O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek hamdamov, abdug‘opir qosimov jahon adabiyoti



Yüklə 1,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə88/189
tarix27.03.2022
ölçüsü1,56 Mb.
#114995
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   189
ulug bek hamdamov jahon adabiyoti

«Sid» tragediyasi (1636). Kornelning «Sid» ini rus tiliga tarjima 
qilgan Kateninga Pushkin «Men seni va talabchan Kornelimni qut-
layman.  «Sid»  ni  uning  eng  yaxshi  tragediyasi  deb  hisoblayman» 
(1822) deb yozgan edi.
Asar syujeti ispan bahodiri Rodrigo Dianis haqidagi o‘rta asr qa-
hramonlik eposi va Gilen de Kastroning «Sidning yoshligi» pyesasi-
dan olingan. Ammo Kornel bu mavzuni zamonasiga yaqinlashtirib, 
mustaqil orginal asar yaratdi.
Syujet: Don Gomes graf Gormasning qizi Ximena bilan Don Di-
onning o‘g‘li Rodrigo bir birini sevadi. Ota ham qizini Rodrigoga 
berishga tayyor. Lekin… Ikki feodal urush o‘rtasida tortishuv Don 
Gomis Rodrigoning otasini haqorat qildi. Keksa Don Diego o‘ch ol-
ishni o‘g‘liga topshiradi. Rodrigo uchun bu juda og‘ir: 1. Sevgilisidan 
ayrilishi. 2. Oila haqorati. Rodrigo qizning otasini duelda o‘ldiradi. 
Ximena  qirol  huzuriga  borib,  otasini  qotilini  jazolashni  so‘raydi. 
Ular ikkisi ham urf-odatlar, ota oldidagi burch va yoshlik tuyg‘usi 
o‘rtasida azob chekadilar. Shu vaqtda Rodrigo davlatga bostirib kel-
gan marvlarga qarshi kurashda zo‘r qahramonliklar ko‘rsatadi. Du-
shman tomon ham uning botirligiga qoyil qolib «Sid», ya’ni janob 
deb ataydi. Ximena qancha talab qilsa ham qirol hanuz qahramonni, 
Rodrigoni  jazolashga  botinolmaydi.  Ximena  Radrigoni  o‘ldirgan 
odamga turmushga chiqishini aytadi. Qirol jangda kim g‘olib bo‘lsa, 
qiz o‘shaniki bo‘ladi deb shart qo‘yadi. Qiz talabgori Sancho duelda 
yengiladi. Qirol maslahati bilan Rodrigo bilan Ximena topishadi. 


133
XVII 
asrning  birinchi 
yarmida 
Fransiyada  feodal 
o‘zboshimchaliklarni tugatish, yagona milliy davlat-mutlaq hokimi-
yatni mustahkamlash uchun kurash avj olgan bir vaqtda Kornel o‘z 
ijodida feodal tartiblarning yemirilishi muqarrarligi va markazlash-
gan kuchli davlat barpo etish zarurligini aks ettiradi. Jumladan, “Sid” 
tragediyasida qonga qon degan eski urf-odat o‘rniga vatan oldidagi 
fuqarolik burchini bajarishni asosiy vazifa qilib qo‘yadi. Haqiqiy 
xalq qahramoni Rodrigo “oddiy kishilarning umidi va tayanchi” sifa-
tida o‘z vatanini dushman hujumidan saqlab qoladi. 
Kornel klassitsizmning uch birlik qonuniga amal qilsa-da, unga 
yuzaki  holda  bo‘ysunadi.  «Sid»da  vaqt  birligi,  makon  birligi  bir 
oz buziladi. Rodrigo Ximena bilan otasini o‘limidan so‘ng saroyda 
emas, qizning uyida uchrashadi. 
Kornel qahramonlari nafaqat jang maydonida, balki o‘z hislari bi-
lan kurashda ham g‘alaba qozonuvchi irodali kishilardir.
Napoleon Kornel ijodini juda qadrlagan: «Kornel hozir yashagan-
da, men uni shahzodaga aylantirardim» degan edi.

Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   189




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin