O’zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti farg’ona filiali


Softswitch va IMS larni taqqoslash



Yüklə 1,28 Mb.
səhifə15/15
tarix26.05.2022
ölçüsü1,28 Mb.
#116287
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Nabijonov Ravshanbek BMI — копия

Softswitch va IMS larni taqqoslash. Ikkila arxitekturalardagi funksiyalar ro‘yxatini baholab, sezish mumkinki, funksiyalar tarkibi amaliy farq qimaydi. Xulosa qilish mumkin edi, ikkila arxitekturlar deyarli o‘xshash. Bu to‘g‘ri, ammo faqat qisman: ular arxitektura ma’nosida o‘xshash. Agarda funksiyalardan har birini mazmunini tekshirsak, unda Softswitch va IMS tizimlarida katta farqlar topiladi. Masalan, CSCF funksiyasi: uning bayonidan Softswitch ning o‘xshash funksiyalaridan farqi ko‘rinmoqda. Buni ustiga agar Softswitch arxitekturasida funksiyalar etarlicha shartli bo‘linish va bayonga ega bo‘lsa, unda IMS xujjatlarida esa funksiyalarni qattiq bayonini va ularning o‘zaro hamkorligi protsedurlarini beriladi, shuningdek tizim funksiyalari orasidagi interfeyslar aniqlangan va standartlashtirilgan.
Farq tizimni asosiy konsepsiyasidan boshlanadi.
Softswitch – bu birinchi navbatda konvergentli tarmoq uskunasidir. Shlyuzlarni boshqarish funksiyasi (va tegishli ravishda MGCP/MEGACO protokollari) unda ustivorlik qiluvchi hisoblanadi (SIP protokoli ikkita Softswitch/ MGC ni o‘zaro hamkorligi uchun).
IMS IP ga to‘liq asoslangan, 3G tarmoq ramkasida loyihalashtirilgan edi. Uning asosiy protokoli bo‘lib, abonentlar orasida bitta rangli sessiyalar o‘rnatishga yo‘l beruvchi va xavfsizlik, mualliflashtirish, xizmatlarga kirish va hokazolar bo‘yicha servisli funksiyalarni beruvchi tizim sifatidagina IMS ni ishlatuvchi, SIP hisoblanadi. Shlyuzlarni boshqarish funksiyasi va mediashlyuzning o‘zi bu erda faqatgina 3G abonentlarini fiksatsiya qilingan tarmoq abonentlari bilan aloqasi uchun vositasidir. Shu bilan birga faqtgina UfTT ko‘zda tutiladi.
Shuningdek IMS xususiyatlariga IPv6 protokoliga orientatsiya qilishi kiradi: ko‘pgina mutaxasislar hisoblaydilarki, IMS ning ommaviyligi, IP protokolining oltinchi versiyasini tadbiq qilishning cho‘zilganiga turtki bo‘lib xizmat qiladi. Ammo bu xozircha ba’zi bir muammo bo‘ladi: UMTS tarmoqlar ham IPv4 ham IPv6 quvvatlaydi, u vaqtda IMS kabi – qoidaga ko‘ra, faqat IPv6. Shuning uchun IMS-tarmoqda kirishida sarlavhalar formatini va manzil axborotini o‘zgartiruvchi, shlyuzlar bo‘lishi kerak. Bu muammofaqatgina IMS xos bo‘lmay, balki IPv6 ning hamma tarmoqlariga ham tegishli.
IMS muammolar mavzusini davom etirib, SIP protokoli haqida aytish lozim. Gap shundaki, SIP IETF qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan va ixtisoslashtirilgan, lekin IMS da ishlatish uchun u qisman ishlab to‘ldirilgan va o‘zgartirilgan. Natijada vaziyat vujudga kelishi mumkin, SIP so‘rovlarini olinganda yoki ularni tashqi tarmoqqa jo‘natilgan vaqtda SCSCF funksiyachasi SIP protokolining tegishli kengayish yo‘qligini topishi mumkin va/yoki ulash o‘rnatishdan bosh tortishi mumkin, shuningdek unga noto‘g‘ri (nekorrektno) ishlov berishi mumkin.
Xozirgi vaqtda IPCC yondoshuvning kuchli tomonlaridan biri bo‘lib uni tarqalganligi hisoblanadi: jahonda mana shu rivijlanish yo‘lidan o‘tgan ko‘pgina tarmoqlar bor va endi SoftSwitch-arxitekturasini tadbiq qilish bo‘yicha keng tajribaviy material yig‘ilgan. Quvvatlanuvchi texnologiyalarning katta miqdori operatorga, uni talablariga ko‘proq javob beruvchi va oldindan bor tarmoq resurslari bilan optimal tarzda o‘zaro hamkorlik qilishga yo‘l beruvchi uskunani tanlab olish imkoniyatini beradi. Softswitch-yechim nisbatan yengil masshtablash mumkin, korporativ sektorga xizmat ko‘rsatuvchi, oddiy arxitekturdan boshlab, yirik masshtabli tumanlararo operatori loyihalar bilan tugallash orqali. Shu tarzda, operator keyingi avlod tarmog‘iga boshlang‘ich kiritmani minimallashtirishi mumkin. Ushbu xususiyat esa yirik masshtabli loyiha yaratayotgan operatorga yangi tarmoq resurslaridan foydalanishga yo‘l beradi (demak, foyda olish) va darhol ularni o‘rnatgandan keyin foyda olishi mumkin. Agar sanab o‘tilgan afzalliklarni umumlashtirsak, unda ularni bitta so‘z bilan tariflash mumkin – "egiluvchanlik", uning tagida operatorning xohlagan so‘roviga adaptatsiya qilish nazarda tutiladi.
Lekin IPCC echimida boshqa tomon ham bor. Ushbu bozor segmentida keltirilgan uskunaning turli-tumanligi, uning birga bo‘la olishlik muammosini vujudga keltiradi. Tizimli o‘zaro hamkorlikni ta’minlovchi ko‘p sonli markazlar uni qisman yechishga yordam beradilar, chunki ko‘pincha testlar dasturiy ta’minotning versiyalarini yangilanish orqasidan yetib bora olmaydi va operatorlar tarmoqlarida ishlayotgan, qurilmalarning hamma mumkin bo‘lgan kombinatsiyalarini qamrab ololmaydi. Bu shuningdek operatorlarning bir biri bilan o‘zaro hamkorligining kengroq muammosini tug‘diradi va foydalanuvchi va xizmatlar mobilligini ta’minlash bo‘yicha, ko‘pgina texnologiyalari ko‘zda tutgan imkoniyatlarini yo‘qqa olib keldi. Ba’zi bir uskunani ishlab chiqaruvchilar firmaning tarmoqni boshqarish tizimini taqdim etadilar, ular hamma vaqt ham, operator tarmog‘iga uni integratsiyasida, har xil tomon yetkazib beruvchilar uskunalari bilan korrektli va juda yaxshi sifatli ishlavermaydilar, chunki faqatgina amalga oshirishda farq bo‘lmay, balki ko‘pgina tizimning funksionalligida ham farq bor. IMS da uskunani birga bo‘la olishlik muammolari qisman tekislanadi, chunki funksional modullarning o‘zaro hamkorligi standartlar bilan regulirovka qilinadi. Xizmatlarni taqdim etishga yangi yondashuv haddan tashqari muvaffaqiyatli bo‘ldi va xizmatlar roumingni ta’minladi, bu esa operatorga qo‘shimcha foyda keltirishi kerak. IMS bir xil tizimini keyingi avlod tarmog‘ining simli qismida va 3G mobil tarmoqlarida ishlatilishi kelajakda fiksatsiya qilingan va mobil tarmoqlarni konvergensiya imkoniyatini — g‘oyalarini ko‘rishga yo‘l beradi, u jahon bo‘ylab ommaboplikni yig‘ayapti, buning tasdig‘i bo‘lib, FMCA (Fixed-Mobile Convergence Alliance) – yirik aloqa operatorlarni xalqaro birikmasi ishtirokchilar sonining doimiy o‘sishini misol qilsa bo‘ladi.

Xulosa

Men ushbu bo’limda keying avlod tarmoqlarida Softswitch dasturiy kommutatorini qo’llanilishi tahlilini ko’rib chiqdim. Softswitch uskunasi abonent kirish tarmog‘ini yoki oxirgi (foydalanuvchi) uskunasini ulash uchun ishlatilishi mumkin ekan. Softswitch va IMS larni taqqoslashni ham tahlil qildim. Ikkila arxitekturalardagi funksiyalar ro‘yxatini baholab, sezish mumkinki, funksiyalar tarkibi amaliy farq qilmas ekan. Xulosa qilish mumkin edi, ikkila arxitekturalar deyarli o‘xshash.

IV.BOB.MEHNAT MUHOFAZASI VA TEXNIKA XAVFSIZLIGI


Mehnat muhofazasi doirasida ishlarning tashkil etilishi


Mehnat sharoitining yaxshilanishi ijtimoiy natijalarga,ya’ni mehnatkashlarning sog’lig’ini yaxshilash, o’z ishidan mamnunlik darajasini oshirish, mehnat intizomini mustahkamlash va obyektdagi jamoat faoliyatini oshirishga olib keladi. Mehnat muhofazasi talablariga javob bermaydigan biron bir yangi mashina yoki mexanizm ishlab chiqarishga qabul qilinmasligi kerak. Shuningdek mehnat muhofazasi talablariga javob bermaydigan biror sex yoki korxona ekspluatatsiyasiga tushirilmasligi kerak.


Ish joyini tashkil qilish va unda xizmat qilish
Ish joyini ratsional rejalashtirish, yoritish, operator bajarilishi lozim bo’lgan ishga to’g’ri keladigan xizmat qilish sistemasidir.
Ish joyida xavfsizlikni ta’minlash va mehnat sharoitidagi ish muhitini tashkil qilish, ish rivojiga yo’llanma hisoblanadi
Ish joyini ratsional tashkil qilish moddiy sarfni kamaytirmagan holda ham, sezilarli darajada mehnat unumdorligini oshiriladi. Operator ish joyida mehnat unumdorligi darajasiga ta’sir etadigan ishlab chiqarishda boshqaruvchi barcha qismlar ishining sifati va murakkabligi tekshiriladi.
Ish joyini va texnologiyani rivojlantirishi, ortiqcha harakatlarni yo’qotishi, ortiqcha operatsiyaga hujjatlarni qidirish, spravka, adreslar operator ish vaqti sarfi bo’lmasligini ta’minlashi zarur.
Ish joyida har doim, ishni uzluksiz olib borishi uchun kerak bo’lgan narsalar yetarli bo’lishi, lekin hech qanday ortiqcha narsa bo’lmasligi lozim.
Operator olish va qidirilgan vaqt va kuch sarflamaslik uchun, har bir predmetning o’z joyida bo’lishi zarur.
Ish joyini rejalashtirishda tez - tez ishlatiladigan predmetlar iloji boricha operatorga yaqin joylashtirilishi kerak.
O’ng tomonda olinadigan predmetlar operator o’ng tomonidan, chap qo’li bilan olinadiganlari esa chap tomonda turishi lozim.
Ish joyini rejalashtirish qulay yuqori unumdorlik va xavfsiz sharoitni ta’minlash zarur.
Ish joyining ta’minlanganligi texnik vositalar, ish joyini maxsuslashtirish darajasi, bajariladigan ishlarni avtomalashtirish va mexanizatsiyalashtirish darajasi, hamda ish davrida foydalaniladigan mehnat vositalari soni bilan aniqlanadi.
Ta’minlanganlikka lozim bo’lgan yordamchi jihozlar kiradi, ularni qulay joylashtirish, ulardan foydalanish va saqlashga yordam berishi zarur. Yuqori darajada avtomatlashtirish operator oz mexanizatsiyalashgan vositalar: avtomatik kartotekalar, hisoblash mashinaga klavishdan, avtomatik yig’ma sistemalar, signalizatsiya va boshqalarni rad etish yaramaydi.
Ish joyini ratsional tashkil qilishning asosiy elementi bo’lib, doimiy ravishda yo’riqnoma o’tkazish, jihozlarni profilaktik ta’mirlash ishlari olib borishi, ish joylarini yig’ishtirish, hujjat va materiallar bilan ta’minlash hisoblanadi.
Ish jarayonida gavda holati
Ish vaqtida gavdani to’g’ri holatda tutish kompyuterning sog’likka zararli ta’sirini kamaytirishga yordam beradi. Gavdani to’gri tutishni uni ma’lum bir vaqt davomida nazorat qila turib o’rganish juda muhimdir. Shunda gavdani to’g’ri holatda tutish odat tusiga kiradi. Juda oson mashqni tavsiya qilamiz: tekis devorga suyaning, bunda tovon, boldir, tos, kurak, tirsaklariningiz va boshingiz devorga tegib tursin.
Maslahatlar: -klaviatura albatta tirsaklaringizdan pastroqda bo’lishi kerak;
- yelka va bilaklar orasidagi burchak 121 darajadan kam bo’lmasligi kerak;
- uzoq vaqt ishlayotganingizda kaftlaringizning ichki tomonlari tayanchga ega bo’lishi kerak;
- qo’llaringiz pastga osilgan holda bo’lishi mumkin emas, kursining qo’l uchun suyanchiqlariga qo’yib o’tiring;
- boshingizni oldinga egib o’tiring, displey ekranini shunday joylashtiring-ki, sizning nigohingiz ozgina pastroqda bo’lsin;
O’tirganingizda gavdangizni biroz orqaga tashlang. Bunday holat umurtqa pog’onasiga og’irlik tushmasligiga, tana bo’ylab qon aylanishining yaxshilanishiga olib keladi, bu esa ayni kuchga to’lgan erkaklar uchun juda muhimdir. Qo’llaringiz kursining qo’l uchun suyanchiqlarida erkin turishi lozim. Tirsak va bilaklaringizni bo’sh qo’ying. Kaftalaringiz bilaklaringiz bilan bir chiziqda bo’lsin, ya’ni bilakdan pastda yoki tepada bo’lmasin, faqat barmoqlargina ishlasin. Bo’ksangiz tanangizga nisbatan to’g’ri burchakda, tizzalaringiz esa bo’ksaga nisbatan to’g’ri burchak ostida bo’lsin. Oyoqlar polda yoki oyoqlar uchun tayyorlangan maxsus moslama ustida tursin. Bir xil harakatlarni bajaruvchi mushaklar guruhi uchun charchash zararlidir. Charchash bo’g’in va paylarning shikastlanishiga olib kelishi mumkin. Kompyuter sichqonchasi va klaviatura bilan uzoq vaqt bir xil holatda ishlash natijasida qo’l paylari tendovaginiti, ayniqsa, ko’p uchraydi. Tendovaginit – (yangi lotinchadan tendo – pay) paylarning yallig’lanishidir (ko’proq qo’l panjalari, bilak, tizza). Zo’riqish, shikastlanish, panarisiya va kompyuter bilan uzoq vaqt muntazam ishlash natijasida bu kasallik rivojlanib boradi. Belgilari: paylar shishadi, og’riq paydo bo’ladi. Mehnat faoliyatining turli ko’rinishlarini kompyuterlashtirish Rossiyaga nisbatan avvalroq rivojlana boshlagan va kompyuter bilan ishlaydigan xodimlarning salomatligini kuzatish bo’yicha yetarlicha tajriba to’plagan AQSh olimlarining ma’lumotlariga ko’ra, kompyuter operatorlari uchun tayanch-harakat apparati va qo’llarning perifirik asab sistemasi kasallanishi asosiy muammo bo’lib qolmoqda. AQSh mehnat statistikasi byurosining ma’lumotlariga ko’ra, 1981 - yilda tayanch-harakat apparatining yuqori qismi, ya’ni qo’l-panja kasalliklari kasbiy kasalliklar umumiy sonining atigi 18% ni tashkil etgan. Lekin 80-yillar davomida, ya’ni kompyuterlashtirish g’oyat tez suratlarda o’sib borgan 10 yil ichida, bu kasallik shu qadar ko’payib ketdi-ki, 1989-yilda butun kasbiy patologiya strukturasining 52 % ini tashkil etdi.
Kompyuter xonalariga qo’yilgan talablar
- optimal harorat 21-23° C, optimal namlik 40 - 60 % oshmasligi lozim;
- mikroiqlim parametrlari va ular tavsifiga javob berishi;
- xona havo muhitining nisbiy va absolyut namliklari normal bo’lishi;
- havoning sifat tarkibi kerakli talablarga javob berishi;
- ish zonasida chang va boshqa ifloslantiruvchi moddalarni bo’lmasligi;
- elektromagnit maydoni va rentgent nurlanishi meyorida bo’lishi;
Ushbu yuqoridagilarning barchasi kompyuter xonalarida amal qilinadigan standartlar me’yorida bo’lishi kerak.
Ishlab chiqarishda yoritish:Sun’iy yoritish me’yorlari sanitar me’yorga muvofiq belgilanadi. Qurilish me’yorlari va qoidalari asosida ishlab chiqarish uchun yoritishning tarmoq me’yorlari ishlab chiqilgan. Sun’iy yoritgichlar o’z vazifasiga ko’ra ish, avariya va maxsus yoritgichlarga bo’linadi.
Avariya yoritgichlari - avariya natijasida ish yoritgichlari o’chib qolganda ishni davom ettirish yoki odamlarni xonalardan evakuatsiya qilish maqsadida o’rnatiladi. Bunda ish sirtlarining eng kam yoritilganligi me’yorida yoritilganlikning kamida 5% ini, ammo bino ichida 2 lk ni tashkil etish zarur.
Odamlarining evakuatsiya qilishga mo’ljallangan avariya yoritkichlari 50 dan ortiq ishchi xizmatchilar ishlaydigan ishlab chiqarish xonalariga o’rnatiladi. Bunda yoritilganlik darajasi 0,5 lk bo’lishi yetarlidir. Xona va ish o’rinlarining yorug’ligini kamida bir yilda bir marta oddiy YU-16 lyuksimetri bilan o’lchab ko’rilishi lozim.
Ishlab chiqarishni yoritishga doir asosiy talablari quyidagilardan iborat:
-yoritish qurilmasi yorug’likning spektral tarkibi quyosh yorug’liginikiga yaqin bo’lishini ta’minlash kerak;
-bajariladigan ishlarning turi va aniqligiga qarab, yoritilganlik darajasi etarlicha bo’lishi hamda gigiena talablariga mos kelishi lozim;
- yoritish bir tekis hamda turg’un bo’lishi, soyalar hosil bo’lmasligi darkor;
-ish mintaqasida to’g’ri tushadigan va qaytgan yorug’likni bo’lmasligi zarur;
-me’yorlarga muvofiq ishlab chiqarish xonalariga avariya yoritkichlari o’rnatilishi kerak;
-xavfli ish yorug’liklari yuqori darajada yoritilgan bo’lishi lozim;
-yoritish qurilmasi xavfli hamda zararli omillar, ya’ni shovqin, elektr tokidan shikastlanish issiqlik chiqishi va yong’in chiqishi manbalari bo’lmasligi zarur;
-nazorat o’lchash asboblariga, xavfsizlik signalizatsiyasi va uzluksiz yoritilishi kerak.
Xodimlar xavfsizligi:Kompyuterda ishlashga texnika xavfsizligi bo’yicha yo’riqnoma o’tgan va maxsus bilimga ega bo’lgan shaxslar qo’yiladi. Eshiklarda taqiqlovchi yozuvlar, ish joylarida himoyalovchi to’siqlar va ogoxlantiruvchi yozuv va belgilar bo’lishi lozim. Bu masalalarga ishlab chiqarish bo’limlarida, xonalardan tashqarida joylashgan datchiklar, o’zgartiruvchilar va boshka qurilmalarni boshkarishda aloxida diqqatga ega bo’lgan yozuvlar, belgilar bo’lishi kerak. Xodimlarni tayyorlashda tarmoqlarning potensial havfliligiga aloxida ahamiyat beriladi va uni elektr tokidan zararlanganda birinchi yordam berish usullari bilan tanishtiriladi.
Xizmat qiluvchi xodimlarning ish sharoiti:Uncha katta bo’lmagan ishlab chiqarish xonalarida kishi sub’ekt sifatida ishtirok etadi va atrof muhitni faol shakllantirishda, xonalar mikroiqlim va havo tarkibi (operator ish joyida temperatura, namlik va havo xarakat tezligi, kislorod miqdori, is gazi miqdori va boshqalar) katta ahamiyatga ega.
Operator xonalari mikroiqlimiga apparatlardan chiqayotgan issiqlik va tashqi metereologik sharoit ta’sir etadi.
Ish joyini loyihalashda yashash va ishlash uchun fizik - ximik omillarni hisobga olish albatta zarurdir, chunki noqulay sharoit va zararli moddalar kishi organizmida salbiy o’zgarishilarni yuzaga keltirishi, olib kelishi ish samarasini pasaytirishi va operator sog’lig’iga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin.
Yil fasllari almashishi ishning og’irligi va xonalarda ortiqcha issiqlik xosil bo’lishiga bo’lishi xarakteristikasiga qarab meteorologik parametrlar qiymati turlicha bo’ladi.
Kishi organizmi hayot faoliyati me’yorida bo’lishi uchun havo tozaliligi katta ahamiyatga ega.
Ishlab chiqarishda havoning tabiiy tarkibi, havoga zararli moddalar, bug’, gaz ko’rinishda va chang ajralib chiqishi hisobiga o’zgaradi, kishi organizmiga zararli faktorlar ta’siri, ularning fizik va kimyoviy tarkibiga, miqdori va ta’sir etish vaqtiga bog’liq.
Atrof muhitni mexanik tebranishlari (shovqin, tebranish, titrash) kishiga zararli ta’sir qo’rsatadi. Shovqin va titrash parametlari me’yorlanadi.
Xonalarda havoni shamollatish va konditsiyalash masalasi xar bir xolat uchun, xonalarni talablar (muhit iflosligi, xonalarni kategoriyasi, ishlab chiqarish yonida joyilashganligi) asosida tanlangan, kompyuter kompleksi iqlim sharoitiga bog’liq xolda foydalanish masalasi yechiladi.
Xonalarda havo muhitini doimo nazorat qilib borish katta ahamiyatga ega. Xonalar temperaturasi, namligi va bosim (havo purkash sistemasi qo’llanishida) nazorat qilinishi zarur.
Obektdagi xonalarini shamollatish (ventilyatsiya)
Ventilyatsiya (shamollatish) deb kompleks bog’liq bo’lgan jarayon va qurilmalar ishlashi natijasida ish joylaridan, Obektdagi xonalaridan ifloslangan, issiq yoki sovuq havoni so’rib olib, toza isitilgan yoki sovitilgan havoni berish yo’li bilan ish joylarida havo muhitini yaxshilashga aytiladi.
Shamollatish sistemalari umumalmashinuvchi, lokalli (ish joyida) va kombinatsiyalangan bo’lishi mumkin. Umumalmashinishda havo xonalar butun hajmi bo’yicha almashinadi. Lokal (ish joyini) shamollatishda zaharli va zararli moddalar ajralib chiqayotgan ish joylariga o’rnatiladi, zaharli moddalar obektdagi xonalardan chiqariladi.
Obekt zonaga havoni haydab berish usuliga qarab tabiiy va sun’iy (mexanik) shamollatishga bo’linadi. Tabiiy shamollatishda havo tabiiy faktorlar: issiqlik napori, yoki shamol ta’sirida harakat qiladi. Sun’iy shamollatishda havo mexanik qurilmalar: ventilyator, elektr va boshqa qurilmalar yordamida harakatga keltiriladi. Shamollatish oqib keladigan yoki so’rib olinadigan umumalmashinuvchi shamollatishda toza havo binolar tashqarisidan olinib xonalar barcha hajmi bo’yicha tarqaladi. Ifloslangan havo eshik, deraza va tirqishlar orqali siqib chiqariladi. So’rib olinadigan umumalmashinuvchi shamollatishda ifloslangan issiq havo xonalar butun hajmidan chiqarilib tashlanadi. Chiqarilgan havo o’rniga binolar tashqarisidan toza havo eshik deraza va qurilish tirqishlari orqali so’rib olinadi.
Shovqin va titrash haqida umumiy ma’lumotlar
Shovqin va titrash qattiq, suyuq, gazsimon va boshqa xil jismlarning mexanik tebranishlaridir.
Me’yordan yuqori, uzoq ta’sir etgan shovqin va titrashlar, keyinchalik organizmini zararlantirib, og’ir kasbiy kasalliklar kelib chiqishi sababchisidir.
Sukunatni buzib, foydali tovush eshitishga xalaqit beradigan tovushlarga shovqin deb ataladi.
Titrash qattiq jismlar, mashina va jihozlarning tebranishidir. Kuchli, keskin va uzoq davom etadigan shovqin va titrashlar insonning sog’ligiga salbiy ta’sir ko’rsatib, natijada insonni tez charchatadi, ish unumdorligini pasaytiradi, asab va yurak tizimini ish faoliyatini buzadi.
Insoning eshitish organi mexanik tebranishning 16 - 20000 Gs gacha bulgan to’lqinlarini eshitadi. 15 Gs dan past chastotadagi shovqin infratovush, 20000 Gs dan yuqorisi esa ultratovush hisoblanib, inson organizmiga salbiy biologik ta’sir ko’rsatadi.
Tovush intensivligi quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
J = P2/ρ C (1)
bu yerda:J – tovush intensivligi, vt/m2; P – tovush bosimining miqdori, Pa; ρ – muhit zichligi kg/m3; C – tovush tezligi, m/s.
Tovush to’lqinlarining 200 S haroratli muhitidagi tarqalish tezligi 343 m/s, po’latda 5000 m/s, betonda 4000 m/s ga teng.
Mashina va uskunalarda, kommunikatsiya va qurilmalarda mexanizatsiya-larning harakatdagi qismlarining nosozligi sababli, suyuqlik va gazlar quvurlar orqali bosim ostida uzatilganda paydo buladigan qisqa to’lqinli tebranishlar titrash deb ataladi.
Titrash uskuna, jihoz va kommunikatsiyalarning mexanik mustahkam-ligini va germetikligini sifatsizlanishiga olib kelishi va har xil avariyalarning sababchisidir.
Titrash ta’sirida inson tanasidagi a’zolarning funktsional holatlarini ishdan chiqishi, markaziy asab, yurak va qon aylanish tizimida hamda harakatlanish a’zolarida salbiy o’zgarishlar sodir buladi. Uning zararli ta’siri charchash, boshning, panja va suyak bug’inlarining og’rishi, haddan tashqari asabiylashish va harakat faoliyatining buzilishi bilan namoyon bo’ladi va ayrim hollarda tebranish kasalligining rivojlanishiga olib keladi.
Elektromagnit maydoni va uning inson organizmiga ta’siri:Elektromagnit maydonining inson organizmiga ta’siri elektr va magnit maydonlarining kuchlanishi, energiya oqimining intensivligi tebranish chastotasi, nurlanishning tananing ma’lum yuzasida to’planishi va inson organizmining shaxsiy xususiyatlariga bog’liq bo’ladi. Elektromagnit maydonining inson organizmiga ta’sir ko’rsatishining asosiy sababi inson tanasi tarkibidagi atom va molekulalar bu maydon ta’sirida musbat va manfiy qutblarga bo’lina boshlaydi. Qutblangan molekulalar elektromagnit maydoni tarqalayotgan yo’nalishga qarab harakatlana boshlaydi.
Elektromagnit maydonining inson organizmiga ta’siri natijasida qon, hujayralar oralig’idagi suyuqliklar tarkibida tashqi maydon ta’siridan ionlashgan toklar hosil qiladi. O’zgaruvchan elektr maydoni inson tanasi hujayralarini o’zgaruvchan dielektrik qutblanish, shuningdek, o’tkazuvchi toklar hosil bo’lishi hisobiga qizdiradi. Issiqlik samarasi elektromagnit maydonlarining energiya yutishi hisobiga bo’ladi. Energiya yutilishi va ionlashgan toklarning hosil bo’lishi biologik hujayralarga maxsus ta’sir ko’rsatishi bilan kechadi, bu ta’sir inson ichki organlari va hujayralaridagi nozik elektr patentsiallari ishini buzish va suyuqlik aylanish funksiyalarining o’zgarishi hisobiga bo’ladi.
O’zgaruvchi magnit maydoni atom va molekulalarning magnit momentlari yo’nalishlarining o’zgarishiga olib keladi. Bu effekt inson organizmiga ta’sir ko’rsatish jihatidan kuchsiz bo’lsada, lekin organizm uchun befarq deb bo’lmaydi.
Maydonning kuchlanishi qancha ko’p bo’lib uning ta’sir davri davomli bo’lsa, organizmga ko’rsatuvchi ta’siri shuncha ko’p bo’ladi.
Tebranish chastotasining ortishi tana o’tkazuvchanligi va energiya yutish nisbatini oshiradi, ammo kirib borish chuqurligini kamaytiradi. Uzunligi 10 sm dan qisqa bo’lgan to’lqinlarning asosiy qismi teri hujayralarida yutilishi tajriba asosida tasdiqlangan. 10-30 sm diapazondagi nurlanishlar teri hujayralarida kam yutiladi (30-40%) va asosan ularning yutilishi insonning ichki organlariga to’g’ri keladi. Bunday nurlanishlar nihoyatda xavfli hisoblanadi.
Organizmda hosil bo’lgan ortiqcha issiqlik ma’lum chegaragacha inson organizmining termoregulyatsiyasi hisobiga yo’qotilishi mumkin. Issiqlik chegarasi deb ataluvchi ma’lum miqdordan boshlab (α>10 MVt/sm2), inson organizmda hosil bo’layotgan issiqlikni chiqarib tashlash imkoniyatiga ega bo’lmay qoladi va tana harorati ko’tariladi, bu esa o’z navbatida organizmga katta zarar yetkazadi.
Issiqlik yutilishi inson organizmining suvga serob qismlarida yaxshi kechadi (qon, muskullar, o’pka, jigar va h.k). Ammo issiqlik ajralishi qon tomirlari sust rivojlangan va termoregulyatsiya ta’siri kam bo’lgan organlar uchun juda zararlidir. Bularga ko’z, bosh miya, buyrak, ovqat hazm qilish organlari, o’t va siydik xaltalari kiradi. Ko’zning nurlanishi ko’z qorachig’ining xiralashishiga (kataraktaga) olib keladi. Odatda ko’z qorachig’ining xiralashishi birdaniga rivojlanmasdan, nurlangandan keyin bir necha kun yoki bir necha hafta keyin paydo bo’ladi.
Elektromagnit maydoni inson organizmiga ma’lum o’tkazuvchanlikka ega bo’lgan dielektrik modda sifatida hujayralarga issiqlik ta’sirini ko’rsatibgina qolmasdan, balki bu hujayralarga biologik ob’ekt sifatida ham ta’sir ko’rsatadi. Ular to’g’ridan-to’g’ri markaziy nerv sistemasiga ta’sir ko’rsatadi, hujayralarning yo’nalishini o’zgartiradi yoki molekula zanjirini elektr maydoni kuchlanish chiziqlari yo’nalishiga aylantiradi, qon tarkibi oqsil molekulalari biokimyo faoliyatiga ta’sir ko’rsatadi. Qon tomir sistemasining funksiyasi buziladi. Organizmdagi uglevod, oqsil va mineral moddalar almashinivuni o’zgartiradi. Ammo bu o’zgarishlar funksional xarakterda bo’lib, nurlanish ta’siri to’xtatilishi bilan ularning zararli ta’siri va og’riq sezgilari yo’qoladi.
Elektromagnit maydonini normalash va undan himoyalanish:
Respublikamizda yo’lga qo’yilgan nurlanishning ruxsat etilgan darajalari juda kam birlikni tashkil qiladi. Shuning uchun organizm uzoq vaqt nurlanish ta’sirida bo’lgan taqdirda ham hech qanday o’zgarish bo’lmasligi mumkin.
Sanitar me’yorlar bo’yicha ko’zda tutilgan “Yuqori, o’ta yuqori va haddan tashqari yuqori chastotadagi elektromagnit maydonlari manbalarida ishlaganlar uchun sanitar norma va qoidalar” quyidagicha ruxsat etilgan norma va chegaralarni belgilaydi: ish joylarida elektromagnit maydoni radiochastota kuchlanishi elektr tarkibi bo’yicha 100 kGs - 30 MGs chastota diapazonida 20 V/m, 30-300 MGs chastota diapazonida 5 V/m dan oshmasligi kerak. Magnit tarkibi bo’yicha esa 100 kGs-1,5 MGs chastota diapazonida 5 V/m bo’lishi kerak.
SVCh 30-300 000 MGs diapazonida ish kuni davomida ruxsat etiladigan maksimal nurlanish oqim kuchlanishi 10 mk Vt/sm2 , ish kunining 2 soatidan ortiq bo’lmagan vaqtdagi nurlanish 100 mk V/sm2 dan oshmasligi kerak. Bunda albatta muhofaza ko’zoynagi taqilishi kerak. Qolgan ish vaqti davomida nurlanish intensivligi 10 mk Vt/sm2 dan oshmasligi kerak.
SVCh diapazonida kasbi nurlanish bilan bog’lanmagan kishilar va doimiy yashovchilar uchun nurlanish oqimi zichligi 1 mk Vt/sm2 dan oshmasligi kerak.
Yuqorida keltirib o’tilgan formulalarni tahlil qilish, elektromagnit maydonidan ish joylarini uzoqroq joylashtirish va elektromagnit maydonlari oqimlarini yo’naltiruvchi antennalar bilan ish joylari orasidagi masofani o’zgartirish, generatorning nurlanish kuchlanishini kamaytirish, ish joylari bilan nurlanish oqimlari uzatilayotgan antennalar orasiga yutuvchi va kamaytiruvchi ekranlar o’rnatish, shuningdek, shaxsiy muhofaza aslahalaridan foydalanish ish joylaridagi elektromagnit maydonlaridan muhofazalashning asosiy vositalari hisoblanadi.
Elektr tokining odamga ta’siri:Elektr jihozlari ishlatishi va tuzilish vaqtida odam elektr toki kuchlanishi ta’siri ostida qolishi mumkin. Kuchlanishga ko’ra elektr qurilmalari 1000 V ga va 1000 V dan yuqori kuchlanishli qurilmalarga ajratiladi.
Elektr qurilmalariga xizmat ko’rsatishga bog’liq turli ixtisosliklarda ishlovchi ishchilar soni ko’payib bormoqda. Binobarin, ularning elektr tokidan shkastlanishi ehtimoli ham ortib bormoqda. Shu bois inson organizmiga elektr tokining ta’sirini o’rganish elektr tokidan shkastlanishi sabablarini tahlil qilish ishlab chiqarishda xafvsiz mehnat sharoitlarini yaratish uchun juda muhimdir. Elektr toki bilan jarohatlanishlar umuman olganda 0,5-1,0 % ni tashkil etadi. Ammo ulardan elektr toki natijasida o’lim bilan tugagani 20-40 % ga to’g’ri keladi.
Elektrjarohat - elektr toki yoki elektr yoyi ta’siri natijasida kelib chiqqan jarohatdir. Elektr tokidan har xil sharoitlar: sim yoki tok o’tkazuvchi ochiq qismlarga tegib ketishdan, himoyalanganligi buzilgan bo’lsa, yoy orqali elektr tokini ta’sir qilishi, uskunalarning metall qismlariga tegib ketishdan, tasodifan kuchlanish ostiga tushib qolish, elektr uzatuvchi qismlarga katta o’lchamli mashinalarning(avtokranlar, don o’rish va paxta terish kombaynlari) ruxsat etilmagan darajada yaqinlashuvi va boshqalarda jarohatlanish mumkin.
Yong’inning xavf xususiyatlari va uni oldini olish:Yong’in maxsus manbadan tashqarida bo’ladigan, nazorat qilib bo’lmaydigan yong’in bo’lib, juda katta moddiy zarar yetkazadi.
Yong’in chiqishiga asosan olovdan noto’g’ri foydalanish, elektr qurilmalarning pechlarini, tutun trubalarni montaj qilish va ishlatish qoidalarining buzilishi, xalq xo’jaligi ob’ektlarini loyihalash va ko’rishda yong’in xavfsizligi me’yorlari talablarining buzilishi, yong’in jihatidan xavfli jixozlarni ishlatishda va oson alanganadigan materiallardan foydalanishda, yong’in xavfsizligi qoidalariga rioya qilmaslik, bolalarni olov bilan o’ynashi, momaqaldiroq razryadlari sababli bo’ladi.
Ishlab chiqarishning jarayonlari shunday tuzilishi kerakki, yong’in-portlash jihatidan xavfli xar qanday uchastkada yil davomida yong’in chiqishi extimoli bir kishi hisobiga, 0,000001 yildan oshmaydigan bo’lsin.
Yonish - yonuvchi moddaning havo kislorodi yoki boshqa oksidlovchi bilan oksidlanishning tez kechadigan ximiyaviy reaksiyasi bo’lib, bunda yorug’lik va issiqlik ajraladi. Yoqilg’ining ko’p qismini tashkil etadigan uglerod to’la yonganda karbonat angidritdan tashqari, yana yonishi mumkin bo’lgan uglerod (II) oksid ham hosil bo’ladi.
Alangalanish - mahalliy qizish natijasida yonuvchi moddaning (uning ostidagi bug’ va gazlarning) yonishi. Alangalanishga yonuvchi moddaning alanga yoki cho’g’langan perdmetga tegishi sabab bo’lishi mumkin.
Chaqnash - yonuvchi modda bug’i bilan havo yoki kislorod aralashmasining alangaga, elektr uchqunga yoki qizigan predmetga tegishi natijasida tez yonib tugashi. Chaqnashda siqilgan gazlar hosil bo’lmaydi. Bug’lar alangalanuvchi aralashma hosil qiladigan eng past temperatura chaqnash temperaturasi deyiladi.
Bundan tashqari temperaturada qisqa muddatli chaqnash bo’lmasdan yonuvchi modda alangalinishi mumkin.
Portlash - moddaning bir jihatdan ikkinchi holatga juda tez o’tishi (portlab yonishi) bo’lib, bunda ko’p miqdorda energiya chiqadi va ko’p miqdorda siqilgan gazlar hosil bo’ladi, bu siqilgan gazlar yemirilishiga olib kelishi mumkin. Qattiq moddalarning o’z-o’zidan yonishi yonuvchi moddaning o’zida kechadigan fizikaviy, ximiyaviy va biologik jarayonlar ta’sirida moddaning qizishi natijasida yuz beradi.
Yong’in chiqqan hollarda odamlarni evakuatsiya qilish:Yong’in chiqqan hollar uchun korxonaning bino va inshootlarida ishlayotgan odamlarni xavfsiz hamda to’liq evakuatsiya qilish imkoniyati ta’minlangan bo’lishi zarur. Shu maqsadda evakuatsion chiqish yo’llari loyihalanadi. Binoda kamida ikkita evakuatsion chiqish yo’li bo’lishi zarur. Quyidagi yo’llar evakuatsion chiqish yo’llari hisoblanadi:
a) birinchi qavatdagi xonalardan tashqariga bevosita yoki karidor orqali olib chiqadigan yo’llar.
b) birinchi qavatdan tashqari istalgan qavatdagi xonalardan karidorga yoki zina katagiga olib boradigan yoxud tashqariga yoki vestibyul orqali chiqish yo’li bo’lgan, tutash karidorlardan eshikli pardadevorlar bilan ajratilgan zina katalagiga olib chiqadigan yo’llar;
c) mazkur qavatdagi xonadan “a”, “b” punktlarda ko’rsatilgan chiqish yo’llari bo’lgan, o’sha qavatdagi xonalarga olib chiqadigan yo’llar. Bunda evakuatsiya yo’llarini hisoblashda liftlar, eskalatorlar va odamlar harkatlanadigan boshqa mexanik vositalar hisobga olinmaydi.
Evakuatsion chiqish yo’llarining solishtirma o’tkazish qobiliyati 167 kishi/mingni tashkil qiladi.
Jami tenglik:
 = (2)
bu erda N – evakuatsiya qilinadiganlarning hisobiy soni. Evakuatsiya chiqish yo’llari kamida ikkita bo’lishi kerak.
Odamlarni muvoffaqiyatli ravishda evakuatsiya qilish uchun zina kataklari tutun to’planmaydigan, sun’iy yoritiladigan, eshiklar binodan chiqish tomonga ochiladigan bo’lishi lozim.
O’tga chidamliligi I va II darajali binolarda evakuatsiya binolarining yo’llarining konstruksiyalari yonmaydigan materiallardan o’tga chidamliligi III va IV darajali binolarda qiyin yonadigan materiallardan, V darajali binolarda esa yonadigan materiallardan ishlatiladi. Majburan evakuatsiya qilish sharoitlarida odamlarning tartibli ravishda harkatlanishini ta’minlash maqsadida, odatda jamoat binolari (teatr, kasalxona, bolalar bochasi, maktab) va xonalar uchun evakuatsiya rejasi ishlab chiqiladi. Reja grafik va teks qismdan iborat bo’ladi.
Odamlar eng ko’p bo’lgan qavatdan (birinchi qavatdan tashqari) zina kataklarining jami kengligi, shuningdek, hamma qavaqtlardagi evakuatsiya yo’llaridagi eshiklar, karidorlar va boshqa yo’llarning kengligi 100 kishi uchun kamida 0,6 m hisobida olinishi kerak. Zina marshlari, karidorlar yoki yo’laklarning minimal kengligi binoning vazifasiga qarab (lekin kamida 0,6 m qilib) loyihalanadi. Zina marshlari orasida kamida 5 sm zazor qoldirilishi lozim.
Evakuatsiya eshiklarining minimal eni 0,8 m bo’lishi zarur. Evakuatsiya yo’llaridagi eshiklar va yo’laklar balandligi 2 m dan past bo’lmasligi kerak.
Zina maydonchasining eni zina marshi enidan kam bo’lmasligi darkor. Ikki tavaqali eshikli liftlarga kirish yo’llari oldidagi zina maydonchalarining eni kamida 1,6 m bo’lishi kerak.
Evakuatsiya yo’llarida vintsimon zinalar, bo’salar va boshqa yurishga xalaqit beradigan to’siqlar qurishga ruhsat etilmaydi. Xonada evakuatsion chiqish yo’llari tarqoq holda joylashtirilishi lozim.
Evakuatsiya uchun mo’ljallangan balkon hamda maydonchaga chiqiladigan eshiklarni, ko’pi bilan 15 kishiga mo’ljallangan xonalardan chiqish eshiklarini, shuningdek, sahna 200 m2 dan oshmaydigan omborxonalar va sanitariya usullaridan chiqish eshiklarini ichkariga ochiladigan qilib loyihalashga ruxsat etiladi. Evakuatsiya yo’llarida surilma va ko’tarma eshiklar qurishga yo’l qo’yilmaydi.
Podvallarda evakuatsion chiqish yo’llarini birinchi qavatdagi xonalarga chiqiladigan qilib loyihalashga ruxsat etiladi.
Galareyalar, etajerkalar, maydonchalar va antresollarda kamida ikkitadan ochiq perlat zinalar loyihalanishi zarur. Bino ichida joylashgan galareyalar, etajerkalar, maydonchalar va antresollardan tashqi po’lat zanjirli zinalarga evakuatsion chiqish yo’llari loyihalash mumkin.
Ko’p qavatli binoni birinchi qavatida evakuatsion chiqish yo’ligacha bo’lgan masofani bir qavaqtli binodagidek qilib olishga yo’l qo’yiladi. Evakuatsion chiqish yo’llari bino perimetri bo’ylab, kamida har 72 m oralatib joylashtiriladi.
Eng ko’p odam ishlaydigan smenada xona polining yuzi bir ishlovchiga kamida 75 m2 dan to’g’ri keladigan bo’lsa, ko’rsatiladigan masofalarni 50% uzaytirish mumkin.

XULOSA



Bugungi kunda axborot texnologiyalari soxasida keskin va sezilarli o’zgarishlar olib borilmoqda. Shunday ekan ushbu bitiruv malakaviy ishni yozish davomida men NGN tarmoqlarini umumiy tahlil qildim. Asosan NGN tarmoqlarida Softswitch dasturiy kommutatorini qo’llanishini o’rganib chiqdim. Softswitch dasturiy kommutatori orqali abonent liniyalari va avtomatik telelfon stansiyalarini bir-biriga bog’lanishini ham chizmalar orqali ko’rsatib o’tildi.
Keyingi avlodning aloqa tarmog‘iNGN (Next Generation Network) –boshqarish orqali, moslashuvchan imkoniyatlarga ega bo‘lgan chegaralanmagan turli xizmatlar majmuasini taqdim etishni, tarmoq masalalarini takomillashtirish hisobiga yangi xizmatlarni yaratishni, taqsimlangan kommutatsiyaga ega bo‘lgan universal transport tarmog‘ini qo‘llashni, odatdagi aloqa tarmoqlari bilan integratsiyani ta’minlovchi aloqa tarmoqlarini qurilish konsepsiyasi.
Moslashuvchan (dasturiy) kommutator (Softswitch) – chaqiriqlarni qayta ishlash, ilovalar serveriga, axborot tizimiga ulash, statistik ma’lumotlarni yig‘ish, tarifikatsiya, TfUF tarmoqlari bilan va paketli tarmoq ichida signal orqali o‘zaro bog‘lanish, ulanishlarni o‘rnatishni boshqarish funksiyalarini bajaradi. Bu kommutator kommutatsiyani boshqarish va ma’lumotlarni uzatish pog‘onasi funksiyalarini qo‘llovchi asosiy qurilma hisoblanadi.
Keyingi avlod aloqa tarmoqlarini qurish konsepsiyasi asosida universal tarmoqni qurish tamoyili yotar ekan. Bunday tarmoq har qanday axborotni: ovoz, video, audio va xokazo trafiklarni cheklanmagan spektrda infokommunikatsiya xizmatlari bilan ta’minlash imkonini beradi.
Yuqoridagi talab va ehtiyojlarni nazarda tutgan holda tarmoq xizmatlari, texnologiyalari va qurilmalari konvergensiyasi NGN-yangi avlod tarmoqlarida mujassamlashgan.
NGN texnologiyasining Respublikamiz aloqa tarmoqlarida qo‘llanilishi, aloqa sifat ko‘rsatkichlarini jahon standarti talabiga javob beradigan pog‘onaga olib chiqmoqda.
NGN texnologiyasi asosida qurilgan tarmoq (ya’ni NGN tarmoq) universal tarmoq hisoblanib, paketli kommutatsiya asosida ixtiyoriy turdagi ma’lumotlarni (tovush, video, rasm, tevizion kadr va boshqalar) sifatli, yo‘qotishlarsiz va yuqori tezlikda uzatish imkoniyatiga egadir. NGN tarmog‘i turli xil ma’lumotlar trakti uchun kerak bo‘ladigan barcha xizmatlarni ta’minlash imkoniyatiga egadir, ya’ni (QoS-Quality of Service) xizmat ko‘rsatish sifati yuqori ko‘rsatgichga egadir. Nazariy jihatdan o‘ylab qaralganda NGN tarmog‘i ayni paytda foydalanib kelinayotgan Umumfoydalanuvchi telefon tarmog‘i (UFTT-PSTN), ma’lumotlar uzatish tarmog‘i (MUT), elektr aloqa tarmog‘ini (EAT) mukammal yagona tizim sifatida birlashtirgan multiservis tarmog‘idir.
Keyingi avlod tarmog‘i tarmoqli ilovalar darajasi, tarmoqni boshqarish darajasi, magistral kompyuterlar darajasi va kira olishning chegaraviy darajasini o‘z ichiga oladi.
Keyingi avlod tarmog‘i (NGN), tarmoqning yangi konsepsiyasini, tovush funksiyalari, xizmat ko‘rsatish sifati (QoS) va paketli tarmoqning afzalliklari va samaraliligi bilan kommutatsiyalanadigan tarmoqni o‘z ichiga oladi. NGN tarmog‘i tarmoqlar va texnologiyalarning birlashishida aks etadigan ishlab turgan telekommunikatsiya tarmoqlarining evolyusiyasini bildiradi. Shu sababli telefoniyaning klassik xizmatlaridan boshlanib va ma’lumotlarni uzatishning turli to‘plami yoki ularning kombinatsiyalarida tugagan xizmatlarning keng to‘plamini ta’minlaydi.
ADABIYOTLAR RO‘YXATI



  1. Ломовитский и др. Основы построения систем и сетей передачи информатсии. - М.: Горячая линия - Телеком, 2005.

  2. А.В. Росляков, С.В. Ваняшин, М.Ю. Самсонов. И.В. Шибаева, И.А. Чечнёва С. Сети следующего поколения НГН /под ред. А.В. Рослякова. - М.: эко-Трендз, 2008.-424 с.: ил.

  3. Голдштейн Б.С., Соколов Н.А., Яновский Г.Г.. Сети связи. Учебник для вузов. - СПб.: БХВ - Санкт­Петербург, 2009

  4. Витченко А.И., Пинчук А.В., Соколов Н.А. Опыт создания НГН в ОАО "Ленсвяз". – Вестник связи, 2005, №10, с. 32 – 36.

  5. Пинчук А.В., Соколов Н.А. Прагматическая стратегия перехода к НГН. – Вестник связи, 2006, №6, с. 66 – 72.

  6. Шелухин О.И., Тепякшев А.М., Осин А.В. Фракталные протсессы в телекоммуникатсиях. -М.: Радиотехника, 2003.

  7. Гольдштейн, А.Б. Softswitch/ А.Б. Гольдштейн, Б.С. Гольдштейн –СПб.:BHV, 2006.

  8. Бакланов, И.Г. NGN: принципы построения и организации / И.Г. Бакланов; под ред. Ю.Н. Чернышова. – М.: Эко-Трендз, 2008.

  9. Гольдштейн, Б.С. Сигнализация в сетях связи / Б.С. Гольдштейн; Т. Протоколы сети доступа. Т. 2. – М. : Радио и связь, 2005.

  10. Гольдштейн, Б.С. Протокол SIP / Б.С. Гольдштейн, А.А. Зарубин, В.В.Саморезов; Серия «Телекоммуникационные протоколы». – СПб. : БХВ – СПб, 2005.

  11. Атцик, А.А. Протокол Megaco/H.248 / А.А. Атцик, А.Б. Гольдштейн, Б.С. Гольдштейн; Серия «Телекоммуникационные протоколы». – СПб. : БХВ – СПб, 2009.

  12. Гольдштейн А.Б., Гольдштейн Б.С. Softswitch // Санкт-Петербург: БВХ – Санкт-Петербург, 2006. – 368 с.: с илл.

  13. Бакланов И.Г. NGN: принципы построения и организации// под ред. Ю.Н. Чернышова. – М.: Эко-Трендз, 2008. – 400 с.: с илл.

  14. Гольдштейн Б.С. Программные коммутаторы Softswitch: вчера, сегодня и … // Москва, «Технологии и средства связи» №2, 2005.

  15. The movement from Monoliths to Component-Based network Elements // IEEE Communication magazine, January 2001.

  16. International Packet Communications Consortium // Packet Communication Reference Architecture, v2.0, April, 2003, p.10.

Internet saytlari

  1. http://uz.infocom.uz/2006/05/04/ngnyangi-avlod-tarmogi/

  2. https://ru.wikipedia.org/wiki/Softswitch

  3. https://crabo.ru/uz/windows-10/upravlenie-obsluzhivaniem-vyzovov-v-setyah-ngn-seti-ngn-obshchaya-arhitektura.html

  4. https://montazhtv.ru/uz/kakie-funkcii-v-seti-ngn-realizuet-shlyuz-seti-ngn-obshchaya-arhitektura/

  5. https://uz.mihalicdictionary.org/wiki/Next-generation_network

  6. https://studfile.net/preview/5367398/page:2/

  7. https://studfile.net/preview/9312856/page:4/

Yüklə 1,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin