zaro bog‘liqligini chuqur tahlil qilgan.
U yakka va umumiy tushunchalarning farqini ko‘rsatib berdi. O‘zida ko‘plikni ifodalamagan tushunchalar yakka tushunchalardir. Masalan: Soqrat, bu inson, bu uy va h.k. “Bu”, “u” kabi so‘zlar bilan bog‘langan tushunchalar yakkalikni ifodalaydi.
Umumiy tushunchalar tashqi olam predmetlarining ko‘pchiligi uchun chin bo‘lgan tushunchalardir. Masalan: “inson”, “uy” kabi. Bu tushunchalarning har biri ko‘plab individual yakka pedmetlarni ifodalaydi. Har qanday individuallik uchun umumiy tushuncha chin (predikat) hisoblanadi. Individuallik umumiylikning isboti hisoblanadi. Masalan: Zayd, Amr so‘zlarining har biri uchun “inson” tushunchasi chin (predikat) hisoblanadi.
Oxirgi ikkita turdagi umumiyliklar hozirgi zamon mantiq ilmida qayd qilinadigan va qayd qilinmaydigan umumiy tushunchalarni ifodalaydi.
Forobiy Aristotel kabi kategoriyalarning 10 ta turini ko‘rsatib o‘tadi: substansiya, miqdor, sifat, munosabat, o‘rin, vaqt, holat, egalik, faoliyat, ta’sir. Bulardan faqat substansiya o‘zgarmas mohiyat bo‘lib, qolganlari o‘zgaruvchan mohiyatlardir, ya’ni aksidensiyalardir.
Substansiya va aksidensiyalar tushunchalar orqali ifodalanadi.
Bu tushunchalar o‘z mantiqiy vazifasiga ko‘ra bir-biridan farqlanadi. Ular o‘rtasidagi farq predikabiliyalarda, ya’ni qay turdagi mantiqiy kesimni ifodalashida namoyon bo‘ladi.
Forobiy predikabiliyalar va ular bilan bog‘liq bo‘lgan tushunchalarning ta’riflanishiga oid masalalarni “Porfiriyning “Kirishiga sharh” va “Mantiqqa kirish” asarlarida batafsil tahlil qiladi.
Forobiy “Mantiqqa kirish” risolasida “tasvirlashni mantiqshunoslar predikat deb, tasvirlanayotgan narsalarni subyekt deb ataydilar”, 175– deb yozadi.
Forobiyning fikricha, individium uchun predikat bo‘lgan umumiy tushunchalar (universaliyalar) o‘zaro jins va turga ko‘ra farqlanadi. Masalan: “Zayd” uchun “inson” va “hayvon” tushunchalari predikat hisoblanadi. Lekin “inson” tushunchasi “hayvon” tushunchasiga nisbatan xususiyroqdir, ya’ni hajmi torroqdir. Jins va turga ko‘ra, farq qiluvchi umumiy tushunchalarning har biri “Bu individium nima?” degan savolga javob bo‘ladi.
Unversaliyalar orasida eng umumiy yoki eng xususiy xarakterdagilar o‘rtasida oraliq zanjirlar mavjud bo‘ladi. Ikki unversaliyadan umumiyrog‘i jins, xususiyrog‘i tur bo‘ladi. O‘zidan yuqorida hech narsa bo‘lmagan eng umumiy unversaliya “yuqori jins”, undan pasti bo‘lmagan xususiy unversaliya esa “oxirgi tur” deyiladi.
Forobiy bir-biriga bo‘ysunmaydigan jinslarning 4 turini ko‘rsatadi:

  1. Yuqori oliy jinslar.


  2. Har biri boshqa-boshqa oliy jinsga bo‘ysunuvchi oraliq jinslar.


  3. Bir-biriga nisbatan yaqin tur bo‘lgan jinslar.


  4. Har biri tur ko‘rinishidagi oraliq jinslar, ularning hammasi bitta jinsga bo‘ysunadi.


Forobiy ta’riflash va tasvirlashni o‘zaro farqlash zarurligini ta’kidlaydi. Uning fikricha, “Ta’riflash murakkab universaliya bo‘lib, jins va farq qiluvchi belgidan tashkil topadi. Masalan, inson aqlli hayvondir. Tasvirlash jins va xususiy belgidan tashkil topadi yoki jins va bir yoki bir necha tasodifiy belgilardan tashkil topadi. Masalan: inson kuladigan hayvon, inson xarid qiladigan va sotadigan hayvon. Tasvirlash - tur va tasodifiy belgidan tashkil topadi. Masalan: «Zayd - oq odam».176


Ta’riflash, tasvirlash kabi usullar hozirda ham formal logika tomonidan o‘rganiladi. Bu usullar hozirda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan va tafakkurning tabiiy shakl va qonunlarini o‘rganishda muhim rol o‘ynaydi. Forobiy tushunchaning mazmunini ochishga qaratilgan bunday usullarning mantiqiy tabiatini to‘liq tushuntirib bera olmagan bo‘lsa ham, keltirilgan misollar mutaffakkir bu usullarning mohiyati va vazifasini to‘g‘ri tushunganligini ko‘rsatadi.



Yüklə 1,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   180




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin