O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek hamdamov, abdug‘opir qosimov jahon adabiyoti


REALIZM VA TANQIDIY REALIZM ADABIYOTI



Yüklə 1,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə119/189
tarix27.03.2022
ölçüsü1,56 Mb.
#114995
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   189
ulug bek hamdamov jahon adabiyoti

REALIZM VA TANQIDIY REALIZM ADABIYOTI
REJA:
1.  Adabiyotda realizm tushunchasi: Tanqidiy realism.
2.  Fransuz realizm adabiyoti:
а)  F.Stendal ijodi;
b)  O.Balzak ijodi;
s)  P.Merime ijodi;
d)  G.Floberning “Bovari xonim” romanida romantizm ad-
abiyotiga munosabat.
3.  Ingliz tanqidiy realizmi:
a)  Ch.Dikkens ijodi;
b)  U.Tekkerey ijodi.
4.  Nemis realizm adabiyoti. H.Hayne ijodi.
Tayanch so‘z va iboralar: realism: tanqidiy realism; F.Stendal: 
“Qizil va  qora”; Balzak:  “Insoniyat  komediyasi”;  P.Merime: no-
vella; G.Flober: “Bovari xonim”; Ch.Dikkens: satira; U.Tekkerey; 
H. Hayne.
Adabiyotda realizm tushunchasi
  Borliqni,  inson  va  uni  o‘rab  turgan  dunyoning  o‘ziga  xos  to-
monlarini aks ettiruvchi uslub sifatida realizmni ilk bor toshlarga 
o‘yilgan suratlarda, antik davr asarlarida uchratishimiz mumkin. Biz 
Uyg‘onish  davri,  ma’rifatparvarlik  davri  realizmining  o‘ziga  xos 
xususiyatlari to‘g‘risida gapirishimiz mumkin, biroq realizm adabiy 
oqim sifatida XIX asrning 30–40-yillariga kelibgina to‘laqonli shak-
llanadi. 
“Realizm” (lot. realis – mavjud, haqiqiy) – adabiyotshunoslikda 
realizm termini tor va keng ma’nolarda qo‘llaniladi. Keng ma’noda 
realizm terminining ma’nosi badiiy asar (unda tasvirlangan badi-


185
iy  voqelik)  bilan  real  voqelik  munosabatidan  kelib  chiqadi. Ya’ni 
bu holda realizm umumestetik tushuncha bo‘lib, hayotni reallikka 
muvofiq tasvirlashni, hayot haqiqatini bildiradi. Har qanday badiiy 
asarda voqelik u yoki bu tarzda aks etishi, voqelikni hayotga mo-
nand tarzda aks ettirish esa qadimdan mavjudligi e’tiborga olinsa, 
bu ma’nodagi realizmning ildizlari juda qadim zamonlarga taqalishi 
tabiiydir.
Tor ma’noda realizm hayotni haqiqatda mavjud narsa-hodisalar 
mohiyatiga muvofiq tarzda, voqelikda mavjud faktlarini tipiklashti-
rish asosida yaratilgan badiiy obrazlar orqali aks ettirishga asoslanuv-
chi ijodiy metod va ongli ravishda shu metodga tayangan adabiy 
yo‘nalishni bildiradi. Ushbu metod(yo‘nalish)ning maydonga chiqi-
shi XIX asrning o‘rtalariga to‘g‘ri keladi. Realizm metodida adabi-
yotning bilish funksiyasi ustuvor ahamiyat kasb etadi, realist ijod-
korlar adabiyotni olam va odamni (jumladan, o‘zini) idrok etishning 
muhim va samarali vositasi deb biladilar. Shunga ko‘ra, realizm ha-
yotni butun murakkabligi bilan keng ko‘lamda aks ettirishga intiladi.
XIX  asrning  o‘rtalarida  maydonga  chiqqan  realizm 
metod(yo‘nalish)i  sho‘ro  adabiyotshunosligida  tanqidiy  realizm 
deb, sho‘ro adabiyotining metodi esa sotsialistik realizm deb yurit-
ilgan. Har ikki terminning ilmiy muomalaga kirishi ham M.Gorkiy 
nomi  bilan  bog‘liqdir.  Bulardan  birinchisini  tanqidiy deb atarkan, 
M.Gorkiy bu davr realistik adabiyoti namunalarining aksariyati ma-
vjud burjua tuzumdagi ijtimoiy munosabatlarni teran tahlil etishi va 
uning insoniylikka zid mohiyatini ochib berishi hamda g‘oyaviy-
badiiy inkor qilishidan kelib chiqadi”.
26
XIX  asr  realizmini  uning  tahlil(tadqiqot)ga  moyilligini  (anal-
itizm) hisobga olib «tanqidiy» yoki «klassik» deb ataydilar. Realizm 
shaxs va jamiyatni doimiy harakatda, dinamik aloqalarda aks ettira-
di. Buning uchun badiiy tasvirning turli shakllaridan foydalaniladi. 
Realizm adabiyoti faqat o‘ziga xos bo‘lgan xususiyatlarga ega 
bo‘lgan  holda,  boshqa  adabiy  sistemalar  “kashfiyotlaridan”  ham 
26
  D.Quronov,  Z.Mamajonov,  M.Sheralieva. Adabiyotshunoslik  lug‘ati.  –  
T.: “Akademnashr”, 2010.


186
unumli foydalanadi, ularni to‘ldiradi. Masalan, XIX asr boshlarida 
romantizmga xos bo‘lgan tipiklashtirishning bir qancha xususiyat-
larini qabul qilsa, asr oxirida naturalizm va simvolizm yutuqlaridan 
foydalanadi.
Shanflyori va Dyuranti boshchiligidagi bir guruh fransuz yozu-
vchilari “realizm” terminining paydo bo‘lishiga sababchi bo‘ldilar. 
Ular XIX asrning 50-yillarida ushbu termin bilan haqqoniy, muallif 
munosabatisiz, borliqni aks ettirilishini atadilar.
Realistik san’at o‘z tadqiqotlarida fan kashfiyotlariga, avvalam-
bor jamiyat rivoji haqidagi fanlarga tayanadi. (Masalan, XIX asrning 
20–30-yillarida Angliya  va  Fransiyada  tarix  fanining  rivojlanishi, 
buyuk ingliz iqtisodchisi Adam Smitning tannarx, jamiyatining sin-
fiy sutrukturasi haqidagi tadqiqotlari va b.). Realistik dunyoqarash-
ining shakllanishida dunyoviy bilimlarda erishilgan kashfiyotlar ham 
katta ahamiyat kasb etdi. (XVIII asr o‘rtalarida K.Linniy o‘simliklar 
va hayvonot dunyosining birinchi klassifikatsiyasini tuzdi, J.Byufon 
barcha jonzotlar umumiyligi va ular turlarining muhit almashuviga 
qarab o‘zgarishi, J.Kyuvening tirik organizm a’zolari orasidagi alo-
qa va ularning bir-biriga ta’siri haqidagi fikrlari va b.). Fransuz adibi 
O.de Balzak ham «Insoniyat komediyasi» so‘zboshisida Kyuve va 
Sent-Ilerlarni tilga olib o‘tadi. 
Realizmning umumiy qonuniyatlarini ishlab chiqqan, mil-
liy  xususiyatlarini  shakllantirgan  yozuvchilar  sirasiga  Fransiyada 
F.Stendal,  O.Balzak,  P.Merime,  G.Flober,  Sh.Bodler,  P.J.Beranje; 
Angliyada – Ch.Dikkens, U.Tekkerey, E.Gaskell, Sh.Bronte, J.Eliot; 
Amerikada – U.Uitmen, G.Bicher-Stou, romantizm ko‘proq saqlanib 
turgan Germaniyada esa H.Hayne va Fontanelarni kiritish mumkin.

Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   189




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin