O‘zbekiston milliy universiteti udk: 330. 34(575. 1)



Yüklə 1,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/32
tarix01.06.2022
ölçüsü1,32 Mb.
#116508
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   32
5ea8732741db08f7ea37ab20e3f50317 yashil iqtisodiyot asosida barqaror iqtisodiy osishni taminlash xalqaro tajriba va milliy xususiyatlar

1-BOB bo‘yicha xulosa 
1-bob bo‘yicha xulosa quyidagilardan iborat, xalqning turmush darajasini 
oshirish, erkin va farovon hayotni qurishda milliy iqtisodiyotning barqaror 
o‘sishini ta’minlash va jamiyat a’zolarining daromadlarini oshirib borish muhim 
ahamiyat kasb etadi. Iqtisodiy o‘sish muayyan davr mobaynida mamlakatda 
tovar va xizmatlar ishlab chiqarish darajasining ijobiy o‘zgarishidir. 
“Iqtisodiy o‘sish” va “iqtisodiy rivojlanish” tushunchalari o‘rtasida farq 
mavjudligi ma’lum bo‘ldi. Iqtisodiy o‘sish deganda moddiy ne’matlarni ishlab 
chiqarishning miqdoriy jihatdan ko‘payishini tushunsak, iqtisodiy rivojlanish 
deganda esa iqtisodiy o‘sishga nisbatan kengroq tushunchani, ya’ni nafaqat 
ishlab chiqarish hajmining ortishini, balki aholi turmush darajasi o‘sishini va 
iqtisodiyotda bo‘layotgan turli xildagi o‘zgarishlarni ham ifodalanishi 
tushuniladi. Iqtisodiy rivojlanish - iqtisodiy o‘sishga nisbatan kengroq tushuncha 
bo‘lib, u nafaqat ishlab chiqarishning ortishini, balki uning kamayishini hamda 
iqtisodiyotdagi o‘zgarishlarni ham ifodalab keladi. Iqtisodiy rivojlanish ko‘p 
tomonli jarayon hisoblanadi hamda texnik, iqtisodiy va ijtimoiy sohalardagi 
o‘zgarishlarni o‘z ichiga qamrab oladi. 
Yaqin 
kelajakda 
mamlakatning 
ijtimoiy-iqtisodiy 
taraqqiyotini 
rivojlanayotgan davlatlarning iqtisodiy jihatdan yuqori rivojlanish darajasiga 
yetkazib olishni maqsad qilgan O‘zbekiston uchun respublikaning investitsion 
jozibadorligini tadqiq etish, investitsiya mablag‘larini ichki kapital resurslar 
hamda xorijiy investitsiya va kreditlar asosida ko‘payishiga erishish bo‘yicha 
taklif va tavsiyalar ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etadi. 
O‘zbekiston Respublikasining makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari, ayniqsa, 
valyuta bozori holati ustidan tizimli monitoringni amalga oshirish, zaruriyat 
tug‘ilganda, milliy valyuta va ichki bozordagi narxlarning barqarorligini 
oshirish, makroiqtisodiy muvozanatni saqlash va yuqori iqtisodiy o‘sish 
sur’atlarini ta’minlashga yo‘naltirilgan qonunchilikni takomillashtirish asosida 
milliy valyutaning va ichki bozordagi narxlarning barqarorligini ta’minlash. 


37 

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin