O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek hamdamov, abdug‘opir qosimov jahon adabiyoti


nazarida Homer qatorida turadigan ikkinchi  ulug‘ shoir  Hesiod



Yüklə 1,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/156
tarix03.12.2023
ölçüsü1,56 Mb.
#138037
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   156
jaxon adabiyati songisi

 
nazarida Homer qatorida turadigan ikkinchi 
ulug‘ shoir 
Hesiod
(m.o.VIII-VII asrlar)
hisoblangan. Hesiod-
ning hayotiga doir ma’lumotlar kam bo‘lsada, tarix sahifalarida 
saqlanib qolgan. U qadimgi yunon adabiyotidagi hayoti haqida aniq 
ma’lumotlar yetib kelgan birinchi ijodkor sanaladi. Uning otasi 
Kichik Osiyoning Kim degan yerida tug‘ilgan, keyinchalik Yunon-
istonning asosan dehqonchilik bilan shug‘ullanuvchi Beotiya viloy
-
atiga ko‘chib o‘tgan. Shoir o‘zi haqidagi ba’zi bir ma’lumotlarni 
qadimgi yunon adabiyotidagi didaktik eposning birinchi namu
-
nasi bo‘lgan “Mehnat va kunlar” dostonida keltiradi, ya’ni u otasi 
kabi yoshligidan dehqonchilik bilan shug‘ullangan, shu bilan birga 
Yevbeya orolida o‘tkazilgan rapsod(baxshi)lar musobaqasida qa
-
tnashib, faxrli sovrinni qo‘lga kiritgan. Hesiod qadimgi yunonlar 
nazarida Homer bilan bir safda turuvchi ulug‘ shoir bo‘lgan.


54
Yunon qahramonlik eposi o‘z ichiga didaktik elementlarni ham 
qamrab olgan, jumladan, Homer dostonlaridagi Nestorning o‘git 
va nasihatlari didaktik poeziyaga misol bo‘la oladi. Biroq, Hesiod
-
ning “Mehnat va kunlar” dostoni inson mehnatining ulug‘vorligi, 
adolatning barqarorligi va mehnat ahlining tirikchiligi yo‘lida 
uchraydigan boshqa turli-tuman masalalar haqida inisi Persga qarata 
aytilgan pand-nasihatlar tarzida yozilgan 
birinchi didaktik
asardir. 
“Mehnat va kunlar” dostonining ijodkori hayotning jamiki boy-
liklari faqat mehnat tufayli bunyod etilganligini asarning boshidan 
oxiriga qadar qayta-qayta takrorlaydi. Doston o‘zining zamonaviy 
mazmuni, ajoyib realistik lavhalari bilan yunon adabiyoti tarixida 
favqulotda muhim o‘rinni egalladi.
Mazkur asarda Hesiod mustahkam oila xususidagi qarashlarni 
ham bayon etadi. Unga ko‘ra er kishi ishq-muhabbat ehtiroslaridan 
o‘zini tiyishi, o‘ttiz yoshga to‘lganda yosh qizga uylanishi lozim 
deb maslahat beradi. Chunki yosh qizlarni nozik axloq qoidalariga 
o‘rgatish oson kechadi. Hesiod oilada o‘g‘il bittadan ko‘p bo‘lsa to
-
morqani taqsimlashda muammolar paydo bo‘lishidan ogohlantiradi. 
“Mehnat va kunlar” dostonidan tashqari yana ikkita doston – “Teo
-
goniya” va “Ayollar jadvali” asarlari Hesiod nomi bilan bog‘lanadi.
“Teogoniya” (“Ma’budlarning paydo bo‘lishi”) dostonida qadim
-
gi yunonlarning Xaos va yerdan paydo bo‘lgan koinot, Uran(Osmon), 
Kron va Zevs boshqargan turli ma’budlarning kelib chiqishi haqida-
gi tushunchalari, mifologik e’tiqodlari bayon qilinadi. Muallifning 
ta’kidlashicha, Zevs taxtni ko‘plab jinoyatlar sodir etgan otasidan 
tortib oladi va hokimiyatini mustahkamlash uchun Kronning qarin-
doshlari bo‘lgan titanlarga qarshi mashaqqatli kurash olib boradi. Ti-
tanlar va dahshatli maxluq Tifoyga qarshi olib borilgan janglarning 
bayoni, Samoda va yerda odil tartib o‘rnatgan qudratli hamda dono 
hukmdor Zevsni ulug‘lash asarning kulminatsiyasini tashkil qiladi. 
“Ayollar jadvali” ham mazmun jihatidan “Teogoniya” dostoniga 
ancha yaqin bo‘lib – asar biror ma’buddan atoqli qahramon farzand 
ko‘rgan ayollarga bag‘ishlangan. Dostondan turli hajmdagi parcha
-


55
lar saqlanib qolgan bo‘lib, ahamiyatli jihati shundaki, ularda Homer 
dostonlarida uchramaydigan, lekin keyingi davrlarda xor lirikasi va 
tragediyalarda keng foydalanilgan miflar keltirilgan. 
M.o. VI asrda didaktik epos negizida falsafiy doston janri shak
-
llandi va Hesiodning “Teogoniya” asari an’analari shoir-faylasuflar 
Ksenofan(tax. m.o. 565 – 470 y.), Parmenid(m.o. VI asr oxiri – V asr 
boshlari), Empedokl(tax. 495 – 435 y.) tomonidan davom ettirildi.
Antik davr tanqidchiligi Hesiod bayon uslubiga xos quruqlikni 
inkor etmagan holda dostonlarning tarbiyaviy ahamiyatiga yuksak 
baho berganlar. Tarixchi Gerodot (m.av. V asr) ikki daho shoir – He
-
siod va Homer ellinlarga ma’bud va ma’budalarning kelib chiqish 
tarixini bayon qilish bilan birga ularning ismlariga epitetlar bilan 
ta’rif berganini ta’kidlagan edi.

Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin