173
oliy darajadagi haqiqat hakami vazifasini qirol bajargan bo‘lsa, maz-
kur asarda bu vazifani fuqarolik huquqlaridan mahrum bo‘lgan qa-
roqchi Ernani ado etadi.
1831-yili «Parij Bibi Mariyam ibodatxonasi» romani yaratildi.
Asar mavzusi XV asrdagi Fransiya tarixidan olingan.
V.Gyugo o‘rta asr ibodatxonasi ustunlaridan birida «Ananke»
so‘zini o‘qidi. (taqdir, qismat degani) Yozuvchi bu so‘zga keng
ma’no berdi. (Din anankesi, jamiyat anankesi va boshq). Asar syu-
jeti quydagicha:
Ibodatxona ruhoniysi Klod Frollo – o‘z umrini din yo‘liga tikkan
odam. U yoshi o‘tib qolgan bo‘lishiga qaramay Parij ko‘chalarida
o‘yinga tushib tirikchilik o‘tkazuvchi lo‘li qiz Esmiraldani sevib
qoladi. Qiz buni rad qiladi. Frollo kapitan Feb bilan Esmiraldani
kuzatib yuradi. Qizni qirol armiyasi ofitseriga suiqasd qilishda ay-
blab, o‘limga hukm qiladilar. Uni jazolash uchun olib ketayotganda
Kvazimodo uni ibodatxonaga olib ketadi. U qashshoq odamlar bilan
ibodatxonada yashaydi.
Frollo qizga o‘z sevgisini majburlab o‘tkazmoqchi bo‘ladi, ammo
bu befoyda. U qizni jallodlar qo‘liga topshiradi. Qizni dorga osisha-
di. Kvazimoda Klod Frolloni o‘ldiradi. O‘zi ibodatxonani tark etib
Esmiralda jasadi oldida jon beradi.
Asardagi ibodatxona – o‘rta asrchilik, feodalizm, zulm, adaolat-
sizlik maskani sifatida tasvirlangan.
Viktor Gyugo 1862-yili « Ho‘rlanganlar», 1869-yili «Kulgich
odam», 1874-yili esa «93 yil» romanini yaratdi.
Dostları ilə paylaş: