O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek hamdamov, abdug‘opir qosimov jahon adabiyoti



Yüklə 1,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/189
tarix27.03.2022
ölçüsü1,56 Mb.
#114995
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   189
ulug bek hamdamov jahon adabiyoti

“Bilgamish” dostoni
Shumerlar sivilizatsiyasi topilganda, ular yashagan joylarda arx-
eologik qazishmalar olib borishar ekan, olimlar bu qadar katta xa-
zinaga duch kelishini hatto tasavvur ham qilmagan edilar. Turli-tu-
man ro‘zg‘or buyumlari, ish va harbiy qurollar, g‘ishtlar kabilardan 
tashqari, ko‘pdan ko‘p osori atiqalar, o‘sha davr kishilarining na-
faqat turmush tarzidan, balki ulkan ma’naviy hayotidan ham xabar 
berib turar edi. Topilgan yozma yodgorliklarning aksariyati hozirda 
dunyoning  ko‘plab  muzeylariga  tarqab  ketgan.  Ularning  umumiy 


12
soni taxminan 1 mln.dan ortiq deyiladi manbalarda. Yozma yodgor-
liklar (asosan, mixxatlar) ning taxminan 90–95 foizi xo‘jalik yuritish 
bilan bog‘liq bo‘lsa, qolgan qismi shumer adabiyotiga tegishlidir. 
S.Kramerning fikricha, badiiy asar bitilgan taxtachalar 5000 tadan 
ziyoddir. Shumerlar adabiyoti haqida o‘zbek olimi Zoyir Ziyotov 
shunday yozadi: “Shumer adabiyoti o‘zlari zamonida yozilgan “sof 
shumer” asarlariga va shumerlarning merosi sifatida, albatta, ularni 
ulug‘lab yozilgan keyingi toifa asarlarga bo‘linadi”. Xo‘sh, Ninevi-
yada ilk topilgan “Bilgamish” dostoni qaysi toifa asarlarga kiradi? 
Z.Ziyotov keyingi toifaga deydi. Lekin, shunday bo‘lsa-da, doston 
shumerlar madaniyati negizida paydo bo‘lganiga ko‘ra, uni shum-
er adabiyoti sirasida ko‘rish va qabul qilish maqsadga muvofiqdir. 
Chunki doston yoshini m.o. 2600–2700-yil deb belgilanishiga qara-
may, uning dastlabki sof shumerlar variantini olimlar 3700-yil deb 
bilishadi. Bundan tashari, dostonning dastlabki og‘zaki variantin-
ing  yoshi  4500-yildan  6000-yilga  qadar  tarix  bag‘riga  qirib  keti-
shi haqida qarashlar mavjud. Zero, Bilgamish tarixiy shaxs bo‘lib, 
4500–6000-yillar  muqaddam  Mesopotamiyadagi  Uruk  (Erex) 
shahrining birinchi sulolasi tarkibidagi hukmdorlardan biri o‘laroq 
yashab  o‘tgan.  Bilgamish  Shumerda  shu  darajada  mashhur  shaxs 
bo‘lganki, tiriklik chog‘laridayoq u haqda afsonalar to‘qilgan. Dos-
tonning bir qancha syujet chizig‘i mavjud. Biz hozir shulardan bit-
tasiga – 11 chi bitikka qisqacha to‘xtalamiz. Shuning o‘ziyoq bu 
Sharq dostonining nechog‘li ahamiyatli ekanini, tarixiy, adabiy va 
estetik  qiymatini,  o‘rnini  yaqqol  ko‘rsatishga  kifoya  qiladi.  “Bil-
gamish” dostonining Shumer va Bobil variantlari bor bo‘lib, ular 
bir-birlaridan syujet chiziqlari borasida farq qiladi.

Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   189




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin