O‘zbekiston milliy universiteti m. ShAripov d. Fayzixo‘jayeva ma-fayllar.org
Urf-odat avloddan avlodga meros bo‘lib o‘tadigan va muayyan jamiyat yoki ijtimoiy guruh tomonidan qabul qilingan bir xil shakldagi xatti-harakat, xulq-atvor usuli bo‘lib, kishilarning turmush tarzi va fikr yuritishiga ma’lum darajada ta’sir ko‘rsatadi. Urf-odatlarga asoslangan holda fikr yuritish va harakat qilish ko‘pincha kishilarning turmushi, axloqiy me’yorlar va xalq marosimlari doirasida namoyon bo‘ladi.
Odat yoki inersiya bizga yengillik tug‘dirib, fikrlarimizga ishonishni davom ettirishga undaydi, chunki biz ularga ishonib yashaymiz. Miyamizda odatlarimizga muvofiq, zid fikrlar kelsa, ulardan qochishga harakat qilamiz. Tez-tez takrorlanuvchi odatlarimiz ishonchimizni yanada oshiradi, tutgan yo‘limiz yoki mazxabimiz to‘g‘ri ekanligiga da’vat etadi. Agar kimdir davlat, irqimiz, tilimiz yoki o‘zimiz mansub dinni noto‘g‘ri deb aytadigan bo‘lsa, biz har doim suyanadigan haqiqat yoki fikrlarga zid keluvchi qarashlardan o‘zimizni izolyatsiya qila boshlaymiz. Odatlarimiz faktlar orqali rad etilganda tushkunlikka tushamiz va fikrlarimizni o‘zgartirishga harakat qilamiz. Boshida bu juda qiyinchilik bilan bo‘ladi, keyinroq esa bu, odatga, xatto avvalgisidan ham yaxshirq ko‘nikmaga aylanishi mumkin. Matonat metodi har doim suya’ni b qolingan odat, ko‘nikmalarni himoya qila olmaydi. Insoniyatning ishonchi bir xil emas, chunki ma’lum tarixiy jarayonlarda jamiyatlarning umumiy qarashlari turlicha bo‘lgan va insonlar shaxsiy va ijtimoiy qiziqishlarini himoyalashga harakat qilgan. Boshqa fikrlar “bosimi”ga har doim ham e’tibor bermaslikning iloji yo‘q. O‘z yo‘lida sodiq odam ham ba’zan kamchiliklarni tan olishga majbur.
Boshqa qarashlar ko‘lami his qilinganda, bu metodning zaddiyatli fikrlardan xulosa chiqarishga kuchi yetmaydi. Va ishonchning yagona shakli yo‘qolishi oqibatida turg‘un qarashlarga ehtiyoj sezadi.
Milliy g‘oya va milliy mafkura urf-odatlar orqali ham jamiyat a’zolarining ongiga singib boradi. Jamiyat yoki ijtimoiy guruh tomonidan biror shaxs yoki voqea-hodisaga nisbatan bo‘lgan munosabat muayyan urf-odatlar bilan asoslanadi. Bunda biror xatti-harakatni asoslash uchun “urf-odatlarimizga ko‘ra...”, deb fikr yuritiladi.
Fikr-mulohazalarni asoslash, dalillash murakkab mantiqiy jarayon bo‘lib, unda bir yoki undan ortiq o‘zaro bog‘langan muhokamalar sistemasidan foydalaniladi. Mulohazalarning chinligini asoslash, dalillashda ishonchli argumetlarga taya’ni sh tafakkurning eng muhim xususiyatlaridan biri bo‘lib, fikrlarimizning mantiqli, tartibli, ishonarli bo‘lishini ta’minlaydi.