Angliya romantizm adabiyoti XVIII asr oxirlaridan 1830-yillargacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga
oladi. Ilk romantik ijodkor Uilyam Bleyk (1757–1827) sanaladi.
Angliya romantizmining birinchi davri “Ko‘l maktabi” shoirlari
U.Vordsvort, S.T.Kolridj va R.Sauti nomlari bilan bog‘liqdir. Ular
shahar muhitidan yiroqda Kezik ko‘li yaqinida istiqomat qilganlari
bois “leykistlar” yoki “ko‘l maktabi” vakillari deb ataladi. Bu davr
adabiyotida tabiat manzaralari fantastika, oddiy kishilar hayoti tas-
viri asosiy o‘rin egallaydi. She’r va poemalari bilan adabiyotga kirib
kelgan, 1810-yillardan keyin “tarixiy romanlar otasi” sifatida nom
qozongan V.Skott faoliyatini boshlanishi ham shu davrga to‘g‘ri ke-
ladi. Ikkinchi davr Bayron va Shellining ijodga kirib kelishi bilan
belgilanadi. Jamiyatda shakllangan tartiblarni qabul qila olmaslik,
olamni satirik bo‘yoqlarda tasvirlash, siyosiy lirikaning shakllanishi
shu davrga xos xususiyatlar edi.
Angliya romantizmida “Darbadar melmot” falsafiy romani mual-
lifi Charlz Metyurin (1870–1824) ijodi ham muhim o‘rin tutadi.iya Ingliz romantizmida otashin va hassos shoir Jorj Gordon Noel