167
uchun insoniyat rivojlanishidagi har bir yangi
bosqich badiiy ijod
oldiga yangi vazifalar qo‘yadi.
Yangi san’atning asosini: “Fransuz inqilobi, Fixtening “Fan
ta’limoti” va Gyotening “Meyster”i tashkil etadi”, – deb yozadi
Shlegel.
Nemis romantiklari san’atkorlarni odamlar orasidagi oliy mavju-
dot sifatida ulug‘ladilar. “Odamlar yer
yuzidagi boshqa mavjudot-
lardan qanchalik ustun bo‘lsalar, san’atkorlar
odamlardan shunchal-
ik ustundirlar”, – deb yozadi Shlegel.
Nemis romantiklarining asarlarida bu g‘oya u yoki bu darajada
o‘z ifodasini topdi.
F.Shlagel adabiyotga romantik kinoya tushunchasini olib kirdi;
romantik kinoya
nafaqat nemis romantiklari,
balki keyingi davr
yozuvchilariga ham katta ta’sir ko‘rsatdi. Shamisso, Gofman,
Gyote asarlarida romantik kinoya o‘zining konkret ijtimoiy ifoda-
sini topdi.
F.Shlagel o‘zining nazariy qarashlarini 1799-yilda yozilgan
“Lyo‘sinda” povestida ifoda etdi. Asar syujeti zamondoshlarini lol
qoldirdi, chunki Yuliy va Lyo‘sinda (rassomlar) obrazlarida ular mu-
allif va Doroteya Fetni tanidilar.
Romantik yozuvchi nuqtai nazaridan
qahramon muallifning aksi
bo‘lib adabiyotga o‘tishi, adabiyot o‘z
navbatida hayotga aylanishi
kerak.
Dostları ilə paylaş: