102
o‘tkinchiligi, foniylik, har qanday go‘zallikning nobud bo‘lishi
g‘oyasi shoir she’riyatining asosini tashkil qilgan.
Bir qarashda Viyon poeziyasi o‘rta asrlar uchun an’anaviy bo‘lib
tuyulishi mumkin, u balladalar, rondo(she’rning ayrim misralari
ma’lum tartibda takrorlanadigan turi), qo‘shiqlar yozdi, mavzu,
ohang, badiiy usullarini meros qilib oldi. Biroq ularga ko‘r-ko‘rona
ergashmadi, balki ularni kengaytirib, mavzu ko‘lamini chuqurlashtir-
di, falsafiy ruh bag‘ishladi . Shuning sababidan Viyon she’riyati,
o‘tmishdoshlari bilan qiyoslaganda, haqiqiy poetik inqilob bo‘ldi.
1456-yili shoirning yumor, kinoya, hazil-mutoyibaga yo‘g‘rilgan
“Le”(yoki “Kichik vasiyatnoma”) dostoni yaratildi.
Viyonning asosiy asari – “Vasiyatnoma”, keyinchalik shoirn-
ing hayotlik paytidayoq uni “Katta vasiyatnoma”(1461-y.) deb atay
boshlaganlar: doston 186 she’riy band, 16 ta ballada, 3 rondodan
iborat.
Viyon ijodining ta’siri XVI asrdan boshlab fransuz adabiyotida
yaqqol namoyon bo‘ladi. Rable, Lafonten, Molyer, T.Gote va Gyu-
golar uning ijodi ta’sirida bo‘lgan bo‘lsalar, Bualo hamda Volter un-
ing ijodiga yuqori baho berganlar.
Dostları ilə paylaş: