O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek hamdamov, abdug‘opir qosimov jahon adabiyoti


Alber Kamyu(1913–1960) va absurd falsafasi



Yüklə 1,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə116/156
tarix03.12.2023
ölçüsü1,56 Mb.
#138037
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   156
jaxon adabiyati songisi

Alber Kamyu(1913–1960) va absurd falsafasi.
Atoqli adib, pub
-
litsist va faylasuf bo‘lgan Alber Kamyu hayoti va ijodiga qiziqish 
doimo yuqori bo‘lgan.
A.Kamyu 1913-yilning 7-noyabrida Jazoirning uncha katta 
bo‘lmagan Mondovi shaharchasida, qishloq xo‘jaligi ishchisi oila-
sida dunyoga keldi. Otasi Lyusen Kamyu Birinchi jahon urushida 
halok bo‘lgan. 1924-yili Belkurdagi boshlang‘ich maktabni tugat
-
gan Alber litseyga o‘qishga kiradi. Litseyni tugatgach, mahalliy uni
-
versitetning falsafa-tarix fakultetiga o‘qishga kiradi. 
U 1935-yilda tashkil etilgan ko‘chma Mehnat teatrini tashkil 
etilishiga bosh-qosh bo‘ldi. Bu yerda Kamyuning aktyorlik va re
-
jissyorlik iqtidori namoyon bo‘ldi. 30-yillarning oxirlarida “Ekip” 
teatr truppasi bilan butun Jazoirni kezib chiqadi. U sahnada rollar 
ijro etish bilan birga badiiy ijod bilan shug‘ullanishni ham davom 
ettirdi. “Jazoir Respublikasi” gazetasida muxbir va muharrir vazi
-
falarida ham ishladi, bir necha esse, onasi, buvisi va bobosi haqi-
dagi xotiralardan tarkib topgan ilk kitobi “Ichki tomon va qiyofa” 
bosilib chiqdi, “Kaligula” pyesasining dastlabki chizgilari, ilk nas
-
riy to‘plamlar paydo bo‘ldi, “Saodatli o‘lim” romani yozildi, lekin 
nashrga berilmadi. Bu davrda “Sizif haqida asotir” falsafiy essesi us
-
tida ish boshlandi. 1938-yilda ikkinchi kitobi – “Nikoh” bosmadan 
chiqqach, 1940-yildan Parijda yashay boshladi. O‘sha yilning yo
-
zida “G‘aroyib urush” Fransiyaning mag‘lubiyati bilan tugagach, 
Kamyu Lionga va u yerdan Jazoirga keladi. Bir qancha muddat 
33
Анвар Шер. Жан-Поль Сартр ва бадиий ижод эстетикаси// Жаҳон 
адабиёти. 2014 й. №4. -б. 18
9–1
93.


244
o‘qituvchilik bilan shug‘ullanadi. 1942-yili Kamyu Fransiyaga qay
-
tadi Qarshilik harakatining “Komba” deb ataluvchi guruhiga a’zo 
bo‘ladi. 1944-yilda “Anglashilmovchilik”, 1945-yilda esa “Kaligu
-
la” asarlari sahnalashtirildi.
Urush yillarida yaratilgan asarlaridan ikkitasi – “Begona” va 
“Sizif haqida asotir” yozuvchiga katta shuhrat keltirdi. 1947-yil
-
da nashr etilgan “Vabo” romani muallif nomini yanada mashhur 
qildi. 50-yillarning o‘rtalari va oxirida Kamyu yana teatrga qay
-
tib, o‘zining hamda boshqa mualliflar (Dostoevskiy, Folkner)ning 
asarlarini sahnalashtirdi. 1951-yilda nashr etilgan “Isyonkor odam” 
pamfleti Kamyuning bu turdagi so‘nggi yirik asari edi. 1957-yili 
Nobel mukofoti berilishi bilan qilingan ma’ruzasi mashhur bo‘ldi. 
O‘zining bunday yuksak mukofotga loyiq deb topilganini bilgan 
44-yoshli adib: “... Men sarosimaga tushdim, ichimda bir hayajon 
uyg‘ondi.O‘zimni tinchlantirish uchun menga bunchalik saxiylik 
qilgan qismat bilan hisob-kitob qilishga to‘g‘ri keldi. Va men o‘z 
xizmatlarim bilangina unga loyiqman, deb hisoblay olmaganimdan, 
butun hayotim davomida turli vaziyatlarda madad bergan bir narsa-
ga tayandim. Bu – san’at va yozuvchining roli haqidagi tasavvurim 
edi...”, – degan edi.
1960-yilning 4-yanvarida Rojdestvo bayramini o‘tkazib Parijga 
qaytayotgan Kamyu o‘z mashinasida avtohalokatga uchrab halok 
bo‘ladi. U bu davrda “Birinchi odam” romani ustida ishlayotgan 
edi. Asar yozuvchining o‘limidan o‘ttiz to‘rt yil keyin chop etildi va 
katta shuhrat qozondiki, adabiyotshunoslar Kamyuning hayotligida 
e’lon qilingan bironta asari bu qadar mashhur bo‘lmaganini e’tirof 
etishdi.
Kamyu falsafiy qarashlarining tadriji tarixiy sharoit bi
-
lan bog‘liqdir. Muallifning o‘zi ham asarlarining ikki turkumga 
bo‘linishi haqida gapiradi. Dastlabki – absurd mavzusiga “Sizif 
haqida asotir” essesi, “Begona” qissasi va “Kaligula” pyesasi kiradi. 
Isyon mavzusiga esa “Isyonkor odam” essesi va “Vabo” romanini 
kiritish mumkin.


245
A.Kamyuning “Sizif haqida asotir” asarida absurd tushunchasi 
ekzistensializmning asosiy tamoyili ekanligi tadqiq etilgan. Adib 
inson hayotining be’mani ekanligini Sizifning afsonaviy obrazi 
orqali gavdalantiradi. Makkorligi uchun narigi dunyoda abadiy 
jazoga hukm etilgan Sizif ulkan xarsangtoshni tog‘ cho‘qqisiga olib 
chiqdim, degan chog‘da tosh pastga qulaydi va bu harakat to‘xtovsiz 
takrorlana beradi. Inson bunday absurdga chiday olmay “isyon” 
ko‘taradi. Ana shundan beri vaqti-vaqti bilan “isyonlar” ko‘tarilib, 
ulardan inson o‘zining Sizifga xos ahvolidan qutulish uchun stixi-
yali ravishda najot izlaydi. Yoki borliqning absurd mohiyati insonni 
hayotdagi hatti-harakatini belgilash, ya’ni absurdga bo‘yin egish 
yoki u bilan kelishmay yashashni taqozo etadi.
“Begona” qissasining qahramoni Merso taqdirdan ro‘shnolik 
ko‘rmaydi. U ishdan haydalmaydi, boshliqdan dashnom eshitmay-
di, hamkasblari bilan sen-menga bormagan. Lekin jamiyat o‘ziga 
o‘xshamagani, hamma rioya qilib kelgan axloq normalariga uyg‘un 
harakat qilmagani uchun Mersoni begona deb biladi. U ikkita arabni 
affekt holatida otib o‘ldirgani uchun emas, balki onasining o‘limi 
kuni yig‘lamagani, shu kuni eski tanishi – Mari degan qiz bilan birga 
bo‘lgani uchun sud qilinayotgandek ko‘rinadi. Sudda uning qalbi 
jinoyatchi deb topiladi va jazo og‘ir ko‘rinish oladi – o‘lim. 
“Begona”da umrning bebaqoligi, har qanday inson qismatining 
omonatligi haqidagi badiiy haqiqat mavjud. Mana shu “fazilati” uc-
hun ham ba’zilar uni yoqtirmaydi”
34
.
Mersoning ziddiyatli qalbini tushunish uchun unga barcha li-
boslarni yechib, inson o‘laroq yaqinlashish kerak. Savol tug‘iladi: 
madaniy, axloqiy va diniy qadriyatlarsiz inson insonmi? Insonga 
yaqinlashar ekanmiz, qadriyatlarni bosh mezon qilib olamiz, ularga 
suyanamiz. Mana shu ma’noda Merso hech qanday qadriyatga orqa 
qilmaydi. Libos kiymaydi. 
Birinchi turkumga kirgan “Begona” qissasidagi bosh qahramon 
tabiati va ruhiyatining tasviri nafaqat fransuz adabiyoti, balki jahon 
34
Ermatov H. Nobel mukofoti sovrindorlari. – T.: G‘.G‘ulom nomidagi 
nashriyot-matbaa ijodiy uyi. 2011-y.


246
adabiyotidagi ko‘plab asarlardan butunlay farq qiladi. Yozuvchi bir 
qarashda bemehr, loqayd va odam o‘ldirgan jinoyatchi yigit Mersoni 
qoralash yo‘lini tutmaydi. Aksincha, uni inson sifatida kashf etish, 
tushunish va anglab yetishga harakat qiladi.
Biz ko‘pincha badiiy qahramon tahlilida asosiy mezon qilib olga
-
nimiz singari Mersoni muhit, jamiyat, siyosat bilan bog‘liq bo‘lgan 
ijtimoiy hodisa sifatida qabul qilishimiz mumkin emas. U doimo 
haqiqatdan qochib, ikkiyuzlamachilik asosida yashashga asoslangan 
insonlar jamiyati uchun begona. Kamyuning o‘zi ta’kidlaganidek, 
“uni atrofdagilar o‘yiniga qo‘shilmagani uchun jazolashadi... U 
yolg‘on gapirishdan bosh tortadi... jamiyat esa bundan o‘zini xavf 
ostida qolganday sezadi”
35
. Bema’ni, absurd dunyoda yashashga 
mahkum insonni ilohiy xususiyatlar sohibi bo‘lgan g‘aroyib mavju-
dot sifatida tushunib yetishga intilish ekzistensializm adabiyoti va-
killarining asosiy vazifalaridan biri edi.
A.Kamyuning o‘zi “faylasuf bo‘lishni istasang romanlar yozish 
kerak” degan fikrni qayd etadi. Shundan bo‘lsa kerak, uning uchun 
badiiy asarlar va ulardagi qahramonlar falsafiy qarashlarni bayon 
etishda muhim vosita sanalgan. Masalan, “Vabo” romanining asosiy 
qahramonlari muallif shaxsining ba’zi qirralarini namoyon etishi 
barobarida Kamyu falsafiy dunyoqarashini ham aks ettiradi. “Sizif 
haqida asotir”dagi absurd olam muhitida keyinchalik “Begona”, 
“Anglashilmovchilik”, “Kaligula” singari qissa va pyesalarning qa
-
hramonlari ham yashaydilar. 
“Vabo” romani Kamyu Qarshilik harakatiga a’zo bo‘lgan va 
“Komba” gazetasiga muharrirlik qilgan paytida yozila boshlagan 
va 1947-yilda chop etilgan. Asar ustida ishlayotib adib kundaligiga 
shunday deb yozadi: “Vabo” yordamida u tarqalgan paytda biz za
-
harlangan atmosfera va ayriliqdan qattiq azob chekkanligimizni ay-
tmoqchimiz. Shu bilan birga men bu izohni borliqqa bir butun qilib 
kengaytirmoqchiman”. Vabo nafaqat kasallik – yovuz kuch, ayovsiz 
35
Великовский С. Проклятые вопросы Камю. Камю А. Избранное. – 
М.: Правда, 1990.


247
qamchi va nafaqat urush, shuningdek, jamiyat va gunohsiz bolalarn-
ing o‘limidir. Vabo moslashuvchan bo‘lib, uning mikroblari hamma 
joyga in quradi. Har bir ehtiyotsiz qadamlarni poylab turadi. Vabo 
falokat – sukunatda jim turadi, ba’zan esa portlab ketadi, lekin hech 
qachon yo‘qolib ketmaydi. Shunday kun keladiki, u odamlarni g‘am-
anduhga ko‘mib, shahardagi barcha kalamushlarni uyg‘otib, ularni 
osoyishta shaharning ko‘chalarini o‘pirib tashlashga jo‘natadi. 
Kamyuning asaridagi voqealar ham xuddi shu tarzda boshlanadi. 
Doktor Rie yashaydigan Oran shahriga o‘lat epidemiyasi tarqaydi. 
Shahardan chiqish va unga kirish ta’qiqlab qo‘yiladi. Shahar ahli, 
uning mehmonlari bunday ayriliqdan tushkunlikka tushib umidsiz 
ahvolda qolishadi. Shahar qabristonlari son-sanoqsiz qurbonlarga 
to‘lib toshadi. Aholi ehtiyotkorlikdan tinkasi qurib bir-birlariga 
shubha bilan nigoh tashlaydilar. Butun shahar aholisi kelajakka 
umidsizlik bilan qaray boshlaydi. Asar qahramoni doktor Riening 
aytishicha: “Vaboni tushunish – bu uni qabul qilish degani emas. 
Uni tushunish uchun telba yoki ko‘r, sodda qilib aytganda, ahmoq 
bo‘lish kerak. Ming afsuski, vabo bilan kelishishga to‘g‘ri keladi”.
Umuman, asarda insonning yolg‘izligi haqidagi fikr oldinga su
-
riladi. Inson atrof-muhitga qarama-qarshi qo‘yiladi, lekin u tashqi 
muhit doirasidan chiqib keta olmaydi, dunyoni anglab yetishda oji-
zlik qiladi.
Kamyu o‘zining har bir asarida inson va uning hayotdagi o‘rni, 
o‘limning haq ekanligi, hayotning mazmuni haqida fikr yuritadi va 
ana shu savollarga javob izlaydi. Amerikalik tadqiqotchi Syuzan Zon
-
tag: “Kamyuning asarlarida asosiy o‘rin bosh qahramonlar hayotiga 
emas, balki gunohkorlik va begunohlik masalalariga bag‘ishlangan. 
Uning ijodi yuksak san’ati yoki chuqur ma’nosi bilangina emas, 
balki mutlaqo boshqa tomondan, ya’ni axloqiy go‘zalligi bilan ham 
ajralib turadi”
36
, – deya ta’rif beradi.
Alber Kamyuning merosi XX asr adabiyotining takrorlanmas 
sahifalaridan sanaladi. Yana bir fransuz gumanist adibi 

Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin