O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek hamdamov, abdug‘opir qosimov jahon adabiyoti



Yüklə 1,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/189
tarix27.03.2022
ölçüsü1,56 Mb.
#114995
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   189
ulug bek hamdamov jahon adabiyoti

Mifologik maktab. Mif  XIX  asrga  kelganda  ilmiy  o‘rganildi, 
uning tabiati, genezisi, mazmun-mohiyati, yo‘nalishlari haqida il-
miy mulohazalar o‘rtaga tashlandi. Natijada fanda mifologik mak-
tab nomi bilan ataladigan alohida yo‘nalish paydo bo‘ldi. U haqida 
o‘zbek  adabiyotgunos  olimlari  –  D.  Quronov,  Z.  Mamajonov  va 
M.  Sheraliyevalar  tomonidan  tayyorlangan  “Adabiyotshunoslik 
lug‘ati”da quyidagilarni o‘qish mumkin: “Mifologik maktab – XIX 
asr Yyyevropa adabiyotshunosligida vujudga kelgan ilmiy yo‘nalish. 
M.m.ning falsafiy negizini F.Shelling, A.Shlegel va F.Shlegel kabi 
mutafakkirlar ta’limoti tashkil etadi. Bu mutafakkirlar estetikasida 
miflar juda katta o‘rin tutadi. Ularga ko‘ra, adabiyot va san’atning 
vujudga kelishiga miflar asos bo‘lgan, mif – poeziyaning javhari-
dir. Ma’lumki, romantizm ekzotikaga moyillik bilan xarakterlanadi
ayni shu narsa xalq og‘zaki ijodiga qiziqish kuchayganining bosh 
omili bo‘ldi. Zero, klassitsizm davri sig‘ingan antik etalonlardan, 
ma’rifatchilik  topingan  aql  kultidan  bezgan  romantizm  vakillari 
xalq og‘zaki ijodida chinakam ekzotika, bitmas-tuganmas xazinani 
ko‘rdilar. Shuning uchun xalq og‘zaki ijodi namunalarini to‘plash 
va nashr qilish, ularni atroflicha tadqiq etish ishlari avj oldi. Bunda 
nemis olimlari – aka-uka Grimmlar, ayniqsa, jonbozlik ko‘rsatdilar: 
1812-yilda  ular  to‘plagan  ertaklarning  ilk  jildi  chop  etildi;  folk-
lorshunoslik  sohasidagi  tadqiqotlari  asosida  “Nemis  mifologiya-
si”  (1835)  asari  yaratilib,  unda  M.m.ning  nazariy  qarashlari  tugal 
shakllantirildi.  Aka-ukalar  adabiyotning  paydo  bo‘lishini  nemis 
romantizm falsafasidagi xalq ruhi tushunchasi  bilan  bog‘laydilar: 
g‘aybdan ilhomlantiriluvchi xalq ruhi avval  miflarni  yaratadi,  ke-
yin esa miflardan epos, ertak, lirik qo‘shiq va sh.k. boshqa janrlar 
tug‘iladi; ilohiy ilhom tufayli yaralgani uchun ham folklor – xalq 
ruhining anglanmagan ijod mahsuli, uning shaxssizligi ham shu 
bilan bog‘liqdir. Aka-uka Grimmlar turli xalqlar folklorini qiyosiy 
o‘rganishadi, ularda kuzatiluvchi o‘xshashliklarni esa, xuddi barcha 
hind-Yyyevropa  tillari  uchun  umumiy  bobo  til  (sanskrit)  bo‘lgani 
kabi, barcha xalqlar (xususan, hind-Yyyevropa xalqlari) uchun umu-


37
miy qadimgi mifologiya mavjud bo‘lgani bilan izohlashadi. Yyyev-
ropaning turli mamlakatlarida ko‘plab izdoshlari bo‘lgan M.m.ning 
ilmiy izlanishlari, asosan, ikki (etimologik va analogik) yo‘nalishda 
kechdi.  Birinchi  yo‘nalish  (A.Kun,  M.Myuller,  F.Buslayev  va  b.) 
o‘z oldiga qadimgi miflar mazmunini tiklash, ularning paydo bo‘lish 
sabablarini  aniqlashni  maqsad  qilib  qo‘ysa,  ikkinchisi  (V.Shvars, 
V.Manxard  va  b.)  turli  xalqlar  folklorini  qiyosiy  o‘rganish  orqali 
o‘xshashliklarni aniqlash yo‘lidan bordi. M.m.ning bir qator qarash-
larini keyingi davr adabiyotshunosligi inkor qilgan bo‘lsa-da, u ad-
abiy nazariy tafakkur taraqqiyotida sezilarli iz qoldirdi. Jumladan, 
xalq og‘zaki ijodi namunalarini yozib olish va chop etish ishlarining 
yo‘lga qo‘yilgani, mifologiya, folklor va yozma adabiyot namunala-
rini qiyosiy o‘rganishning boshlab berilgani bevosita M.m. faoliyati 
bilan bog‘liqdir. Shuningdek, M.m.ning nazariy qarashlarini ijodiy 
rivojlantirib (ritual-mifologik tanqid) yoki inkor qilgan holda (sayy-
or syujetlar nazariyasi)  yangi  yo‘nalishlarning  maydonga  chiqqa-
ni ham uning adabiyotshunoslik rivojiga jiddiy ta’sir etganinini 
ko‘rsatadi”
11


Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   189




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin