83
XULOSA
Xulosa
qilib aytganda, har bir mamlakat barqaror iqtisodiy o‘sishni
ta’minlashga intiladi, chunki iqtisodiy o‘sish:
1. milliy mahsulot hajmi va daromadning ko‘payishiga;
2. resurslardan samarali foydalanishga;
3. yangi-yangi ehtiyojlar va imkoniyatlarning paydo bo‘lishiga;
4. xalqaro bozorlarda mamlakat nufuzining oshishiga olib keladi va eng
asosiysi aholining farovon yashashini ta’minlaydi.
Bir so‘z bilan aytganda, barcha amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar
faqat bitta maqsadga– aholi farovonligini oshirish, turmush tarzini yaxshilash va
xalqimizni rozi qilishga yo‘naltirilgandir.
Keyingi yarim asr mobaynida sayyoramizda ekologik xavf-xatarlar
miqdori ortib borayotgani mutaxassis-olimlarni jiddiy tashvishga solayotir.
Iqtisodiy taraqqiyot maqsadlarida energiyadan foydalanishning me’yoridan ortib
ketishi muammoning asosiy sababi sifatida e’tirof etilmoqda. Yoqilg‘ining
organik turlaridan foydalanuvchi elektr va issiqlik stansiyalari hamda ichki
yonuv dvigatellaridan chiqayotgan zararli
gazlar tufayli atrof-muhit
ifloslanmoqda. Yillar davomida atmosferaga zararli moddalar qoldiqlarini katta
miqdorda chiqarib yuborilishi natijasida ozon qatlamiga putur yetgan, Yerda esa
global energiya tanqisligi vujudga kelmoqda. Natijada dunyo iqlimining
o‘zgarishi, energiya quvvati manbalarining kamayishi butunjahon oziq-ovqat
tanqisligi muammosi bilan chambarchas bog‘lanib, insoniyat oldiga ulkan
muammolarni qo‘ymoqda.
Bundan
tashqari, dunyo aholisi sonining muttasil oshib borayotgani
sababli energiyaga bo‘lgan talabni mavjud energiya tizimlari ta’minlab bera
olmaydigan vaziyat yuzaga kelmoqda. Dunyoning 65dan ziyod mamlakatlari o‘z
oldiga quyosh, shamol, suv energiyasidan foydalanish orqali muqobil va qayta
tiklanuvchi energiya manbalaridan,
shuningdek, vodorod, biogaz va
boshqalardan kengroq foydalanishga qaratilgan maqsadlarni qo‘yishgan.
84
Respublikamiz hududlarida qayta tiklanuvchi energiya manbalari
energiyasidan foydalanish bo‘yicha zahiralar hali to‘laligicha ishga solinmagan
va ular bo‘yicha hududiy manzilli dasturlar ishlab chiqish zaruriyati mavjud.
Vaholanki, yurtimizda muqobil va qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan
foydalanish imkoniyatlari katta. Aytaylik, respublikamizda yilning asosiy qismi
300
kun quyoshlidir, ekspertlarning fikriga ko‘ra uning kuvvati 50 trillion 973
million tonna shartli yoqilg‘iga teng bo‘lib, mamlakatimizda aniqlangan jami
energiya zahiralariga nisbatan ancha ko‘pdir. Qolaversa, yurtimiz tabiiy sharoiti
quyosh va shamol energetikasidan birgalikda foydalanish uchun qulaydir.
Ayniqsa, mamlakatimizda kichik turdagi muqobil energiya manbalarini
rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar mavjud.
Serquyosh o‘lkamizda ham «quyoshli uy»lar qurish, ularni quyosh nuri
bilan isitish, issiq suv va fotoelektrik energiya bilan ta’minlash
imkoniyati
yuqori. Yurtimizda ekologik toza energiya manbalaridan foydalanishga
qaratilgan innovatsiya loyihalarining ishlab chiqilishi, ularga mahalliy va xorijiy
sarmoyaviy manbalarning keng jalb etilishi mazkur soha istiqbolini ta’minlashga
munosib xizmat qiladi.
Yuqoridagi so‘zlarni muxtasar qilgan holda, chuqur qayta o‘ylab ishlab
chiqilgan takliflar quyidagilardan iborat:
1) investitsiyaviy loyihalarning jozibadorligini
yanada oshirgan holda
ishlab chiqish;
2) mamlakatimizga kiritilayotgan sarmoyalar tarkibida to‘g‘ridan-to‘g‘ri
xorijiy investitsiyalarning salmog‘ini oshirish;
3) xususiy mulkchilik va tadbirkorlikni yanada rivojlantirish;
4) eksportga mo‘ljallangan, chuqur qayta ishlangan tovar va mahsulotlarni
ishlab chiqarishni rag‘batlantirish;
5) soliq, bank-moliya tizimini chuqur qayta isloh qilish, samarasiz kredit
va subsidiyalardan voz kechish;
6) mavjud resurslardan oqilona va samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish;
85
7) “yashil” energiyadan keng foydalanish bo‘yicha
hukumat va hududiy
hokimliklar qarorlarini qabul qilish;
8) aholi va davlat energiya iste’molida energiya tejamkor texnologiyalarni
qo‘llash bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish;
9) “yashil” uy va binolarni qurish bo‘yicha amaliy taklif va ishlanmalar
ishlab chiqish;
Xulosa qilib aytganda, kelajakda iqtisodiyot
taraqqiyotini innovatsion
texnologiyalarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Bu yo‘nalishda esa muqobil energiya
manbalaridan foydalanish alohida ahamiyatga ega. Demak, davlatimiz
rahbarining yangi qarori asosida bu borada boshlangan ishlar miqyoslari yanada
kengayadi, samaradorligi esa ortaveradi.