O’zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti farg’ona filiali



Yüklə 1,28 Mb.
səhifə13/15
tarix26.05.2022
ölçüsü1,28 Mb.
#116287
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Nabijonov Ravshanbek BMI — копия

Chaqiriqlarga xizmat ko‘rsatishni va signalizatsiyani boshqarish tekisligi. (Call Control & Signaling Plane) IP-telefoniya tarmog‘ining asosiy elementlarini va birinchi navbatda transport tekisligiga tegishlilarini boshqaradi. U transport tekisligidan tushayotgan signal xabarlari asosida chaqiriqga xizmat ko‘rsatishni boshqaradi, tarmoq bo‘yicha foydalanuvchining axborotini uzatish uchun ulashni o‘rnatadi va buzadi. Bu tekislik mediashlyuzlar kontrolleri MGC (Media Gateways Controller), chaqiruvga xizmat ko‘rsatish serveri Call Agent, dorbozabon (privratnik) Gatekeeper va LDAP-server kabi qurilmalarni o‘z ichiga oladi.
Xizmatlar va ilovalar tekisligi. Xizmatlar va ilovalar tekisligi (Service & Application Plane) IP-telefoniya tarmog‘idagi xizmatlar va/yoki ilovalarni bajarish mantiqiga ega va chaqiruvlarga xizmat ko‘rsatishni va signalizatsiyani boshqarish tekisligida joylashgan qurilmalar bilan o‘zarohamkorlik yo‘li bilan shu xizmatlarni boshqaradi. Xizmatlar va ilovalar tekisligi ilova serverlari Application Servers va qo‘shimcha xizmat serverlari Feature Servers kabi qurilmalardan tashkil topgan. U foydalanuvchining axborotini uzatish ixtisoslashgan komponentlarini, masalan, konferens-aloqa, IVR va hokazo funksiyalarni bajaruvchi mediaserverlarini ham boshqarishi mumkin.
Ekspluatatsion boshqarish tekisligi. Ekspluatatsion boshqarish tekisligi (Management Plane) abonentlarni va xizmatlarni yoqish/o‘chirish funksiyalarini, ekspluatatsion qo‘llash funksiyalarini, billing va tarmoqni texnik ekspluatatsiyaning boshqa funksiyalarni ta’minlaydi. Ekspluatatsion boshqarish tekisligi, tekisliklarning ba’zi biri yoki hammasi bilan yoki standar protokoli bo‘yicha (masalan SNMP protokoli bo‘yicha), yoki ichki protokollar bo‘yicha va API interfeyslari orqali o‘zarohamkorlik qilishi mumkin.
ITU va ETSI aniqlagan keyingi avlod tarmog’ining umumiy vazifalari tarmoq orqali axborotni o’tkazish funktsiyalarini ajratish, shuningdek xizmat va ilova funktsiyalarini shaxsan bog’langan funktsilaridan ajratish hisoblanadi. SHunday qilib, taqsimlangan arxitektura haqida gap ketayapti, unda komponentlar orasidagi aloqa mutloq ochiq interfeyslar orqali bajariladi.
Softswitch, ilovalar serveri AS (Application Server), UfTT va IP-tarmoq orasidagi shlyuz TG (Trunk Gateway), kirish shlyuzi AG (Access Gateway), signalizatsiya shlyuzi SG (Signaling Gateway) va transport mediaserveri MS (Media Server) hisoblanadi.
Bu misolda Softswitch signalizatsiyani hammasiga ishlov beradi, TG, AG va mediaresurslarni moslikda ajratishni boshqaradi, shuningdek hisobga olish axborotini olishni ta’minlaydi.Bundan tashqari, har bir Softswitch boshqa Softswitch bilan SIP/SIP-T, H.323 yoki BICC protokollari bo’yicha o’zarohamkorlik qiladi.
Ilovalar serveri AS xizmatlar mantiqini amalga oshiradi. Qo’shimcha xizmat talab qilayotgan chaqiruv, yoki Softswitch dan AS ga keyinchalik bu xizmatni boshqarish uchun uzatilishi mumkin, yoki Softswitch ning o’zi AS dan xizmat mantiqini bajarish uchun kerak bo’lgan axborot olishi mumkin. Ilovalar serveri AS transport mediaserveri MS ni o’zi boshqarishi mumkin yoki ularni boshqarishni Softswitch ga uzatishi mumkin.
Transport shlyuzi TG ga UfTT tomonidan foydalanuvchining (nutqli) axborotini oqimlari tushadi, u bu axborotni paketlarga o’zgartiradi va uni IP protokoli bo’yicha paketlarni marshrutlash bilan tarmoqqa uzatadi, shunisi ham nazarda tutish kerakki bularning hammasini Softswitch ning boshqaruvida qiladi.
Kirish shlyuzi AG IP-tarmog’i va simli yoki simsiz kirish tarmog’i orasida interfeys bo’lib hizmat qiladi, Softswitchga signal axborotini uzatadi, foydalanuvchining axborotini o’zgartiradi va uni yoki shu IP-tamoqni o’zining boshqa portiga, yoki paketlar kommutatsiyasi bilan boshqa tarmoqqa, yoki kanallar kommutatsiyasi bilan tarmoqqa keyinchalik uzatish uchun TG ga uzatadi. AG tarkibidagi MG-F funktsional ob’yektlarini ham Softswitch boshqaradi. Signal shlyuzi SG UfTT tomonidan tushayotgan signal axborotini yetkazib berishni, shuningdek teskari yo’nalishda signal axborotini o’tkazishni ta’minlaydi.
Mediaserver MS shunday vazifalarni bajarishi mumkin, masalan, yozilgan e’lonlarni uzatish va nomer raqamlarini yig’ish, ko’p holatlarda raqamlarni AG shlyuz yig’sa ham. MS serverini yoki Softswitch, yoki AS, yoki shu tarmoq elementlarining ikkilasi boshqarishi mumkin.
Kirish shlyuzi AG kirish tarmog’i bilan V5 yoki ISDN signal axborotini almashtiradi va fizik ulanishning oxiri hisoblanadi, u bo’yicha V5 yoki ISDN signal axboroti o’tkaziladi. Keyin u SIGTRAN (V5UA yoki IUA) signalizatsiya protokollari yordamida bu axborotni IP-tarmoq bo’yicha Softswitch ga uzatadi. AG nutqli axborotni paketli shaklga o’zgartiradi va uni paketlar ko’rinishida paketlashtirilgan nutqni qaytarib TDM-shaklga o’zgartiruvchi va keyin uni UfTT tarmog’iga uzatuvchi qurilmaga qayta uzatadi.
Oddiy analogli telefonlar va Ethernet lokal tarmog’ining xohlagan qurilmalari integrallangan abonent kirish qurilmasi IAD ga ulanadilar, u abonent signal axborotiga ishlov beradi va IP-tarmog’i bo’yicha yoki kirish multipleksor DSLAM orqali Softswitchga abonent signal axborotini uzatadi. Nutq axborotga kelsak, IAD uni raqamlashtiradi, paketlashtiradi va IP-tarmoq bo’yicha RPT paketlar ko’rinishida o’tkazadi.
Bu uchta misol keyingi avlod tarmoqning bazaviy xususiyatini namoyish qiladi – nutqni uzatishni, ma’lumotlarni va videoaxborotlarni integratsiyasi, tayanch tarmoq darajasida (Core Network) ham, kirish tarmoq darajasida (Access Network) ham uskunalarini va funktsional imkoniyatlarini birlashtirishni ichiga olgan holda.

2.2 - rasm. ISDN va V5

2.2. Softswitch va UKS 7 o‘zaro hamkorligi


IP-tarmoq orqali UKS7 signal axborotini ishonchli o‘tkazish uchun Softswitch manbalardan va UfTT dagi axborotni qabul qilgichdan (IP-tarmoq chagaralarida) yaqin joylashgan yonidagi shlyuzlar MG bilan o‘zarohamkorlik qiladi. Hech bo‘lmaganda UKS7 signal zvenolari ulangan ikkita signal shlyuzlari SG borligida odatda o‘zarohamkorlik ta’minlanadi. Bu arxitektura 2.2 – rasmda ko‘rsatilgan, shunisi ham borki ishlatiladigan protokollar soniga SCTP, M3UA yoki SIGTRAN texnologiyasining M2UA kiradi.


Softswitch modeli NGN tarmog’ining muhim tarkibiy elementi hisoblanadi. Tarmoqning hosil qiluvchi operatorlar uchun, hamda aloqa xizmatlarining iste’molchisi bo’lgan foydalanuvchilar uchun dasturiy kommutatordan foydalanish afzalliklari nimadan iborat ekanligini ko’rib chiqamiz.
Operatorlar uchun afzalliklar:Dasturiy kommutator modeli atrofida biznes-rejalarni tuzuvchi operatorlar quyidagi afzalliklarga ega bo’ladilar:
Xizmatlarni yaratishdagi moslashuvchanlik. Softswitch xizmatlarni taqdim etish darajasini va chaqiruvni boshqarish darajasini ajratganligi tufayli muvaffaqiyatli bo’lgan yangi xizmatlarni minimal sarf-xarajatlar va tezkorlik bilan boshlash va bundan daromad olish mumkin.
Daromadning rejalashtirilgan manbalari. IP-protokol asosida tarmoqlarga xos bo’lgan moslashuvchanlikdan foydalanib, operatorlar xizmatlarini ishlab chiqish va yaratish spetsifik bozorini boshqarishlari mumkin. Xavfning quyidagi darajasi va yuqori daromad Softswitch modeli asosida tahdim etilgan xizmatlarni tavsiflaydi.
Kelajakdagi rejalar. Barcha tarmoqlar asta-sekin paketli texnologiyalarga migratsiya qilishlari va Softswitch modeli ularni IP-protokol bazasida ishlash imkoniyatiga tayyorlashini taxmin qilish mumkin. Bu modelga o’z o’rnini egallash imkoniyatini berib, operatorlar mutanosiblikni ushlab turishlari va yangi texnologiya sharoitiga tez moslashishlari mumkin.
Oxirgi foydalanuvchi uchun xizmatlar Softswitch modeliga asoslanadigan xizmatlar kanallar kommutatsiyasida mumkin bo’lgan nazoratning yangi darajasini taqdim etadilar. Masalan, foydalanuvchilar kecha-kunduz vaqtiga bog’liq ravishda chaqiruvlarni ofisga, uyga yoki mobil qurilmaga yo’naltirish imkoniyatini oladilar. Yoki ular ishbilarmon sohada muhim ma’lumotlarni, trevoga signalini yoki axborotni tezkor olishlari mumkin.
Softswitch xizmatlarni yaratish sohasiga foydalanuvchi uchun quyidagi afzalliklarni taqdim etish imkonini beradi:
Individual xizmatlar. Softswitch modeli operatorlar uchun moliyaviy va texnik nuqtai nazardan oddiy bo’lmagan foydalanuvchilarning noyob talablariga javob berish imkonini beradi. Foydalanuvchilar uchun esa, bu ularning yashash tarzi va ehtiyojlariga muvofiq keladigan xizmatlarning katta sonidan foydalanish imkoniyatini olishlarini bildiradi.
Qulaylik va nazorat. Hayot bilan hamnafas yashovchi foydalanuvchilar uchun ko’proq qulaylik va nazoratni taklif qila oladigan xizmatlarni yaratish bu texnologiyaning natijasi bo’ladi. Softswitch modeli yordamida operatorlar foydalanuvchilarga qanday, qaerda va kim bilan muloqotda bo’lishlikning keng tanlovini taqdim etuvchi xabarlarni birxillashtirilgan holda uzatish va axborotdan mobil foydalanish kabi xizmatlarni yaxshilash imkoniga ega bo’ladilar.
NGN rejalashtirish. Prognozlarga ko’ra keyingi yillar xizmatlarni jadal yaratish va texnologik yaxshilanishlar vaqtiga aylanadi. Softswitch modelini qabul qilgan operatorlar foydalanuvchilarga IP-texnologiyasiga asoslangan yangi xizmatlardan tez va oson foydalanishni taqdim etishlari mumkin.
Softswitchni dasturiy serverlarning oddiy to’plami deb hisoblamaslik kerak. Eng yaqin darajada bu atama taqsimlangan va masshtablanadigan arxitektura va ochiq standartlarga asoslangan telekommuniatsiya ideologiyasining yangi turini ta’riflaydi. Softswitch uning dasturiy tizimi qaysi platformada ishlashiga bog’liq bo’lmagan holda, har qanday uskunani boshqarishi mumkin. Uning uchun afzal signalizatsiya protokollari mavjud emas, chunki uning asosiga protokollarning o’zaro hamkorligi qo’yilgan. Softswitch avvaldan va to’liq dasturlashtiriladi. Aynan shu afzallik tufayli DT ning mustaqil ishlab chiqaruvchilari yangi xizmatlarni yaratishlari mumkin.
Demak, shunday xulosaga kelish mumkinki, IP-telefoniya operatori tarmog’ida Softswitchdan foydalanish o’z xizmatlarini raqobatchilardan differentsiatsiya qilib, taqdim etiladigan xizmatlar spektrini kengaytirish imkonini beradi.
Qo’shimcha xizmatlarni taqdim etish imkoniyati, shuningdek, mijozlarning operator xizmatlariga moyillik darajasini oshiradi-agar mijoz raqobatchi tomon o’tadigan bo’lsa, u unga odatiy bo’lib qolgan xizmatlardan voz kechishiga to’g’ri keladi.
Shak-shubhasiz, Softswitch mahsulotlari O’zbekiston telekommunikatsiyalar bozorida ommaviy ravishda qo’llaniladi(2.3-rasm).



2.3- rasm. UKS7 va Softswitch arxitekturasining o‘zarohamkorligi


2.3. Tranzit stansiya sifatidagi Softswitch uskunasi


Paketlar kommutatsiyasi texnologiyasi bazasidagi transport tarmog‘i segmenti bor mintaqaviy aloqa tarmoqlarida, Softswitch uskunasi telefon mintaqasi chegarasida ichki mintaqaviy trafikning tranzitini ta’minlash uchun yoki mahalliy aloqa tarmog‘ida ovozli trafikaning tranziti uchun ishlatilishi mumkin. Softswitch texnologiyasini tadbiq qilinganda mavjud bo‘lgan paketlar kommutatsiyasi bilan transport tarmog‘ini, undan ovozli trafikani uzatish tashkil qilingani hisobiga, ishlatilishining samarasini oshishi ta’minlanadi.


Softswitch texnologiyasini va paketlar kommutatsiyasi texnologiyasini tadbiq qilish parallel kanallar kommutatsiyasi bilan mavjud bo‘lgan infrastrukturada paketlar kommutatsiyasi bazasida telefon tarmog‘i segmentini yaratishga yo‘l beradi. Boshida bu segmentlashtirilishi mumkin, masalan, pik yuklanishni o‘tkazish uchun yoki zahira marshrutlarni tashkil qilish uchun. Shuningdek bu eskirgan tranzit kommutatsiya stansiyalarini ishlatishdan bosh tortishga va ularni paketlar kommutatsiyasiga almashtirishga yo‘l beradi. Bundan tashqari, yangi kommutatsiya stansiyalarini qurishda ular orasidagi tranzit yuklanishni uzatish shunday paketlar kommutatsiyasi bilan tarmoq bo‘yicha bajarilishi mumkin.
Telefon yuklamasini tashkil qilish uchun Softswitch texnologiyasini va paketlar kommutatsiyasi texnologiyasini tadbiq qilishning asosiy afzalliklariga tarmoq infrastrukturasini yaratishni kiritish kerak, u taqsimlangan kommutatsiya stansiyasini tashkil qilish uchun asos va qo‘shimcha xizmat berish uchun platforma bo‘lishi mumkin, shu jumladan IP bo‘yicha aloqa tarmog‘iga ulangan foydalanuvchilar uchun. Bundan tashqari, Softswitchdan foydalanilganda signalizatsiya punktlar, UKS №7 tarmog‘idagi tranzit punktlarini kiritgan holda, soni kamayishi mumkin.
Softswitch dasturiy kommutator bo‘lib, chaqiriqlarga xizmat ko‘rsatishni boshqarish, bir yoki bir nechta tarmoq orqali ulanishni o‘rnatishni ta’minlovchi funksiyalarga ega. Birinchi navbatda Softswitch chaqiriqlarni boshqarishni ya’ni ulanishlarni o‘rnatish va ajratishni amalga oshiradi. O‘rnatish jarayoni ikkinchi abonent o‘rtasida aloqa o‘rnatish, ajratish jarayoni go‘shakni qo‘ygunga qadar davom etadi. Softswitch tarmoqlar orasida signal xabarlarini almashlashni qo‘llab quvvatlaydi.
Softswitch qo‘llaydigan asosiy signalizatsiya turlariga, ulanishlarni boshqarish uchun signalizatsiya, turli Softswitch lar orasida o‘zaro bog‘langan signalizatsiya, transport shlyuzlarini boshqaruv uchun qo‘llaniladigan signalizatsiyalar kiradi.
Ulanishlarni boshqaruvchi signalizatsiyalar uchun bugungi kunda asosiy prtokollar SIP-T, UKS 7 va H.323 hisoblanadi. Transport shlyuzlarini boshqaruvchi signalizatsiya uchun asosiy protokollariga MGCP, Megago/H.248 lar kiradi. Softswitch kommutatorlari orasida o‘zaro bog‘lanish uchun qo‘llaniladigan asosiy protokollarga SIP-T va BIISlar kiradi.

Xulosa
Shuni ta’kidlash joizki, bugungi kunda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari soxasida keskin o’zgarishlar sodir bo’lmoqda. Bitiruv malakaviy ishning bu bo’limida men keying avlod tarmoqlarida Softswitchning qo’llanilishini o’rganib chiqdim. Shu bilan birga Softswitch dasturiy kommutator yordamida abonentlarni ulanishini ham o’rganib oldim.


III BOB. NGN TARMOQLARIDA SOFTSWITCH DASTURIY KOMMUTATORINI QO’LLANILISHI TAHLILI


3.1. Kommutatsiyaning taqsimlangan oxirgi stansiyasi sifatidagi Softswitch uskunasi


Softswitch uskunasi abonent kirish tarmog‘ini yoki oxirgi (foydalanuvchi) uskunasini ulash uchun ishlatilishi mumkin. Qoidaga ko‘ra, analog telefonlarni, ISDN-telefonlarni, SIP/H.323-telefonlarni ulash imkoniyatini taminlanadi. Ko‘pgina ishlab chiqaruvchilarning Softswitch uskunasi V5 interfeysi bo‘yicha ulanishni ta’minlashga yo‘l beradi.


Chaqiruvni boshqarish bo‘yicha funksiyalar –signal axborotini qabul qilish va ishlov berish, to‘lovlarni hisobni olib borish, statistikani yig‘ish — shlyuzlarni boshqarish kontrolleri tomonidan ta’minlanadi. Foydalanuvchilar ulanishi kommutatsiyasi bo‘yicha funksiyalar kirish shlyuzlari tomonidan yoki SIP/H.323-telefonlar bo‘lgan holda IP-konsentratorlar tomonidan ta’minlanadi.
Mahalliy tarmoq oxirgi kommutatsiya stansiyalari optik kirish tarmog‘i bilan almashtirilishi mumkin, bu IP bazasida xizmatlarni rivojlantirish imkoniyatini beradi.
Softswitch uskunasi bazasida taqsimlangan oxirgi stansiyani va paketlar kommutatsiyasi texnologiyasini tashkil qilishning asosiy afzalliklariga quyidagilarni kiritsa bo‘ladi:

  • berilayotgan qo‘shimcha aloqa xizmatlarining ro‘yxatini kengaytirish, jumladan IP-Centrex, Parlay shlyuzlari va/yoki ilovalar serveri bazasida amalga oshirilgan konvergatsiya qilingan aloqa xizmatlarini berish imkoniyati hisobiga;

  • uskunani chiqarishni yaratish imkoniyati, ular faqatgina abonent liniyalarini konsentratsiyasini, balki Internetga yuqori tezlikli kirishni ham va Parlay shlyuzlari va/yoki ilovalar serveri bazasida amalga oshirilgan har xil qo‘shimcha va intellektual aloqa xizmatlarini berishni ham ta’minlaydi;

  • ishbilarmon sektor foydalanuvchilariga VoIP yoki VoATM texnologiyalaridan foydalangan holda ovozli axborotni uzatish xizmatlarini berish imkoniyati. Bu texnologiyalar korporativ tarmoqlarni tashkil qilishda ishlatilishi mumkin va shlyuzlarda nutqni kompressiya algoritmlarini amalga oshirish hisobiga talab qilingan o‘tkazish polosasini ishlatilayotgan kodek turidan bog‘liq ravishda 1,5-4 marta kamaytirishga yo‘l beradi;

  • ishbilarmon sektor foydalanuvchilariga VPN xizmatlarini berish imkoniyati;

  • o‘zarohamkorlik qilayotgan operatorlar telefon tarmoqlarini birlashtirish uchun, qo‘shimcha shlyuzlar o‘rnatish yo‘li bilan, birlashtirish nuqtalarning kerak bo‘lgan miqdorgacha ko‘paytirish;

- egiluvchan tarif siyosatini amalga oshirishni soddalashtirish. Softswitch uskunasi ulashni o‘rnatish/uzish markazlashtirilgan boshqarishga asoslanganligi sababli, bitta nuqtadan, Softswitch uskunasi bazasida qurilgan tarmoqning hamma abonentlariga nisbatan egiluvchan tarif rejalarini qo‘llashni ta’minlash imkoniyati mavjud.

Yüklə 1,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin