O'zbekiston respublikasi fanlar akademiyasi alisher navoiy nomidagi til va adabiyot instituti


parti qol-gan tegirmonlar nigohini tortishi mumkin. J. Abdullaxonov, Xonadon



Yüklə 1,39 Mb.
səhifə3/3
tarix29.05.2022
ölçüsü1,39 Mb.
#116376
1   2   3
2 5226926039036335865


parti qol-gan tegirmonlar nigohini tortishi mumkin. J. Abdullaxonov, Xonadon.
SHART III taql. s. Biror narsaning urilishi yoki uzilishidan hosil bo'ladigan ovozni bildiradi.
Ikki-uch qamchidan so'ng tolga bog'langan tizgin shart etib uzilib ketdi.. A. Qodiriy, O'tgan
kunlar. Kampir yana g'azabga keldi.. ko'ylagining yoqasini shart yirtib yubordi. S. Ahmad, Hukm.
Kuygan odam shart uradi soniga.. «Hasanxon». Qizlardan uch-to'rttasi Nozikni ta'qibetdi va
shart-shurt bir-birining yalang'och etiga urishib, shartak olishdilar. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon.
SHART IV Tez va keskin. Otamurod shart orqasiga burildi-yu.. chayla tomonga chopib ketdi. M.
Mansurov, Yombi. Dildor shart o'rnidan turdi-yu, eshikni qarsillatib yopib chiqib ketdi. S.
Ahmad, Ufq.
SHARTAK ayn. shartaki 2.
SHARTAKI 1 sft. O'ylamay-netmay, yuz-xotir qilmay gapiraveradigan. Shartaki odam. mm Bir gapni
tushuntirguncha yetmish marta luqma tashlaydigan shartakilarni.. oqlamoqchi emasmiz. Gazetadan.
Ammo mana bu shartaki Hamzangizdan ulamolar xafa. K. Yashin, Hamza.
2 ot Shartillatib urish, shappati.
SHARTAKILIK Shartakiga xos xusu-siyat, xatti-harakat; o'ylamay, yuz-xotir kdl-may gapiraverish.
Xo'b qizsan-u, shartaki-liging chatoq, gap kelganda, otangni ayamay-san. A. Muhiddin, Hadya.
Savri xola ovsi-nining xafaligini bir oz yozish uchun paypas-lab ketdi: -Shartakiligim o'lsin,
ovsin, gapiraveraman. R. Fayziy, Kishilarimiz qissasi.
SHARTILLAMOQ «Shart» etgan ovoz chiqarmok. Arqon shartillab uzildi.
SHARTKESAR Dangal gapiradigan; dan-galchi. Shartkesar odam. ti U \Murotali\ vijdoni pok,
yuragi ochiq va shartkesar edi¬ki, kimdan va nimadan norozi bo'lsa, yuzi-ko'ziga qaramay, keskin
aytardi. SH. Rashi-dov, Bo'rondan kuchli.
SHARTLASHMOQ Biror masala yuza-sidan ma'lum shartlar bilan o'zaro keli-shib olmoq; axdlashmoq.
Kechqurun kinoga borishga shartlashdik. Har ikki tomon o'zaro yordamni yanada kuchaytirish haqida
shart-lashdilar. mm [Bolalar] Shartlashib olish-ganmi, baravariga olma tishlashdi. «Yoshlik».
Xo'jayin erta ko'klamda shartlashib, pulni to'lab qo'igan edi. Oybek, Tanlangan asar-lar.
SHARTLI 1 Biror shart asosida o'zaro kelishilgan, shartlashilgan. Shartli ishora. Shartli joyda
uchrashmoq.
1 rvsh. Ma'lum shartlar asosida, biror shart bilan. Turg'un sizga qo'shimcha hujjat bermoqchi.
Hozircha sharp`sh qabul qilaverasiz [dedi Vshixo'ja}. N. Safarov, Hayot maktabi.
3 Ma'lum shartlar asosida qayd qilin-gan, biror shart amalga oshirilgan taqdir-dagina kuchga
kiradigan. Og'ir shartli bitim.
4 Biror narsa, voqea, hodisa va sh.k. ni ramz, tasvir bilan ifodalaydigan. Qabul qilingan
shart/sh belgilar. Daryolarni shart-li chiziq bilan ifodalamoq.
Shartli refleks fiziol. Organizmning (odam va hayvonlarning) shaxsiy hayoti da-vomida yangidan
o'zlashtiriladigan refleks.
SHARTNOMA [shart I + noma] Tomon-lar (ikki yoki bir necha shaxs) o'rtasida tu-zilgan, ularning
huquq va majburiyatlari qayd etilgan bitim. Latofat nashriyotdan shartnoma bilan olgan
tarjimasini tuga-tolmoy diqqat edi. L. Tojieva, Mehrim siz-ga, odamlar. Xonani ijaraga
olgan kishi, shartnomaga binoan, uni yaxshi saqlashi, jo-riy remont qilishi lozim. Gazetadan.
SHARTSIZ Shart qo'yilmagan, sharti yo'q; biror shart qo'ymasdan. -Buholdan qutu-lishning birdan-
bir yo'li — dedi yigitlar-dan biri, — hech bir shartsiz, so'zsiz.. tas-lim bo'lishdir. S. Ayniy,
Qullar.
Shartsiz refleks fiziol. Inson yoki hayvon bilan birga tug'iladigan, irsiyla-nadigan refleks;
tug'ma refleks.
SHARTTA 1 Istihola qilib o'tirmay, yuz-xotir qilmasdan, ro'yirost, dangal. Bor gap-ni shartta
gapiradigan odam. mm U \Acpopa] xonasi kelganda hech kimni ayamasdi. Maj-lislarda, kimning
kamchiligi bo'lsa, shartta
552
yuziga aytaverardi. S. Ahmad, Ufq. U \El-murod] endi bo'yni qisiq yetim emas. Endi unga.. bor
gapni shartta aytib, ko'ngilni xijolatdan bo'shatish osonroq! P. Tursun, O'qituvchi.
2 ayn. shart IV. Qo'shoq shartta o'rnidan turdi-da, zarda bilan do'qillab, chiqib ketdi. H. Shams,
Dushman. Pochchaev shartta burilib, jo'nab qoldi. A. Muxtor, Tug'ilish.
3 O'ylab, cho'zib o'tirmay. Iroda shartta muddaoga o'tib qo'ya qolgan edi, javobni ham naqd qilish
kerak. F. Musajonov, Himmat. Turobovaga sharshsha «ikki» qo'yib berdim. S. Siyoev, Yorug'lik.
SHARTTAKI q. shartaki. Kishilar bilan muomalada xiyla sharttaki bo'lgan bu sol-dat nimadan
andisha qilayotganiga hayron bo'ldim. H. Nazir, Ko'kterak shabadasi.
SHAG'T-SHURT 1 «Shart» va shunga yaqin tovushni (tovushlarni) bildiradi (q. shart III). Qog'ozni
shart-shurt yirtmoq. sht Qiz-lardan uch-to'rttasi Nozikni ta'qib etdi va shart-shurt bir-birshshng
tang'och etiga urishib, shartak olishdilar. A. Qodiriy, Mexrobdan chayon. O'zi ishga kirishib,
shart-shurt chekanka qilib ketaverdi. Boshqalar [Xoldorning] orqasidan ergashdshshr. J. Ab-
dullaxonov, Tong yorishgan sohilda.
2 Tezlik bilan, tez-tez, jadal. -Nega yig'laysan, tinchlikmi o'zi ? — Adol xola qo'li-dagi
suzgichni ilib, unga yaqinlasha boshlagan edi, Toshxon xalatni shart-shurt yechib uloq-tirdi-da,
ko'chaga yugurdi. A. Mirahmedov, O't yuraklar.
SHARF [nem. Scharfe < fr. echarpe < lot. scirpea — to'qima; o'rilgan (to'qilgan) narsa]
Bo'yinga o'raladigan yoki boshga, yel-kaga tashlab yuriladigan, eniga nisbatan uzun mato.
SHARSHARA Baland, tik tepalikdan pastga shovullab oqib tushadigan suv oqi-mi; shalola. Oltmish
metr balandlikdan otilib tushayotgan sharshara to'foni tagida bo'ldik. R. Fayziy, Zarangbargi.
Nigora kechasi tog' ko'rinishiga afsonaviy ulug'vorlik baxsh etib, bir tekis guvullayotgan bu
sharsharaga borib, uni o'z ko'zi bilan ko'rishga ahd qilgan edi. S. Anorboev, Oqsoy.
SHARSHARAK Kichik sharshara. Tog'ora-lig'idagi sharsharakning bu ajoyib qiliq-lari bolalarni
hayajonga soldi. H. Nazir, So'nmas chaqmoqlar.
SHAR'AN [a. Lc— shariat yuzasidan] din. Shariat qonun-qoidalariga binoan, shariat bo'yicha. Sen
o'g'risan! Odam bo'lga-ningda, shar'an qo'lingni kesish lozim bo'lar edi. A. Qahxrr, Bashorat.
Birovning usshiga ayb qo'yish uchun, shar'an, shohidlar lozim. A. Qo-diriy, Mexrobdan chayon.
SHAR'IY [a. ^ jju - shariatga (diniy qoidaga) tegishli, mansub] din. Shariataqi-dalari,
qonun-qoidalariga mos keladigan; shariatga ko'ra qonuniy. Issiq uying, halol bolang, shar'iy
ering shurganda, birovlarga belingni quchoqlatib.. elga bosh-qosh bo'lgun-cha, har narsa yeganing
yaxshi!S Siyoev, Otliq ayol. Men mavizni tamom shar'iy qilib tay-yorlayman, tunov kun
mahal/shmizning oxunlari xam halolligiga fatvo berib ketdilar. A. Kr-diriy, O'tgan kunlar.
Hiylai shar'iy yoki shar'iy hiyla Sha-riat qonun-qoidalariga chap berib qili-nadigan,
tutiladigan ish, hiyla. U \imom\ boyning qasamiga shohid zdi, ajab emas ediki, biror shar'iy
hiyla topib, boyni bu bot-qoqdan qutqazsa. S. Ayniy, Esdaliklar.
SHARQ I [a. 3_^i - ko'tarilish, chiqish tomon (mas, quyosh)] 1 Dunyoning to'rt tomo-nidan biri;
g'arbga qarama-qarshi bo'lgan tomon, quyosh chiqadigan tomon; kunchiqish. Ot ko'chaning sharqiga
yurib.. yana shimolga burilib, mop ko'cha bo'ylab uzoq ketdi. A. Qo-diriy, O'tgan kunlar. Urush
g'arbda, rota frontdan uch-uch yarim ming kilometr berida, yana sharqqa qarab ketayotibdi!
Axmadjon o'ylab, o'yiga yeta olmas edi. A. Qahhor, Oltin yulduz.
2 (SH — katta) G'arbiy Yevropaga nis-batan sharq tomondagi mamlakatlar, o'lka-lar. Sharqqa
sayohat. Yaqin Sharq. Uzoq Sharq. tsh [Salimxo'ja] Nusratillaning iqbolu is-tiqboli haqida ko'p
chiroyli kitobiy so'zlar bilan gapirar, yangi Sharqning qudrati, mil-latning guli bo'ladi,
debmaqtar edi. A. Mux-tor, Opa-singillar. Ularhozirgi Sharq ta-rixi kitobini navbatma-
navbat o'qib va eshitib o'tirganlarida, Ochilning ko'z oldiga dam-badam ezshshb yig'layotgan Zamira
kelar, buning uchun u o'zini gunohkorday his qilardi. P. Qodirov, Uch ildiz.
SHARQ II ayn. sharaq. Sanobarxon dar-vozani ustidan kichkina bosma qulf bilan sharq etib
berkitdi-da, Adolatga ergashdi. S. Zunnunova, Gulxan.
553
SHARQIY 1 [a. ^JJJ — sharqqa doir, aloqador; sharqona] Sharq tomonda joy-lashgan; sharkdagi,
kunchiqishdagi. Sharqiy Yevropa. Sharqiy mamlakatlar.
SHARQIY II ^`] esk. Yurib turib naqarot bilan aytiladigan qo'shiq; marsh qo'shig'i. Bolalar sharqiy
aytdilar. A. Qah-hor, Sarob. Qo'noqlar sharafiga o'qiyajak sharqiyni mashq qilib bo'ldingmi?3.
Said, N. Safarov, Tarix tilga kirdi.
SHARQIRAMOQ ayn. sharillamoq 1. To'lagan aka sharqirab oqayotgan arikdan yuz-qo'lini yuvib,
belidagi belbog'ining bir uchiga artindi. Gazetadan. Eshigim oldida bir tup terak bor, Yonidan
o'tadi ariq sharqirab. Shuhrat.
SHARQIROQ Sharillab, sharqirab oqadigan. Sharqiroq soy. mm Sharqiroq ariq yoqasida, o'siq
yalpizlar orasida o'tirib, ko'klam quchog'ida yastanib yotgan fusunkor dalaga suqlanib to'yib
bo'larmikan?! N. Yoqu-bov, Bo'sag'ada.
SHARQLIK Sharqtsa yashovchi, sharqiy mamlakatlarning birida istiqomat qiluvchi. Sharqlik odam.
SHARQONA q. sharqcha. Ustozlar tur-ganda, o'zi haqida so'zlash sharqona odobga sig'maydi.
Gazetadan. Binokorlikda sharqona uslub ko'plab binolar ko'rkiga ko'rk qo'shdi. Gazetadan.
SHARQCHA Sharqxalklari uslubi, odati yoki madaniyatiga xos; sharqona. Har ikki qavatdagi
xonalarning keng derazalari o'y-makor ustunli uzun, lekin torroq sharqcha ayvonga ochshshr edi.
Oybek, O.v. shabadalar.
SHARQSHUNOS [Sharq + f. -
o'rganuvchi] Sharqshunoslik mutaxassisi. Sharqshunoslarning butunjahon anjumani. tsh Bu
sharqshunoslarning fikricha, qadimgi zamonlarda bir butun umumoltoy tili mav-jud bo'lgan..
«O'TA».
SHARQSHUNOSLIK Sharq mamlakat-larining madaniyati, tarixi, iqtisodiyoti, tili, san'ati va sh. k.
ni o'rganadigan fanlar majmui. Sharqshunoslik instituti.
SHARH [a. rjJu — tushuntirish, izox., tavsif; eslatma] Biror narsaning mazmu-ni, mohiyatini
ochib berish, tushuntirib berish; izoxlash, izoh. Sharhlar bilan chi-qarilgan Navoiy asarlari. mm
Abdurahmon.. kutilmaganda jonlanib ketdi. Ya'ni «Aqo¬id»ning sharhiga yaxshi tushunishga yeng
shi-mardi. A. Qodiriy, Mexrobdan chayon.
Sharh qilmoq (yoki etmoq) Yozma yoki og'zaki tarzda sharhini bermoq, aytmoq; sharxlamoq. Gohi
xudman, gohi bexud, Shavqu dardim sharh qil. E. Vohidov. O'z tuqkan qishlog'imning shu bugungi
tongini Koshkiydi sharh etolsam bu bir kichik she'rimda. P. Abdullaev, Mening qishlog'im. Sharhi
dil Dildagi bor gaplarni ochiq-oydin bayon qilish. Sharhi dilim kimga yozsam, Shakar deb dunyoni
kezsam. «Shirin bilan Shakar».
SHARHLAMOQ Sharh-izoh qilmoq, tu-shuntirib bermoq, izoxlamoq. Abdulvafo al-Buzjoniy.. qadimgi
yunon olimlarining al-jabr hamda falakiyotga oid asarlarini tar-jima kildilar va ilmiy
sharhladilar. Mir-muhsin, Me'mor. Nurillaxon.. Buxoro tax-tini tortib olganlarga nisbatan
bo'ladigan bu kurashning mohiyatini sharxladi. SH. Xol-mirzaev, Qil ko'prik.
SHASSI \fr. chassis] 1 Avtomobil`, traktor va transport vositalarining barcha qismlari
(kuzov, motor, barcha mexanizm va detallar) o'rnatiladigan asos, taglik; rama. Avtomobil`
shassisi.
2 Turli asbob-uskuna, radiopriyomnik va sh.k. ning asosiy detallari o'rnatilgan asos.
Televizor shassisi.
3 Samolyotning havoga ko'tarilishiga, qo'nish vaqtida esa uning yerga urilish kuchini pasaytirishga
xizmat qiladigan qismi. Yig'ma shassi. Yig'ilmaydigan shassi.
SHATAK 1 O'zi yurolmayditan ulov, transport vositasini boshqa ulovga, trans-port vositasiga
tirkab olib yurish usuli; tirkaladigan yoki tirkovga oladigan narsa. Qumri qat'iyat bilan
mashinaga yugurdi-da, kuzovga tashlab qo'ygan, shatak tirkash uchun ishlatiladigan sim arqonni
sudrab keltir-di. S. Ahmad, Oydin kechalar. U ikkinchi qatorni oxirlamayoq, bunkeri «oq
oltin»ga limmo-lim to'lganini ko'rib, suyunib ketdi. Dala chetidagi shataklar esa allaqachondan
beri unga muntazir edi. SH. G'ulomov, Yorqin ufqlar. Direktor ustaxonadan shatak bilan arang
olib chiqilayotgan traktorni ko'rib, azbaroyi jahli chiqqanidan, tilini tishlab olayozdi.
«Mushtum».
2 ko'chma Qoloq, nochor ahvoldan olib chiqish, «sudrash», yurgizish uchun yordam beruvchi shaxs,
narsa; yordam; ko'mak. Kechagi¬
554
na boshqalarning shatagiga muhtoj bo'lgan brigada — bugun, qarabsizki, ilg'or. Gazeta-dan.
Kuchi ketib, eplay olmayapti, yordam qilish kerak, deb yoningizga shatak bersak, asov otdek
tepkilaysiz. «Qahramonnoma».
Shatak qilmoq Shatakka oluvchi qilib qo'shmoq. ..zo'rligi bilan dong'i chiqqan to'riq otni aravaga
qo'shib, uning yoniga boshqa bir otni shatak qilib, zo'rg'a sudrab keldik. S. Ayniy, Qullar.
Shatakka olmoq 1) o'zi yurolmayditan ulov yoki biror transport vositasini boshqasiga tirkamoq,
boshqasiga tirkab yurgizmoq, sudramoq. Yuki og'ir ot.. olg'a intilmasa, yo shatakka olinadi, yoki
aravadan chiqarib, boshqa ot qo'shiladi. «Sharq yulduzi». Ko'zdan yiroqlashgan traktor ko'p o'tmay
mashinani shatakka olib qaytdi. «O'zbekiston qo'riqlari»; 2) o'z kuchi bilan tortmoq, sudramoq;
tortib yurgizmoq. Ko'p-chilik yigitlar sakrab yerga tushib, arqonni bog'lab, mashinani shatakka
oldilar. SH. G'u-lomov, Bo'z yer uyg'ondi; 3) ko'chma ishning siljishi, yurishib ketishi uchun yordam
ber-moq, ko'maklashmoq. Utsam-o'tmasam, xavo-tir emasman. Bilasiz-ku, rsshs, shatakka olib
yurgan yigitmiz. «Qahramonnoma». Bizpast hosilli brigadalardan birini shatakka olish-ga qaror
berdik. Gazetadan.
SHATAKLAMOQ1 kam qo'll. aim. shatak-ka olmoq q. shatak. Buzuq avtomobilni sha-taklamoq. Qoloq
sexni shataklamoq.
2 Bir-biriga tirkab biriktirmoq, sha-tak holatiga olmoq. Zo'rayib borayotgan po'r-tana [harbiy
kemalarni] bir-biriga shatak-lagan arqonni uzib tashladi. T. Rustamov, Mangu jasorat.
SHATAKCHI Shatakka oluvchi (q. shatak). Shatakchi kema. Shatakchi ot. Shatakchi bri-gada.
SHATALOQ: shataloq otmoq 1) orqa oyoq-larini baravar ko'tarib tepinmoq; tepinib yugurmoq;
o'ynoqlab chopmoq (ot, mol kabi xayvonlar haqida). Ot shataloq otib qochdi. tsh Eshak.. bir
shataloq otib, yo'rtishga tushdi. M. Ismoiliy, Farg'ona t. o. Sigir qo'rqqanidan shataloq otib,
jar tomonga qarab qochdi. H. Tursunqulov, Hayotim qissa-si; 2) sakrab-sakrab yugurmoq,
o'ynoqlab chopmoq (bola haqida). -Amakim keldilar, amakim! — dedi.. Adhamning kenjatoyi
Rus-tam va yana shataloq otib, ko'chaga yugurib chiqib ketdi. H. Ziyoxonova, Birinchi mak¬tub; 3)
birdaniga qochib qolmoq, orqa-ol-diga qaramay ura qochmoq. Sizga qoyilman.. boyvachchalaringiz
hammasi shataloq otib qochdi. A. Muxtor, Opa-singillar.
SHATALOQLAMOQ ayn. shataloq otmoq q. shataloq. Sergey ishkom orqasidagi be-dazorga shataloqlab
chopdi. H. G'ulom, Tosh-kentliklar.
SHATILLAMOQ ayn. shatirlamoq 2. U yana oldinga intilib, shatillaganicha yurib ketdi. Mirmuhsin,
Cho'ri.
SHATIR 1 taql.s. Quruq shox-shabba, qamish kabilarning harakatga kelishi, suv, yomg'ir
kabilarning urilishidan hosil bo'l-gan tovushni bildiradi.
2 O'ylab o'tirmay, dabdurustdan, to'sat-dan. Opasi ko'p kular, har ishni tez va sha-tir,
beehtiyot qilar, shuning uchun ham uyda biror idish-tovoq sinsa, albatta, undan ko'rishar edi.
A. Muxtor, Opa-singillar.
SHATIRA-SHUTUR ayn. shatir-shutur. Uning [momaqaldiroqning] ketidan shivalab yomg'ir, dam o'tmay
yong'oq qoqqan kabi shatira-shutur do'l urib berdi. H. Nazir, So'nmas chaq-mokdar.
SHATIRLAMOQ 1 «Shatir» etgan ovoz chiqarmoq; «shatir-shutur» qilmoq. Quruq o'tin shatirlab yona
boshladi. mm Jimjit xonada tarnovlardan tushayotgan suvg'shng shatirlashi eshitilib turardi. P.
Qodirov, Uch ildiz.
2 s.t. ko'chma Jadal yoki shiddat bilan harakat qilmoq; shaxdam odim otmoq. Qirq yigit to'p
bo'lib, shatirlab, birdan kelib qoldi. «Xushkeldi».
SHATIRLATMOQ 1 Shatirlamoq 1 fl. ort. n. Maynaning tasavvurida kiyiklar galasi paydo bo'ldi.
U tosh, shag'allarni sha-tirlatib, hozir yonboshidan yugurib kelishi-ni, ulardan semizginasini
otib olishni is-tadi. SH. Toshmatov, Erk qushi. Soldat, ofi-serlar ertagi jangga tayyorgarlikni
ko'ra-yotganda — ertalab yomg'ir shatirlatib tur-gandi. A. Muhiddin, H. Tojiboev, Otash qalb-li
qiz.
2 ko'chma Biror ish-harakatni shoshilinch ravishda, jadal bajarmoq. Olmalarni sha-tirlatib uzmoq.
mm Shatirlatib ko'ksul-tonni qirayotgan Turg'un jim bo'lib qoldi. Oybek. Bolalik.
SHATIR-SHUTUR tpaql. s. 1 «Shatir» va shunga yaqin tovushni bildiradi (q. sha-
555 ya'^
tir 1). O'rik shoxlari shatir-shutur sinib tushdi. mm Miltiqlarning og'zidan chiqqan olovdan
cho'chishdimi, haytovur, bizdan uch-to'rt qadam naridan makkajo'xorini shatir-shutur qiyratib,
[to'ng'iz] uchib o'tib ketdi. S. Anorboev, Oqsoy. Hozirgina yashnab tur-gan osmonni bir zumda
qo'rg'oshindek bulut o'raydi. Shatir-shutur yomg'ir quyadi. S. Ahmad, Ufq.
2 rvsh. Tezlik bilan, hash-pash deguncha. Shatir-shutur ish qilmoq. Xatni shatir-shutur yozib
tashlamoq.
SHATMOQ shv. O'ta kir, yag'iri chiqqan. Shatmog'i chiqqan bola. mm Anovi yalang'och shatmoq bola endi
bir mirini tangadan ajrata boshlagan chog'i, sochi bo'yra-bo'yra yigitcha [Latifjon\ning esa
studentlik chog'i. S. Anorboev, Hayotga yo'llanma.
SHATRANJ [ a. ?J_>-k_i < sansk. «cha-turanga»] 1 Shaxmatga o'xshash qadimiy har-biy o'yin.
[Navoiy] Qip-qizil turkman gilami ustida sochilib yotgan shatranj donalarini yig'ishtirdi.
Oybek, Navoiy. U. shatranj ustida ba'zan xonga ham hazil tashlashdan toymaydigan chollardan.
S. Siyo-yev, Avaz.
2 ayn. shaxmat 1.
SHATTA 1 Tepib beriladigan zarb; tep-ki, tarsaki, shapaloq.
Shatga otmoq Keyingi ikki oyoq bilan tepmoq, tepinmoq (ot, mol va sh.k. haqida). Shu payt ot
so'nani ko'rib, shatta otdi. Sidiqjon, xuddi ot olib qochadiganday, vahima bilan o'zini egarga
otdi. A. Qahxrr, Qo'shchinor chiroqlari.
2 ko'chma Qilmishiga ko'ra beriladigan zarba, dashnom, sazo, jazo. Qosimxo'jaev xalqning
shattasiga yo'liqmaslik uchun.. past ko'chadan yo'rg'alashga majbur bo'lgan. «Mushtum». Hora
Axmadning jinoyatlari.. sudning qattiq shattasshi takozo etadi. K. Aliev, Bezori hujumni
shiddatlatdi.
Shatta yemoq 1) tepki yemoq; tarsaki yoki shapaloq yemoq; 2) sazo bo'lmoq, uyalib qol-moq. Sharmu
hayosiz bo'lsang, har yerda yersan shatta. Ma'qul, bilimdon bo'lsang, izzat-hurmating katta.
Maqol. mm Biroq Nazi-riy gapiga yarasha shatta yeydi. K. Yashin, Hamza.
SHATTALAMOQ ayn. shatta otmoq q. shatta 1. [Maysara:] O'g'ridan qochirib qo'i-dim, deyman. Lekin
kelib bundoq quyrug'in¬gizdan ushlasa, «moo» deb qo'yasiz-da, shatta-laysiz/Hamza, Maysaraning
ishi. Fermamu-diri o'chakishib, bizni urmokchi bo'lgan edi.. oldimizdan kelsa — suzdik,
orqamizdan kelsa — shattaladik. «Mushtum».
SHAFAQ \a. jim — tongotardagi yoki kunbotishdagi g'ira-shira payt] Kun chiqish yoki kun botish
oldidan ufqda hosil bo'la-digan lolarang qizillik. Ufqdagi bir jom oltin batamom yerga
singib ketdi, yiroq-yiroqlarda lovullab yongan shafak asta so'n-di. O. Yoqubov, Ko'hna dunyo.
Norinning ikki sohilida salqin tushib kelardi hozir. Kechki shafaqning mayin jilosi
taralardi. J. Ab-dullaxonov, Xonadon.
SHAFAQLANMOQ Shafaq bilan qop-lanmoq, shafaq rangini olmoq. Osmon tez tinchidi. Bir necha
vaqtdan keyin g'arb ta-rafda osmon, xuddi kun botish vaqtidagi kabi, shafaqlandi. Oybek, Quyosh
qoraymas.
SHAFE [ — tarafini oluvchi,
homiy; vositachi] esk. Birovga yon bosuvchi, homiylik qiluvchi; homiy.
Anqoga shafe q. anqo.
SHAFIQ \a. i .7, - rahmdil, shafqat-li] 1 esk. kt. Birovga mexribonlik qila-digan, shafqatli,
muruvvatli. G'urbatda g'a-rib shodmon bo'lmas emish, El anga shafiqu mehribon bo'lmas emish.
Alisher Navoiy.
2 Shafiq (erkaklar ismi).
SHAFOAT [a. jL-cLi-i — tarafini olish, (birov uchun) vositachilik] 1 kt. Martabasi va xurmati
yuqori kishi tomonidan o'zidan past kishilarni, beva-bechoralarni qo'llab-quvvatlash, ularga
nisbatan homiylik, yax-shilik. Shafoat qilmoq. mm [Karim.] Sha-foatingizdan noumid qilmang,
pirim! N. Safarov, Sharq tongi. Bu bir azizning sha-foati bilan bo'lgan bog'. «Yodgor». Balki
o'zi-ning xalqqa qilayotgan shafoatlarida ham o'sha azaliy armon — yaxshilikka intilish g'oya-
larining ta'siri bordir. SH. Xolmirzaev, Qil ko'prik.
2 Shafoat (xotin-qizlar ismi).
SHAFTOLI [f. j\\-.*.•:.] Issiqjoylar-da, janubda o'sadigan, pushti gulli, uzunchoq bargli
daraxt va uning mevasi. Oq o'rik, sho-tut, shaftoli va g'aynolining sap-sariq yaproklari hovli
betini ko'mib yotibdi. I. Rahim, Chin muhabbat. Muyassar shaftolining tepasida.. Gulchehra esa..
shaftolilarga eta¬gini tutib turibdi. O. Yoqubov, Er boshiga ish tushsa.
Shaftoli qoqmoq Juda sovuq yemoq, so-vuqqa qotmoq.
SHAFTOLIZOR Shaftoli ekilgan maydon. Shaftolizor bog'larni ko'rdim. Gul ko'kargan tog'larni
ko'rdim. H. Olimjon.
SHAFTOLIXO'R \f. ^ jJLii.i - shaf-toli yeyuvchi] Qizilishtonlar oilasiga man-sub, Markaziy va
Janubiy Amerikada yashovchi mevaxo'r yirik qush.
SHAFTOLIQOQI Danagini olib tash-lab quritilgan shaftoli.
SHAFFOF \a. ^il_Li — tiniq; harir; yupqa, nozik] Yorug'lik yoki nurni yaxshi o't-kazadigan; tiniq.
Shaffof suv. Shaffof shisha. Shaffof may. Shaffof qog'oz. mm Shishaning eng ajoyib xususiyati — bu
uning shaffofligidir. «Fan va turmush». Qalin o'rmon ichidan yorib o'tgan bir tutam nur oq
qayinni, go'yo ichidan yoritganday, shaffof qi-lib ko'rsatar edi. A. Muxtor, Davr mening
taqtsirimda.
2 Nihoyatda musaffo, toza, tiniq. Osmon gumbazi artilgan shishadek shaffof. Saratonning saxiy
quyoshi gulshan diyor uzra oltin sepini yoygan. H. Tojiboev, Jasur qiz qishlog'ida. Unutib
bo'larmi, aytingiz-chi o'zi, Sut bilan emganing shaffof havoni ? J. Jabborov.
3 ko'chma Gard-g'ubor, ifloslikdan xoli; pok, toza. Mehri opaning ko'zidan tirqirab yosh,
ko'ksidan sut keldi. Uni.. tongday shaffof, pok onaning qalbi boshlab keldi. R. Fayziy, Shohi
darparda.
SHAFQAT [a. r.ii t, — rahmdillik, achi-nish, hamdardlik; iltifot] Ayash, rahm his-tuyg'usi;
shunday his-tuyg'uli munosabat. Og'a-inilar o'zlarining ahilligi, bir-biriga mehri, shafqati
bilan hammaning diqqatini jalb etar, havasini keltirar edi. Oybek, Quyosh qoraymas. Kimki
ulug'roq — anga xiz-mat kerak, Kimki kichikroq — anga shaf-qatkerak. Gazetadan. Bu gal ham
uning mo'lti-rab qarab turishi xotinida shafqat emas, g'azab qo'zg'atganiga ishonmasdi. S. Ahmad,
Saylanma.
Shafqat qilmoq Shafqatli \gunosabatda bo'lmoq, shafqat ko'rsatmoq; ayamoq. Mana shunday ot! Eng
muhimi — dushmanga shafqat qshma. K. Yashin, Hamza. Amin buva: «Unga tushuntirsak.. xalqqa
achinar, shafqat qilar», debo'ylagan edi. M. Ismoiliy, Far-g'ona t. o.
SHAFQATLI Shafqat bilan munosa-batda bo'ladigan, shafqat qiladigan; rahm-dil, mexribon. Oh,
raxmdil, shafqatli in-sonham bor ekan-ku bu dunyoda! K. Yashin, Hamza. Bolalarning baxti uchun
kambag'al er bilan birga ishlab, tinib-tinchimagan.. shafqatli ona\ Oybek, Tanlangan asarlar.
SHAFQATSIZ Shafqat bilmaydigan, rahm-shafqati yo'q; birovga achinmaydigan, rahm qilmaydigan,
ayamaydigan, rahmsiz. H. Olimjon shafqatsiz dushmanni ayovsiz kurash bilan yengishga chaqirdi. N.
Safarov, Olovli izlar. Boyoqish yigit nima qilsin, shafqat-siz, beomon taqdir yoshligidan
qiynoqqa sol-di. K. Yashin, Hamza. Kim u, nimau sevgi bi-lan mas'ud, sevgi bilan xushnud
dillarni shaf-qatsiz nimtalagan, qon tizg'itib timda-lagan?M. Ismoiliy, Farg'onat. o.
SHAFQATSIZLIK Shafqatsiz muno-sabat, xatti-harakat. Mana sizga qonunbuzar qonunshunoslarning
bir-biriga homiyligiyu, jabrdiydalarga shafqatsizligi. «Mushtum». Aktrisa Zebunnisodagi bir
daqiqs`sh chaqin-dek o'tib ketuvchi dag'allik, jazava, shaf-qatsizlik kabi xususiyatlarni
ko'rsatishdan cho'chimaydi. Gazetadan.
SHAXDAM Tez va dadillik bilan qi-lingan; tetik, dadil. Adolat erining yuzla-riga qarashga
botinmay, boqqa chiqadigan eshik tomon yurdi va shaxdam qadam tashlab, dalaga jo'nadi. SH.
Rashidov, Bo'rondan kuch-li. Tamara shaxdam harakat qildi, ayolning yonboshiga o'tib, yonidan yuziga
ko'z qirini tashladi. M. Muhamedov, Qaxramon izidan. Vaziri a'zam yigitdek shaxdam o'rnidan
turdi. S. Siyoev, Avaz.
SHAXMAT \r. shaxmatn < f. oUoLi — shoh o'ldi! 1 64 ta oq va qora katakli taxta va 16 ta oq, 16
ta qora donalardan iborat sport o'yini quroli. Shaxmat taxtasi. Shaxmat donalari. mm Uishga
kelganida ham, ketayotganida ham qo'ltig'ida shaxmat yur-ganidan choyxonachi bu laqabni unga
yopish-tirgan. «Guldasta».
2 Shu narsa (qurol) taxtasida uning donalari bilan muayyan qoidalar asosida bo'ladigan sport
o'yini. Shaxmat musobaqa-si. Shaxmat bo'yicha yoshlar o'rtasida res-publika chempionati. mm Odamlar
bo'sh vaqt-larida shaxmat, domsho o'ynaydigan skamey¬kaga o'tirib olib, rosa gaplashdik. E.
Raimov, Ajab qishloq. Mirmurodov darsdan bo'shagan paytlarda mudirga shaxmat o'rgatdi. «Gul-
dasta».
3 ko'chma Shaxmat taxtasi kabi katak-katak qilib ekish usuli. Shaxmat usulida ekilgan maydon.
Shaxmat usulida ekish. mm [Komiljonlarning] Og'zidan «shaxmat», «kvadrat», «ilg'or metod» degan
gaplar tush-mayapti. I. Rahim, Ixlos.
SHAXMATCHI Shaxmat o'ynovchi kishi. Shaxmatchi qizlar. mm Birovlar ovkatlan-moqda, yana birovlar
bil`yard o'ynamoqda, shax-matchi va shashkachilar atrofi gavjum. I. Rahim, Ixlos. Axmadjonov
shaxmat u yoqda tursin, shaxmatchilar bilan choyni ham o'ylab ichadigan odam. «Guldasta».
SHAXS \a. \ ,7, — kimsa, kishi, zot) 1 Jamiyatdagi alohida bir kishi, odam. No-tanish shaxs.
Tarixiy shaxs Shaxsga sig'inish. mm Serxarajat to'ylarning palak yozishiga asosiy sabablardan
biri, bizningcha, nopok yo'l bilan pul topuvchi shaxslardir. «Saodat».
2 ayn. shaxsiyat. Ko'p turli qobiliyatlar-ni o'z shaxsida g'oyat ko'rkam jam qilgan. Oybek, Navoiy.
-Har narsa deyishing mum-kin, ammo o'zingdan katta odam shaxsini haqorat qilishga haqqing yo'q!
— dedu Umid, o'sha ikki yonog'i bo'rtib chiqqan odobsiz yi-gitga. Mirmuxsin, Umid.
3 tlsh. Fe'l va ot turkumiga oid so'zning uch shaxsdan birini ko'rsatuvchi shakli va shu shaklga
xos ma'no. Mac, o'qidim, kitobim — 1-shaxs, o'qiding, kitobing — 2-shaxs; shuningdek, olmoshning
shaxsni bildiruvchi turi: men — birinchi shaxs, sen — ikkinchi shaxs.
SHAXSAN \a. I — ch sh — shaxsning o'zi] Har bir shaxsning o'zi (o'zim, o'zing, o'zi va sh.k.). Shaxsan
men bunga qarshiman. Buhaqda siz, shaxsan, qanday fikrdasiz? shsh Prak-tikum, minimum,
maksimum — bular hammasi lotincha yoki lotinchaga yaqin so'zlar. Men, shaxsan, shunday deb
bilaman. A. Qaxdor, Adabiyot muallimi.
SHAXSII \a. — shaxsga oid,
tegishli; sub'ektiv; xususiy] Shaxsning o'ziga tegishli bo'lgan, shu shaxsning o'zi
foydalanadigan; xususiy, o'z. Shaxsiy mulk. Shaxsiy kutubxona. Shaxsiy javobgarlik. Shaxsiy
manfaatlarni jamoat manfaat-lari bilan birga qo'shib olib bormoq. sht Har birimizning jamoat,
davlat ishidan tash-qari, shaxsiy yumushlarimiz bor. N. Safarov, Olovli izlar. Har bir
yozuvchining mehnatga, hayotga, oilaga, kishilarga o'zining shaxsiy munosabati bo'ladi. Shukrullo,
Javohirlar sandig'i.
Shaxsiy tarkib Korxona, muassasa, har-biy qism va sh.k. da ishlaydigan, xizmat qi-ladigan
kishilar tarkibi. Diviziyaning shax-siy tarkibi. Brigadaning shaxsiy tarkibi.
SHAXSLYA [a. l. — shaxsiy; xususiy]: manfaati shaxsiya esk. kt. Shaxsiy manfaat. -Bas, ayb
qipchoqda emas, balki o'zining man-faati shaxsiyasi yo'lida ish ko'ruvchi boshliq-larida.. — dedi
[Hoji] va o'rnidan turdi. A. Qodiriy, O'tgan kunlar.
SHAXSIYAT \a. .-.:-ch .t, - odam, kishi; zot, inson; o'ziga xoslik] 1 Uziga xos xusu-siyatlari
bilan boshqalardan ajralib turuvchi muayyan shaxs; shaxsning o'zligini belgilovchi tomonlari,
xususiyatlari maj-mui; o'zlik, kim ekanlik. Shaxsiyati noma'-lum odam. mm San`atkorning ichki
dunyosi murakkab.. ijodiy shaxsiyati alohida sezgir, hayotni tushunish bilan o'tkirlashgandir.
Gazetadan. Bu tasvirlar orqali qisman av-torning istehzoli, aklli, hamma narsaga to'g'ri
baho beruvchi va yumorni sezuvchi shax-siyatiham gavdalanadi. «UTA». Otaxon shoir-larimiz
bolalar qalbi va psixologiyasini, ma'-naviyatini ochish orqs`sh ularning betakror shaxsiyatini
ulug'ladilar. «Fan va turmush».
Shaxsiyatiga tegmoq Muayyan shaxsning qadri, izzat-nafsi va b. jihatidan ta\qir-lovchi xatti-
xarakat qilmoq. O'rtoq Qo'chqo-rov, bir begunoh kolxozchining shaxsiyatiga tegdingiz. Buninguchun
javob berasiz. S. Anor-boev, Oqsoy.
SHAXSIYATPARAST \a. +f. ¦-¦ g-x * — o'zligini, o'z shaxsini sevuvchi] Uz shax-siyatini, qadr-
qimmatini boshqalardan yuqori qo'yadigan; faqat o'z manfaatini o'y-lab ish tutadigan; xudbin. Bu
shaxsiyatpa-rast vahshiylar faqat o'zlarini o'ylaydilar.. shaxsiy o'chlarini olsalar, shu bas! K.
Yashin, Hamza.
SHAXSIYATPARASTLIK 1 Faqat o'z manfaatini, shaxsiyatini ko'zlab ish tutish. Xullas, ana shu
shaxsiyatparastlik, yana aniqrog'i, molparastlik tomonlarini hisobga olmaganda, Karim ancha
mulohazali, kasbiga
558
pishiqqina yigit edi. S. Karomatov, Oltin qum.
2 Shaxsiyatparast ekanlik. U Sanamning makriga uchadi, uylanmoqchi bo'ladi-yu, bu borada qizning
o'ta tantiqligi, shaxsiyat-parastligini sezib qoladi. H. G'ulom, Zamin yulduzlari.
SHAXT 1 Biror ish-harakatni baja-rishga intilish, berilish holati, daraja-si. Mamat polvon,
deyman, yutqizgan kishi-day shaxtingiz past. S. Anorboev, Mehr. Hozir 10-brigadada o'zi mashina
xaydayapti. Shaxti durust. «Qaxramonnoma». Uning shax-tin bukolmas Na issiq va na sovuq. Q.
Mu-hammadiy. Sen o'zing ham oynaga qara-chi, qirchillama shaxting qolmagan.. Shukrullo, Umrim
boricha. Daydi shamol endi shaxtidan qaytib, daraxt yaproqlarini mashaqqat bi-lan tebratmoqda.
S. Ahmad, Qadrdon dala-lar. Haydar tezda shaxtidan tushdi, atrof-ga qayg'uli va parishon
boqdi. Oybek, Navoiy.
2 rvsh. Birdan, shartta, dadil. [Umarqul] Bir minutlar chamasi yotib qoldi. Birdaniga yuragi
hovliqib, shaxt o'rnidan turib, yo'lga tushdi. O. Husanov, Qo'shiqchining taqtsiri. Naimiy.. nima
bo'lsa bo'ldi, deganday shaxt ko'tardi, lekin qo'li qaltirab, vinoning yarmi to'kildi. A. Muxtor,
Opa-singillar. G'ofir mashinadan shaxt tushib, katta ko'k darvo-zaga yaqinlashdi va knopkani
bosdi. Q. Maq-sumov, Muhabbat qo'shig'i.
SHAXTA [nem. Schacht — nov, tarnov; chuqur, o'ra; kon] Yer ostidagi foydali qa-zilmalar qazib
olinadigan joy; kon. Tosh-ko'mir shaxtasi. Shaxta uskunalari. mm Shaxtalarda shaxtyor shiddatkor..
Boshda kaska — askariy taxlit. Gard-qurumga belanib, bedor,. Ko'mirlarni qulatar yaxlit! YO.
Mirzo.
SHAXTACHI s.t. Shaxtyor.
SHAXTYOR Shaxtada ishlaydigan shaxs; konchi. Shaxtyorlar shaharchasi. mm Shax-tyorman, yer tagi konim,
makonim. M. Shayxzo-da. Saidiyni rabfakda [ishchshar fakul`te-tida] o'qiydigan qo'pol, yo'g'on
gavdali, novcha bir shaxtyorga bog'lab qo'ydi. A. Qahhor, Sarob.
SHAXTYORLIK Shaxtyor kasbi, shaxtyor ekanlik. Hamma yog'im kuya va qurum, Shax-tyorlikning ajib gashti
bor. Paxta, g'alla, po'lat singari, Ona yurtga ko'mir ham darkor. YO. Mirzo.
SHATTTA [a. jjiLi / A^iLi — yupqa, yumshoq gazlama; doka] Siyrak to'qilgan, siyrak (yupqa mato
haqida). Shasha doka.
SHASHVAR ayn. shashpar. Xudaychi Aziz-bekdan ilgariroqda qo'riqchilarni ogohlan-tirib borar,
miltiq, shashvar tutgan yosh va keksa muhofizlar uni salomlab qarshi olar edilar. A. Qodiriy,
O'tgan kunlar.
SHASHKAI [r. shashki — «shax» «shaxi» s. dan «shaxmat(n)» qolipida yasalgan so'z] 64 ta oq va qora
katakli taxtada 12 ta oq va 12 ta qora donalar bilan ma'lum qoidaga muvofiq o'ynaladigan
o'yin. Shashka tax-tasi. Shashka donasi. Shashka o'ynamoq.
Xalqaro shashka 100 katakli taxtada o'ynaladigan shashka turi.
SHASHKA II [p.] maxs. Presslab tayyor-langan portlovchi moddadan iborat taxta-cha, plitka.
Portlovchi shashka.
SHASHKACHI Shashka o'ynaydigan odam. Birovlar ovqatlanmoqda, yana birovlar bil`-yard o'ynamoqda,
shaxmatchi va shashkachilar atrofi gavjum. I. Rahim, Ixlos.
SHASHLIK s.t. Kabob.
SHASHMAQOM [f. Jjui. - olti + maqom I 1, 2] mus. O'zbek va tojik xalqlari musi-qiy merosida
markaziy o'rin tutgan ma-qomlar turkumi; parda, ohang, usul, shakl, uslub kabi vositalar
bilan o'zaro uzviy bog'langan, Buzruk, Navo, Dugoh, Segoh, Rost, Iroq maqomlaridan tashkil
topgan mumtoz kuy va ashulalar majmui. Klassik musiqamiz merosi — shashmaqomni to'la gram-
plastinkaga yozib olish, shubhasiz, g'oyat mu-rakkab ish. S. Karomatov, Klassik merosi-miz —
xalqqa. Yusufjon qiziq shashmaqom-larni, ya'ni yilning to'rt fasliga moslangan poemalarni ham
yaxshi bilardi. T. Obidov, Yusufjon qiziq.
SHASHPAR [f. jj sh sh — olti uchli (qir-rali) cho'qmor, gurzi] map. Uchiga yumaloq va g'adir-budur
temir o'rnatilgan tayoq, uzun dastali yengil gurzi, cho'qmor. Bochkov.. qo'li-dagi.. shashpar bilan
qilich o'ynatib turgan qaroqchining kallasigo/tushirdi. M. Osim, Elchilar. "**
II1AIIIT s.t. Shaxt. [Mahkam] Chorshanba kuni barvaqt turib, yasagan asboblarini ko'tarib,
taqachilikka — bozorga otlanga-nida, Axmad aka «go'daklik qilma», deb koyib bermoqchi ham
bo'ldi-yu, o'g'lining shashtini qaytarishni istamadi, yotig'i bilan gapirdi.
559
P. Fayziy, Hazrati inson. -Endi uyingizga mashina yubormoqchi bo'lib turgan edim, — de-di sal
shashtidan tushib Nazira. F. Mu-sajonov, Bahor nafasi. Yusupovning shashti past, ranglari bir
holda edi. M. Hazratqu-lov, Jur'at. Mudarrisov qo'lidagi ruchkani shasht bilan stolga urib,
uni tinchitgan bo'ldi. D. Nuriy, Osmon ustuni.
SHASHQATOR \f. ^ - olti + a. jLki -saf, yonma-yon turish] Tinmay oqadigan, duv-duv to'kilib
turadigan; qator-qator (ko'z yoshi haqida). Oshnolardin kechib, begonalarga yor-yor, Bu alamlarga
chidolmay, ko'z yoshimdur shashqator. Muqimiy. Dildorning ko'zlaridan shashqator yosh oqib ketdi.
Uning bir necha tomchisi xatga tushdi. S. Ahmad, Ufq.
SHASHQOL [f. JU ,p,»] Tekis yerga tash-lab o'ynaladigan, kub shaklidagi, xolli tosh; kubik.
Qalandar uni ko'rsa ham, o'zini ko'rmaslikka soldi, kichikroq xaltadan ikki-uch quloch arqon,
ko'k ro'mol, qimorbozlarning shashqoliga o'xshash toshlarni oldi. «Sharq yulduzi».
SHA'BON \a. (JLU»-L] Qamariya yili hi-sobida 29 kundan iborat sakkizinchi oy-ning nomi.
Me'mor raisligida barcha usta-larni to'plab, ishni yana ham tezlatish va sha'bon oyigacha
qurilishni tamomlab, rama-zonga xursandchilik bilan kirishni ta'kidla-di. Mirmuhsin, Me'mor.
SHA'N [a. (jLi — ish; aloqa, munosabat; qadr-qimmat, obro'; ahamiyat; manfaat] 1 In-songa,
shaxsga tegishli bo'lgan qadr-e'ti-bor. Achbatta, u o'z ustidagi gap bilan qori-ga ta'na qshshshi
sha'niga hech yarashmaydigan birhodisa bo'lar edi. P. Tursun, O'qituvchi. -Bekor gap, — dedi
O'zbek oyim, — hali qudalarimizni muddaodagidek siylay olga-nimiz yo'q, shu holda jo'natsak,
bizning sha'-nimizga yaxshi emas. A. Qodiriy, O'tgan kun-lar. ..o'z huzurida ulug' iste'dod
egasi bo'lgan bir hakim o'tirganini payqadi va uning sha'-niga munosib muomala qilib, hol-
ahvol so'ra-di. M. Osim, Ibn Sino qissasi.
2 Sharaf, shuhrat; obro'. «Siz nash'u namo qilgan joyda meni halokat kutadir!» jum-lasi va bu
xitobdan ko'z yumish yigitlik sha'-niga yarashadurgan ko'rinmas edi. A. Qodiriy, O'tgan kunlar. -
Siz bats`g`onimizning sha'-ni, — dedi kombat hayajon bilan, — polki-mizning obro'si. SH.
Toshmatov, Erk qushi.
SHAQ taql.s. Qattiq urilishdan hosil bo'ladigan ovozni bildiradi. Qulf shaq etib bekildi. ish
Yo'lchi bir sakrashda zo'ravonning oldiga bordi, to'pponcha tutgan qo'lni mah-kam siqib, orqaga
qayirdi. To'pponcha shaq etib yerga tushdi. Oybek, Tanlangan asar-lar. Ota pismiq yugurib kelib,
boshimga shaq etiburib qo'ydi. E. Raimov, Ajab qishloq.
SHAQAL [f. JLi_i. — chiyabo'ri] ayn. chiya-bo'ri. To'qay tomonda esa shaqallar mash'um ulishardi. K.
Yashin, Hamza. Tulki, shaqal yeb ketadi go'shingni, Shakarni kuydirdi sening nolishing. «Shirin
bilan Shakar».
SHAQATUL s.t. O'ylab, mulohaza yuri-tib ish tutmaydigan, havoyi, hovliqma. Shaqatul odam. shsh
Shaharning endigi kuni shunday entak-tentak, shaqatullarga qol-dimi? «Mushtum».
SHAQASHULDUR s.t. Oq ko'ngil, ko'ngli ochiq, dali-g'uli. -E, ovorasi bor ekanmi? — shaqashuldur
yigit yo'l-yo'lakay ayolga gap bermay, birtalay narsalarni gapirib berdi. F. Musajonov, Baqor
nafasi.
SHAQILDOQ 1 ayn. shiqildoq. Chaqaloq-ning shaqildog'i.
2 esk. Tungi qorovulning keskin sil-kitganda shaqillab ovoz chiqaradigan, ichi o'yiq yog'och
asbobi. [Yo'lchiga] Hushtak, sha-qildoq chalgan tanho qorovul ko'lkalari un-da-munda uchrab qolar
edi. Oybek, Tanlangan asarlar. Uxlab qolgan mirshab ham negadir uyg'onib ketib, yana
shaqildog'ini shaqillata boshladi. Mirmuxsin, Me'mor.
3 ko'chma Qattiq-qattiqovoz bilan, «sha-qillab» gapiradigan. Ertasiga ular urug'-laridagi
Savri shaqildoq degan xotinni aytib kelib, kinna soldirishdi. Mirmuhsin, Umid. -Qoch, deyman,
ablah, qoch!Naq bo'yning-ni uzaman, — deb o'shqirdi amakisi. -Qoch, yashshamagur, qoch! — deb
takrorladi shaqildoq kelinoyisi, P. Tursun, O'qituvchi.
SHAQILLAMOQ 1 «Shaq-shaq», «sha-qir-shaqir» etgan ovoz chiqarmoq. Qovjiroq ko'knorilar xuddi puch
yong'oqday shaqilladi. O. Yoqubov, Larza. Eshon unga o'qrayib qaradi-yu, ovozi chiqmasdanoq, eshik
zulfini shaqil-lab qoldi. P. Tursun, O'qituvchi. Tozagul sha-qillab qaynab turgan mis
samovarni ko'ta-rib kirdi. H. G'ulom, Mash'al.
2 ko'chma Qattiq-qattiq ovoz chiqarib gapirmoq. Oyjamol aytdi: -U eshontgizni gapirmang. Jag'i
qurushib qolgan, shaqillab,
hech kimga gap bermaydigan balo edi-da. «Yodgor». Xotinining shaqillashini trubkada eshitdi-yu,
unga atab yig'ib qo'ygan yaxshi gaplari tariqday sochilib ketdi. S. Nurov, Narvon.
SHAQIRLAMOQ ayn. shaqillamoq 1.
Qo'ylarning tuyoqlariga, juniga yopishgan loy muzlab, yong'oqday shaqirlab qoldi. S. Anorbo-yev,
Oqsoy. Oshxonada sariq samovar shaqir-lab qaynab turibdi. A. Muhiddin, H. To-jiboev, Otash
qalbli qiz.
SHAQIR-SHUQUR 1 «Shaqir» va shun-ga yaqin tovushni bildiradi. Hamma yoqni temirning shaqir-shuqur
sadosi qopladi. Oybek, Quyosh qoraymas. -Xuddi kelishib qo'yilganday, bir yuk poezd shaqir-shuqur
qi-lib o'rnidan qo'zg'aldi, — dedi Usmon. O. Hu-sanov, Qo'shiqchining takdiri.
2 Har xil mayda-chuyda narsalar; qaqir-ququr, lash-lush. Shuncha shaqir-shuqurlarni yig'ib nima
qilasiz?
SHAQSHAQ zool. Chumchuqsimonlar tur-kumiga mansub yovvoyi sayroqi qush.
SHAQSHAQADOR s,t. Turli-tuman bezakli, ziynatli, xdshamatli, hashamdor. Dilshod yangi saroyni
ilgari ham bir necha bor ko'rgan edi. Shuning uchun uning dabda-basiga, qo'shqavat shaqshaqador
binosiga, hamisha qulflog'liq turadigan baland temir darvozasiga ensasi qotmadi. M.
Ismoiliy, Farg'ona t. o.
SHAQ-SHUQ «Shaq» va shunga yaqin to-vushni bildiradi. Shaq-shuq cho't qoqiladi. mm Yarog'-
aslahalarning shaq-shuq etgani eshitildi. M. Muhamedov, Qahramon izidan. Metro
vagonchalarining shaq-shuqiga quloq solib borarkan, miyasida turli-tuman fikr-lar g'ujg'on
o'yiardi. M. Hazratqulov, Jur'at.
SHAG'AL I 1 Mayda tosh qatlami yoki uyumi. Quduq uch metr kovlanganda, shag'al chiqdi. Shag'al
qazimoq. tsh Shag'al to'kilgan yangi yo'lda paxta ortgan yuk mashinasi to'xtadi. S. Ahmad, Qadrdon
dalalar.
2 Qurilish materiali sifatida ish-latiladigan chaqilgan tosh. Dilshod zavod sahnida.. pala-
partish yotgan yog'ochlar, ku-rilish axlatlari, sement, shag'al, xar-sangtoshlar orasida adashib
kolishdan qo'rq-kandek, bir chekkada angrayib turardi. M. Ismoiliy, Farg'ona t. o.
SHAG'AL II: shag'al mast fol`k. Kayfi baland, g'irt mast. Boysaribiy boyvachcha¬lar bilan qimiz
ichib, shag'al mast bo'lib, kayf-safo surib o'tirib edi. «Alpomish».
SHAG'ILLAMOQ «Shag'-shag'» tovush chiqarmoq; vag'irlamoq. Shag'illaydi betinim daryo, Shag'illaydi vahm
to'lgan jar.. Sha-g'illaydi vodiy, daralar. H. Olimjon. Sayoz daryo shag'illaydi, degasharicha bor
ekan. S. Karomatov, Hijron.
SHAH [f. <-i - shoh, hukmdor, podsho] 1 poet. Shoh, podsho. E shah, karam aylar chog'i teng tut
yomonu yaxshini. Ogahiy.
2 Shaxmat o'yinida biror figura bilan bevosita raqibning shohiga qilingan hujum, shu hujumni
qayd etuvchi so'z. Doimiy shah. Shah bermoq. Ikki shah bilan mot qilmoq.
SHAHANSHOH [f. »l.v.|.t, - shohlarning shohi] ayn. shohanshoh. Otam shaxanshohdir, jahonda sulton,
Quloq solib tinglang buni, begu xon. «Bahrom va Gulandom». Bu ishdan Eron shahanshohi
yutayotgani, do'stlari ko'payayotganini ta'kidladi. Mirmuhsin, Chodrali ayol.
SHAXAR [f. — shahar; mamlakat] Aho-lisi, asosan, sanoat, savdo, shuningdek, xizmat ko'rsatish,
boshqaruv, fan va ma-daniyat sohalarida band bo'lgan yirik ma'-muriy, madaniy aholi
manzilgohi. Marka-ziy shahar. Yangi shahar. Qahramon shahar. ti Devorda osig'liq Kavkaz
xaritasidagi sha-harlarning nomlarini sanab chiqdim. Shuhrat, Shinelli yillar. To'rxaltalarni
ko'tarib, avtobusga o'tirishdi-da, shaharning shimoli-sharq massiviga borib tushishdi. O'. Hoshi-
mov, Qalbingga quloq sol.
Shahar bermoq Topishmoq o'yinida: to-pa olmaganlikni va topishmoq aytganning o'zi aytib
berishig'sh qayd etuvchi ibora.
SHAHARLASHMOQ 1 Shaharlik bo'lib qolmoq. [Umurzoqboy] Yurtning o'rta qism dehqonidan chiqib,
shaharlashgan boylardan. To'laxonning oshasidir. Hamza, Paranji sir-lari.
2 cm. Shahar aylanmoq, shaharni kezib chiqmoq, shaharni sayr etmoq. Agar vaqpgin-giz bo'lsa,
bir shaxarlashib kelardik.
SHAHARLIK Shaxarda yashovchi, shaharda istiqomat qiluvchi; shahar kishisi, odami. Bolalar shaharlik
mehmonlar bilan salom-lashib, bir shutam boychechakni Malohatga tutdilar. I. Rahim, Tinimsiz
shahar. Ota-si — shaharlik bir kosib, dehqonlarcha ta'¬bir qilganda, «soyaparvar» bir odam. A.
Qodi-riy, Obid ketmon. Sen juda shaharlik bo'-lib ketibsan! Shahardan keyin qishlog'imiz yoqmay
qoldimi? Uyg'un, Navbahor.
SHAHARNAMO [f. J^JL - shaharga o'xshash] Shaharga o'xshash, shahar kabi. Vo-diylarimizdagi shaharnamo
posyolkalar ko'r-kidan ilhomlanamiz. Gazetadan.
SHAXARSOZ \f. jLu— shahar quruv-chi] Shahar qurilishi bo'yicha mutaxassis, shahar quruvchi. Yaqinda
Navoiyda bo'lib o't-gan shaxarsozlarning umumrespublika konfe-rentsiyasi dashtda qurilgan yangi
shaharga tou¬can baho berdi. Gazetadan.
SHAHARCHA I Shaharliklarga xos. Bog' burchagidagi so'rida shaharcha kiyingan bir yigit o'tiribdi.
A. Muqimov. Donishmand.
SHAXARCHA II 1 Kichik shahar. Tuganmas kabi ko'rjgan, izshirobli, suronli yo'l kechga yaqin
shaharchaga tutashdi. Oybek, Quyosh qo-raymas.
2 Biror jihatdan birlashtan turarjoy va yordamchi binolar guruhi yoki shaharning alohida bir
qismi. Akademik shaharcha. Uni-versitet shaharchasi. Ishchilar shaharchasi. mm Sherbek turgan joy
baland bo'lgani uchun ham butun Akademiya shaharchasi kaftday ko'ri-nadi. S. Anorboev, Oqsoy.
SHAXARCHILIK 1 Shaharga xos hayot. Bir yog'i shaharchilik, yaxshi kiyinish kerak.
2 salb. O'z hamshaharlarini qo'llab-quv-vatlash, hamshaharlariga yon bosish. Shahar-chilik qilmoq.
SHAHBOZ [f. jl o ,7, / jL_iLi, — sariq-bosh lochin] 1 kt. Shunqor; lochin. Ular [savdogarlar]
Rossiyadan o'q o'tmas, nayza botmas sovut, qalqon, qozon, igna, ovga o'rgatilgan shahboz-
lochinlar va hokazolar keltirar edilar. M. Osim, Elchilar. Biri ko'kda shunqor yo shahboz-lochin,
Biri chegarada yurt posboni. S. Abdulla.
2 ko'chma Mard, jasur yigit. Tabassum etdi ul oy yuz, dedi: -Ayo shahboz! Mahorating haqi, men
o'zni mehribon qildim! S. Abdulla. Omon-eson bo'lgj, bolam, Avazim, Murodim, maqsadim,
tuyg'un shahbozim. «Xushkeldi».
SHAHVAT 1 [a. SA^+2, — kuchli istak; hirs, ehtiros] Erkaklar jinsiy bezidan ajraladigan
suyuqlik: spermatozoid va urug' suyuqligidan iborat.
2 Shahvoniy hirs, hissiyot. Shahvatga berilmoq. mm Muxabbatning ko'ziga ko'zi tush-ganda,
vujudida uyg'ongan g'alayonini aniq esladi: hayvoniy hirs, shahvat qonini qizdirgan edi. S.
Anorboev, Oqsoy.
SHAHVATPARAST [a. + f. c^^o^i -shahvatni yaxshi ko'ruvchi] Shahvatga beril-gan, shahvoniy hissi
kuchli (q. shahvat 2). Shahvatparast erkak.
SHAHVONIY [a. — hirsli, ehti-
rosli; shahvatparast] Shahvat va shahvatpa-rastlikka oid, shahvat bilan bog'langan. Shahvoniy
ishq. Shahvoniy hisga berilmoq. mm Rahmatilla Obidiy hech kimning xayoliga kelmagan, juda-juda
xunuk bir shahvoniy jinoyat qilib qo'yib, besh yilga kesilib ketdi. A. Qaxdor, Qo'shchinor
chiroqlari. Unda erkaklarni o'ziga tortadigan shahvoniy kuch, sirli bir joziba mujassam edi.
N. Qobil, Unutilgan sohillar.
SHAHD [a. j s ¦ - — mum aralash asal! esk. kt. ayn. asal.
SHAXD-SHAKAR, shaxdu shakar Nihoyatda shirin, totli. Shahd-shakar lab. Shahdu shakar mevalar. mm
Oyjamol qizim, yo'l bo'lsin? Aytgil, erka qo'zim, yo'l bo'lsin? Qayga buncha shoshib borasan,
Shahdu shakar so'zim, yo'l bo'lsin ? YO. Mirzo.
SHAHZODA [f. OJI j_*Li, — shohningfar-zandi, o'g'li] 1 Shohning o'g'li, shoh nasli. Mana ular
Samarqandning muhtasham kosho-nasiga ko'chib kelishdi. Bu yerda qancha asil-zodayu shahzodsshar
yashagan. P. Qodirov, Yul-duzli tunlar.
2 Shahzoda (xotin-qizlar ismi).
SHAHID [a. A±4 .7, — urushda o'lgan, o'l-dirilgan; aziyat chekuvchi] 1 Din yoki mazhab yo'lida va
b. ayrim (hadislarda belgilan-gan) holatlarda halok bo'lgan shaxs. [Salo-hiddin:] Jangda
o'lgan — shahid, o'ldirgan — g'oziy, buni musulmonlarga aytish kerak. N. Safarov, Sharqtongi.
Tirik bo'lsalar, g'oziy bo'lib kelarlar, agar tangrjing buyrug'i bi-lan ajallari yetgan bo'lsa,
shahid bo'larlar. S. Ayniy, Qullar.
2 Vatan urushi uchun yoki haqqoniyat yo'-lida qurbon bo'lgan, jonini fido qilgan odam. Shahid
do'stlari abadiy makonda bema-lol yotishlari uchun [Bektemir] chuqurni keng qazishga urjdi.
Oybek, Quyosh qoraymas. Kim bo'ldi bu Arg'inboev ? Ehtimol, qahramonlarcha halok bo'lgan, Vatan
urushining shahidlari — mard lochinlardan biridir? Gazetadan.
36-O'zbek tilining izohli lug'ati
562
SHAHLO \a. e^LfJi — ko'k, moviy ko'zli) 1 Porlab, yonib turadigan katta-katta, chiroyli va qora
(ko'z haqida). [Kumushning\ Kamon qoshlari ortiq mavj urib, o'zini ko'rsatgan, bir oz bota
tushgan shahlo ko'zlar tag'in ham tim qoralik, tag'in ham nurlilik kasb etgan edilar. A.
Qodiriy, O'tgan kunlar. Zarofatning kelishgan qomati.. pir-pir o'ynab turadigan shaxlo ko'zlari
Haydarni maftun qilgan edi. M. Muhamedov, Qahramon izidan.
2 Shaxlo (xotin-qizlar ismi).
SHAHNOZ \f. jl $ sh — mumtoz musiqada-gi kuy nomi] 1 mus. O'zbek xalq mumtoz kuy-laridan
birining nomi. Duch bo'lur hali talay Sho'xo'lanlar, shahnozlar. Mirtemir.
2 Shahnoz (xotin-qizlar ismi).
SHAHODAT \a. ojU-i — guvoxlik; yozma guvohnoma, diplom, attestat; kalimai sha-xrdat] 1 kt.
Sodir bo'lgan u yoki bu hodisa yuzasidan beriladigan guvohlik, shohidlik. Shahodat bermoq. tsh
E'timodlik bir ki-shining shahodatiga binoan, toshkentlik Yusufbek hojining o'g'li Otabek, bu
kunda xonimizga qarshi bosh ko'targan Aziz par-vonachi va o'z otasining vakolatlari bilan
kelib, bu yerdagi fuqarolarni ham xon ja-nobiga qarshi oyoqlantirmoqchi bo'lgan. A. Qodiriy,
O'tgan kunlar. Ayvonning palos va asboblarida uncha boylik ko'rilmasa ham, puxta, ozoda, chirk
yuqtirilmagan yo'sinda yig'ishtirilganligidan, egasining rind tabiatli ekaniga shahodat
bermakda edi. A. Qodiriy, O'tgan kunlar.
Kalimai shahodat \l.m. guvohlik kali-masi, so'zlari| Islom dinidagi 5 asosiy ruknning biri:
«Alloxdan o'zga iloh yo'q, Muhammad uning rasulidir» (Lo iloha illolloh va Muhammadun
rasululloh) ka-limasini til bilan aytib, dil bilan tasdiq etishdan iborat. Shahodat barmog'i
esk. Ko'rsatkich barmoq. Feruza pishillab, un-ga shahodat barmog'ini o'qtaldi. S. Siyoev,
Yorug'lik.
2 Shahodat (xotin-qizlar ismi).
SHAHODATNOMA [shahodat + noma] 1 Biror o'quv yurtini tamomlaganlik haqida-gi rasmiy hujjat;
guvohnoma. [Mirg'iyos.\ Sha-hodatnomamni olaman-u, uyga jo'nayman. R. Azizxo'jaev, Yashil chayla.
..o'quvchilar slyotida shahodatnoma olgan 2000 dan ortik yoshning
1600 ga yaqini ishlab chiqarishda qolish is-tagini bshdirdi. Gazetadan.
2 Biror faktni, bo'lib o'tgan voqea yoki holatni tasdiqlaydigan rasmiy hujjat; guvohnoma.
Mudira nikoh shahodatnomasi-ni tantanali vaziyatda to'ldirib, avval Feruzaga, keyin Norqo'ziga
ruchka tutib, qo'l qo'ydirdi. H. G'ulom, Senga intilaman. Insonni qadrlash, inson deb yashash —
shudir buyuklikka shahodatnoma. Shukrullo.
SHAHR \f. — shahar; mamlakat| ayn. shahar. Chirchiq shahri. Shahrimiz mehmoshari.
SHAHRISTON \f. _>4-` - mustahkam-langan shahar markazi] map. Sharqtsa o'rta asrlarda
shaharlarning mudofaa devorlari bilan qurshalgan asosiy qismi, markazi. Ko'pgina shaxarlar
quldorchshik davridagi sha-harlar o'rnida qad ko'taradi.. bularda ark-lar, kal'alar,
shahristonlar endi asosiy rol` o'ynamaydi. M. Aminjonova. Shishaning kashf etilishi tarixidan.
SHAHSUVOR \f. A < tjL- shoh +
_,1 j.^ — otliq] 1 Hashamatli va dabdabali otliq, mohir chavandoz.
2 poet. Paxlavon; bahodir (sevimli yor, mahbubga nisbatan). Kelar bo'lsang, kel, bax-tingdan
o'rgilay, shahsuvorim. E. Oxunova.
SHVED 1 Shvetsiya asosiy xalqinint nomi. Shved xalki. Shved millati.
2 Shu xalq, millatga tegishli, mansub. Shved tili.
SHVEDLAR Shvetsiyaning asosiy a\oli-sini tashkil etuvchi xalq.
SHVEYTSAR \nem. Schweizer — shvey-sariyalik; frantsuz qirollarini qo'rikla-gan shveytsariyalik
soldat] Mehmonxona, restoran, muassasa va sh.k. larning kira-verishida qorovullik qiluvchi
shaxs. Biroq, men shveytsar emasmanki, to'g'ri kelgan ki-shining pal`tosini yechib, qo'liga suv
quyaver-sam. «Mushtum».
SHEVA I \f. sJJUZI — usul, tarz; uslub; odat; odatlanganlik] 1 tlsh. Umumxalq ti-lining
ma'lum hududga xos tarmog'i, ma-halliy til. O'zbek tilining Farg'ona shevasi. sht Turli shahar
va qishloqlardan kelganlik-lari turlicha kiyim va shevalaridan bshinib turgan yosh-yosh yigit-
qizlar konferents-zalning ichi-sirtini to'ldirib yuborgan edi. P. Qodirov, Uch ildiz. O'z
qavmlari va asl o'zbeklar bo'lmish qamishkapshiklarni [domla] dag'al nom bilan tahqir kilar va
ularning
563 d'^
shaharliklarnikidan anchayin farqli bo'lgan sheva tillarini masxaralar edi. P. Tursun,
O'qituvchi.
2 ayn. til 3. O'zbek shevasida she'r o'qi-larkan, Qalblarning qa'rida hislar uyg'onar. Vatan
maqtovlari kirib quloqqa, Zal chay-qalar — odam to'pi to'lg'anar. S. Akbariy. «Afandi» demak —
turk shevasida «muallim» demakdir. H. G'ulom, Mash'al.
3 kam ko'll. So'z. Seni ham domiga tort-moq bo'ladi Sevgi deb atalgan bu eski sheva. G'. G'ulom.
Bosh egib tonglardan tonglargacha to Vijdon shevasiga tashbih izlaymiz. R. Parfi.
SHEVA II \f. `— o'ynoqilik, noz-karashma| kt. 1 Noz-karashma, ishva. Birsheva bilan jonon devona
qilib ketdi, Aqlimni sochib har yon, mastona qilib ketdi. Hamza. Bir qiz keldi sheva bilan,
Necha g'amza, jilva bilan. «Nurali».
2 Odat, ravish, yo'sin; qonun-qoida, yo'l-yo'riq. Kamtarinlikni, Habibiy, sheva qil, Ham
muloyim bo'l momiq parqu kabi. Habibiy. Charxi kajraftorning bir sheva-sidan dog'men: Ayshni
nodon surib, kulfatni dono tortadur. Furqat.
SHEVIOT \ingl. cheviot < Shotlan-diyadagi mayin yungli qo'ylar zoti yetish-tirilgan Sheviot
tepaliklari (Cheviot hills) nomidan] Jun tolalari yoki aralash tolalar (jun, paxta va b.)
dan to'qiladigan mayin, qalin, sal tukli gazlama. Sheviot kostyum. mm Ochil buvaga qaraganda u
(Azim-jon/ boshqa bir olam: g'archli, yaltiroq etik, sheviot shim, ipak ko'ylak.. hammasi beji-
rim, hammasi nafis, taxi buzilmagan. A. Muxtor, Chinor.
SHEVRO [fr. chevreau — echkicha] Echki terisidan xrom bilan oshlab ishlangan yumshoq yupqa charm;
shabron.
SHEZLONG [fr. chaise longue — uzun, uzunchoq kursi] Yarim yotgan holda dam olish uchun
mo'ljallangan, ochib-yopiladigan yengil kreslo. Obidjon bilan Hojar kiradi, shez-longga
o'tirshiadi. A. Qahhor, Og'riqtishlar.
SHEYPING \ingl. body shaping — tana-ga muayyan shakl berish] Xotin-qizlar qad-di-qomatini
maxsus jismoniy mashkdar, parhez, massaj va sh.k. yordamida yaxshilash, mukammal, bekam-ko'st
qilish tizimi.
SHEKEL Isroil davlatining asosiy pul birligi.
SHEKIL \a. Ji^i - ko'rinish, usul; o'x-shash, o'xshashlik; misoli] s.t. Shekilli. Boyning yig'lab
kelishini uy ichlari eshitib, ular ham, «bir balo bo'ldi shekil», deb uydan yig'labchiqa
boshladilar. F. G'ulom, Shum bola.
SHEKILLI mod. s. Fikrning gumon, taxmin yoki tusmol bilan aytilganini bildiradi; balki,
ehtimol, ..bo'lsa kerak. Majlis bo'lishini eshitmagan shekilli, u kelmadi. mm Mastura esa menga
bir qara-di-yu, tanimadi shekilli, indamadi. A. Qah-hor, Ming bir jon. -Men dadangizni oz-
moz bshaman, — dedi Oyqiz, — Oltinsoyga yaqin-da keldjglar, shekilli? SH. Rashidov, Bo'-rondan
kuchli. Kinoga olishayapti, shekilli. S. Ahmad, La'li Badaxshon.
SHELUXA \qad.r. sheluxa - baliq tan-gasi] Mag'zi ajratib olingan chigit; chigit po'chog'i (odatda
mollarga yem sifatida be-riladi). Farg'onadagi sobiq «Gidroliz» zavo-di ilgaridan sheluxadan
spirt ishlab chiqa-rish bilan shug'ullanib kelardi. Gazetadan. Bu yerda sheluxaga achitqi
qo'shilib.. mollarga bershshoqda. Gazetadan.
SHER \f. J^JL — arslon; botir, jasur; asad] 1 Mushuksimonlar oilasiga mansub, kalta va
sarg'ish yungli (erkaklari esa qa-lin yolli) yirik sutemizuvchi yirtqich hayvon; arslon.
Ovchining zo'ri sher otadi, Dehqonning zo'ri yer ochadi. Maqol. Uzingni er bilsang, o'zgani sher
bil. Maqol. mm Bular [uch og'ayni botirlar] tushgan to'qayning narigi tomonida bir sherning
makoni bor edi. «Er-taklar».
2 ko'chma Shaxsni sherga nisbatlab atay-di («azamat», «botir» «polvon» ma'nosida). Bu hujjatni
butun rayonga tarqatmoq-chimiz, sher, obro'ying oshib, cho'qqiga ko'ta-rilayotganingni bilasanmi?
\L. Rahim, Ixlos. -Balli, sher, xatni qo'lingizdan kim oldi? -Bir chol. A. Qodiriy, O'tgan
kunlar. Yoppa yov-lj otga mjing, sherlarim. «Yusuf va Ahmad». Fig'on qilgan bunda sherlar,
Yo'lbars, qoplon, bunda erlar.. «Baxrom va Gulandom».
Sher bo'lmoq ayn. sherlanmoq. Ichkiliknjg zo'ridan sher bo'lib ketgan Yazturdi endi ko'cha harakati
qoidasini unutib qo'ygan edi. Ga-zetadan. Balli, azamat, bugun jang vaqtida sher bo'lib
ketding. H. Tursunqulov, Hayotim qissasi.
SHERANDOM \f. j.ljut^.-b - sher qo-matli] Qaddi-qomati sherga o'xshagan; sher¬taxlit. Sherandom
bo'yli qiltbozning [Husayn Boyqaroning] bir vaqtlar bahodirona jus-sasi juda zaiflashgan
edi. Oybek, Navoiy.
SHERBACHCHA [f. Ikki sherbachcha ikki yonimda bo'l-gandan so'ng ochlikdan qo'rqarmumen. Hamza, Maysaraning ishi. Shu
orada Buxoro amiri sherbachchalari kiyimida ikkinchi otliq yetib keladi. S. Azimov, Oppoq tong
qo'shig'i.
SHERENGA [r. < pol. szereg — saf, qator < t. cherik — qo'shin] Kishilarning bir qatorda yonma-yon
turishi, saf. Qatorlar-la, Brigadalar-la, Sherengalar-la, ilgari! G'. G'ulom.
SHERZOD [f. jl j_>iJu — sher bolasi, nas-li] 1 Jasur, azamat odam. Dala go'zal. Uning bag'rida
fidokorlik ko'rsatayotgan sherzod-larning niyati undan ham go'zal. Gazetadan.
2 Sherzod (erkaklar ismi).
SHERIK \a. dLj^i, — birga qatnashuvchi, ishtirokchi] 1 Biror ish-harakatni birga bajaruvchi;
hamkor. Ahmadjon sherigi bilan granatalarni chog'lab, hayot-mamot paytini kutib turishdi. A.
Qahhor, Oltin yulduz. [Hodirqul:] Jim, ahmoq! Boyning bultur kuzak bir qashqa oti yo'qolgan.
Ikki ming so'm puli saroydan o'g'irlangan. Shularni ham sen o'g'irlagansan. Gapir, sheriklaring
kim-lar? Hamza, Boy ila xizmatchi. Do'smatov tuproqni kanal o'zanidan chekkaga otib de-pap,
sherigi esa nariga shparardi. «Uzbekis-ton qo'rikdari».
Teng sherik q. teng. Jang yillari ikki hamxona Bir mayizga edi teng sherik. 3. Obi-dov, Yaxshi
niyat. Sherikmisan, hammolmi-san? Biror ishni birga amalga oshirishdan manfaatdor bo'lgan kishi
yordamlashmay qo'yganda aytiladigan hazilomuz matal. E, sherikmisan, hammolmisan? Puflasang-
chi! H. Shams, Dushman.
2 O'zaro birga bo'lgan shaxs, birga ho-latdagi shaxs (birga turgan, birga yurgan va h.k.). Ikki
kishilik palataga joylashdik. Sherigim betlari qip-qizil, o'siq qoshlariga bitta-ikkita oq
tushgan.. bir kishi edi. N. Aminov, Qaltis hazil. Uzunrog'i to'xtadi, sherigi yugurgilab keldi..
S. Siyoev, Yorug'lik.
3 Biror jihatdan, qaysidir jihat bilan o'zaro birga (birgalikda) bo'lgan ikki shaxs yoki
shaxslar; og'ayni, do'st va sh.k. shaxslar. Ravshan tushlikda sho'rvaga navbat oldi. Sheriklari
tandirdan yangi uzilgan somsani stolga uyib, jam bo'lishib, Ravshan-ni kutibturishdi. «Yoshlik».
Avaz sheriklari bilan daxma eshigidan chetroqda turibdi. S. Siyoev, Yorug'lik.
4 Biror narsaga bir xilda talabgor, bir tan bo'lgan shaxs. Xullas, ikki gruppaga bir xilda
xizmat qilganim uchun, unisi g'olib chiqsa ham, bunisi g'olib chiqsa ham, mukofot-ga sherikman.
X. To'xtaboev, Shirin qovun-lar mamlakati. Bu yerdan bir qop oltin to-piboldim. Sherik bo'laman
desang, chiq/O. Yoqu-bov, Izlayman.
5 s.t. (faqat 3-sh. birl. shaklida — sherigi) Bir xil yoki bir juft narsalar-ning har biri. Bu
tuflining sherigi qani? shsh Bu qo'yni olib borib, sherigi bilan yana bir-ikki oy boqing.. A.
Qaxdor, Ko'shchinor chiroqlari.
SHERIKLASHMOQ Biror ish-hara-katni bajarishda boshqa kishi bilan birlashmoq, sherik bo'lmoq; boshqa
kishiga qo'shilmoq, birgalashib harakat qilmoq. Sheriklashib ishlaganning yuragi sherday bo'-lar.
Maqol. sht [Matqovul] O'zigao'xshash biron yakka ulov bilan sheriklashib, yerga yaxshi ishlov
bermoqchi, hosilni ham, albatta, ko'proq olmoqchi edi. M. Ismoiliy, Farg'onat. o.
SHERIKLIK Sherik bo'lish, sherik (birgalik) holat; sherik holatdagi (q. sherik 1-4). Sheriklik osh
qornimni og'ritadi. Shuhrat, Jannat qidirganlar. Bir oshnam bi-lan sheriklikda to'rt qo'y boqib
yurgan edim. A. Qahhor, Qo'shchinor chiroqlari. Nazirboy Yolmonboylar bilan sheriklik paxta
zavodi-dan tashqari mustaqil «jin» ham soldir-gandi. J. Sharipov, Xorazm.
SHERIKCHILIK Biror ish-faoliyatda bir-biri bilan sheriklik qilish, sherik bo'lib ish tutish. U.
birorta yolg'iz otlik bilan sherikchilik qilib, adirga don sepib, o'z qishlog'ida tirikchilik
qilish niyatida bo'ladi. P. Tursun, O'qituvchi. Sholikorlik bilan ko'pincha sherikchilik asosida
ishlay-digan, ko'chib yuruvchi mavsumiy kishilar shu-g'ullanmoqda. Gazetadan.
SHERLANMOQ Sher kabi harakat va holatda bo'lmoq; botirlanmoq. Ergashev sher-lanib ketdi. Sakrab
borib, xarsangtoshga o'rnashgan nemis pulemyotini o'lja qildi. N. Safarov, Vodillik qaxramon.
Kayfi oshgan Xrtam sherlashb, maqtanib gapira boshladi.
565 dg^
Mirmuhsin, Umid. [Tursun] O'tib borayot-gan bir qizga gap tashlovdi, yonidagi yigiti: -Ey,
o'zingni bos, ko'tara olsang, ich-da/ — dedi. Tursun qurg'ur sherlanib keshdi. Gaze-tadan.
SHEROZIY \f. ^jlj-- ~ Erondagi Sheroz (jlj^i) shahri nomidan] 1 Sheroz degan joyga mansub, shu
yerda tayyorlangan. Shohi ro'mol solgum boshiga, Yo'llariga she-roziy gilam. E. Voxidov. Nasl
uchun qoldi-rilgan, kumush jilo beruvchi ko'k sheroziy, qop-qora jingalak junli arabiy
qo'zichoqlar uchburchak bolishday dumbalarini selkillatib, u yoqdan bu yoqqa chopishadi. S.
Anorboev, Ha-rakatda baraka.
2 Sheroziy qo'zichokdan olingan, tayyor-langan teri, qorako'l terining ko'k tusli, a'lo sifatli
navi. O'ktam.. sheroziy qora-ko'l popog'idan qorni qoqib-suqib, Sayra-movning kabinetiga
kirdi. Oybek, O.v. sha-badalar. Avaz singlisi olib kelgan paxtalik to'niga o'ranib, boshiga
sheroziy telpagiii bostirib, qabriston oralaydi. S. Siyoev, Yorug'lik.
SHEROLG'IN Murakkabguldoshlar oi-lasi shuvoqlar turkumiga mansub, bargida efir moyi bo'lgan
xushbo'y ziravor o'simlik.
SHERST` \r. sherst`, sherest — o'rdak, g'oz pati; hayvon juni| s.t. Jundan to'qilgan mato. Bir
kostyumlik sherst`. Sherst` pay-poq. mm Mahkam eshikdan qarab, uni [Gav-harni/ doskaning
oldida ko'rdi: qizil sherst` kofta va klyosh etakli qora yubka kiygan.. P. Qodirov, Uch ildiz.
SHESTERNYA [r.\ Harakat uzag'adigan, boshqa detalni aylantiradigan tishli g'il-dirak. Konus
shesternya. Silindr shesternya. mm Harakatni tishli g'ildiraklar yoki shes-ternyalar yordami bilan
uzatish texnikada juda kengmiqyosda qo'manadi. «Fizika» dars-ligi.
SHEF [fr. chef — boshliq, rahbar; kor-xona boshlig'i] 1 s.t. Boshliq, rahbar (bo'y-sunuvchi, tobe
kishilarga nisbatan). Shef bilan ishlab ham udda qilolmayotirsizmi! A. Qahhor, Sarob. Shefning
fig'oni falakda.. Rasuljon, kim ustimizdan nazoratchi qilib qo'ygan?J. Abdullaxonov, Xonadon.
Siz bu yerda shef ekansiz, bchtabman.. N. Qobil, Unu-tilgan sohillar.
2 Biror muassasani, korxona va sh.k. ni otaliqqa olgan tashkilot.
SHEFLIK ayn. otaliq 1. Sheflik qil-moq. mm O'zim talab qilib.. ikki kishining shefligini oldim.
A. Qaxdor, Sarob.
SHEF-POVAR [shef + r. povar - oshpaz] s. t. Bosh oshpaz, oshpazlar boshlig'i. Ha, shoshmang, yaxshi
qiz, shef-povarshgizga aytib qo'ying, bizga piyozni alohida, sochdek qilib to'g'rab bersin. O.
Yoqubov, Uchrashuv.
SHE'R \a. JJL^, — nazm, poeziya] Ma'lum vazn va qofiyali kichik badiiy asar. Aruz vaznidagi
she'r. Barmoq vaznidagi she'r. Lirik she`r. Erkin she'r. G'afur G'ulom she'r-lari. tsh Xat
konvertga tushayotganda, Normat uning oxiriga yana ikki misra she'r yozibqo'idi. I. Rahim, Chin
muhabbat. Yurtim, senga she'r bitdim bu kun, Qiyosingni top-madim aslo. A. Oripov.
Oq she'r aim. sochma she'r. q. sochma 4.
SHE'RIY [a. ^JJUSI - nazmiy; she'r yo'-li bilan, she'rga oid] 1 She'rga oid, she'r-ga xos.
Boburda bunchalik she'riy iste'dod bor deb o'ylamagan Binoiy bir lahza hay-rap'shnib turdi-yu..
P. Qodirov, Yulduzli tunlar. Masal — hajmi uncha katta bo'l-magan, nasriy hamda she'riy yo'l
bilan yozi-ladigan.. mustaqil syujetga ega bo'lgan epik asardir. «O'TA».
2 She'r bilan yozilgan. She'riy asar. mm Marmar toshdagi she'riy bitik uni go'yo adlu insofga,
muruvvat va shafqatga undagandek bo'lib turardi. S. Siyoev, Yorug'lik.
SHE'RIYAT \a. s^u^` - nazm, poeziya] 1 She'riy asarlar majmui; poeziya; she'r yozish san'ati.
Navoiy yashagan davr she'riya-ti. mm Kuylandi el tilagi baxshi sozida, She'riyatning eng dilkash,
eng tannozida. Uyg'un. Hamza bo'ldi menga har qachon She'-riyatda yaqin ustozim. X. Saloh.
2 ko'chma O'ziga maftun qiladigan, oliy his-tuyg'u uyg'otadigan narsa; o'ta go'zallik, nafosat.
Otabek va Kumush ishqlarida sa-mimiyat, yana to'g'risi, she'riyat bor edi. A. Qodiriy, O'tgan
kunlar. Qora dengiz, ham she'riyating, Ham jangovar ko'rinishtg bor. Uyg'un. Bahorlar haqida
kuylamoq oson, Yez-ning she`riyatin topa bil, shoir. M. Shayx-zoda.
SHE'RXONLIK Biror davra yoki yig'inda navbat bilan she'r o'qish. Butun kecha she'rxonlik bilan
o'tdi. She'rlar o'zbek, rus, qozoq.. tillarida yangradi. Gazetadan. She'r-xonlik va ovqatdan
so'ng mehmonlar u yoqdan¬
566
bu yoqdan gaplashib o'tirdilar. M. Osim, Sehrli so'z.
SHE'RSHUNOSLIK Adabiyotshunos-likning she'r tuzilishi, she'riy asarning g'oyasi, badiiyati va
shaklini o'rganuvchi bo'limi.
SHIA \a. iij.sh — guruh, firqa; sodiq kishilar, ergashuvchilar; mazhab] ayn. shiiy. Qambar bobo
sunniy tutqunlarga shia maz-habining asoslarini o'rgatdi. S. Ayniy, Qul-lar. Qul
jalloblarning zo'ri bilan «si-zilbosh», ya'ni shia bo'lib qolgan Mardon Buxoroga keltirilib,
moldek sotildi. M. Osim, Elchilar.
SHIALIK, shiizm \a. ,t, — shiaga alo-qador, shia] Muhammad payg'ambar davrida-gi Qur'onni tan
olib, unga keyincha qo'-shilgan diniy aqidalarni, sunniy xali-falarni tan olmaydigan oqim,
islom di-nidagi ikki asosiy mazhabdan biri (q. sunniylik). Shiizm tarafdorlari.
SHIBBA Tuproqni urib zichlash uchun ishlatiladigan, tagi tekis dastali og'ir g'o'la. -Qani kel,
Yunus, — dedi Yo'ldoshboy shibbaning tepa qulog'ini chap qo'li bilan, belidagi dastasini o'ng qo'li
bilan ushlab. H. Nu'mon va A. Shoraxmedov, Ota. Qirgoqqa to'plangan kishilarni son-sanoqsiz
qayiqlar va kems`shr orolga tashib turmoqda, ketmon, bel, shibba, andava, tesha, bolta ushlagan
odamlar sabrsizlik bilan o'z navbatlarini kutmoqda. M. Osim, Temur Malik.
Shibba urmoq (yoki qilmoq) ayn. shibba-lamoq 1. Yo'ldoshboy qishlog'ida shibba urish-ni ko'rgan
bo'lsa ham, o'zi uning dastasini ushlab ko'rmagan edi. H. Nu'mon va A. Sho-rahmedov, Ota.
SHIBBALAMOQ 1 Shibba yoki boshqa narsa bilan urib, bosib, tuproqni zichla-moq, tig'izlamoq.
Poydevor o'rnini shibba-lamoq. tsh [Lutfulla] Suvdan chiqib, har ikkala qirg'oqdan quruq tuproq
qazib, loy ustiga tashlab, oyogi va ketmon orqasi bi-lan shibbalab, suv ko'tarib keta
olmaydigan darajada mustahkamladi. S. Ayniy, Esda-liklar. Ot-arava, mashina yuraverib
shibba-lab yuborgan tekis yo'ldan sal yurganimizdan keyin, orqamizdan sotuvchi yigit hamoslab
yetibkeldi. S. Ahmad, Cho'l burguti. Bo'yradek joyni tanladi. Uni kaftdek tekislab, shibbaladi.
S. Karomatov, So'nggi barxam.
2 Bosib, tiqib zichlamoq, tig'izlamoq. Somonni qanorga shibbalamoq. tsh -Cho'rtke-sar bo'lsa,
yotig'i bilan tushuntiring-da, — dedi qanorning ichiga tushib, paxta shib-balayotgan zveno
boshlig'i. A. Hayitmetov, Po'lat barmoklar. Ochiq usulda bostirila-yotgan silos maydoniga
ko'kpoya ortgan av-tomashinalar ketma-ket kelib turibdi, traktor va bul`dozerlar silosni
shibba-lamoqda. Gazetadan.
SHIVALAMOQ Bir tekis, bir ma-romda, o'rtacha tezlik, kuch bilan yog'moq (yomg'ir haqida). Shivalab
turgan yomg'ir ku-chaya bordi. R. Fayziy, Sen yetim emassan. Ertalabdan yomg'ir shivalay boshladi.
S. Zun-nunova, Yangi direktor. Kechagina shivalab o'tgan yomg'irdan bosh ko'targan yam-yashil o'tloqda
qo'y-qo'zilar yayrab yuribdi. Gazeta-dan. Maydalab, shivalab yog'ayotgan yomg'ir to-bora tezyushardi.
E. Raimov, Ajab qishloq.
SHIVAG'A shv. Ulush, nasiba. -Ochqab keldim, bazmdan malikangizga shivag'a olib qo'ygandirsiz? —
dedi Zulukxon Ilhomchaga. H. G'ulom, Senga intilaman.
SHIVILLAMOQ ayn. shivirlamoq 2. Suv shivillab, qandaydir sirli, vahimali ko'rinish bilan oqadi.
Oybek, Tanlangan asarlar.
SHIVILG'ONI Donalari nisbatan mayda, urugsiz qora uzum va shunday meva beradigan tok.
Shivilg'on — tog'-tosh orasida ko'm-ko'k ishkosharga ko'mshshb yotgan qishloq, mashhur shivilg'oni uzum shu
yerdan tarqalgan. A. Muxtor, Chinor. G'arq pishgan, dons`shri shiraga to'lib, yorilay-yorilay deb
turgan husayni, charis, shivilg'onilar elektr lam-pochkalar nurida tovlanadi. I. Shamsharov,
Paxtaqaynar. Oq chillaki pishib yotibdi, shi-vilg'oni rang olibdi. S. Anorboev, Go'zallik izlab.
SHIVIR taql. s. So'zlayotganda, ayrim narsalarning yengil harakatida bir-biriga tegishidan
chiqadigan kuchsiz tovushni bil-diradi. Shivir-shivir, pichirlishlar eshi-tildi: raykom boboning
urug'-aymog'idan emish. S. Nurov, Narvon. So'zlarni rayhonday hid-layman, So'zlarning shivirin
tinglayman. X. Davron. Bir vaqtlar kursdoshlari bilan ma-na shu yaproqlar shiviriga quloq
solib turib, qaysi daraxtligini aniqlashardi. J. Ab-dullaxonov, Oriyat.
567
SHIVIRLAMOQ 1 Juda past ovoz bi-lan, shivir-shivir qilib gapirmoq, pi-chirlamoq. Quloqqa
shivirlamoq. Shivirlab gapirmoq. mm Mingboshi bir ozdan so'ng: -Agar biror joyda g'ing desang,
o'zingdan ko'raver, yigit! — deb shivirlabdi. T. Obidov, Yusuf-jon qiziq. Mohira oyim qizi
Xushro'yning qulog'iga nimadir shivirlab, kulib qo'ydi. A. Qodiriy, O'tgan kunlar.
2 «Shivir-shivir» tovush chiqarmoq (q. shivir). Suv shivirlab oqmoqda. mm Mayin yel shivirlab
boshingdan essa, Ro'moling pirillab o'ynab ketadi. Uyg'un. Zokir yaproqlari ba-landda muloyim
shivirlab turgan oq te-raklarga.. qaradi. P. Qodirov, Uch ildiz.
SHIVIRG'ONI q. shivilg'oni. Yaxshi qizlar, o'rtangizda kim yo'qotdi labda rang? Bir kelib, bu
bog'dagi «o'g'ri» shivirg'ondan so'rang. G'. G'ulom. Ishkomlarda husayni.. dili-kaptar, kishmish,
shivirg'onilarning boshi yerga tegay deb engashgan. S. Abdulla, Bir shintili tomoqni yoradi.
SHIVIT [f. , ,t, / — ukrop] 1 shv. ayn. ukrop. Qishloq aholisi ukropni ko'pita shivit, bodiyon
deb ham ataydi. Gazetadan. Taqsimcha, kosalarda barra piyoz, shivit bo'k-tirilgan suzmaqatiq.
S. Nurov, Narvon.
2: shivit bo'lmoq ayn. shuvut bo'lmoq q. shuvut. Kechalarni uyqusiz o'tkazaman. Rayon to'g'risida
o'ylayman, yuzim shivit bo'lmasin, deyman. SH. Rashidov, Bo'rondan kuchli. Uzr so'radim. Ammo hali
ham yuzim shivit. S. Ah-mad, Qadrdon dalalar.
SHIDDAT \a. oJub — kuch, qudrat; g'ay-rat; qag'iylik; balo, ofat) 1 Harakatdagi narsalarning,
hodisalarning intensiv ku-chi, yuqori kuch va sur'at. Shamol shiddati. Yomg'ir shiddati pasaydi.
Shiddat bilan hujum boshlamoq. mm Terim shiddati zo'ray-gandan zo'rayib bormoqda. Gazetadan.
Nabi-jon qiz tovushining shiddatidan taaj-jublanib.. uning ko'zlariga qaradi. H. G'ulom, Zamin
yulduzlari. Shernazarboyning shidda-ti zo'rayib, qal'ani battarroq to'pga tut-tirdi. J.
Sharipov, Xorazm. Tomlarda, daraxtlarda qor ancha qalinlashgan. Yana shiddat bilan yog'ishda davom
etadi. Oybek, Tanlangan asarlar.
2 Zo'r g'ayrat, shijoat. Kun o'tdi, kun ketidan kun keldi, lekin tog' qazuvchilar shiddati
zarracha ham bo'shashmadi. M. Is-moiliy, Farg'ona t. o. -Chu! — deb shiddat beradi G'irko'k tulpor
otiga. Hay attang, deb mard Hasan Shart uradi soniga. «Rav-shan».
SHIDDATKOR [a. + f. jlSoLi - shid-dat qiluvchi, shiddatli] ayn. shiddatli. Shid-datkor oqim.
Shiddatkor hujum. mm Qarib qolgan Shoh Malik shiddatkor va ayni payt-da ancha tadbirkoru
serg'ayrat bu yosh temu-riyzodani bilardi. Mirmuhsin, Me'mor. Shaftolizorda sa'vaning goh
fig'onli nolasi, goh shiddatkor chaqchaqi tinmaydi. S. Ahmad, Oydin kechalar.
SHIDDATLANMOQ kam ko'll. Avjiga minmoq, kuchaymoq. Gulnor bu yot kishining ellikboshi ekanini
bilgach, g'azabi shiddat-landi. Oybek, Tanlangan asarlar.
SHIDDATLI Shiddati bor, shiddatga ega bo'lgan, shiddat bilan sodir bo'lgan yoki bo'laditan.
Shiddatli shamol. Shiddatli oqim. mm Batal`on shu kuni kechgacha dush-manning o'n uch martaba
qilgan shiddatli atakasini qaytardi. A. Qahhor, Oltin yul-duz. Uning chehrasida, yupqa
lablarida alla-qanday bir kat'iyat bor, harakatlari kes-kin, shiddatli edi. O. Yoqubov,
Izlayman.
SHIJOAT \a. ~ — dadillik, bo-tirlik, jasurlik] Harakat, faoliyatda mar-dona, jasoratli
intilish; mardlik, ja-sorat. Shijoat ko'rsatmoq. mm Odamlardagi harakat, shijoat, g'ayratni
ko'rayotibsan-mi? Ularning yuragiga kim g'ayrat soldi? Uyg'un, Navbahrr. Biz ko'rsatib cheksiz
ma-horat, Sahrolarda ochdik bo'stonlar; Mo''-jizalar yaratgan g'ayrat — Shijoatdan qo-lur
dostonlar. 3. Diyor. Qancha kuch, qancha g'ayrat, qanchalik shijoat bor bu tinib-tinchimas
qariyada!S Karomatov, Oltin qum.
SHIJOATKOR [a. + f. jLS^l^i -shijoat qiluvchi, shijoatli] ayn. shijoat-li. Shijoatkor yigitlar.
mm Brigadaning shijoatkor paxtakorlari qiyin ob-havo sharoitida ham yuqori hosil ko'tardilar.
Gazetadan.
SHIJOATKORONA kt. Shijoat bilan qilinadigan, mardona; fidokorona. Shijo-atkorona parvoz. mm
Qishloq mehnatkash-larining shijoatkorona mehnatlari tu-fayli viloyatimiz davlatga pilla,
qorako'l teri sotish yillik rejalarini oshig'i bilan adoetdi. Gazetadan.
SHIJOATLI Shijoati bor, shijoat bilan harakat qiladigan. Shijoatli yigit.
568
mm Oqsoqol ona haqiqatan ham juda shi-joatli, serg'ayrat bir juvon. S. Ahmad, Qadrdon
dalalar. O't-olov yigitlar, shi-joatli yoshlar mexanizatsiya izmini o'z qo'l-lariga oldilar.
«O'zbekiston qo'rikdari».
SHIJOATSIZ Shijoati yo'q, shijoat bilan ish tutmaydigan, Shijoatsiz odam.
SHIZOFRENIYA \yun. schizo - mayda-lamoq, parchalamoq + phren — yurak, qalb; akd, idrok, es] tib
Bosh miya faoliyatining buzilishi natijasida yuz beradigan, turli xil ko'rinishlarga (alaxlash,
gallyutsinatsiya, ruhiy-asabiy qo'zg'alish, hayajon va sh.k.) ega bo'lgan og'ir ruhiy kasallik. Hid
yordamida shizofreniya, bo'g'ma.. kabi ayrim kasalliklar-ni aniqlash mumkin. «Fan va turmush».
SHIIY [a. tsiLi a, — shia; shiaga mansub| q. shiiylar. Shu kunlarda shiiy.. g'avg'osidan o'zga
muhim hodisani bilmayman. Oybek, Na-voiy.
SHIIYLAR din. Shiizm tarafdori bo'lgan musulmonlar; qiyoslang: sunniylar.
SHIIDAM I Hech narsasi qolmagan, hech narsa yo'q; bo'm-bo'sh, quruq, yalang'och. El-murod.. chalqancha
yotib, qop-qora munchoq ko'zlarini shiydam butoqlardan olmay, tut pishig'inixayol qildi. P.
Tursun, O'qituvchi.
SHIIDAM II fol`k. Yaxshi kiyingan, yasangan, bashang. Mahramlar aytdi: -Hayit-arafada o'zbekning
kuyovini ko'rar edik. Shiy-dam bo'lib yurar edi. Salla o'rab, kiyinib turar edi. «Alpomish».
SHIYPON \xit. — tosh uy) 1 Atrofi odatda har tomonidan ochiq, usti yopiq yoz-lik yengil qurilma.
Hovuzdan yigirma qa-damlar narida to'rt tomoni ochiq, ustunlari chiroyli naqshlangan, yerdan
odam bo'yi baland ko'tarilib solingan kattagina shiypon, buning atrofi gulzor. Oybek,
Tanlangan asarlar.
2 Dalada ishlovchilarning dam olishi va ovqatlanishi uchun maxsus qurilgan yozlik bino yoki
ayvon. Shiyponga yig'ilgan terim-chilar yer ostidan bir-birlariga qarab im-lashar edilar. M.
Muhamedov, Qahramon izi-dan. Iyul` o'rtalarida.. zveno qizlari to'r-tinchi chopiqni tugallab,
dala shiyponiga ko'chib chiqishdi. S. Ahmad. Qadrdon dalalar. ..tong bilan barobar ishga
tushadigan ma-shinalar shiypondagilarning ko'pchiligini barvaqt uyg'otib yuborardi. R. Fayziy,
Cho'lga bahor keldi.
SHIKAST \f..-, „L,?, - mag'lubiyat; omad-sizlik; zarar, ziyon; sinish, siniq; suyak-ning singan
joyi] 1 Jismoniy zarar, lat. Shikastni tuzatmoq. mm [Bektemir] Suyak shikast topmagan sog' qo'l
bilan yarani, qi-yin bo'lsa ham, puxta bog'ladi. Oybek, Quyosh qoraymas. [Po'latjon domla:]
Tuvakda bir myn gul o'sshirgan odam shu gulning biron yaprog'iga shikast yetsa, qanchalik achinadi!
A. Qahhor, Og'riq tishlar.
2 Narsaning zararlangan, buzilgan, singan, lat yegan joyi. Mashinani qiyalik chetidan olgach, u
yoqqa o'tdi, bu yoqqa o'tdi, tupurdi, so'kindi, shikastni topolmadi. A. Muxtor, Tug'ilish. Madrasa
hujralarining shikasti tuzatilib bitmagani uchun, men ko'p shogirdlar singari, kvartirada
turib, qatnabo'qidim. M. Muhammadjonov, Turmush urinishlari.
3 ko'chma Ziyon-zahmat, zarar. Arabboy ko'p-chilik kulgisidan bir oz izza tortdi. Lekin u..
obro'siga shikast yetgan katta bir shaxs kabi kibrona bo'zardi. P. Tursun, O'qituvchi. Yosh
bolalart o'z erkiga qo'yib berish ularning tarbiyasiga jiddiy shikast yetkazadi. N. Sa-farov,
Olovli izlar.
SHIKASTA [f. *-...< .7, - singan, parcha-langan; puturdan ketgan; g'amli, qayg'uli; dabdala
bo'lgan] Nosog' holatli; ezgin, ezil-gan, xasta. Mastura jimgina kulumsirab turaverdi:
beozor, beg'araz, ayni chog'da qan-daydir nochor, shikastami. E. A'zamov, Ja-vob. Faqat dard
tomadi shikasta kuydan. To'lqin. Juvon yoqimli, shikasta tovush bi-lan xirgoyi qshardi. S.
Ahmad, Ufq.
Shikasta xat yoki xatti shikasta Harf-lari nuqtasiz va bir-biriga tirkab yozila-digan arabcha
xat turi. Shikasta bu xatdan uning o'qiy olgan jumlalari shular bo'ldi. A. Qaxdor, Sarob.
SHIKASTLAMOQ Shikast, zarar yet-kazmoq. Mashinani shikastlamoq. mm Qurt-lagan olma yerga
to'kilishi bilan uning ichida-gi qurt tashqariga chiqib, daraxt bo'ylab yuqoriga ko'tariladi va
boshqa mevalarni shikastlaydi. Gazetadan.
SHIKASTLANMOQ1 Shikastlamoqfl. o'zl. n. Mashina shikastlandi. mm Yer qimir-laganda, Usmon
otaning uyi ham ancha shi-kastlandi. S. Ahmad, La'li Badaxshon.
2 Biror zarb tufayli majruh bo'lmoq, lat yemoq. Uning o'ng qo'li shikastlandi. mm
569 du^
-Murodjon bo'lsa, naqqonlik bilan shikast-langan tog'amni ko'tarib, ikkinchi tarafga olib
qo'ydi, — dedi Nafisa. G'ayratiy, Uzoq-dagi yor. Fashist tanklarining ikkitasi shikastlanib,
to'xtab qoldi. P. Qodirov, Uch ildiz.
SHIKASTSIZ 1 Lat yemagan, soppa-sog'.
2 Buzilmagan, sinmagan, bus-butun. Uning \mexanizatorning\ qo'lida eng yaxshi, soz, yuksak
unum bilan, ishkastsiz, beto'xtov ish-laydigan mashina bo'lishi kerak. Gazetadan.
SHIKVA \a. aj<. ,7, — shikoyat, arz qilish; ayblash] kt. Biror narsadan norozilik, shikoyat;
hasrat. Shikva qilmoq. mm Nima de-moqchisiz, shikvami yo arz? Mirtemir. Vafo-siz dilrabodin
shikva qilsam, ayb qilmang-lar. Mahzuna. Bu Muazzam, bu falakdin shik-va etsa arzigay.
Muazzamxon.
SHIKVALI Norozilikni bildiruvchi, shikoyatomuz. Kampir so'nggi jumlani shikva-li bir ohangda
aytdi. Uyg'un, Tursunoy.
SHIKOR |0. j\<, ,7, — ov, ovlash; ovlan-gan narsa] kt. Ov qilish, ov. Shikor qilmoq. mm Podsho
shikorga chiqqanda, birinchi ro'para kelgan kiyikni urolmay, yonidagi odamlar oldida qizarib
qoldi. «Latifalar». Ot beli-ga havas bshshn minamiz, Bobo, ruxsat bering, shikor qilamiz.
«Erali va Sherali».
SHIKOYAT \a. ZJJ<^ — arzqilish, noro-zilik; ayblash) 1 Norozilik, nolish so'zi; hasrat.
Uyqusizlikdan shikoyat qilmoq. mm Hammaning tilida shikoyat: qimmatchilikdan, mardikor olish
voqeasidan, bekorchilikdan shikoyat. Oybek, Tanlangan asarlar. -Kam-bag'alchshshk o'lsin! — xotin
bu gapni shikoyat tarzida aytdi, ammo Turobjon buni ta'na deb tushundi. A. Qahhrr, Anor.
2 Norozilik va ma'lum talab bilan og'zaki yoki yozma tarzda bildirilgan fikr; arz. Shikoyat —
ojizlik alomati. mm Shi-koyatni o'ziga ep ko'rmay, jim o'tirdi Axmad. F. Musajonov, Himmat.
Ko'pchilikning arz-dodiga quloq solmagandan keyin shikoyat oqa-veradi-da. «Mushtum». YO Qo'qon
hokimi Me-dinska janobi oliylariga arz qilarsan.. Bor, bora qol, shikoyat qshsh qol. K. Yashin,
Hamza.
3 ayn. shikoyatnoma. Shikoyat va tavsiya daftari. mm Kasabaqo'm ishchi va xizmatchi-larning
shikoyatlarini korxona ma`muriyati bilan birgalikda ko'rib chiqadi. Gazetadan. Hukmlar
to'g'risida shikoyat berish erkinligi ko'zda tutiladi. Gazetadan.
Shikoyat qilmoq 1) nolish so'zini ayt-moq; nolimoq, hasrat qilmoq. Gulsumbibi bu savolga javob
berishdan avval kamba-galchilikdan, erining ahvolidan shikoyat qil-di. Oybek, Tanlangan
asarlar. Kimdir kun ortiq isiganidan shikoyat qildi. N. Safarov, Jasoratning davomi; 2) arz,
shikoyat bilan murojaat qilmoq. Rost, Ertoevlarning us-tidan shikoyat qilish uning xayoliga ham
ki-rib chiqqan emas. O. Yoqubov, Er boshiga ish tushsa. Xivaga yur, xonga shikoyat qilamiz.. J.
Sharipov, Xorazm.
SHIKOYATBOZ [a. + f. jLColl^ - shikoyat qilishni yaxshi ko'ruvchi] Doim shikoyat qilish, shikoyat yozish
bilan shug'ullanuvchi shaxs. U ayrim onalarning shikoyatboz bo'lib ketayotganidan zorlangan edi.
M. Xayrulla-yev, Tilla marjon.
SHIKOYATBOZLIK Doim shikoyat qi-lish, shikoyat yozish bilan shug'ullanish. Turmushda shikoyashbozlikdan
boshqa ish qil-maydigan, buni o'zlariga kasb qilib olgan bir toifa odamlar bor. O. Yoqubov,
Larza.
SHIKOYATLANMOQ ayn. shikoyat qilmoq 1 q. shikoyat. -Astrobodda bag'oyat nomaqbul xarakat ro'y
bermish, — dedi Xusayn Boyqaro shikoyatlanib. Oybek, Navoiy. Xotin paran-jisi bilan ayvonning
oldiga o'tirib olgach, «uf-f-f» deb chayqaldi va «ancha yo'l ekan, tinkalarim qurib ketdi-ya»,
deb shikoyat-landi. A. Qodiriy, O'tgan kunlar.
SHIKOYATLI Norozilik, shikoyat yoki nolishni ifodalovchi, hasratli. Darrov ko'z-lariga qayg'uli
jilva berdi.. shikoyatli to-vush bilan, go'yo o'z-o'ziga so'zlagan kabi min-g'irladi. Oybek,
Tanlangan asarlar. -Asli bizning holimizni so'ramang! — deydi shikoyat-li ohangda Berdi
tatar, — biz boshda shu Obid ketmon deganni o'z ichimizga o'ylamasdan olgan zkanmiz. A.
Qodiriy, Obid ketmon.
SHIKOYATNAMO [shikoyat + f. U, - ko'-rinish, qiyofa] Shikoyatga o'xshash, shikoyat-omuz. Mashinasi bo'la
turib, generalning to'piqdan chang kechib, piyoda yurganiga ad'yu-tantning goho jahli chiqib qo'yar
va o'zicha nimalarnidir po'ng'illab, shikoyatnamo so'z-lanib qo'yardi. 3. Fatxullin, So'nmas yulduz.
U [obkom sekretari] har qanday shikoyatna-mo masalalarni o'z vaqtida, ammo mujassam dalillar
yordamida hal qilishga odatlangan. J. Abdullaxonov, To'fon.
SHIKOYATNOMA [shikoyat + noma] Ras-miy tarzdagi yozma shikoyat. -Bo'lmasa, aholi xonga shikoyatnoma
yozmaydirmi? -Nechanchi shikoyatnomani so'raysiz, — dedi Otabek, — Azizbekdan zulm, jafo
ko'rganlar bilan bir-likda endi o'ninchi shikoyatnomani yuborgan-dirmiz. A. Qodiriy, O'tgan
kunlar. Shu shi-koyatnomani oliy hukumatimiz nomiga ishonch-li bir kishidan berib yubordim. H.
Nazir, Ko'kterak shabadasi.
SHIKOYATOMUZ [shikoyat + f. 3^.1 -aralashgan; o'xshash] Shikoyatga o'xshash, shi-koyatnamo. Yo'lovchilar
yuzlarini yelpishar, is-siqdan bo'g'riqqan ruxsorlarini ro'molchalari bilan artishib, bir-
birlariga shikoyatomuz qarab, boshlarini sarak-sarak qshshshar edi. S. Karomatov, Bir tomchi qon.
Uning bu shi-koyatomuz so'zlarida o'z ishidan kishi bilmas faxrlanish ohangi xam sezilibturardi.
H. Na-zir, Ko'kterak shabadasi.
SHIKOYATCHI Biror kimsa yoki narsa-dan shikoyat qiluvchi. Xatlar harakati us-tidan nazorat
o'rnatilmagan, bir qancha hollarda shikoyatchilarga javob qaytaril-magan. Gazetadan.
Ubaydullaxo'ja a'lam shi-koyatchi boylarning otdan ham ko'ra o'z eldosh-lari oldida obro' uchun
kurashayotganligini angladi-da.. ularni ikki oy ovora qildi. P. Tursun, O'qituvchi.
SHIL \f. » L ,t, — ayyorlik, mug'ambirlik] shv. Firibgarlik bilan xamma narsani shi-lib,
o'ziniki qilib oladigan; tovlamachi, firibgar; surbet. Jamoatchilik, tegishli tashkilotlar.. bu
haromxo'r, shil savdogar-larni no'xtalab qo'yshshshri kerak. «Mushtum».
SHILVIRAMOQ s.t. Shilinib, tir-nalib maddalamoq, suvlanib turmoq (yara, jarohat xakdda).
Yarasi shilvirab ketibdi. shsh U [G'ulomjon] jismini shu yerda qoldirib, fikri bilan yor yonida
bo'zlaydi, jarohati shilvirab yotgan dilida og'riq turadi. M. Ismoiliy, Farg'ona t.o. Uning
kuyuk, sochsiz boshi, yarimta yuzi jizg'anak bo'lib, shilvirab turar edi. Oybek, Quyosh qoraymas.
SHILDIR I maKji. s. Narsalarning yen-gil urilishidan yoki suv oqishida chiqadigan tovushni
bildiradi. Suv shildiri, bulbul qo'shig'i, Feruza ko'k, zangori yaproq. Uyg'un.
Shildir suv s.t. Nihoyatda suyuq ovqat xaqida. Bu sho'rvangiz shildir suv-ku.
SHILDIR II ayn. shil. Qanaqa yigit ekan? Kim ekan? Yomon, shildir yigitlardan emasmikan?
Mirmuhsin, Umid.
SHILDIRAMA Shildiraydigan, shal-diroq. Cho'ntakdan ro'molchasin Olmoqchi bo'l-ganda ul, Yonidan
tushib qoldi Shildirama besh so'm pul. Q. Muhammadiy.
SHILDIRAMOQ 1 Oqayotgan suv yoki boshqa suyuqlikka xos bir xil mayin ovoz chiqarmoq, jildiramoq.
Arikchalarda tip-tiniq suvlar shildirab oqib yotadi. G'. G'u-lom, Tirilgan murda.
2 Yengil ovoz chiqarmoq, shitirlamoq (xas-xashak, qog'oz va sh.k. haqida). Qamishar shildiradi,
ko'l atrofidagi o'rdaklar «g'a-g'a»lab, parvoz qildi. J. Sharipov, Xorazm. Kechki kuz. Daraxtlar
qizg'ish, oltin rang, Shshdirab yaprok^shr kuylaydi qo'shiq. Shuk-ruldo.
SHILDIROQ Shildiragan mayin ovoz chiqaradigan. Negadir uning [Hafizaning] birdan orqaga
qaytib ketgisi kelib qoldi, agar hoziroq Umid bilan uchrashadigan bo'lsa, bu ajoyib
manzaralardan, purviqor tog'-lardan, sarin yelu shildiroq soylardan — baridan kechib, u tomon
chopardi. Mirmuhsin, Umid. [Oyna opa] «Oziq-ovqat» va «Kiyim-lar» magiziniga kirib,
shildiroq kog'ozga o'rog'liq allanarsalarni ko'tarib chiqdi. SH. Xolmirzaev. To'lqinlar.
SHILIMSHIQ Yelim kabi yumshoq va yopishqoq, shalhak. Shshshmshiq mobda. UIWIUM-shiq go'sht. mm Kishi
shilimshiq bir narsani ko'rganida, ta`bi qanday pshrriq bo'lsa, uning ham ta'bi hozir xuddi
shunday xira edi. O. Yoqubov, Larza. Nizomiddinov barmoqlariga shshimshiq narsa yopishganshsh
sezdi. S. Ahmad, Hukm.
SHILINGPOCHA s.t. Kiyimsiz, yalan-g'och; oyoq yalang, sarpoychan. -Ayniqsa sartch-roshxonaning qashqa
pashshasini ayting. Shi-lingpocha oyoqlarimni shunaqa uzib chaqadiki, dod deb yuborasan kishi, —
dedi Shum bola. G'. G'ulom, Shum bola.
SHILINMOQ Shilmoq fl. o'zl. va majh. n. Po'sti shilingan tol. Ohakdan uning qo'li shshshnibdi. tsh
Kiyimlarim yirtilib, tizza-larimning ko'zi shilinib, soqollarim pax-mayib ketdi. I. Rahim,
Olovkor. \Bozorqul] Bugun kuni bilan ot yetaklab, yayov yurdi. Uzangiga o'rgangan oyoq shilinib
ketdi. A. Muxtor, Chinor.
Shilinib tushmoq Juda ozib, oriqlab ketmoq. Bir necha kun ichida A`zam shilinib tushdi. Shuhrat,
Jannat qidirganlar.
571 YA'^
SHILIQ I ayn. shilliq I.
SHILIQ II ayn. shilliq II.
SHILLING [ingl. shilling] 1 Angliyada 1/20 funt sterlingga teng tanga pul.
2 Avstriyada va ba'zi bir Afrika mam-lakatlarida pul birligi.
SHILLIQ I Suyuqyopishqoqelimsimon modda. Shilliq parda. mm Sog' kishining na-fas yo'llari qurib
qolmasligi va changdan saqlanishi uchun unda bir oz shilliq bo'ladi. N. Ismoilov, Kasallarni
parvarish qilish.
SHILLIQ II: shil.tq qurt Quruqda yashaydigan qorinoyoqli, o'pkali mollyus-kalar. Namli va bulutli
havoda o'rgimchaklar, shilliqlar tug'iladi, shudgordan boshqa oziq topolmagandan so'ng, yangi o'sib
chiqqan g'o'za-larni qirqishga boshlaydi. A. Qodiriy, Obid ketmon.
SHILMOQ 1 Narsaning sirtidan, ta-nadan uni o'rab turuvchi teri, po'st kabi qoplamini ajratmoq.
Daraxtning po'st-log'ini shilmoq. Quyonning terisini shilmoq. mm Tojiddin Qosim xushbo'y
bananlarning oltin po'stlarini ildam shilib, birmuncha yedi. Oybek, Hyp qidirib. Ko'chaning u
yuzida, lab va burniga qon sachragan ayiqdek bir qaseob, yangi so'yilgan qo'yning terisini zo'r
berib shilardi. P. Tursun, O'qituvchi.
2 Uzib yoki yulib olmoq, ko'chirib yubor-moq, qattiq tirnamoq. Bilmay yaramni shi-lib yuboribman.
mm Mana bu yerimni Lyublin-da o'q shilib ketdi. A. Ubaydullaev, Qonli izdan.
3 Achishtirib yalab ketmoq; terisini yeb, o'yib yubormoq. Ohak qo'limni shilib yubordi. Qalampir
ichimni shilib ketdi. mm Sirka ichgandagidek qornini shilib yubordi. Oybek, Quyosh qoraymas.
4 ko'chma Aldash yoki zo'rlik bilan bosh-qaning bor-yo'g'ini o'ziniki qilib olmoq, talamoq;
o'g'irlamoq. Boylar kambag'allarni shilardi. Savdogar xaridorlarni shiladi. mm -Otam qarib,
yo'lda horib qolgan chol edi. [Qaroqchilar] Uni bir zumda yotqizib, yonibagi bor pulini shilib
olishdi, — dedi Hoji xola. M. Ismoiliy, Farg'ona t. o. O'g'ri, bandit! Ertaga hamma yoqni shilib
qochadi. A. Muxtor, Tug'ilish.
SHILP ayn. shilt I. Mingboshi yerda g'ujanak bo'lib yotgan Matqovulning orqasi-ga qamchini shilp
etkizib tushirdi. M. Is-moiliy, Farg'ona t. o.
SHILPILDOQ Kdynagan suvga to'rt-burchak qilib kesilgan yupqa xamir tashlab pishirib, sho'rvali
qayla bilan tayyorla-nadigan taom. -Mulla, eshon, boy, qimorboz yog'ila berdi, har kun norin,
shilpildoq, palov. Oybek, Tanlangan asarlar. Shilpildoq, besh-barmoq.. kabi qozoq
taomlarining ko'proq Toshkentda tayyorlanishining boisi ham shunda. K. Mahmudov,
O'zbektansiqtaomlari.
SHILPIQ 1 tib. Ko'z jildi hamisha qizarib, yoshlanib turadigan yuqumli kasal-lik; traxoma. Ko'zi
shilpiq, yelkasi chiqiq bo'l-sa ham, ko'ngli toza, topilmaydigan odam. Oybek, Ulug' yo'l. Birov
bukri, birov shol, birov shilpiq.. K. Yashin, Hamza.
2 Shu kasallik tufayli ko'zdan to'xtov-siz oqadigan yiringli yosh. Maston xola.. yengi bilan
ko'zlarining shilpig'ini artib bo'lgach, egachi-singilga bir-ikki qarab oldi. Uyg'un, Tursunoy.
Uning [Mirhosilning] ko'z-larini shilpiq bosgan, cho'michnusxa katta burni odatdagidan ham
qizarib ketgan edi. H. G'ulom, Senga intilaman.
3 s.t. Shunday kasallikka yo'liqqan kishi va uning ismiga qo'shib aytiluvchi so'z. Shilpiq
chiyillabgapiradi. Oybek, Bolalik. Mo'min shilpiq Qo'rg'onchadagi bir bevaning qiziga
uylanayotibdi. P. Tursun, O'qituvchi.
SHILPIQLANMOQ Shilpiq holatda bo'lmoq (ko'z haqida). -O'ho', og'ayni, odam de-gan maxluq har
qanday og'irlikni ko'tarave-rar ekan, — dedi ko'zlari shilpiqlangan.. qari charxchi. Oybek, Ulug'
yo'l. ..uyqusizlikdan ko'zlari shilpiqlanib qolgan Shodi Mudar-risov kirib keldi. D. Nuriy,
Osmon ustuni.
SHILT I taql. s. Yumshoq narsaga ur-ganda hosil bo'ladi1 an tovushni bildiradi. Ot suliq
chaynab, paqirdan bosh ko'tarishi bilan, biqiniga shilt tushgan qamchi zarbi-dan o'zini oldinga
urib, lo'killab yurib ketdi. Mirmuhsin, Cho'ri. Sigir.. sochoqli uzun du-mini havoda o'ynatgan
edi, uchi ishlt etib Toshxonning yuziga shegdi. A. Mirahmedov, O't yuraklar.
SHILT II mace. s. Harakatning tez va keskin holatini bildiradi. Shilt etib chiqib ketmoq.
Shilt urib qochmoq. mm Qud-rat davradan shilt chiqib, orqaga o'tib ket-di. M. Ismoiliy, Farg'ona
t. o. ..o'z kavushini qo'liga oldi-yu, shilt etib, ichkari kirdi. M. Ismoiliy, Farg'ona t. o.
je-j^ 572
SHILTA 1 sft. Nihoyat darajada xo'l, jiqqa ho'l. Yigitning terdan shilta bo'lgan ko'ylagi
badaniga yopishib qolgan, o'zi ham nimadandir qo'rqqan odamga o'xshar, ko'zlari bejo edi. O.
Yoqubov, Larza. Allakachon shud-ring tushgan jan, birpasda shimining pocha-lari shilta bo'ldi. O.
Husanov, Qo'shiqchining taqdiri.
2 ot Yomg'ir yog'ishi, qor erishi va sh.k. dan yuzaga kelgan bilch-bilch holat, yerning shunday
holati. Oyoq tagidagi qor shiltaga aylana boshladi. P. Tursun, O'qituvchi. ..quruq va achchiq
izg'irin.. quyoshda shilta bo'la bosh-lagan qishloq ko'chalarini daranglatib qo-tiribtashlar edi. P.
Tursun, Uqituvchi.
SHILTILLAMOQ s.t. Shilta bo'lmoq (q. shilta 2). Qor erib, ko'chalar shshtillab ketdi.
SHILQ taql. s. Biror narsa urilganda yoki yopiq idishdagi suyuqlik chayqalganda hosil bo'ladigan
ohista tovushni bildiradi.
Shilq tushmoq cm. Osontina ishonmoq, taslim bo'lmoq, ko'nmoq. To'la Salimaning dag'dag'asini
esladi-yu, Samadning gapiga shilq tushdi-qoldi. M. Ismoiliy, Bizning roman. Shilq etib 1) shilq
etgan tovush chiqarib. Bu yerda bo'lsa, qosh qoraymasdan, eshigining ichidan shilq etib zanjir
soladi. H. G'ulom, Mash'al; 2) qushini, madorini yo'qotib; holdan ketib. Muharram Elmurodning
qo'liga shilq etib tushdi. Shuxrat, Shinelli yil-lar. O'n besh qadashar chamasi yugurgach, to'-satdan
taqqa to'xtadi, so'ng shilq etib yi-qildi. «Yoshlik». Munisxonning issiq qo'llari sovib, shilq
etib choyshab ustiga tushdi. O'. Umarbekov, Yoz yomg'iri.
SHILQILLAMOQ 1 «Shilq-shilq» et-gan ovoz chiqarmoq, sho'lqillamoq. Sigir ko'p suv ichganidan,
yurganda qorni shilkillar edi.
2 Sirqib turmoq; ko'lmak hosil qilmoq (suyukdik yoki namning mo'lligi haqida). Yog'i shshqillagan
palov. sht Kungay qir yonbag'ir-larini to'shagan momiq qor oftobning ilik nurlariga tob bera
olmay, shilqillab erib, pastlikka asta silqiy boshlaydi. Gazetadan.
3 ko'chma Holdan toymoq, darmonsiz-lanmoq, bo'shashmoq. Ovqatni yedi-yu, shil-qillab tushdi..
mehnat chaqib qo'ymasa, bu bechorani. I. Rahim, Hilola. Qizcha yig'lab charchagan, shilqillab
tushgan edi. R. Fayziy, Hazrati inson.
SHILQIM Hol-joniga qo'ymay surka-naveradigan, xiralik qilaveradigan. Ming o'rgilib, oldin
sizga qaddin bukar, Oh-voh qilib, mug'ambirlik yoshin to'kar, Ertasiga unutadi sevgisini —
Bilib qo'ying shilqim oshiq belgisini. A. Po'lat. U o'zini rostlab olguncha bo'lmay, boyagi shilqim
yana paydo bo'l-di va uning yelkasiga urib dedi: -Qoyilman, to'ram. I. Rahim, Tinimsiz shahar.
O'taket-gan shilqim, mahmadona Xol dallol, dehqon-ning qo'lini siltayverib, jon-holiga
qo'ymadi. «Mushtum».
SHILQIMLARCHA Shilqimlardek, shilqim singari, surbetlarcha. Ular gap orasida Fotimaga yana
kimlarning jazman-ligi, Latifiyning unga shilqimlarcha te-gishib yurgani.. haqida o'z shubha va
tusmol-larini gaplashdilar. P. Tursun, O'qituvchi.
SHILQIMLIK Surbetlik, xiralik qilib surkanish. Shshqimlik qilmoq. sht Ii-git ko'p shilkimlik qila
berganidan keyin, xotin qochib, narigi uyga kirib ketdi. A. Qaqhor, Qayg'ular. Sizdaqa
salobatli odam-ga bunaqa shilqimlik yarashmas ekan.. buni kutmagandim. J. Abdullaxonov,
Xonadon.
SHILQQA: shilqqa tushmoq ayn. shilq tushmoq q. shilq. Po'pisa qilaver, ko'nmay ilo-ji kancha, oxir
ko'nadi, hujraga qamasang, shilqqa tushadi-qo'yadi. Oybek, Ulug' yo'l.
SHIM Gavdaning belgacha bo'lgan pastki qismiga kiyiladigan ustki kiyim. Galife shim. Movut
shim. mm Xo'jabekov shimining cho'ntagidan dastro'molini sug'urib, oqarib ketgan yuzini artdi. S.
Anorboev, Oqsoy. Harakatining zo'rligidan Rahimning sepkil betlari, dukki peshonasi terlab,
qizil may-kasi shimidan chiqib ketgan edi. H. Nazir, So'nmas chaqmoqlar.
SHIMARIQ kam qo'll. ayn. shimarig'liq. Qo'llarda zil, rasmona ketmon, Sochlar cham-bar, yenglar
shimariq. Oybek.
SHIMARIG'LIQ Orqasiga qayirib, yuqori ko'tarilgan, shimarilgan. Loyda uning [Bekning].. bir
pochasi shimarig'liq baquvvat qora boldiri yaltiradi. A. Muxtor, Tug'ilish. Yenglari shimarig'liq..
qaynoq somsa uyilgan laganni ko'tarib, oqsoch kirdi. Oybek, Ulug' yo'l.
SHIMARMOQ Orqasiga qayirib, hi-marib, yuqoriga ko'tarmoq (kiyim yoki uning biror qismi
haqida). Pochani shimarmoq. Qayirsam — etagim, shimarsam — yengim.
Maqol. ¦¦ Ular [Ergash bilan Odil] yirtiq ishtonlarini tizzagacha shimarib, suv ke-chishadi, har
bir tosh tagiga qo'l tiqib, ba-liq qidirishadi. H. Ahmar, Kim haq? -Bo'ron to'xtagach, undan ham
yaxshi ishlayapmiz, — dedi Bekbo'ta bilaklarini shimarib. SH. Rashidov, Bo'rondan kuchli.
Yeng shimarib Astoydil; jon-jahdi bi-lan. To'g'rirog'i, senga o'xshash adashganlarni to'g'ri yo'lga
solish uchun yeng shimargan bir kishiman. X. To'xtaboev, Shirin qovunlar mamlakati.
SHIMIMOQ ayn. shimmoq. Madraxim araqqa botgan sariq mo'ylovini shimidi. A. Hasanov, Yuzma-yuz.
SHIMIRMOQ ayn. simirmoq. Ayronni shimirmoq. Yaxna choyni shimirmoq. Mayni shimirmoq. mm Iigit
yugurib borib, qo'ton orqasidagi o'tovlarning biridan meshda qi-miz olib keldi. Ochil buva,
Azimjon, shofyor, navbatlashib, ikki kosadan shimirdilar. A. Muxtor, Chinor. Marhamat, tog'ning
toza havosini shimirib, oldinga yurar ekan, go'zal manzaralar bahrini ochdi. T. Rasulov, Mar-
hamat.
SHIMMOQ 1 Suyuqlik, havo va sh.k. larni ichiga yoki tarkibiga tortmoq, o'ziga singdirmoq. Paxta
yog'ni shimib oldi. Suvni yer shimib oldi. mm \ Gulnor\ Ter, moy va changni yillarcha shimgan,
jiyagi charmday qotib, kirdan yiltiragan bu do'ppini yana tozaladi, qoqdi, ko'zlariga surtib
o'pdi. Oybek, Tan-langan asarlar.
2 ayn. so'rmoq I. Qand shimmoq. mm O'roq.. cho'ntagidan konfet olib, og'ziga tashlab shi-ma
boshladi. I. Muqimov, Matonatli ki-shilar. Asalarining uyasi! Turgan-bitgani asal! Mana,
mana, siqsang, asal oqadi. Buni-si oq mum, harom emas — shimsa ham bo'ladi. A. Qaxdor, Anor.
Bo'ksalaringni sandalga tiqib, issiqda qurut shimib yotibsanlar! S. Siyoev, Yorug'lik.
SHIMOL [a. JI l sh — shimssh; shimoliy shamol; chap, chap tomon] 1 Dunyoning to'rt tomonidan biri —
janubga qarama-qarshi bo'lgan tomon. Kompas strelkasi shimolni ko'rsatib mypunmu. mm Kechagina
shimol o'lkasida Yurgan chog'i esiga tushdi. YO. Mirzo. Ot shimolga qarab burildi. A. Qodiriy,
O'tgan kunlar.
2 Ma'lum bir joy yoki hududning ayni shu tomondagi qismi. Farg'onaning shimoli.
Afrikaning shimolida. mm Ko'k gumbaziga xuddi nayzaday sanchilgan shimol tomondagi tog' cho'qqisi
ustida bir parcha qora bulut suzib yuribdi. S. Anorboev, Oqsoy.
3 Yer sharining shimoliy qutbiga yaqin, sovuq mintaqadagi joylar, o'lkalar. Shamol-dan tez uchgan
poezdlar ham to Shimolga yet-guncha ketadi holdan. H. Olimjon.
SHIMOLIY \a. (^Lo-i — shimol tomon-dagi; chap tomondagi] Shimol tomondagi, shimol tomonda
joylashgan. Shimoliy qutb. Shimoliy Atlantika. mm Suvi ancha torti-lib qolgan ko'lning shimoliy
etagi qishloq uylarining hovlilariga borib taqalar edi. M. Ismoiliy, Farg'ona t. o.
SHIMOLI-SHARQ Ufqning shimol va sharqoralig'idagi tomoni. Shimoli-sharqdan qora bulut ko'rindi.
SHIMOLI-SHARQIY Shimoli sharq g'omondagi; shimoli-sharqqa oid. Vokzal sha-harning shimoli-sharqiy
qismida edi.
SHIMOLI-G'ARB Ufqing shimol va g'arb oralig'idagi tomoni. Tepa ustiga sipoh turishi uchun bir
necha binolar solingan, ja-nubi-g'arbga qaratib bir, g'arbga qaratib bir va shimoli-g'arbga
qaratib yana bir; barisiga uchta to'p qo'yilgan edi. A. Qodiriy, Utgan kunlar. Bizning
hovlining shimoli-g'arbida bizdan uncha uzoq bo'lmagan bir mozor bor edi. S. Ayniy,
Esdaliklar.
SHIMOLI-G'ARBIY Shimoli-g'arb to-mondagi; shimoli-g'arbda joylashgan. Tosh-kentning shimoli-g'arbiy
qismi.
SHIMOLLIK Shimolda, shimol to-monda tug'ilgan, shimol tomonda yashovchi.
SHIMPANZE [fr. chimpanze] Afrika-ning tropik o'rmonlarida yashaydigan odam-simon maymun.
SHINA [nem. Schiene < nem. scheiden -ajratmoq, bo'lmoq] 1 Harakatni yengillash-tirish,
g'ildirakni yeyilishdan saqlash yoki turtki-silkinishlarni kamaytirish uchun g'ildirakka kiydirib
qo'yiladigan rezina gardish. Avtomobil` g'ildiragining shinasi. mm Avtomobil' va traktorlarni
shinalar bilan ta'minlash masalasi naqadar keskin ekanligi ma'lum. Gazetadan.
2 tib. Yumshoq to'qimalarning anchagina qismi shikastlanganda, suyak singanda, suyak va bo'g'im
kasalliklarida ularni qimir-latmay qo'yish maqsadida ishlatiladigan, metall, gips, taxta,
platmassa va sh.k. dan tayyorlanadigan moslama.
SHINAVANDA [f. `x*— eshituvchi; radioeshituvchi! 1 Biror narsaga nihoyatda ixlos qo'ytan;
ixlosmand, ishqiboz, mux-lis. Futbol shinavandasi. Kurash shinavan-dalari. tsh Tomosha zali
san'at shinavan-dalari bilan liq to'lgan edi. Gazetadan. Qo'sh-ni xonadan shaxmat donalarining
taxtaga taq-tuq urilgani, qo'li baland shinavanda-ningxursand ovozi eshitildi. S. Nurov,
May-salarni ayoz urmaydi.
2 Biror ish, kasb-xunarga mehr qo'ygan, uni yaxshi biladigan, omilkor, hadisini olgan. Sho'r
yerlarning piri, tashlandiq yer-larning mirishkori, o'z kasb-korining shina-vandasi Tursunboy
bormasa, kim boradi! M. Muhamedov, Hamqishloqlar. Tinim bshmas texnika shinavandalari ishlab
chikarishga joriy etayotgan yangshiklar bir daryo bo'lsa, yuqorida eslatganimiz undan qatradir.
Gazetadan.
3 Kishi bilan dildan suhbatlashadigan, elakishib ketadigan...Qutbiddinovning fe'-li aynidi,
ya'ni bironta shinavanda ulfat bilan birpas dilkashlik qilgisi keldi. A. Qahxrr, Asarlar. U
o'rta yoshli, xiyla to'la-ligidan bo'yi past ko'rinadigan, odamga tez elakishib ketadigan
shinavanda kishi edi. H. Nazir, Ko'kterak shabadasi.
4 Ulfat uchun hech narsani ayamaydigan, ulfatchilikni o'rniga qo'yadigan; odamsha-vanda. Foziljon
hali yosh bo'lishiga qaramay, o'zini ulfat ko'rgan shinavandalardek tu-tardi. F. Musajonov, Nozik
masala. Buna-qangi shinavanda odam kam bo'ladi, ha. Ol-tin yigit. Do'st uchun jonini ham
ayamaydi. «Mushtum».
SHINAK [f. L,,?,] esk. 1 Shahar, qal'a, qo'rg'on kabilar devoridan dushmanni ku-zatish va otish
uchun qilingan maxsus tuy-nukcha. Qo'rg'on burchidagi shinak orasidan uzun bo'yli, qora soqolli
bir kishining otashin nazari uzoqlarga tikilgan edi. M. Osim, Aj-dodlarimiz qissasi.
Atrofini o'ragan devor-dan o'k otish uchun shinaklar qo'yilgan. SH. Xolmirzaev, Qil ko'prik.
2 Dushmanni kuzatish va undan sakla-nish mumkin bo'lgan pana joy. Yarog' olmay kolganlardan
ehtiyot qism tayyorlab, shinak orqasiga ko'ydi, xotinlardan shafqat ham-shiralari to'dasi tuzdi.
S. Ayniy, Qullar.
Shinakka yetganlarida, begimning ko'lidagi mash'alasini oldi: -Ehtiyot bo'ling, begim, yog'iyga
ko'rinmang! P. Qodirov, Yulduzli tunlar.
SHINALASH tib. Qimirlamaydigan, harakatlanmaydigan qilib bog'lash; taxta-kachlash.
SHINAM 1 Kishining baxridili ochi-ladigan, ko'rkam; ixcham va qulay (joy ha-qida). Shinam xona.
mm Oxirgi bekatda shi-namgina choyxona ham bor ekan. N. Fozilov, Diydor. Qatortolliklar
chiroyli va shinam uylarni ko'rgach, yuraklari sevinch-quvonch bi-lan to'lib-toshdi. SH. Rashidov,
Bo'rondan kuchli. Kavushdo'z Isoq otaning shahar tash-qarisida uch tanob keladigan shinam bog'i
bor. M. Osim, Tilsiz guvoh. Bog'da hovuz bo'y-laridagi shinam shiyponlarga yozilgan das-
turxoshshr yozilganicha qolib ketibdi. O. Yoqu-bov, Diyonat.
2 Yarashib tushgan; yarashiqli, ixcham. Qabulga kelgan qiz shinamgina tuflisining baland
poshnalarini taqillatib, stul oldi-ga yurib keldi-da, atlas ko'ylagishng etak-larini astagina
yig'ishtirib, noz bilan stulga o'tirdi. SH. Rashidov, Bo'rondan kuch-li. Bo'lis bularning
hammasini yaxshi taniy-di, biroq O'tapning yonida o'tirgan o'rta bo'y-li, ozg'ingina, shinam
kiyingan yigit unga notanish. H. G'ulom, Mash'al. Bu zavq Dul-dulbekning go'shtdor sholg'om
burnini ham chimchilab qo'ygandek shinam va go'zal qilib ko'rsatardi. Mirmuhsin, So'gal.
3 Xush yoqadigan, yoqimli, marokli. Uning shinam ovozi go'yo «Ko'cha bog'i» uchun, «Ko'cha bog'i»ning
maftunkor ohangi esa G'ulomjon uchun yaratilgandek yangrar edi. M. Ismoiliy, Farg'ona t. o.
Yashil uvatlarda zavqli ko'-shiqlar, Shavqli hangamalar bo'lar ko'p shi-nam. G'. G'ulom.
SHINGARF [f. j^.,7,] kt. Qizil rang-li mineral, oltingugurtli simob.
SHINGIL 1 Uzum boshining bir qancha donalardan iborat shoxchasi. Bir shingil uzum. tsh Uzum uzsam
uzumzordan bir shingil, Asal-man der, shirinlikda da'vosi. S. Abdulla. An-var o'zidan
narirokqa tushgan bir shingil uzumni olib yedi va bir-ikki g'ujumini ham-rohiga uzatdi: -Ma,
Ra'no. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon.
2 ko'chma kam qo'll. Biror narsadan qism. Bular — bugungi Eron xalqi hayotiga oid
575 SbA
shingil misollar. Gazetadan. Mamadali aka-ning urush yillarida qilgan katta ishlari-dan
shingillar eshitaylik. R. Rahmonov. Mardlik — mangulik.
Bir shingil 1) katta va bir butun nar-saning bir bo'lagi, kichik bir qismi. Bu katta ishning
bir shingili, xolos. mm Bu aytganlarim Bekchonovning qshtishidan bir shingil, xolos. «Mushtum»;
2) ozgina, bir oz. Bir shingil ashula eshitsak. mm Qudrat non, kolbasalarni to'grarkan, front
voqealari-dan bir shingil-bir shingil hikoya qilib ber-di. 3. Fatxullin, So'nmas yulduz. Har
ikka-lovi ham bir-birini bir shingildan chandi-shib olishdi. H. Shams, Dushman.
SHINGILLAMOQ Shingil-shingil qilib sindirmoq, shingilga ajratib ol-moq. Shingillab yemoq
(uzumni).
SHINGIL-SHAPOQ Uzum boshining shingil va mayda-chuyda qismlari.
SHINEL` [r. < fr. chenille - erkak-larning tonggi kiyimi, kostyumi] Maxsus matodan
tikiladigan, maxsus bichimdagi pal`to. Shinel` kiygan soldat. Milishoner-lar shineli. mm
Mashinadagi jangchilarning yangi shinellaridan.. ularning uzoq front orqasidan kelishayotganini
payqash qiyin emas edi. A. Ubaydullaev, Qonli izdan.
SHINNI Tut, uzum kabi mevalar shi-rasini qaynatib tayyorlanadigan qiyom. Doshlarda qaynagan
shinnining hidi Dimog'ni shod etar, ruhni salomat. G'. G'ulom. Shoyi-boflar uzun supa ustiga
solingan paloslarda o'tirib, dasturxonga dasta-dasta qilib qo'-yilgan nonlarni ushatib,
shyolalardagi shin-nilarga botirib yer edilar. M. Osim, Elchi-lar. Onam u yil kasalligi sababli
tutdan shinni pishirolmay, bir qopcha quruq tut-mayiz qilib qo'ygan edi. S. Ayniy, Esda-
liklar.
SHING'ILLAMOQ ayn. shing'irlamoq.
SHING'IRLAMOQ Metall buyumlar bir-biriga urilganda hosil bo'ladigan tovushga o'xshash ovoz
chiqarmoq; jiring-lamoq. Qo'shni ko'chada shing'irlab, yerni diril-latib, tramvay o'tib ketdi. A.
Muhiddin, Ixtirochilar. ..bellariga qadalgan qo'ng'iroq-ning shing'irlashi shohning yurishiga
tanta-nali tus berar edi. M. Osim, Sexrli so'z.
SHING'RAYMOQ Ko'zlari bir tarzda (yoqimsiz) tikilib turmoq. [Boydavlatov muoviniga:] O'zingda
turipti ayb, kulma bi-rovga shing'rayib. «Mushtum».
SHIOR \a. — da'vat, chaqiriq,
belgi, farq; deviz, shior] 1 Bosh g'oya, ma-sala yoki siyosiy talabni ifodalovchi, qis-qa shaklda
bayon qilingan chaqiriq. Stantsiya binolari va poezdlarda «Hamma narsa front uchun, g'alaba
uchun!» deb yozilgan shiorlar ko'zga tashlanib turadi. Nazarmat. Jo'rlar baland sayraydi.
2 Faoliyatni belgilovchi, undagi asos maqsad, shu maqsadni ifodalovchi so'z, ran. Shiorimiz shu
yil har gektar yerdan 35 sent-nerdan hosil yetishtirishdan iborat. «Uz-bekiston qo'riqlari».
Umuman, doston qah-ramonlarining asosiy shiori o'z hayotining so'ngigacha komil ishonch bilan
yashash va yashash uchun tinimsiz kurashishdan iboratdir. «UTA». Adolatning: «O'zimizni ishda ham
ko'rsa-taylik», degan so'zlari brigada qizlarining asosiy shiori bo'lib qoldi. I. Rahim, Chin
muxabbat.
SHIP I q. shift. Shipi fanerdan qilin-gan uy. mm Borsam, [volidam] tildan qolib-dilar; kshta-
kalta nafas olib, shipga qa-rab yotibdilar. A. Qahhor, Qo'shchinor chi-roklari. Xona o'rtasida..
kattakon stol, atrofida vena stullari, ikki deraza o'rta-sida shipga yetarli katta toshoyna..
bor edi. M. Ismoiliy, Farg'ona t. o. Shishaning tagiga yo'g'on shapalog'i bilan ikki marta urdi,
po'k sachrab chiqib, shipga tegdi. Cho'l-pon, Kecha va kunduz.
Shipday bo'lib ayn. shiftdek bo'lib q. shift. Eshik oldida shipday bo'lib turgan erini ko'rishi
bilan vahimaga tushgan Ri-solat: -Nima gap? — dedi va yugurib yoniga keldi. G'ayratiy,
Dovdirash. Sal narida shipday bo'lib Karimov turardi. H. Shams, Dushman.
SHIP II taql.s. Yengil qadam tashlab yurganda yoki qog'oz ishqalganda hosil bo'la-digan kuchsiz
uzuq tovushni bildiradi. Bu odam uyqusida ship ztgan tovushni ham seza-di. mm Qo'qqisdan «ship»
etgan bir sharpa uni [Nazar akani\ to'xtatdi. G'ayratiy, Dovdirash.
Ship etib Birpasda, tezlik bilan, tez-gina. Ertaga Aliga aytaman, mashinasida ship etib
Marg'ilonga borib kelasiz. «Sharq yulduzi». Qulog'i ship bitdi Qulog'i eshit-maydigan bo'lib
qoldi. Maxsumning og'zidan
chiqayotgan har bitta so'z tokdek miyasiga tegib, ikki qulog'ini ship bitirib qo'ydi. V. G'ofurov,
Vafodor.
SHIPILDOQ: shipiddoq tovushlar tlsh. Shovqinli sirg'aluvchi til oldi «sh», «j» (mas. «jurnal»
so'zidagi «j») undoshlari.
SHIPILLAMOQ 1 «Ship-ship» qil-moq; shitirlamoq. Hovlida daraxt shoxla-ri shipillab, qizni
chorlaganday bo'ldi. J. Sa'dullaev, Qiz orzusi. Vaqt ham allama-hal bo'lib qolgan, butun
kasalxona uyquda. Faqat ahyon-ahyonda shipshshagan oyoq tovushi eshitilib qoladi. X. To'xtaboev,
Sadoqat.
2 Yengil va tez-tez qadam tashlamoq, yengil va tez-tez yurmoq; zipillamoq. -«Lay-latulqadr»
bizlarni izzat qilib, o'z oyog'i bilan uyimizga kirib kelgan ekan. Ana, ho-zir shipillab chiqib
ketdilar, — dedi Sharifa buvi eriga. N. Maqsudiy, Layla-tulqadr. U\Xayri xola\ hasharchilarni
ilqay-alqay, shipillagancha qo'rgonchaga kirib ket-di. M. Osim, Tilsiz guvoh.
SHIPIRGI shv. ayn. supurgi 1. Ko'cha baqqollari shipirgi bahosini 3 hissa ko'-tardi. «Mushtum».
SHIPIRLAMOQ ayn. shipillamoq.
SHIPIRMOQ 1 shv. Supurmoq. Otaboy uning dorixonasiga yuk tashigan, Olmaxon eshik shipirib, kir
yuvgan. I. Rahim, Ti-nimsiz shahar. Eshigimni shipirsin bu qo'-mondon.. H. Olimjon.
2 ko'chma Iig'ishtirib olib ketmoq, ship-shiydam qilmoq. O'g'rilar ayyor bo'ladi, o'g'-lim. Ular tun
qorong'isida keladi-da, bir-pasda shipiradi-ketadi. Oybek, Bolalik. Ertami-indin Dildor
albatta ketadi. Bisot-bag'alni shipirib, uyni shipshiydam kilib ketadi. S. Ahmad, Ufq.
3 ko'chma Kesib, uzib yoki uchirib ketmoq (tig', o'q va sh.k. haqida). Kecha Homid xan-jarli
qo'lini siltab tortganda, xanjar uning [Otabekning] bosh barmog'i orasini suyakka yetguncha
shipirib ketgan edi. A. Qodiriy, O'tgan kunlar.
4 s.t. Batamom yeb tugatmoq, yeb quymoq. [Eshon] «Uldirsa ham, palovxonto'ra o'ldir-sin» qilib,
lagan-lagan oshni shipiribdi. N. Maqsudiy, Laylatulqadr.
SHIPPAK Odatda yozda kiyiladigan, shuningdek, uyda oyoqqa ylib yuriladigan yengil oyoq kiyimi;
sandal. Anchadan keyin shippak tovushi yaqinlashdi-da, eshik kir¬stlab ochshgdi. S. Ahmad, Tog'
afsonasi. Gav-harning egnida guldor ko'k krepdeshin ko'y-lak, oyog'ida zar chiziqli yumshoq
shippak.. S. Siyoev, Yorug'lik.
SHIPTIR shv. Siydik. Yo'lchi quruq namatga yotib, ustiga ko'rpacha yopdi. Ko'r-pachadan zax hidi
bilan ot shiptirining qo'lansasi dimoqqa urdi. Oybek, Tanlangan asarlar.
SHIPSHI 1 Quloqqa ohista aytila-digan ran, so'z; pichirlash. Yigit uni mo''-jaz qomatidan,
chaqqon yurishidan darhol tanidi. «Hayot! Hayotim!» deb yubordi u, quloqlariga baqiriqday
eshitilgan bir shipshi bilan. M. Ismoiliy, Farg'ona t. o.
2 ko'chma Yashirin ma'no, qochirim. Bosh-kalar ham bekka hayratlanib qarashdi. Chun-ki uning so'z
ohangida, xarakatida sirli bir shipshi bor edi. H. Nu'mon va A. Sho-rahmedov. Ota.
SHIPSHIYDAM Xech narsasi qolma-gan; hech narsa qoldirmagan; qup-quruq. Tu-nov kuni qarasam,
bir tup yong'ok siyrakla-shib qolibdi. Bols`yur qoqqandir, deb o'shsh-dim. Boshqa kuni yana bir tup
yong'oq ship-shiydam bo'libdi. S. Anorboev, Oqsoy. Fo-ziljonning do'konlari shipshiydam bo'lib
qoldi. I. Rahim, Hilola. Pichanlaro'rilgan, shipshiydam dala, Tog'larning qoshida qordan oq
lola. X- Saloh.
SHIPSHIMOQ 1 Past ovoz bilan biror narsa demoq; pichirlamoq. -Bas! — shipshidi Tohir juvozkash
yigitga. P. Qo-dirov, Yulduzli tunlar. -Xo'p, bo'lmasa, — dedi chol va to'satdan unga engashib,
xuddi boshqalar eshitib qolishidan qo'rqqanday, shipshidi. O. Yoqubov, Larza. -O'yga tolib
qolganimda, narigi xonada \onamning\ So'na-gulga shipshiganini eshitib qolaman.. — dedi
Axmadjon. A. Muxtor, Davr mening takdi-rimda.
2 Hech kimga eshittirmay, bildirmay aytmoq, bildirib qo'ymoq. Valasapit [velo-cunedj minging
kelgan ekan, bir og'iz shipshib qo'ymaysanmi qulog'imga. A. Ko'chimov, Halqa. Vohidovga shipshib
qo'yishni men bo'ynimga olaman. S. Zunnug'yuva, Yangi direktor.
SHIPSHITMOQ aim. shipshimoq 2. Shunaqa ishlar bo'layotgan ekan, bir og'iz shipshitib qo'isang
o'larmiding?! J. Ab-dullaxonov, Xonadon. -U uyga choy so'rashsa, Yo'lchi akangga kelib shipshit,
Gulnor qi¬zim! — deb to'y bekasi Lutfiniso ketdi. Oybek, Tanlangan asarlar. Yo'-o'q endi,
ukam, bir og'iz telefonda shipshitib qo'ymaysan-miki, men peshvoz chiqib, kutib olmaymanmi! S.
Anorboev, Oqsoy.
SHIR I taql.s. Yupqa gazmol yirtil-ganda, suv oqqanda hosil bo'ladigan tovush-ni bildiradi. Shu
payt shir etgan tovush eshitildi-yu, qizning nazarini o'ziga tort-di. J. Abdullaxonov, To'fon.
Yengi chokidan shir etib so'kildi. S. Siyoev, Avaz. Keyin shir etkizib, zanjirini uzib oldi-yu,
qorong'i-likka otib yubordi. S. Siyoev, Yorug'lik.
Chumchuq pir etsa, yuragi shir etadi Har narsadan hadiksiraydigan, salga cho'chiyve-radigan, juda
yuraksiz, qo'rqoq odam xaqi-da aytiladigan ibora. [Xolmat.] Pichoqni shu Hasan akang uradimi?!
Chumchuq pir etsa, yuragi shir ztadi-yu, buning! Hamza, Boy ila xizmatchi. Shir etib Nogahon,
to'satdan. -Ho-zir havo yaxshi, erta-indin shir etib, nam-garchilik boshlansa, qo'l bilan qaysi
birini terib bo'ladi, — dedi Salim ota. H. Nu'-mon, Fasllar. Shir yalang'och Hech narsa kiy-
magan, qip-yalang'och. Xoljon xola o'lib, bir necha ming yildan keyin ko'zini ochsa, mahshar-gohda
yurgan emish.. hamma shir yalang'och. G'ay-ratiy, Dovdirash.
SHIR II [f. — sut] shv. q. sut 1, 2. Binobarin, shoh qullariga muruvvat qilib, beradigan
yemagini andak oshirib, haftaga shir, oyga bir go'sht ham ulashtiradi. A. Muxtor, Chinor.
Shiru shakar [l.m. qandli sut] ad. Ma'-lum bir tartibda ikki tilda yozilgan she'r; shunday she'r
yozish usuli. Maxmurning «Dar sifati Qosim beklarbegi» satirasi shiru shakar usulida yozilgan.
SHIRA I [f. bj-L^> — sharbat, sirop; musallas, vino; ko'knor suvi| 1 Ho'l meva va poliz
ekinlari hosili pishib yetilishi bilan ular tarkibida hosil bo'ladigan shirin suyukdik; sharbat.
Uzumning shirasi. Krvun shirasi. mm U [qozi domla] bir nvcha lahzada kosani tushirib, yupqa
po'stloq ichidan shirasi tomib ketguday bo'lib turgan shaftoliga qo'l urdi. M. Ismoiliy, Farg'ona
t. o. Qovun pishdi, anor qizardi.. senga atab qo'ygan uzumlarim xalta ichida shira bog'lab
yotibdi. I. Rahim, Chin muhabbat.
2 O'simliklar tanasida bo'ladigan suyuq-lik, namlik. Ergash barg shirasi singib ket-gan qadoq
kaftiga boqdi. A. Muxtor, Chinor.
3 Inson yoki hayvon organizmi hujay-ralarida bo'ladigan suyuklik. Ba'zi bezlar o'zidan shira
chiqarib turadi. mm Bular [ba`-zi ovqatlar] oshqozon osti bezi shiralari-ning ko'p-kam
chiqarilishiga yoki oshqozon va ichaklarning harakatiga ta'sir qiladi. N. Ismoilov, Kasallarni
parvarish qilish.
4 s.t. Ko'knor po'stini suvda ezib tay-yorlangan, kayf beradigan ichimlik.
5 ko'chma Biror asar, ran, so'z va sh.k. ga xos mazmun, ma'no. Gapining shirasi yo'q odam. tsh
Bir xalq tilidagi asar ikkinchi xalq tiliga shu asarning butun fazilati, shirasi, jozibasi
saqlanib tarjima qilin-gandagina maqsadga erishiladi. Gazetadan.
6 ko'chma Ohangdorlik, jarangdorlik; yoqimlilik (ovoz haqida). Ovozning shirasi qochgan,
keksalik. A. Muxtor, Opa-singillar.
Ko'zini shira bosmoq Kekkayib, xech kimni tanimay, mensimay qo'ymoq. Yozning nozu ne'matlari
g'animat, sendan darak yo'q. YO brigadir bo'lib, ko'zingni shira bosdimi ? N. Yoqubov, Bo'sag'ada.
Shira tortmoq (yoki bog'-lamoq) I) shira hosil qilmoq, shira to'p-lamoq (q. shira 1). Uzumlar
shira bog'labdi;
2) qaynab yetilmoq; quyula boshlamoq (ba'-zi ovqatlar haqida). Moshxo'rda shira tort-di. Sumalak
ko'p qaynab, shira bog'lab qoldi;
3) yoqimli, jarangdor bo'lmoq, tobiga kel-moq (ovoz haqida). -Hozir Sheroziyning ovozi ayni
shira bog'lagan payt, dong'i Xorazmga tarqalgan, — dedi Sobir aka. J. Sharipov, Xorazm.
SHIRA II [f. UJ^] 1 O'simlik shira-sini so'rib oziqlanadigan mayda tekinxo'r hasharot; o'simlik
biti. Bu yil qovunga shi-ra tushdi. Shiraga qarshi kurashda kimyoviy dorivorlardan foydalanish
lozim. mm Shira ko'p kasofat narsa: g'o'zanshg yosh barglariga yopishdimi, uni bujmaytirib qo'yadi,
qancha-qancha hosili nobud bo'ladi. H. Nazir, So'nmas chaqmokdar.
2 O'simlik biti xayot faoliyati nati-jasida o'simlik barglarida hosil bo'ladi-gan yopishqok,
yaltiroq suyuklik.
SHIRAVA \f. ojuj^i] 1 Sut yuzida ho-sil bo'lgan yangi qaymoq. Shirava qaymoq. Sutning
shiravasini piyolaga olmoq. Shira-vaga non botirib yemoq. mm Yangi sutning mazasi shiravadan
qolishmaydi. R. Fayziy, Balli, ona qizim. Sharofat xola o'g'li Mir-po'latga olib kelgan bir
kosa shirava sutni
37-O'zbek tilining izoxli lug'ati
578
Alijonning oldiga qo'ydi. H. Nu'mon, Fasl-lar. -Oftobchuvoqda nonushta qilib o'ti-ribmiz.
Nonushta quyuq: ikki kosachada shirava qaymoq, uzum, — dedi Shokirjon. 111. Rizo, Qor yog'di,
izlar bosildi.
2 ko'chma Qor, qirov, muz kabilardan xrsil bo'lgan yupqa qatlam. Sovuqdan chelak-dagi suv
shirava bog'labdi. mm Kechasi birin-chi shirava qor yog'ib chiqdi. F. G'ulom, Shum bola.
SHIRAVOR \f. j'jb~~ shirali nar-salar] Qand-qurs, meva-cheva kabi shirin narsalar majmui;
qandolat, shirinliklar. Qurilish ustaxonaei, kiyim tikish, shira-vor tayyorlash.. kabi sexlar
birin-ketin tarqatildi. «Mushtum».
SHIRAVORPAZ [f. ^jlj.^i - shira-vor pishiruvchi, tayyorlovchi] aim. qandolat-chi. Xalq teatrida
shiravorpaz, nonvoy va boshqalarga bag'ishlangan komediyalar uchraydi. M. Qodirov, O'zbek
xalqdramasi.
SHIRAVORPAZLIK ayn. qandolatchi-
lik.
SHIRAVORCHI aim. shiravorpaz.
SHIRADOR \f. ^l`^l - shirasi bor, shiraga ega| aim. shirali. Shirador qovun. tsh Hozir hamma
yerda dag'al va shirador yem-xa-shak tayyorlanmoqda. Gazetadan. Uning har qanday ashula
shinavandasini o'ziga rom qila oladigan kuchli va shirador ovozi bor. H. No-sirova, Men o'zbek
qiziman.
SHIRADORLIK Shiraga egalik, shira-lilik. Tutlarning turi bemaza qovunning urug'idan ham ko'p.
Ammo xalq xo'jaligida tutgan o'rni, mevasining shiradorligi, qiy-mati jihatidan hech biri
balxi tutga to'g'-ri kelmaydi. «Fan va turmush».
SHIRAKAYF \f. + a.^bj^JL - shi-rin kayf] Yengil kayfli, ozgina kayfi bor. Shirakayf kishi.
Shirakayf bo'lmoq. tsh Qum-rini yarim kechada shirakayf eri Salim ara-vakash chaqirib ketdi. H.
G'ulom, Toshkent-liklar. Mansur Rahmonning oldidan shira-kayf holda xayrlashib chiqib ketdi. YO.
Shu-kurov, Uch savol. \Arabjon\ Ba'zi kunlari.. shirakayf kelardi. S. Zunnunova, Izlar.
SHIRALI 1 Tarkibida shirasi bor, shirasi ko'p; shirador. Shiraliuzum. Shirali ozuqa. tsh
Polizlardagi shirali qovunlar kechki kuz sovug'ida yorilib ketib, «meni yenglar», deb termilib
turibdi. J. Sharipov, Xorazm. Butazorning o'rtasi yalanglik. Uer¬da juda shirali o'tlar o'sadi.
S. Anorboev, Oqsoy.
2 Shira yuqli, shira tekkan. Shirali, yuvuqsiz qo'llarini ikki tomonga yoyib, xush-lamayroq,
mehmonga yelkasini tutdi kelin. A. Muxtor, Kumush tola.
3 ko'chma Mazmunli, ma'nodor; sermaz-mun. Shirali gap.
4 ko'chma Xush yoqadigan, yoqimli; jarang-dor (ovoz, kuy va sh.k. haqida). -U[Elmurod\ ba'zan
o'zi ruscha o'qiganlarini gapirib berar, lekin bu, o'qib berganday shirali va ma'nodor bo'lmas
edi. P. Tursun, O'qituvchi. Bu qo'shiq shunchalar yoqimli, shirali ediki, temirchi yigitning
yuragida allaqanday bir hisni uig'otib yubordi. S. Axmad, XUKM-
SHIRALIK Shirinlik. qand-qurs; meva-cheva.
SHIRAPAZ \f. -_^`_^ - sharbat, shirin-lik tayyorlovchi) ayn. shiravorpaz.
SHIRAPAZLIK ayn. shiravorpazlik.
SHIRASIZ 1 Shirasi yo'q; mazasiz. Shi-rasiz meva. Shirasiz ozuqa.
2 ko'chma Mazmuni yo'q, mazmunsiz, ma'-nosiz; zeriktirarli. Shirasiz lektsiya. mm Bu
gazetalardagi ko'pgina materiallar yuzaki bo'lib, shirasiz til bilan yozilgan va gazet-xonlarga
falon jsshda ish yaxshi, falon joida ish yomon, degan xabarlarni yetkazadi, xolos. Gazetadan.
3 ko'chma Xush yoqmaydigan, yoqimsiz (ovoz, kuy va sh.k. haqida). Shirasiz ovoz.
SHIRACH ayn. sirach. Kichkina o'tmas gazan 6ILWH charmlarni kesdim. Shirach bilan bir-biriga
yogshshtirdim. Oybek, Bolalik.
SHIRACHLAMOQ aim. sirachlamoq. Do'p-pi kalning boshiga shgandek yopishib
qolgan edi. T. Obidov, Yusufjon qiziq. Ik-kita yong'oqni chaqib, to'rtta oyog'iga to'rt-ta
pallasini sirachlab kiydirib qo'ydim. Shuxrat, Umr pog'onalari.
SHIRBOZ \f. jb^il Sut emib o'sayot-gan, semiz (qo'zi). ..ichiga shirbozning go'shti-ni qiymalatib
soldirganman. S. Nurov, Nar-von. Temurlang har gal otarga kelganda, Meng-liboy unga shirboz
pishirib berar, yaxshi tushgan terilarni ko'rsatardi. S. Ahmad, Yulduz.
SHIRVOZ q. shirboz. -Xosxonadan ikki bekzot kelgandi.. Unga so'yib berdik shirvoz qo'zingni..
«Orzigul». Sho'x shirvozlarning ora-sida Avaz daladan topgan.. qo'zichalar ham
o'ynoqlab yuribdi. P. Qodirov, Qora ko'zlar. Hozir ayni shirvoz qo'zilar so'yilyapti. SH.
Xolmirzaev, Saylanma.
SHIRGURUCH [f. gi^^-i, - sutli shav-la| Guruchni sutda pishirib tayyorlangan shavlasimon quyuq
taom. Kechqurungi ovqat uchun shirguruch, quymoq, tuxum kabilardan biri beriladi. N. Ismoilov,
Kasallarni parvarish qilish. Shirguruch pishirayotga-ningizda, guruchga oz-ozdan sovuq sut yoki
suv kuyib tursangiz, ezilib ketmaydi. Gazetadan.
SHIRDON [f. jlj^i - sut idishi; quyning oshqozoni] anat. Kavsh qaytaruvchi hayvonlar
me'dasining bir bo'limi. Chay-nalgan ovqat ttilganda, oshqozonnjg to'r-tinchi bo'limiga —
shirdonga o'tadi. «Zoo-logiya».
SHIRZADA \f. — yaxshi emolmaydigan bola; qiltiriq bola] 1 tib. Orga-nizmda mineral tuzlarning
yetishmasligi, modda almashinuvining buzilishi tufayli yosh bolalarda uchraydigan suyak kasali —
suyaklarning o'z vaqtida qotmay, noto'g'ri o'sishi; raxit.
2 s.t. Shunday kasalga chalingan bola.
SHIRILLAMOQ «Shir» etgan ovoz chi-qarmoq. Chit shirillab yirtildi. mm Bir joyda suvni
tizginlashga ulgursa, nariroq-dan shirillab urib ketadi. Oybek, O.v. sha-badalar.
SHIRIN [f. je^-i — mazali, totli; shakarli; yoqimli] 1 Shirasi o'tkir, shirali. Shirin qovun.
Shirin ichimlik. mm Shirin mevalarga o'rgangan og'izlariga bu yerning nordon ne'matlari yoqmadi.
Oybek, Quyosh qoraymas.
2 Ta'mi yoqimli, mazali, lazzatli. Shi-rin sho'rva. mm -Agbatta, albatta, — dedi Sulaymonov
jiddiy qiyofada, — masalan, baliq — ko'p yaxshi narsa, qovurilsa, qanday shirin bo'ladi! A.
Qahhor, Ikki yorti — bir butun. Mening ikki onam bor, Ikkisi ham mehribon: Biri menga sut
berdi, Biri esa shirin non. Uyg'un. ..siz pishirgan taom shu darajada shirin, lazzatli
bo'ladiki.. Mir-muhsin, Me'mor.
3 ko'chma Kishi huzur qiladigan, orom oladigan, lazzatlanadigan, xush yoqadigan; yoqimli,
yoqimtoy. Shirin xayollar. Shirin tush ko'rmoq. Shirin muomala. Shirin so'z sha-kardan shirin. Maqol.
mm Muharram shirin tabassum bilan kuldi-da, bejirim labining ikki burchagji nozik to'r
tutilgan dast-ro'molchasi bilan artib qo'ydi. Shuxrat, Shi-nelli yillar. Bir og'iz shirin so'z —
nondek arzanda. G'. G'ulom. U shovqin-suron ichida shunday shirj uxlardiki, bunday uyqu halol
ishlab charchagan vaqtdagina bo'lishi mumkj. SH. Rashidov, Bo'rondan kuchli. Voy, muncha shirj
bo'lmasang! ..Juda aqlli bolasan-da! S. Siyoev, Yorug'lik. -Do'mbillamay qolsj shu shirjlar-yey! —
deguvchi edi, harbiylarni ko'r-ganda bir o'rtog'im. Oydin, Sadag'ang bo'lay, komandir.
4 Ahil, totuv. Shirin oila. mm Dunyoda bitsj urush, Yer yuzi ko'rmasin dog', Gullasin shirin
turmush, Tjchlik bo'lsin hamma yoq. Q. Muhammadiy.
5 Shirin (xotin-qizlar ismi). Joni shirin O'zini nixryatda ayaydigan,
og'riqqa, og'ir ishga tobi yo'q.
SHIRINAK \f. A - «shirin» s.
dan] Qovun-tarvuzning eng shirin namu-nalarini tanlash va baqolash maqsadida o't-kaziladigan
an'anaviy musobaqa. Poliz-larda mwie'pap ananaslar to'rlar, shakarpa-lak, oqurug'lar dum
berib, ariq bo'ylarida «shirjak» o'yinlari boshlanib ketgandi. H. Nazir, So'nmas chaqmokutr.
Shirinak o'ynamoq Kim tanlagani, kim-niki shirin chiqishi uchun bahslashmoq (qovun, tarvuz
haqida). -Bir shirinak o'y-naymiz, — dedi rais yigitlarga. — Har kim o'zi tak,shb uzib chiqsin.
H. Ibrohimov, Oy-din kechada.
SHIRINDIMOG' [shirin + dimog' 2] Kayfiyati yaxshi, dimogi chog', xursand. Shi-rindimog' yigit. mm
Kechagina mashinachi qo'lidan chikqan, boston yoki koverkotdan tikilgan kostyumingiz bo'lsa,
kayfingiz chog', o'zingiz shirindimog'!S Abduqahxrr, Sanamay sakkiz dema.
SHIRINKOMA Oldi-sotdi vaqtida o'rtada turgan vositachiga, shuningdek, boshqa kishiga (hatto
bolalarga) beriladi-gan haq, pul. Shirjkoma bermoq. mm -Mana bu shirinkomasi, — dedi pulni
uzatib to'ra. - Muhlati — uzog'i bjan o'n kun. J. Shari-pov, Xorazm. -Gapni chalg'itma?! Mendan
shirjkoma undirolmaysan, — dedi Samsoq-boy. B. Rahmonov, Mardlar qissasi.
SHIRINLAMOQ kam qo'll. Shirin qil-moq, maza kiritmoq. - Choylaringizni shirj¬
580
lagani keldim, — dedi Bozorov. — Mana bir paket novvot. I. Rahim, Chin muhabbat.
SHIRINLIK 1 Shirin ta'mga egalik, shiralilik, shirin ekanlik, totlilik, yoqimlilik. Tarvuzning
shirinligi. Suhbat-ning shirinligi. Bolaning shirinligi. sht Shirinligi til yorar, Hidi o'tkir,
bo'yi past. Pishganini ko'rdim-u, Yeyman, deya qil-dim qasd. Uygun.
2 Qand-qurs kabi shirin narsalarning umumiy nomi, shiravor. U yoshligida ham shirinlikka o'ch
edi. SH. Rashidov, Bo'rondan kuchli. -To'ydan shu bolaga atab bir kaft shirinlik ham
keltirmabsan, — dedi O'roz. Oybek, Tanlangan asarlar. Tan unchalik qo-vushmayotgani uchun bo'lsa
kerak, juvon choyni to'xtatdi. Erining yordamida xontaxta us-tini shirinliklardan bo'shatdi. S.
Anorbo-yev, Oqsoy.
3 ko'chma Shodu xurramlik, vaqtichog'lik, xursandlik; yaxshilik. Shirinlik bilan hayot kechirmoq.
To'y shirinlik bilan o'tdi. sht [Hayitjon:] Undan ko'ra, shirinlik bilan, o'ynab-kulib javob
ber-qo'y. Hamza, Paran-ji sirlari.
SHIRINMIYA Dukkaklilar oilasiga mansub, ildizi sanoat va tibbiyotda ish-latiladigan ko'p yillik
o'simlik; qizil-miya. Xayrobod daryolari yotsalarida shirinmiya degan ajoyib to'yimli ozuqa ko'p
o'sadi. Ga-zetadan. Ayniqsa, u yerlarda [Zarafshon qir-g'og'ida] odam bo'yi baravarida o'sadigan
shi-rinmiya molga yoqimli va semirtiruvchi bir yem edi. S. Ayniy, Esdaliklar.
SHIRINSUXAN [f. c^c^j^ ~ shi-rinso'z, yoqimli gapiradigan] ayn. shirinso'z. Shirinsuxan ayol. sht U
ham xotiniday juda shirinsuxan, hazilkash odam ekan. S. Anorbo-yev, Mehr. U mast bo'lganda,
birov bilan urishmas, aksincha, inoq bo'lib.. ashulalar aytib berardi. Juda shirjsuxan va bir
oz ezma bo'lardi. Mirmuhsin, Umid.
SHIRINSUZ Gapi, so'zi kishiga yoqa-digan, yoqimli gapiradigan; shirinsuxan. Shirinso'z yigit. sht U
odamlarning hammasi ham muloyim, sermulozamat, serta'zim, shi-rinso'z bo'lar edi. A. Qahhor,
Sarob.
SHIRINSO'ZLIK Shirin, yoqimli so'z aytish, shunday xislatga egalik; shirinso'z ekanlik. Munisxon..
kelinchakday abjirlik bilan Saidiyning qo'lidan pal`tosshi olib, qoziqqa ildi va o'shanday
shirjso'zlik bilan ichkariga taklif qildi. A. Qahxrr, Sarob. Bu xotinda, shirinso'zligi va
tashqi ko'rini-shini hisobga olmaganda, satanglikdan uchqun ham yo'q edi. S. Zunnunova, Gulxan.
SHIRINTAK: shirintak o'inamoq shv. ayn. shirinak o'ynamoq q. shirinak. Qovun sa-yillarida
shirintak o'ynovchilar faqat Kat-taqishloq qovunlarini tanlar va uni qidi-rar edi. I. Rahim,
Hayot bulokdari.
SHIRINTOY s.t. Yosh bolalarni suyib, erkalab aytiladigan so'z; yoqimtoy. Bobom qa-lj lablarji
jo'rttaga qabartirib: -Bo'b-bo'b-bo'b.. Aylanay shirintoydan, — dedi. Oy-bek, Bolalik.
SHIRINTOMOQ Mazali, shirin ov-qatni yaxshi ko'radigan, shunga o'rgangan. Shi-rintomoq xotj. shsh
Sohibkor o'zbeksan, bu yer — polizshg, Men esa — shaharlik bir shi-rintomoq. G'. G'ulom. Bu yerda
shirintomoq bo'-lib qolgansan. P. Tursun, O'qituvchi.
SHIRINCHA I tib. Bolalarda organizm-ning zaiflashuvi tufayli badanga mayda qizil yara-chaqa
toshishi bilan ifodalana-digan kasallik. Shirjcha toshgan bola. Shi-rincha yarasi.
SHIRINCHA II Sachratqining xalq ora-sida tarqalgan nomi (q. sachratqi 2).
SHIRIN-SHAKAR 1 Juda shirin, ni-hoyatda shirin. Shirin-shakar qovunlar.
2 kam qo'll. Turli shirinliklar majmui. G'iyosiddin a'lamnjg kosovga o'xshagan qop-qora
qo'llarida esa turli noz-ne'mat, shirj-shakar, qand-qurs, namup-shirmonlar bilan bezatilib,
ustiga shoyi ro'molchada qittay tuz qo'yilgan kattakon barkash bor edi. M. Ismoiliy, Farg'ona t.
o.
3 ko'chma Xulq-atvori yoqadigan; yoqimli; suyumli. Shirj-shakar bolalar.
SHIRIQ taql.s. Metall, shisha parcha-lari kabi narsalarning bir-biriga uri-lishidan hosil
bo'lgan tovushni bildiradi. Shiriq etmoq. Piyola sjig'i shiriq etib yer-ga tushdi.
SHIRIQLAMOQ «Shiriq» etgan tovush chiqarmoq; shiqirlamoq. Stol turli noz-ne`-matlar bilan
bezatilgan, uning bir chetida-gi kichkja sariq samovar ustida turgan qi-zil choynakning
qopqog'i shiriqlar edi. A. Qah-hor, Kartina. Ot tuyoqlari bo'g'iq tap-tup qiladi, egar-
jabduqlar asta shiriqlaydi. S. Anorboev, Go'zallik izlab.
581
SHIRK [ya. - birga qatnashish, she-riklik; Allohning sherigi bor deb hisob-lash; ko'pxudolilik]
din. Allohning zotida, sifatlarida, ismlarida, ishlarida va xukmlarida sherigi bor, deb
e'tiqod qilish (shirk kechirilmaydigan katta gunoh xisob-lanadi).
SHIRKAT \a. CAJJL — sheriklik; utosh-ma] 1 Ma'lum ishni birga amalga oshirish maqsadida
birlashgan kishilar hamkorli-gi, o'rtokdik uyushmasi, ixtiyoriy birlash-masi. Ular yer, suv, ot-
ulov, omoch-bo'yin-turug'ini bir yerga to'plab, katta shirkat tuzishdi. H. G'ulom, Mash'al. Zum
o'tmay: «Hamma shirkat idorasiga borsin, Oxunboboev va'z aytadi», deb xabar qilishdi. R.
Rahmo-nov, Izida gul ungan.
2 Teng huqukdi ishtirokchilardan tash-kil topgan sanoat yoki savdo uyushmasi. Paychilik shirkati.
mm Abdullaning otasi Aziz aka kerosinfurush edi. Ot-arava bilan ko'chama-ko'cha yurib, Nobel`
shirkatining kerosinini sotar edi. G'. G'ulom, Shum bola. U [Mirzo] Nikolay zamonasida
shirkatlar-da, firmalarda mirzolik qshib, o'z xizmatini manzur qilgan edi. A. Qaxdor, Mirzo.
SHIRMA \nem. Schirm < lot. corium — teri, ko'n] 1 Xonani bo'lish, ayirish uchun ishlatiladigan
maxsus yig'ma to'siq, parda devor. Mohidil shirma orqasiga o'tib, yechina boshladi. J.
Abdullaxonov, To'fon.
2 ko'chma s.t. Yashirish, pardalash uchun xizmat qiluvchi shaxs, narsa, xatti-harakat.
SHIRMOY(I), shirmoy(i) non [f. JL>^ — sut qo'shilgan non] Oliy navli unga no'-xat unidan qo'shib,
sut va yog' solib tay-yorlangan non. Yigitcha o'chakishganday set-kada shirmoyi ko'tarib o'tib
ketdi. I. Qa-landarov, Shoxidamas, bargida. Faxriddin bozordan, otasi tayinlagancha, ikkita
shir-moy non, yarim qadoq pista oldi. A. Qahhor, Boshsiz odam.
SHIRMON, shirmon non s.t. Shirmo-y(i). Qiz shirmondan bir burda ushatib, yi-gitga uzatdi. H.
G'ulom, Toshkentliklar. ..savatlardagi shirmon nonlarni ko'rganda, bolaning ko'zlari olayib,
ichdan «ana ovqatu mana ovqat!» debqo'ydi. P. Tursun, O'qituvchi.
SHIROLG'A shv. Ovlangan ov, o'lja yoki yutuqning birovga beriladigan qismi; cho'-tal. Shunday
merganlar o'zimizning elda bir nima olib kelayotsa, birov, shirolg'a, deb oldiga chiqsa, ikkita
bo'lsa — bittasini, bitta bo'lsa, yarimtasini shirolg'a, deb be-rib ketadi. «Yodgor».
SHIRT taql. s. Ip, barg kabilar uzil-ganda yoki qirqilganda chiqadigan qisqa tovushni
bildiradi. Ip shirt etib uzildi. U gulni shirt ztib kesib oldi.
SHIRXO'RA [f. bjj^j+i, - sut ichgan; emizikli bola] Bir onani emgan, emish-gan; emikdosh. Lekin
Xolmo'minning onasi o'ldi, bola etak ostida qoldi, Xolbekaning onasi emizib katta qildi.
Bular shirxo'ra bo'lib, nikoh yurmaydigan bo'lib qoldi. «Kun-tug'mish».
SHIRXO'RDA [f. a-ij^ix - sutli xo'r-da; sut ichgan] Sutda pishiriladigan xo'rda. Ba'zida..
shirqovoq va shirxo'rda kabi taom-lar, soviganda ham o'z lazzatini yo'qot-maganligi uchun,
yozning issiq kunlarida so-vuq osh sifatida iste'mol qilinadi. K. Mahmudov, O'zbek tansiq
taomlari.
SHIRCHOY I [f. + xit. J^.^ ~ sutli choy] Maromi bilan choy, tuz, sariyog' va murch solib
qaynatilgan sut. Shirchoy ichmoq. mm [Munavvar] Nonushtaga, odatdagiday, shir-choy tayyorlagan
edi. S. Anorboev, Mexr. Yo'l-doshalining onasi ikki chinni kosada shirchoy uzatdi. S. Abdulla,
Mavlono Muqimiy.
SHIRCHOY II [f. + xit. jU.^] Atir-gullilar oilasiga mansub, ildizi bo'yoq va ishqor moddalariga
boy ko'p yillik o't.
SHIRQ ayn. shiriq. Shirq etib eshikning qulfi ochshdi. U. Nazarov, Birinchi uchrashuv.
SHIRQILLAMOQ «Shirq-shirq» etgan tovush chiqarmoq, shiriqlamoq, shirqi-ramoq. Belda bellik
bilqillab, Mehtarada suv shirqillab, Yo'lga tushdi qirq botir, Bedov otlar pirqillab.
«Xushkeldi».
SHIRQIRAMOQ «Shirq-shirq», «shi-riq-shiriq» etgan ovoz chiqarmoq. Oqqan suvday shirqirab,
Shamolday bo'p boradi. «Ravshan».
SHIRQOVOQ Sut va oshqovoq solib pishiriladigan xo'rda. Kechki ovqatga xo'-jayin shirqovoq
qildirgan ekan, olib chiqib, oldimizga qo'ydi. G'. G'ulom, Shum bola.
SHITIR taql. s. Quruq o't, shox-shabba, qog'oz va sh.k. ning qo'zg'alishidan hosil bo'ladigan
tovushni bildiradi. Shitir et-moq. Shitir etgan sharpa. Agchanarsa shitir etib ketdi. mm -Men
«shitir» etgan to-vushdan hadiksirayman, gapning rosti, o'z
582
do'stim Xolboydan ham hadiksirab o'tirib-man, — dedi Usmon. O. Husanov, Qo'shiqchi-ning
taqdiri. Ammo shipshisi shoxlar shi-tiriga qo'shilib ketdi. Hayot eshitmadi. M. Ismoiliy, Farg'ona
t. o.
SHITIRLAMOQ «Shitir» etgan tovush chiqarmoq; «shitir-shitir» qilmoq. Tol va teraklar yengilgina
tebranar, yaproqlar esa chapak chalib shitirlardi. Gazetadan. Qamish-lar sirli shitirlar..
qushlarning uzuq-yuluq chirkillagan sasi eshitilib qolardi. E. Us-monov, Yolqin.
SHITOB [f. <_>LLi — shoshilgan; shosh-qaloklik, hovliqmalik; tezlik] 1 Harakat-ning
bajarilishidagi tezlik; shoshilish, oshiqish. Jonim olurg'a keldingiz, Muncha shi-tobingiz shlsh ?
Huvaydo. Kema suvning shid-datiga dosh berolmay chayqalar.. G'ayrat bo'-tana suvning shitobiga
qarab o'ylardi. M. Hazratqulov, Jur'at.
2 Tezlik bilan, tez. Velosipedni shitob haydab kelganidan, nafasi og'ziga tiqilib, aft-
basharasi terlab ketgan edi. H. Nazir, Ko'kterak shabadasi. Kelganining ikkinchi kuniyoq shitob
remontga unnadi. H. Shams, Dushman.
Shitob qilmoq (yoki aylamoq) Tezlik bilan harakat qilmoq; shoshilmoq. Har urn-da shitob
qilmag'aysan, Bu demak, murodg'a yetmag'aysan. «Fan va turmush». Oynako'lga borib qoldim,
aylabmen shitob, Ko'k kamzulli u ohuni izlab sarsari. A. Oripov.
SHIFER [nem. Schiefer] Asbest bilan sementdan yoki slanetsdan tayyorlanadigan va tom yopish uchun
ishlatiladigan binokorlik materiali. Tom yopish uchun ikki yuz maxma shifer kerak. mm
Darvozaxona oldidagi usti shifer bilan yopilgan omonat garajda.. eski bir «Moskvich» turibdi.
S. Ahmad, Ta'zim.
SHIFO [a. — davolanish, sog'ayish; dori-darmon] 1 Kasallikdan xalos bo'lish; sog'ayish, tuzalish.
[Shokir ota:] Endi shi-foni yolg'iz ollodan, xalloqi olamdan so'ra. Tabiblarning tabibi u.
Oybek, Tanlangan asarlar. Ammo eshonga ixlos qo'yib, undan shi-fo umid qilib, kasallarni olib
borib o'qi-tadilar. S. Ayniy, Esdaliklar.
Xudo (yoki ollo) shifo bersin Bemorga tasalli berish uchun aytiladigan ibora. Ollo Tohirjonga
shifo bersin, niyashim shu. Oybek, Tanlangan asarlar. Tilanchi kampir yana qo'lini ko'tarib: -Xudo
shifo bergay! — deb duo qildi. S. Ayniy, Qullar. Shifo topmoq Kasaldan xalos bo'lmoq;
tuzalmoq. Tabib qo'y jigarini xom kabob qilib, bujg'un sepib yeng, degan ekan, bir-ikki
qipti, lekin dardi shi-fo topmabdi. M. Ismoiliy, Farg'ona t. o.
2 Biror kasallikdan xalos bo'lish, so-g'ayish vositasi; davo, dori. Chortoq suvi ko'p
dardlarning shifosi. S. Abdulla. E, e, bolam, tog' havosiga nima yetsin. Turgan-bitgani
shifo-ku. S. Anorboev, Oqsoy.
SHIFOBAXSH [a. + f. 0t,4.U,t, - shifo bag'ishlovchi, shifo bo'luvchi] Salomatlik-ni yaxshilaydigan,
shifo bo'ladigan, davo bo'ladigan; shifoli. Shifobaxsh havo. tsh Ma'lumki, O'zbekiston quyoshining
shifobaxsh xususiyatlari cheksiz. M. Jalolov, Shifo-kor. [Qudrat ariqdagi suvdan bir hovuch
olib.\ Sening bu shifobaxsh suvingga o'n yil tashna bo'ldim. 3. Said, N. Safarov, Tarix tilga
kirdi.
SHIFOBAXSHLIK Shifo baxsh etish, shifo bo'lish xususiyati. Shifoxonaning.. mi-neral suvlari
shifobaxshlikda dengiz suvi-dan qolishmaydi. Gazetadan.
SHIFOKOR [a. + f. J\S.\J^U - shifo-lovchi, davolovchi] 1 Umuman, kasallikdan xalos qiluvchi;
davolovchi. Shifokorlar qa-dimgi davrlardayoq zaharli moddalarning inson sihat-salomatligi
uchun nafi borli-gini e'tirof etganlar. 3. Egamberdiev, Za-harning nafi. Qishloq vrachi ham
shifokor, ham ma'rifatchi bo'lmog'i zarur. Gazetadan.
2 Tibbiyot institutini bitirgan va da-volash-profilaktika hamda sanitariya-epi-demiologiya
muassasalarida ishlash xuquqiga ega bo'lgan mutaxassis; vrach, do'xtir. Yomon shifokorning
qotildan farqi yo'q. O'. Ho-shimov, Hyp borki, soya bor. Ish kuni oxiri-da shifokorlar,
hamshiralar, sanitarlar ketib, navbatchilar kelishadi. Gazetadan.
SHIFOLAMOQ kam qo'll. Kasallikdan xalos qilmoq, davolamoq. Tabib — tabib emas, boshidan o'tgan
— tabib, deganlari singari, men ham mayda-chuyda kasallarni shifolab turaman. M. Ismoiliy,
Farg'ona t. o. Maksim aka ana shunday choqlarda, ayniq-sa, betoqat bolalarning sinig'ini
ushlab, chiqig'ini solayotganda, ularni ovuntirib, ko'nglini topib shifolardi. I. Rahim, Chin
muhabbat.
SHIFOLI 1 ayn. shifobaxsh. Bu shifoli suvning yaxshi xususiyatini eshitgan va bu yer¬
583 ?^
da davolanishni istaganlar tobora ko'pay-moqda. Gazetadan.
2 Shifosi bor, davolab bo'ladigan. Shi-fosiz kasalga har bir dori-darmon zahardek amal qilar
ekan.. shifosi bo'lsa-chi, suv ham doridek yaxshi amal qilib, bemor tuzalave-rar ekan. Oybek,
Tanlangan asarlar.
SHIFOLIK Shifo bo'lish xususiyati. Bu o'simlikning shifoligi bor. mm Bir gal ikki mullavachcha
o'rtasida, shifolik uchun bo'za ichilsa, halolmi, harommi? degan masala ustida talash chiqdi..
\Eshon\ «Azbaroyi shifolik uchun bo'za ichilsa, halol!» deb javob berdi. P. Tursun, O'qituvchi.
SHIFON [fr. chiffon - latta] Yupqa ip yoki ipak gazlama. Bir kiyimlik shifon. mm Farg'ona ip-
gazlama kombinati kalava ip, shifon, xom surp.. va boshqa mahsulotlarni ishlab chiqaradi.
Gazetadan.
SHIFON`ER [fr. chiffoner < chiffon -latta] Kiyim-kechak saqlanadigan shkaf, javon. Sobirjon
yanauyga kirdi. Shifon`er-ni ochib karasa, faqat o'z kiyimlari osilib turibdi. S. Shamsieva,
Sepsiz kelin. Shi-fon`er oynasiga qarab, sochini o'rib turgan Halima qah-qah urib kulib
yubordi. H. Ziyo-xonova, Qishloqi.
SHIFOSIZ Davosi yo'q, tuzalmaydi-gan. Tohirjon kinoya bilan jilmaydi: -Shi-fosiz kasalga har
bir dori-darmon zahardek amal qilar ekan. Oybek, Tanlantan asarlar.
SHIFOXONA [shifo + xona] Davolash muassasasi; kasalxona. Bolalar shifoxonasi. mm Tibbiy
hamshira bo'lsa kerak, oq xalat, oq qalpoqli juvon kelib, Murodovani shi-foxonaga taklif
etdi. I. Rahim, Ixlos. Pirimqul bir necha oy shifoxonalarda davo-landi. Nazarmat, Jo'rlar
baland sayraydi.
SHIFOCHI s.t. kam qo'll. ayn. shifokor. Hozir har bir mahagyuda, qimyuqda o'nlabxalq shifochshyuri —
doktorlarni ko'rish mumkin. Gazetadan.
SHIFR [fr. chiffre - raqam, son < a. — nol`; hech narsa; bo'sh] 1 Maxfiy yozish-malar uchun
ishlatiladigan shartli alifbo; maxsus maqsadlar uchun mo'ljallangan shart-li belgilar majmui.
Shifr bshan yozilgan telegramma. Xatni shifr bilan yozmoq.
2 Kutubxona kitoblariga, ayrim xuj-jat va sh.k. ga qo'yiladigan ro'yxat raqami, boshqalardan
farqlovchi belgi.
SHIFRLAMOQ 1 Shifr bilan yozmoq. Telegramma matnini shifrlamoq.
2 Kutubxona kitoblari, hujjat va sh.k. ga ro'yxat raqami yoki biror belgi qo'yib chiqmoq.
Kitoblarni shifrlamoq. Hujjat-larni shifrlamoq.
SHIFT Xona, ayvon va sh.k. ning ichki tepa qismi, tomning xona ichidan ko'rina-digan tepa
qismi. Bir vaqtlar turli rang-lar bilan bo'yalgan uyning shiftlari otash-donda yoqilgan o't
tutunidan xiralangan. H. Shams, Dushman. O'qituvchilar xonasining shiftida to'rt chiroqli qandil
yonib turar-di. O'. Hoshimov, Qalbingga quloqsol.
Shiftdek bo'lib Butun bo'y-basti bilan tik holda (novcha odamlarga nisbatan qo'l-lanadi). Endi
ketmoqchi bo'lib turgan edim, qaerdandir shiftdek bo'lib Qodirbek paydo bo'libqoldi. M. Qoriev,
Oydin kechalar. See-Mam Sunnatov qo'shnisi tomonga qaragancha, qorong'ida shiftdek bo'lib
turardi. U. Us-monov, Sirli sohil.
SHIXANG: shixang bermoq Biror yomon ish yoki harakat qilishga undamoq, tezla-moq, gijgijlamoq;
birovga qarshi yo'nal-tirmoq. Eriga shixang berishga odatlangan ayol.
SHIXANGLAMOQ ayn. shixang bermoq q. shixang. To'ngiz qo'pgur o'sha «Qorag'ujanak» shixanglayaptimi
sizni?Yomon yo'ldoshdan yo'n-magan tayoq yaxshi, deganday bir kun sizning boshingizga yetadiu. J.
Abdullaxonov, To'fon.
SHIXTA [nem. Schicht] maxs. Xomashyo (ruda, kvarts qumi va sh.k.) va yoqilg'i ara-lashmasidan
iborat, eritishga tayyorlangan qatlam. Shisha pishirishda dastavval, shix-ta — xomashyo aralashmasi
tayyorlanadi. M. Aminjonova, Shishaning kashf etilishi tarixidan.
SHISH Organizm to'qimalarining tash-qi ta'sir yoki kasallik tufayli bo'rtib chi-qishi; bo'rtma;
o'sma. Yomon shish. Upka shishi. Shishni davolamoq. mm -Axir darmonim yo'q, bod kasalim bor, oyog'im
shish, bu yil menga rahm qiling, — deb yalindi Sharif ota. J. Sharipov, Xorazm. Agar bu shish
gazak shishi bo'lsa, paxtadog' foyda qiladi, lekin rak shishi bo'lsa, avj oldiradi. A. Qaxdor,
Qo'sh-chinor chirokdari.
SHISHA [f. * ¦¦¦ — oyna, shisha; bu-tilka] 1 Kvarts qumiga boshqa ba'zi mod-dalarni qo'shib eritish
va kimyoviy ishlov
berish yo'li bilan olinadigan qattiq va shaffof material; oyna. Shisha eritadigan pech`. Shisha
ishlab chiqarmoq. mm Bu dok-torxona to'g'risida Sotiboldining bilgani shu: salqin, tinch..
baland va chiroyli oq imorat; shisha qabzali eshigida qo'ng'iroq tugmasi bor. A. Qahhor, Bemor.
Shisha rang, shisharang Nihoyat toza, musaffo, shaffof. Shisha rang osmon. mm Sharqirab oqayotgan
shisha rang suvning jilosida.. endigina uyqusidan turgan, hali yuzlarini yuvib ulgurmagan
tong. R. Fayziy, Balli, ona qizim!
2 Shunday materialdan yasalgan xar xil shakldagi turli idish va buyumlar. Bir shisha atir. Pivo
shishasi. mm Uning baxtiga bir vaqtlar stadionda birgalashib bo'sh shisha-lar tergan bolalardan
biri yo'liqib qoldi. I. Rahim, Tinimsiz shahar. Lekin bu o'q-larning biri devorni teshib
ketdi, ikkinchi-si chiroq shishasini chil-chil sindirdi. H. G'u-lom, Mash'al.
SHISHADAM \f. ^J4,?IJ.-I - shishani damlovchi, puflovchi] Shisha sanoatida: puflab shisha buyumlar
yasovchi ishchi.
SHISHADOSH ayn. butilkadosh. Mensiz holingiz nechuk, Shishadoshlar, assalom. «Mush-tum».
SHISHAK[f. ,^,MJ,7i — biryoshli ko'y] Bir yoki ikki yoshli qo'y.
SHISHASOZ \f. jLw4,7,_, .7, - shisha yasov-chi] Shisha sanoatida ishlovchi shaxs. Shi-shasoz sharni
tvmir qoplama ichiga solib, shu ko'rinishida unga patent oldi. «Fan va tur-mush».
SHISHINMOQ 1 Shishmoq 1-3 fl. o'zl. n. Bemor bir oz shishingan edi.
2 ko'chma Manmanlik bilan kekkaymoq, mag'rurlanmok, kibrlanmoq. -Sizga o'xshagan tajribakorlar
bilan kengash qilgan edim, chaqirtirsam, bormadingiz, — dedi Turg'unov. -Qachon? Hech xabarim
yo'q, — sal shishinib dedi Bo'riboy. H. Nazir, O'tlar tutashganda. Rahbar shishinsa, elni
xonavayron qiladi. N. Yoqubov, Jon.
SHISHIRMOQ 1 Shishmoq 1-3 fl. ort. n. Ari chaqib, qovog'imni shishirib yubordi. Sharni puflab
shishirmoq. Velosiped kame-rasini damlab shishirmoq. Ho'l beda sigir qor-nini shishirib yuboradi.
mm Samandarov ku-lib yubormaslik uchun lunjini shishirdi va jaxl bilan stolning tortmasini
tortib, uning arizasini qidirgan bo'ldi. A. Qahhor, Qo'shchinor chiroqlari.
2 ko'chma Oz, kichik narsani ko'p yoki kat-ta qilib ko'rsatmoq, mubolag'a qilmoq. Ba'-zilar
asarning ijobiy tomonini shishirib ko'rsatishga urinadilar. mm Mening yo'q gu-nohimni shishirgan
o'shalar. Shuhrat, Jan-nat qidirganlar.
Miyani (yoki kallani) shishirmoq Miya-ni nihoyatda charchatmoq, holdan toydirmoq, gangitib qo'ymoq.
Sahardan oqshomgacha charx-ning g'uv-g'uvi kallani shishiradi. Oybek, Ulug' yo'l.
SHISHMOQ 1 Organizmda yoki uning biror qismida tashqi ta'sir yoki kasallik tufayli shish hosil
bo'lmoq. Uning oyog'i shishib ketibdi. mm Ko'p yig'laganlikdan [Kumushning] ko'zlari qizargan,
qovoqlari shishgan, yuzlari bo'rtgan edi. A. Qodiriy, O'tgan kunlar. Chol qo'ylar shishib o'lgan o'sha
baxtsiz hodisadan beri o'g'liga bunchalik shi-rin gapirmagan edi. S. Anorboev, Oqsoy.
2 Bo'rtib kattalashmoq; bo'rtmoq. U har tosh ko'targanda, bilagidagi, bo'yinlaridagi tomirlari
barmoqdek-barmoqdek bo'lib shi-shib chiqadi. S. Ahmad, Yo'lda.
3 Havo, gaz va sh.k. bilan to'lib ken-gaymoq, qappaymoq. Bola qancha puflasaham, pufak
shishmadi. mm Nusratbek katta uy-ning bir tavaqa derazasini balkonga qara-tib ochib qo'ydi.
To'rpardalar shishib, uyga iliq shabada kirdi. S. Nurov, Maysalarni ayoz urmaydi.
4 ko'chma cm. Semirmoq, semirib ketmoq, to'lishmoq. -Men shishib ketsam, sen sim-yog'ochdek
qolibsan! — dedi Xo'jaqul va qiy-qirib kuldi. O. Yoqubov, Tilla uzuk.
5 ko'chma G'ururlangan, dimog'i ko'taril-gan holatda bo'lmoq. Matjon bobo, shishmang, ko'pirmang,
Sizni ko'kka olib chiqdi bang. E. Rahim, Yangi qadam. Bunaqa qulayliklarga u ilgari ham
osonlikcha erishardi.. tug'ma talantim bor, deb ko'kragiga urib qo'yardi. Hozir esa talantga
shishadigan xonasi emas. «Yoshlik».
Boshi (yoki miyasi, kallasi) shishmoq
Nima qilarini bilmay hayron holatda bo'lmoq; boshi qotmoq. Eshitdim, lekin nima chora qilasiz?
Shu kunda hammaning boshi shishgan. Oybek, Tanlangan asarlar. Doicha kim.. nechta erkak va nechta
xotin aytila-dir va kimlar ? — mana shuningdek masalalar
585 ^GU^
bilan O'zbek oyimning miyasi juda ishshgan edi. A. Qodiriy, O'tgan kunlar. Dimog'i shish-moq Juda
ham kekkayib ketmoq, hech kimni nazar-pisand qilmaydigan bo'lmoq. Juda dimog'ingiz shishib
ketuvdi, bundan buyon qadamingizni bilib bosadigan bo'lasiz. O. Yoqubov, Bir fel`eton
qissasi. O'pkasi shish-moq 1) qattiq yugurish va b. sababli nafas olishi og'irlashmoq, o'pkasi
tiqilmoq. Ro-ziq.. o'rnidan turdi-da, yugurganicha ketdi. Saldan keyin o'pkasi shishdi, oyog'ida
darmon qolmadi. S. Anorboev, Oqsoy; 2) yig'lar da-rajada alam qilmoq, o'pkasi to'lmoq. Devo-
naning o'pkasi shishib ketdi. Ermakchilar uning yuragiga galma-gal o't yoqar edilar. A. Qodiriy,
O'tgan kunlar.
SHIQ taql.s. Mo'rt narsa singanda yoki ikki qattiq narsa bir-biriga urilganda hosil bo'ladigan
tovushni bildiradi. Shiq-shiq tovush eshitildi.
Shiq etmoq «Shiq» degan tovush chi-qarmoq. Birdan eshik shiq etib ochildi. E. Rai-mov, Ajab
qishloq. Saroy amaldori prezi-dent bandligini, gaplasha olmasligini ay-tib, shiq etib
trubkani ildi. Mirmuhsin, Chodrali ayol.
SHIQILDOQ Silkiganda «shiq-shiq» tovush chiqaradigan, shiqirlaydigan bola-lar o'yinchog'i;
shaqildoq. Marziya xola kich-kina shiqildoqni olib kelib, nevarasining qo'liga tutqazdi. S.
Zunnunova, Go'dak hidi.
SHIQILLAMOQ «Shiq-shiq» etgan tovush chiqarmoq, shiqirlamoq. Choyxonada odam ko'p. Ba'zan
choynaklarning qopqog'i shiqillab qoladi. Shuhrat, Shinelli yillar.
SHIKDLLATMOQShiqillamoqfl. ort. n. Barmoqlarni shiqillatmoq. tsh Mashinka shiqillatib o'tirgan
sekretar` qizning betiga ham qaramay: «Kiring», deb o'tib ketdi. S. Ahmad, La'li Badaxshon.
Tuyog'ingni shiqillat Jo'nab qol; yo'qol, ket. Lekin Jalilovga o'xshaganlar: «Ko'p qa-tori
olaringni oldingmi, tuyog'ingni shiqil-lat!» deidilar. N. Safarov, Uzoqni ko'zla-gan qiz.
SHIQIR ayn. shiriq. Eshik zanjiri shiqir etib ochildi.
SHIQIRLAMOQ «Shiqir-shiqir» to-vush chiqarmoq. Motor gurulladi. Seyalkalar shiqirlab, ishga tushib
ketdi. SH. G'ulomov, Tashabbus.
SHIG': yuragi shig' etib ketdi ayn. yuragi shuv etib ketdi q. shuv. Axmadjon yalt etib, tovush
eshitilgan tomonga qaradi. Qaradi-yu, yuragi shig' etib ketdi. F. Nasriddinov, Ko'ngil.
SHIG'A Ko'p darajada, g'oyat mo'l, bir tekis va g'uj-g'uj. Olcha shig'a gulladi. mm Ko'krakkacha o'sib,
atrofga shox yoygan, tagi-dan to uchigacha shig'a ko'saklagan bo'liq g'o'za-lar. H. Nu'mon, Qahramon
paxtakor. Hamma joyda shig'a hosil, uni o'z kuchimiz bilan te-rib olish amri mahol. M. Jo'ra,
Quyoshdan nur emganlar.
SHIG'AB 1 Bir tekisda to'xtovsiz va tez; zo'r berib; jon-ja\d bilan, astoydil. Yopirshshb, shig'ab
tering, o'rtoqlar. Uloq olib, dong chiqarsin qishlo`^yur. A. Po'lat. [Mohidil] To'shakni tark
etmoq niyatida doktorning aytganlarini bajonidil bajarar, ishtahasi bo'g'iqligiga qaramay,
shig'ab ovqat yer, kuch shg'ishga urinardi. J. Abdullaxonov, To'fon. Yerga bir zum egildi-da, shig'ab
toshbo'ron qilishga tushdi. N. Norqobilov, Bekatdagi oq uycha.
2 ayn. shig'il. G'o'za hozir shig'ab ko'sakka kirgan. H. Nazir, Bir tup g'o'za.
SHIG'ALAMOQ q. shuvalamoq. Yomg'irlar shig'alab yog'ar bag'rimga, Tag'larim yuzidan o'par samolar.
Gazetadan.
SHIG'IL 1 Bir tekis; qiyg'os. Daraxt-lar shig'il gulga kirgan, bog'da zing'illab asalarilar uchib
yuribdi. J. Sharipov, Sao-dat. O, shig'il gullabdi olucha, bodom.. To'lqin.
2 ayn. shovul II. ..o'ychan ko'zlarini shig'il shoxlari yerga tegay-tegay deb turgan shaf-toliga,
uzoq-uzoqlarga tikdi. A. Rahmag', Ellik bir bahodir. Anor daraxtlarida anor shig'il,
choynakday-choynakday bo'lib osilib yotibdi. A. Qahhor, Anor.
SHIG'ILLAMOQ 1 «Shig'», «shig'-shig'» etgan tovush chiqarmoq. Devor tagida dosh-qozon, uning yonida
qumg'on-samovar shig'il-lab qaynab turibdi. S. Siyoev, Avaz.
2 ayn. g'izillamoq. Snaryadlar shig'illab kelib, gumburlab, to'fon ko'tardi. Shuhrat, Shinelli
yillar. Katta kema daryo suvida shig'illab suzib borardi. J. Sharipov, Xo-razm.
Yuragi shig'illab ketdi aim. yuragi shuv etib ketdi q. shuv. G'ulomjon Hayotni ko'rdi-yu, yuragi
shig'illab, ko'z o'ngi xiralandi. M. Ismoiliy, Farg'ona t. o. Me'morning yuragi
586
shig'illab ketdi. U yana miq etmay qoldi. Mirmuhsin, Me'mor.
SHIG'IRLAMOQ ayn. shig'illamoq.
Baland tog'da shig'irlagan tosh endi.. «Ha-sanxon».
Yuragi shig'irlab ketdi ayn. yuragi shig'illab ketdi q. shig'illamoq. Dilshod ta-barruk yerga qadam
bosganda, yuragi shig'irla-gan odamday, ostonadan avaylab hatladi. M. Ismoiliy, Farg'onat. o.
SHIG'OVUL map. Buxoro va Xiva xon-liklarida elchilarni kutib olish, ularni xon huzuriga olib
kirish, saroydagi qabul marosimlarini boshqarish va nazorat qi-lish bilan shug'ullangan
mansabdor shaxs. Ertalab xon saroyidan shig'ovul egarlog'liq bir ot keltirib, ta'zim bilan
elchini arkka chorladi. M. Osim, Elchilar.
SHIG'RAYMOQ ayn. shing'raymoq (g'ilay ko'zli odam haqida). A'zam bir ko'zini shig'-raytirganicha
baqrayib, ko'chada qoldi. Shuh-rat, Jannat qidirganlar.
SHKALA [lot. scala — narvon, zina < scandere — ko'tarilmoq] 1 O'lchov asbobla-rining daraja
ko'rsatuvchi chiziqlari, ra-qam ko'rsatkichi yoki siferblati. Termo-meshr shkalasi. mm Normat
ratsiyaning qu-log'ini burab, shkalasi ustidagi strelkasi-ni yo'rg'alata boshladi. I. Rahim, Chin
mu-habbat.
2 Biror kattalikni, miqdor, xususiyat va sh.k. ni o'lchash yoki baholash uchun qabul qilingan
sonlar sistemasi. Ish haqi shka-lasi.
SHKAF [r. < nem. Schaff - idish javo-ni] Turli anjomlar solib qo'yiladigan mebel` turi;
javon. Oynali shkaf. tsh ..de-vor tagidagi kitoblar solingan shkaf us-tida allakimning
haykalchasi turardi. O'. Hoshimov, Qalbingga quloqsol. Shkafichiga turli tog' jinslaridan
olingan namunalar qalashtirib tashlangan. S. Karomatov, Ol-tin qum.
SHKIV [goll. schijf] tex. Bir o'qdan ikkinchi o'qqa tasma yoki arqon orqali ha-rakat uzatadigan
ikki g'ildirakdan biri. Motorlarning guvullashi, shkivlarga kiygi-zib qo'yilgan qayishlarning
shapillashi, ri-chaglarning g'ijirlashi tindi. Gazetadan.
SHLAGBAUM [nem. Schlagbaum < schla-gen — urmoq + Baum — daraxt] Zastavada yoki yo'lning
poezd, mashina o'tadigan joylari¬da qatnovni to'xtatib qo'yish uchun xizmat qiladigan, qo'lda yoki
avtomatik boshqa-riladigan ko'tarma g'ov, to'siq. Sekin shlag-baum ko'tarildi. Mashina yo'lga
tushdi. I. Qalandarov, Shoxidamas, bargida. Kanal yaqinidagi shlagbaum ochiq, u yerdan o'tgan yo'l
mashinalardan xoli. H. G'ulom, Senga inti-laman.
SHLAK \nem. Schlacke — bolg'alanganda uchgan metall parchalari < schlagen — bol-g'alamoq] 1
Rudadan metall eritib olishda qoladigan shishasimon yoki toshsimon mod-da; toshqol. Shlak uyumi.
Shlak kukuni. tsh Onda-sonda shlak parchalari va qadimiy kon-chilar ishlagan toshbolg'a hamda
iskanalar ko'zga tashlanardi. S. Karomatov, Oltin qum.
2 Qattiqyoqilg'idan qoladigan chiqit. Bu ko'chalarning tuprog'i ham boshqa, yo'lkalarga surrang
mayda shlak to'kilyapti, yurganda g'ichir-g'ichir qiladi. A. Muxtor, Opa-singil-lar.
SHLAKOBETON [shlak + beton] tex. Sement, qum va shlak qorishmasidan tay-yorlangan yengil beton.
SHLAKOBLOK [shlak + blok I 2] tex. Shlak bilan sement aralashtirib tayyor-langan qurilish
materiali.
SHLANG \nem. Schlange — ilon < schlin-gen — o'ralmoq, chirmalmoq] Rezina yoki suv
o'tkazmaydigan materiallardan yasalgan egi-luvchan truba. O't o'chirish shlangi. Shlang bi-lan suv
sepmoq. tsh Shlangdan varillab kelib turgan suv birpasda hovuzchani to'ldirdi. S. Ahmad,
Tomosha. Sayyora ertalab sport may-donchasiga borganda, ular [bolalar] qaerdan-dir shlang
topib, maydonchaga suv sepishayot-gan edi. 0. Yoqubov, Dastlabki kadamlar.
SHLANGA s.t. Shlang. Ke, qo'y, Nabi, ko'p o'jarlik qilma, mana shlanga ham tayyor. O. Husanov,
Do'stlar. Shlanga bo'lganda-ku, yuz marta desa ham suvay berardik.. «Mushtum».
SHLEM [r. shlem, shelom < german til-laridan: nem. Hulle - qobiq; yoping'ich] 1 Qa-dim
zamonlarda va o'rta asrlarda qilich, gurzi, o'q va sh.k. zarbidan saklanish uchun boshga
kiyiladigan temir qalpoq; dubulg'a.
2 Bosh va bo'yinni urilish, lat yeyish, bosim va sh.k. dan saqlash uchun maxsus tayyorlangan bosh
kiyimi. Kosmonavtlar shlemi. Tankistlar shlemi. Ut o'chiruvchilar shlemi. tsh Odam g'avvoslar
shlemini kiyib, sho'r suvga tushadi, bunday suvning solish¬
587 <7%^
tirma og'irligi odam tanasining solishtir-ma og'irligiga baravar bo'ladi. YO. To'raqulov,
Kosmosga uchish.
SHLEMOFON [shlem + yun. phone -tovush] Uchuvchilar, tankchilar, kosmonavt-lar kiyadigan, ichiga
gaplashish moslamasi (telefon va mikrofon) o'rnatilgan shlem hamda shu gaplashish moslamasining
o'zi. Io'ldosh o'z zvenosi yoniga kelganda, samolyot-larning ekipajlari o'z o'rnini egallab bo'l-
gan, uchuvchilar shlemofonlarini quloqlari-ga bostirib, buyruq kutib turardilar. H. G'ulom,
Toshkentliklar.
SHLIFOVKA [r. < nem. schliefen - yo'-nib yasamoq, silliklamoq, sayqal bermoq] Pardozlash yoki
ma'lum shaklga keltirish uchun metall, yog'och, oyna va sh.k. ni abraziv materiallar yordamida
ishlash; ishqab sil-liqlash, jilolash, sayqal berish. Yog'ochni shlifovka qshmoq.
SHLIFOVKACHI Shlifovka qiluvchi ishchi.
SHLYUZ [goll. sluis < fr. ecluse < lot. exclusa — to'siq, g'ov; yo'l ko'ymaslik] 1 Kemalarni
daryo yoki kanalning suv sathi turlicha bo'lgan bir uchastkasidan ikkin-chisiga o'tkazish imkonini
beradigan, dar-vozalar orqali o'zaro tutashgan gidrotexnik kameralardan iborat inshoot. Bir
kamerali shlyuz. Shlyuz kamerasi. Paroxodni shlyuz or-qali o'tkazmoq. mm Faqat kanal emas, bal-ki
to'g'onlar, shlyuzlar, temir-beton uylar ham bir yo'la va birdaniga qurilayotganga o'xshaydi. I.
Rahim, Chin muhabbat.
2 To'gonlarda suvni ko'yib yuborish yoki bo'g'ish uchun xizmat qiladigan maxsus teshik; to'g'on qulfi.
Shlyuzni ochmoq. mm ApuKjmpda-gi suv taqsimlaydigan shlyuzlar esa deyarli ishlamaydi. Gazetadan.
SHLYUPKA [goll. sloep — qayiqning bir turi] Eshkaklar yordami bilan yuradigan, ba'zan yelkanli
yoki motorli, palubasiz kichkina qayiq. Eshkakli shlyupka. Yelkashi ixlyupka. Motorli shlyupka.
SHLYAPA [nem. Schlappe — qalpoq, shap-ka] Atrofi soyabonli bosh kiyim. Poxol shlyapa. Ayollar
shlyapasi. mm Ro'parasida shlya-paning keng soyaboni tagidan Xumorxonning ko'zlari yonib turardi.
A. Muxtor, Tug'ilish.
SHMUTSTITUL [nem. Schmutztitel < Sch-mutz — kir, chang-chung + Titulus — ust yozuv; sarlavha]
shgrf. Kitobning boshlanishi yoki har qaysi qismi oldidan qo'yiladigan, odatda sarlavxa
yoziladigan yoki rasm soli-nadigan varaq. «O'zbek shoiralari» to'plami-ga ishlangan
shmutstitullarda yaratilgan obrazlarda Sharq poeziyasining iztirobli lirikasi, samimiyat va
go'zalligi jonlanti-rib gavdalantirshgan. Gazetadan.
SHNITSEL` [nem. Schnitzel - qirqib olingan lahm go'sht] Qiyma go'shtdan yoki to'qmoqlangan go'shtdan
pishirilgan yassi yupqa kotlet.
SHNUR [nem. Schnur - chilvir, sim] 1 Izolyatsiyalangan elektr simi. Bir simli shnur. Shnur
tortmoq. mm Iigitali magni-tofonni tokchadan olib, qo'yib yubordi. Elektr choynakka suv
to'ldirib, shnurni tok-ka tiqdi. D. Nuriy, Osmon ustuni.
2 s.t. Ip, kanop, chilvir. Botinkaga shnur taqmoq.
SHOBIR fol`k. Sharpa, javob sadosi. Hech shobir bo'lmadi, «shular nima derkan», deb Novkal ham
bir joyda quloq solib turdi. «Baxrom va Gulandom». Ot solib jo'nadi shunday falakka, Shobiri
bilinmay, yashin-day oqib. «Murodxon».
SHOV takl. s. Suyukdikning shiddat bi-lan tez tushishida hosil bo'ladigan tovush-ni bildiradi.
Shov etmoq «Shov» degan ovoz chiqarmoq. Shov etib tarnovdan suv keldi.
SHOVVA Suvning balandlikdan kuch bilan otilib, shovullab tushadigan joyi, sharshara. Dunyodagi
eng katta sharshara Venesueladagi Anjeya Folla shovvasidir. Gazetadan. Sobir shimining
pochalarini to'-pig'igacha shimarib, oyog'ini shovva suviga bo-tirib o'tirarkan, g'ozqarash qilib
qo'ydi. D. Nuriy, Osmon ustuni.
SHOVVOZ [f. jL-ALi - lochin] Har qan-day ishni eplay oladigan, qoyil qiladi-gan epchil;
azamat. Durust, yuraging dadil ko'-rinadi. Odamning shovvozi qo'riq ochadi. H. Nazir, Vasiyat.
Bo'sh kelmanglar, yigitlar, uraveringlar, shovvozlar! Oybek, Tanlangan asarlar. Gulsumga
o'xshash shovvoz ayollarni o'z atrofingizga to'g`shng. P. Tursun, O'qituvchi. Yasha, shovvoz! Omading
kelgan ekan, qo'ling yoqdi. N. Safarov, Katta karvon yo'lda.
SHOVDIRAMOQ kam qo'll. Shovulla-moq; shaldiramoq. Bug'doyning sarg'aya boshla-gan bo'liq boshoklari
mayin shabadada shov-dirab, dengiz kabi mavjlanib chayqaladi.
588
H. Nu'mon va A. Shorahmedov, Ota. Madra-saning keng, tekis chorburchak sahnidan kecha shovdirab
o'tgan yomg'ir ko'zga ilinar-ilinmas bug' bo'lib, havoga ko'tarilmoqda edi. Oybek, Navoiy.
SHOVINIZM \fr. chauvinisme] Millat-chilikning o'zga millatlarni kamsitish, tahqirlash, o'z
millatini boshqa millatdan ustun qo'yish, milliy takabburlik, milliy xudbinlik illatlarini
o'zida mujassam et-gan o'ta tajovuzkor shakli. Millatchilik, shovshshzm, irqchilik — buzuq
dunyoqarashning ko'rinishlaridir. Gazetadan.
SHOVINIST \fr. chauvinist < Napo-leonga o'lguday sodiq soldat Shovin (N. Chauvin) nomidan|
Shovinizm tarafdori.
SHOVINISTIK Shovinizmga oid; shovinizm ruhi bilan sug'orilgan. Shovinis-tik targ'ibot.
SHOVUL I \r. shavel` — nordon bargli o'tsimon o'simlik] Otquloqqa o'xshash, qora-bug'doylar
oilasiga mansub, bargi mayda, ta'mi nordon, ovqatga ishlatiladigan ko'p yillik o'simlik;
qo'ziquloq. Sho'rvaga shovul solmoq.
SHOVUL II Juda ko'p, g'uj-guj; shig'il. Biz g'o'za paykali oralab yong'oqday shovul ko'-saklarni
sanashib, mashina to'xtagan taraf-ga qarab bordik. H. Nazir, Mexanizator. Zilol chashma tilga
kirdi: -O'ksiz, yetim majnuntol. Nechun shovul novdalaring Bo-shim uzra egik, lol?~T. To'la.
SHOVULDEK, -day ayn. shovul II. Sho-vuldek olchalar ko'zni qamashtiradi. sht Kun kech bo'la
boshlagan. Men baland yong'oqda o'ti-ribman. Atrofda shovuldek yovvoyi uzum. H. Ahmar, Kim xaq?
SHOVULLAMOQ «Shov-shov» etgan to-vush chiqarmoq. Shalolaning shovullagan ovo-zi keldi. tsh Urmon
allaqanday bir xil ovoz bilan yelpinib shovullardi. 3. Fatxullin, So'nmas yulduz. Birdan yomg'ir
yog'ib, tarnov-lardan shovullab suv oqa boshladi. J. Sha-ripov, Xorazm.
SHOVUN 1 ayn. shoqul.
2 Tikuvchilikda dag'al choklar uchun (mas, qop tikish uchun) ishlatiladigan yo'g'on ip, kanop.
SHOVUR maigi. s. 1 «Shov» va shunga yaqin aralash tovushni bildiradi. Birmahal qan-daydir
shovurdan uyg'onsa, barzangiday odam traktorga unnayotgan emish. «Yoshlik». Qo'shi-g'ida goh yilqi
uyuriga to'la dasht shovuri.. bo'ladi. N. Norqobilov, Bekatdagi oquycha.
2 Shov-shov tovush; shovullash. Salobatli yomg'ir shovuri eshitilib turardi. P. Qodi-rov, Uch ildiz.
SHOVUR-SHUVUR taql. s. Mazmuni no-aniq bo'lgan gap-so'z tovushlarini bildira-di. Auditoriya
shovur-shuvur. Birov o'tirgan stulini g'o'rtillatib suradi, birov bezov-talanib qimirlaydi. P.
Krdirov, Uch ildiz. Shovur-shuvur bo'lib turganda, Akbarboy so'z oldi, yana hamma jim bo'ldi. H.
Tursunqulov, Hayotim qissasi. Olomon orasida birdan sho-vur-shuvur ko'tarildi. X. Sultonov,
Bir oq-shom ertagi.
SHOVUSH Muz, yax. Sirdaryo suvi shovush aralash ko'pirib oqadi. H. Nu'mon, Qahra-monning tug'ilishi.
Qish.. Daraxtlar shoxi-da larzon-larzon shovush.. SH. Bo'taev, Qo'r-g'onlangan oy.
Shovush bog'lamoq Qirov bog'lamoq, muz-lamoq. Uning mo'ylovi shovush bog'labdi.
SHOVSHAMOQ fol`k. Zirqiramoq, qaq-shamoq. Ko'p qo'shin kelganga o'xshaydi, Eshi-tib suyagi shovshadi.
«Hasanxon». Qirq yi-gitning bandi-bo'g'ni bo'shadi. Beklariga qa-rab suyagi shovshadi. «Yusuf va
Axmad».
SHOV-SHUV 1 «Shov» va shunga yaqin tovushni bildiradi. Novdan oqib tushayot-gan suvning shov-shuvi
dilrabo nag'malarday yoqibketdi. SH. Toshmatov, Erk qushi. Uning \Japaqning\ dahshatli dovul
shov-shuvini eshitmagan quloqlari eshikdagi zaif bir sharpani aniq payqagan edi. A. Muxtor,
Ko-raqalpoq qissasi.
2 G'ala-g'ovur, shovur-shuvur, shovqin. Qurilish uchastkasida shov-shuv tinmaydi. shsh To'y uzoqqa
cho'zildi. Shu vaqt negadir birdan shov-shuv, qiy-chuv ko'tarildi. J. Sharipov, Xorazm. Ular
vokzalning oldida qator ti-zilib turgan «Pobeda»larning biriga o'ti-rib, shaharning shov-
shuvga to'la gavjum ko'chalaridan uchib ketdilar. O. Yoqubov, Ota.
3 ko'chma Mish-mish ran, ovoza. Bu voqea haqida shov-shuvlar yuribdi. Shov-shuv gap tarqatmoq. sht
Domla o'ylanib qoldi-da, anchadan keyin dedi: -Qishloqda shunday shov-shuv bor emishmi? A.
Qaxdor, Sarob.
4 s.t. Biror hodisa, kimsa yoki narsaga o'ta qiziqish tufayli yuz beradigan qizg'in muxrkama,
munozara, har xil gap-so'z. Sul-tonova zvenosining bu g'alabasi katta shov-
shuvlarga sabab bo'ldi. N. Safarov, Oliyaxon Sultonova. «Hamza o'ris qizga uylanibdi» degan
xabar tarqaldi. Bu gap shaharda besh-olti kun rosa shov-shuvga sabab bo'ldi. K. Yashin, Hamza.
Mana, paxta terish agregati to'g'risida yozilgan dissertashya haqida mat-buotda anchagina shov-shuv
bo'ldi. «Mushtum».
SHOV-SHUVLI «Shov-shuv» ovozi ke-lib turadigan; shovqin-suronli; g'ala-g'o-vurli. U. qog'ozni
Hirotga ketuvchilardan berib yubormoq uchun rabotning shov-shuvli ko'chasiga chiqdi. Oybek,
Navoiy.
SHOV-SHUVSIZ Shovqin-suronsiz, osoyishta, tinch; astagina. Ular {Sarag'ul bilan Orifjon] hamma
vaqt ikkov yolg'iz yashab, ohista, shov-shuvsiz, kamtashvish hayotga o'rganibqolgan edilar. A.
Muxtor, Chi-nor. ..Ikki kampir irim qilib, Malikaning dard tutayotganini hech kimga
bildirmaslik-ka tirishib, shov-shuvsiz eshikni ham zanjir-lab qo'yishgan edi. Mirmuhsin,
Chiniqish.
SHOVQIN 1 Qattiq gap-so'zdan eshiti-ladigan, shuningdek, turli harakat, hodi-salar tufayli
yuzaga kelib, qo'shilib keta-digan tovushlar. -Oqlaymiz! Oqlaymiz! — choyxonani ishchilarning
shovqini bosib ketdi. I. Rahim, Chin muhabbat. Arkda jang to'x-taydi. Ammo orqada hamon
shovqin. Uyg'un va I. Sulton, Alisher Navoiy. Namoz asrga yaqin kuyov olomon bilan keldi. To'rt
karnay, olti surnayning shovqini ko'kni tutdi. Oybek. Tanlangan asarlar. Unda-bunda sayyor
at-torlarning «ip ketdi..» kabi qichqiriqlari shahar shovqinigamadad beribturadi. M. Is-
moiliy, Farg'ona t. o. Chor atrof sayilchi-larning g'ovur-g'uvuri, tramvay-trolleybus-larning
shovqini bilan to'lib toshgan. O'. Hoshimov, Qalbingga quloq sol.
2 Baland ovoz bilan bo'layotgan janjal, to'polon; shovqin-suron. -Hay, bu nima shov-qin? —
kampir ko'cha tomonga quloq soldi. Oybek, Tanlangan asarlar. Mavlono Fazlid-din shovqin
kelayotgan tomonga quloq solib turib, qo'rqib ketdi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar.
Shovqin ko'tarmoq 1) aim. shovqin qil-moq. -Yolg'on, tuhmat! — deb boshqa dehqon-larham shovqin
ko'tardilar. S. Ayniy, Qul-lar; 2) biror xabarni keng yoymoq, bu haq-da jar solmoq. Nega
matbuot shovqin ko'-tarmaydi. A. Qaxdor, Sarob. Shovqin solmoq 1) ayn. shovqin ko'tarmoq. Faqat
ichkaridan mastlarning qiyqiriqlari, allakimning bo'g'iq alyori eshitiladi; ashula, qichqiriq
aralash yana allakim shovqin solib so'kinadi. H. G'ulom, Mash'al; 2) qattiq (guvullagan,
shovullagan va sh.k.) tovush chiqarmoq. Shov-qin solib soy oqar Qorabog' qishlog'idan. X. Saloh.
Bu tinchlikni faqat Oqsoygina bu-zadi.. kech kirganda, go'yo ataylab qattiqroq shovqin solardi.
S. Anorboev, Oqsoy. Shov-qin qilmoq Birovga qarata qattiq ovoz bi-lan, baqirib gapirmoq.
Bittang gapir! Bit-tang! Hammang baravar shovqin qilasan, gap uqib bo'ladimi? Cho'lpon, Kecha
va kunduz.
3 tib. Odam organizmiga salbiy ta'sir etadigan va uning ishlashiga, dam olishiga xalaqit
beradigan begona tovushlar majmui.
4 shsh. Og'iz bo'shlig'ida un ishtirokisiz xosil bo'ladigan tovush. Faqat shovqindan hosil bo'lgan k,
p, s, t, f, sh, ch, q, x, s, h tovushlari jarangsiz undosh tovushlardir. «O'zbek tili» darsligi.
SHOVQINLAMOQ Baland ovoz bilan gapirmoq, baqirmoq. Shovqinlama, bolani uyg'otib yuborasan. shsh
-Osh taiyormi, osh! — deb shovqsh`shdi Umar. P. Tursun, O'qituvchi. Avtobus silkinib-silkshshb
borar, odamlar bir-biri bilan shovqinlab gaplashishar edi. O'. Hoshimov, Qalbingga quloq sol.
SHOVQINLI 1 Shovqin bilan to'lgan; g'ala-g'ovur xukm surib turgan. Shovqinli ko'-cha. tsh Mashshoqlar
cholg'ularini qo'lga oldi-lar. Endi guzarda shovqinli katta o'yin emas, shirin, mayin hujrabazm
sadosi oqa ketdi. M. Ismoiliy, Farg'ona t. o.
2 Kuchli tovush chiqarib turadigan. Shov-qinli o'rmon. mm Umurzoq ota g'ira-shirada chaylasidan
chiqib keldi-da, shovqinli daryo labida tahorat qildi va to'nini maysaga yozib, bomdod namozini
o'qidi. X- G'ulom, Mash'al. \Mirkarim\ Shovqinli suvlar bo'yi-ga joylashgan gumbazdor mozorlar..
machit-lar orasida uch oy yurgach, yana Toshkentga ke-lib oldi. P. Tursun, O'qituvchi.
Shovqinli undoshlar tlsh. Ovozning ishtirokisiz, shovqin bilan hosil bo'la-digan undoshlar.
SHOVQIN-SURON 1 Kuchli darajada-gi shovqin. Shovqin-suron ko'tarmoq. tsh Va-gonlarning
quloqlarni qomatga keltiruvchi ovozlari borgan sari uzoqlashib, nihoyat, shovqin-suron tindi.
N. Safarov, Saodat-ning qissasi. Tanklar yurganda, o'q oshganda,
590
shovqin-suroni radiokarnay orqali uzoq-uzoklarga tarqaladi. I. Rahim, Chin muhab-bat.
2 Shunday tovushlar bilan bo'layotgan janjal-to'polon. Mavlon aka arava minib uyiga qaytib
kelganda, shovqin-suronning ustidan chiqib qoldi. H. G'ulom, Mash'al.
SHOVQIN-SURONLI Kuchli daraja-da shovqinli; shovqin bilan yuz beradigan. Bu vaqt ichkarida
tartib o'rnatilib, boya-giday shovqin-suronli vaysash boshlangan edi. P. Tursun, O'qituvchi.
SHOVQINCHI s.t. Baqirib gapirishga odatlangan; arzimagan narsaga shovqin ko'-taradigan.
SHOGIRD [f. J_>^Li — o'rganuvchi, xal-fa; izdosh; o'quvchi] 1 Biror usta, mutaxas-sis yoki
olimdan hunar, kasb, bilim o'r-ganayotgan (o'rgangan)shaxs (ustozga nisba-tan). Shogird tushmok.
Usta ko'rmagan shogird har maqomga yo'rg'alar. Maqol. tsh Ajabo, ustozning inson qalbiga solgan
ijod ishqi shogirdning matonati bilan qo'shilsa, mo''-jiza tug'ilar ekan. «Guldasta». Oxunjon
qi-ziq — mashhur Yusufjon qiziq Shakarjo-novning shogirdlaridan biri. «Mushtum». Shunday nufuzli
olimning shogirdi bo'lish uncha-munchaga nasib qilmaydi. J. Abdulla-xonov, Oriyat. Har bir
insofli ustod o'z muborak umrining durdona yakunlari deb shogirdlarini hisoblaydi. G'. G'ulom,
Janobi insonlardan biri.
2 Biror kimsanint ishi yoki ta'limo-tining tarafdori, uni davom ettiruvchi; muxlis, izdosh.
O'zini oldi-qochdi sargu-zashtlar piri Anvar poshshoning shogirdi deb yuruvchi, chindan ham shu sayoq
turk zobitining muxlisi bo'lgan Komil afandi har galgiday.. o'zustoziga taqlid kildi. H.
G'ulom, Mash'al.
SHOGIRDLIK Shogird bo'lish, shogird darajasi, o'rni. Otam meni shahrimizda dong'i ketgan tabibga
shogirdlikka berdi. «Ertaklar». Ma'muriyat uni tola ajratgich mashinada ishlash uchun shogirdlikka
o'tkazdi. Gazetadan.
SHOD [f. jLi — xursand, shodon, quv-noq, xushchaqchaq; mamnun] Biror narsadan mamnun, quvonchga
to'la; xursand. Ko'ngli shod. Shod bo'lmoq. tsh Sochlarin bo'ynimga bog'lab, Shod erurman bu kecha,
Qo'y, chamanlardan, sa-bo, Gul atrini tarqatmagil. E. Vohidov. Cho'ntagining qaeridadir asrab
yurgan o'ttiz so'mlikni onasiga berarkan, Boltaboy o'zida yo'q shod edi. J. Sharipov, Saodat.
SHODA 1 Ipga tizilgan bir xil, bir turdagi narsalar majmui. Bir shoda marva-rid. Bir shoda
qalampir. mm Uziyam uncha-mun-cha marjonlardan emas, o'n ikki shoda-ya! M. Ismoiliy, Farg'ona t.
o. -Hammasi asl, qi-zim, menda past narsa bo'lmaydi, — dedu xo'jayin, keyin qizga qarab,
ko'zini qisib kulbi, — ol, bir shodani taqib ko'r. Juda yapashadu. Oybek, Tanlangan asarlar.
2 ko'chma G'uj, to'p (bir turdagi narsa-larning g'uj-g'uj, to'p-to'p hrlati haqida). Chinnixon
qo'lini tepaga cho'zib, jiyda guli-dan bir uioda uzib oldi va uni hiblab ko'rbi. P. Qodirov,
Erk. Asadda.. uning [ekinning] nj'Kcuda ko'saklar shodasi bo'lsin. Gazetadan.
3 maxs. To'qimachilik dastgoxining o'rish iplarini ko'tarib-tushirib turadigan qis-mi.
SHODALAMOQ Bir turli narsalarni ipga tizmoq, tizib shoda qilmoq (q. shoda 1). Munchoqlarni
shobalamoq. mm -Ha, Soro-kin.. Barakalla! — beb mamnun jilmaMi \Vasil`ev\, —
granatalaringni shobala.. Or-qamdan yer bag'irlab emakla. A. Muhiddin, H. Tojiboev, Otash
qalbli qiz.
SHODI [f. ^jLi. - shodlik, xursandlik; quvnoqlik] 1: og'zidan bodi kirib, shodi chiqmoq Behayo
so'zlar bilan so'kmoq, so'kin-moq. Kuyovi FuecudduH tilmoch, tokchalari mehrobnuxsa MexMonxoHada
burma bolishni bag'riga bosib, aroq ichar, og'ziban 6odu kirib, utodu chiqib, oqsoqolni so'kar
ebi. S. Ahmad, Hukm. Nazoratsiz kolgan og'izban ham 6odu kirib, uiodu chiqishi mumkin. M.
Ismoiliy, Otang bolasi bo'lma, odam bolasi bo'l.
2 Shodi (erkaklar ismi).
SHODIYONA [f. .CLJLL - xursand bo'lib, sevinib, quvonib; xursand, quvnoq] 1 ot Shod-xurramlik,
tantana. Bayram uioduena-si. G'alabaga bag'ishlangan shobiyona. mm Zuhra to'yga ko'nmadi, beb
bo'lmang tang, To'y bosh-lansin, shodiyona boshlansin.. S. Abdulla, To-hir va Zuxra. Bu tantana
sendek farzandi bilan faxrlangan elning shodiyonasidir. E. Ra-him, Yangi qadam. Fayziyob
sentyabr` oqshom-larining biri. Bog'larda, zumrad dalalarda mehnat shodiyonasi, qizlarning
dilrabo yallasi avjida. E. Oxunova, Qadringni bil, dugo-nam!
591 2 sft. Shod-xurramlik yoki tantana bilan o'tadigan (o'tgan, o'tayotgan). Shodiyona to'y. mm U bu
uydagi, qishloq ayollari ta'-riflagan shodiyona uchrashuvlar, maroqli suhbatlar xayoli bilan mast
bulib yurgan edi. H. G'ulom, Mash'al. Shu peshtoqlar, shu imo-ratlar Qad ko'targay yillardan
buyon, Mana shunday shodiyona damni Ko'rgan-bilgan emas hech qachon! E. Rahim. Birdan pastdan,
tog' qazuvchilar manzilidan shodiyona qichqiriqlar ko'tarildi. M. Ismoiliy, Farg'onat. o.
3 ot kam qo'll. Xushxabar keltirgan kishiga beriladigan in'om, sovg'a; suyunchi.
SHODIMARG \f. .JS^^JU - shodiyona o'lim; g'oyat shodlikdan o'lish]: shodimarg bo'lmoq shv. Sevinchdan
to'satdan yuragi yori-lib o'lmoq. -Kuvonchdan shodimarg bo'lishga oz qoldim. Kechasi bilan mijja
qoqmay, shi-rin xayollarga cho'mib chiqdim, — dedi Kamo-liddin. T. Jalolov, Oltin kafas.
SHODLANMOQ Shod bo'lmoq, xursand bo'lmoq, sevinmoq, quvonmoq. Shodlanib ket-gan Sobir temirchi,
rahmat ustiga rahmat yog'dirdi. J. Sharipov, Xorazm. E nodon qiz, To'lqinjon shuncha qizlarning
ichida seni se-vibqolganiuchun shodlan!F. Musajon, Huri.
SHODLIK Shod-xurram \olat; xur-sandlik, sevinch, quvonch. Shodlik bayrami. Shodlikdan o'zini
yo'qopiyuq. mm Shodlik yo'lga boshladi meni, Baxtiyorlik bo'ldi odatim, Shoir bo'lib shodlik va
baxtni Kuylamoqlik zo'r soadatim. H. Olimjon. To'y. Bu so'z aso-sida xalqning shodligi,
xursandligi yotadi, u kambag'alning uyini shodlikka, quvonchga to'l-diradi. T. Obidov, Yusufjon
qiziq.
SHODMON \f. jjLoaLi — shod, xursand, baxtiyor] 1 kt. ayn. shod. G'urbatda g'arib shodmon bo'lmas
emish. Alisher Navoiy. Ming shukurkim, kelding bugun sihat-salomat, shodmon, Aylay Nihoniy jon
fido, qurbona bo'ldim sog'inib. Hamza. E qo'zim, jigarban-dim, shodmon etib kelding, Ko'kka
yetkurib boshim, osmon etib kelding. Habibiy.
2 Shodmon (erkaklar ismi).
SHODMONLIK kt. ayn. shodlik. Bu -Sharqning yulduzi Uzbekistondir, O'rta asr-larning Osiyosi yo'q.
Yangi daryolarning sevar o'lkasi, Bag'ri shodmonlik, baxt bilan to'lik. H. Olimjon. Ochlikdan
tinka-madori kuri-ganlar ham bu shodmonlikdan \bahor bay-ramidan] chetda kolmas, necha
haftalar das¬turxon tuzashga hozirlik ko'rar edi. S. Ka-romatov, Bir tomchi qon.
SHODON \f. ^IjLi - xursand, shod, quvnoq; mamnun] kt. Shod, quvnoq. Shodon kulgi. mm Yosh
qizchasin bosib bag'riga, Shodon ko'shik o'qiydi juvon. 3. Diyor. Ustozlarim Lermontov, Bayron..
Ko'z o'ngimda turishar qator. Ular bilan so'zlashib shodon, Tunlar o'shib, shonglarim omap. X.
Saloh.
SHODONLIK kt. ayn. shodlik. Cho'pon nayidan oqar Shodonlik, baxt ohangi. Cho'q-qidagi kumush qor
Orzum kabi yap-yangi. A. Umariy.
SHOYON [f. jbLi — arzirli, munosib, loyiq] kt. Sazovor, arziydigan, arzigun-day. Manzur
bo'lgan go'zal atlas singari San'a-ting shoyondir el qissasida. M. Boboev.
Shoyoni tahsin Tahsinga sazovor, loyiq. Boyvachchaning «O'ylab ish ko'rish lozim», degan gaplari
shoyoni tahsindir. K. Yashin, Hamza.
SHOIR \a. j-cLi — she'r to'quvchi, yozuv-chi] 1 She'riy asarlar yozadigan kishi. Ulug' shoir.
Demokrat shoir. Xalq shoiri. mm Biz-ga adiblar, shoirlar, haqiqiy kurashchilar lozim. Oybek,
Hyp qidirib.
2 Baxshi yoki oqinlar ismiga hurmat yuzasidan qo'shib aytiladigan so'z. Fozil shoir. Islom shoir
Nazar o'g'li.
3 s. t. Gapdon, so'zamol, hozirjavob odam haqida. Bu yigit juda shoir ekan.
SHOIRA \a. 6j-cLi] She'riy asarlar yoza-digan ayol. O'zbek shoiralari.
2 s. t. Gapdon, so'zamol, hozirjavob qiz yoki ayol. Majlisning shoiralari, o'yinchi-lari,
childirmachi va dutorchilari — barchasi ham hozir bo'lib, Kumushbibigina hammomdan qaytmagan
edi. A. Qodiriy, O'tgan kunlar.
3 Shoira (xotin-qizlar ismi). SHOIRLIK 1 Shoir ishi, kasbi; she'r
yozish. Mirzajon — ko'nglida shoirlik dardi bilan tug'ilgan bola, hozirdanoq shunday she'rlar yoza
boshladiki, o'qiganingizda, ko'-zingizga beixtiyor yosh keladi. P. Tursun, Uqituvchi. Io'q, men
taqdirimdan emasman xafa. Shoirlik unvoni baxtimdan tuhfa. M. Shayxzoda.
2 s.t. Gapga chechanlik, so'zamollik. He, Ergashvoy aka-yey, juda hazilkash yigitsiz-da, To'g'ri
gapni hazilga olib, shoirlik qila-siz. I. Rahim, Chin muhabbat. -He balo ovsin, shoirlik
qilyapsizmi? — dedi Qumrixon bog'
eshigiga tamba qo'yaturib. Oydin, Oltin uzukka olmos ko'z.
SHOIRONA \a. + f. *il^Li - shoirlar-cha; go'zal, nafis] rvsh. Shoirlarga xos il-hom bilan,
shoirlarcha. Shoirona gapirmoq. Shoirona ibora. mm Ahmad Xusayn bu so'zlar-ni baland shoirona
so'zlar kabi tushunib, ularning mazmuniga unchalik e'tibor berma-di. Oybek, Hyp qidirib.
Shoirona tafak-kur! Mubolag'a, maqtashlar! Meningcha, oq sadafdir Soy ichida oq toshlar. M.
Shayxzo-da. Xushmanzaralar yoshligi cho'ponlik bilan bezangan, shoirona qalb egasi Qudratga Sa-
marqand tog'larining etagidagi go'zal bog'-larini eslatardi. 3. Fatxullin, So'nmas yul-duz.
SHOYI \f. (j-iLi — shohga oid, mansub] 1 Ipakdan to'qilgan gazlama, mato; shohi. Guldor shoyi.
Shoyi to'qiydigan dastgoh. Shoyi ko'ylak. Shoyi ro'mol. tsh Taxmonda tur-li rangda atlas va
shoyilardan qoplangan ko'rpalar, taxmon tokchalariga uyilgan par-yostiqlar.. kishi ko'zini
qamashtirar dara-jada edilar. A. Qodiriy, O'tgan kunlar. [Nu-ri\ To'y munosabati bilan o'ziga
atab yasal-gan to'qqiz duxoba va to'qqiz har nav shoyi ko'rpani tomosha qildi. Oybek, Tanlangan
asarlar. Boshida nafarmon shoyi durra, orqada qirq kokil, chekkalarida gajak. M. Ismoi-liy,
Farg'ona t. o.
2 s.t. Ipakli kiyim, ipak gazlamadan tikilgan kiyim. Shoyi bshan kimxob kiydim — ustimda
yo'q, Qazi bilan qarta yedim — qornimda yo'q. Maqol. tsh Qizu kelin yasandi Atlasu shoyi bilan.
«Qo'shiqlar».
SHOYIBOF [f. e-iL^Li - shoyi to'-quvchi] Shoyi to'quvchi kosib. Sibir` bo-zorlarida chaqqon bo'lgan
ip gazlama, bo'zning narxi oshdi. Adrasbof-shoyiboflar tashvish-ga tushib qoldilar. M. Osim,
Elchilar.
SHOYIGUL [shoyi + gul] Shoyigul-doshlar oilasiga mansub, gulsapsarga o'xshash ochiladigan gullari
qizil, sariq, pushti, barglari shapaloq-shapaloq ko'p yillik manzarali o'simlik.
SHOYIFURUSH [f. ^ij^i^Li - shoyi sotuvchi] esk. Shoyi gazlamalar bilan savdo qiluvchi shaxs.
SHOK \fr. choc < ingl. shock — turtki, zarba) tib. Nihoyatda kuchli, favqulodda ta'sirotlar
(og'ir jarohat, kuyish, miokard infarkti, buyrak sanchishi, mos bo'lmagan qon quyish, ruhiy
kasallik va sh.k.) nati-jasida markaziy nerv sistemasi, qon ay-lanishi, nafas sistemalari
faoliyati ham-da moddalar almashinuvining keskin bu-zilishi bilan ifodalanadigan, hayot uchun
xavfli og'ir patologik jarayon.
SHOKILA 1 Dasturxon, sochiq, dar-parda, ro'mol kabi buyumlarning chetiga-hoshiyasiga tikiladigan
yoki shu gazmolning o'zidan titib chiqarib yasaladigan bezak; gajim, popuk. Dasturxon shokilasi.
mm Is-lom barlos qalpoqli boshini og'ir tebrat-du-da, ko'zini chodirning ko'rkam uqalari,
rang-barang ipak shokilalari osilib turgan ship-ga tikdi. Oybek, Navoiy. [Latofat] Parda
shokilasiga tirmashayotgan kapalakni ko'rdi. S. Karomatov, Hijron.
2 Ba'zi buyumlarga bezak uchun osib qo'yiladigan shu shakldagi taqinchoklar. O'r-taga osilgan
katta qandilning asosi zar-haldan bo'lib, elliklab lampochkalar va ming-lab billur shokilalar
unga zeb berib turar-di. T. Jalolov, Oltin qafas.
SHOKILADOR ayn. shokilali. Beliga shokilador shoyi chilvir bog'lab yurar, cho'qqi soqoli..
istarasini yana ham issiq qilib ko'rsatardi. J. Abdullaxonov, Xonadon.
SHOKILALI Shokilasi bor, shokila bilan bezatilgan. Shokilali dastro'mol. mm ..noskadisidan
shokilali tiqinni shoshilmay oldi, kaftiga nosdan solib, tilining osti-ga otdi. K. Yashin,
Hamza. Shiftda oppoq shokshali bahaibat qandil, to'rda devor ba-ravar garnitur.. S. Siyoev,
Otliq ayol.
SHOKILDA s.t. Shokila. Uning [ Taman-no oyisining] barmoqlaridagi yo'g'on uzuk-larning yoqut
ko'zlari, buxori sirg'a shokil-dalari oftobda yiltirardi. Mirmuhsin, Ajrim. Varrak desang
bo'lmaydi, Shokildasi yo'q uning, Ikki ko'zing o'ynaydi, Husniga ki-rar suqing. 3. Diyor.
SHOKOLAD [nem. Schokolade < ucn. cho¬colate < indeys tillaridan\ Kakao, shakar, sut va
xushbo'y dorivorlar aralashmasidan qilinadigan a'lo sifatli konfet yoki plit-ka shaklidagi
shirinlik. Bozorov yashiklar-ni ochib qo'ydi: oq qand, shokolad, konfet, sovun, atir, upa. I.
Rahim, Chin muhabbat.
SHOKOLADLI Shokolad aralashgan, shokolad aralashmasi qo'shilgan. Shokoladli tort.
593 du^
SHOKOSA [f, 4^L?<,LL — katta kosa, jom] Katta kosa. Anzirat xola bir shokosa shir-gurunch
keltirib, Sidiqjonning oldiga qo'y-di. A. Qaxdor, Qo'shchinor chiroklari. Max-sum.. hammaning
oldiga shokosalarda ishrchoy qo'ydi. A. Muxtor, Opa-singilar.
SHOL I \f. JLi / ^JLi — qalin jun ma-to| Yungdan to'qilgan qalin mato, yung gaz-lama. Shol
bozori. mm Bu boshiga sholdan sal-la o'raydi. Fozil shoir. Ikki qiz chayqalgan choynak-
piyolalarni, tuya yungidan to'qilgan shol dasturxonga o'ralgan nonlarni keltirib, mehmonlar
oldiga qo'ydilar. S. Ayniy, Qul-lar. Shamollatdi mollarin, Ipak-baxmal. shomarin. Q.
Muhammadiy.
SHOL II \a. JJI - falaj] 1 Biror a'zo-ning normal harakat qilolmay yoki seza olmay qolishi
bilan xarakterlanadigan kasallik; falaj.
2 Shunday kasalga yo'liqqan. Shol kam-pir. Shol bo'lib yotmoq. mm Ka.shirim ishga yaramaydi. Shol
bo'lib qolgan. Otasi ham shol bo'libo'lgan. S. Ahmad, Hukm. -Haligi men bi-lan bir sinfda
o'qigan Temirjon bor-ku, ho-zir ikki oyog'i shol bo'lib o'tiribdi.. — dedi Boimurod. SH. G'ulomov.
Qalb undaydi.
SHOL III Bo'yinga osib yoki teshigidan kiygizib qo'yiladigan jazo taxtasi. Soldi-lar shol
bo'iniga. Kunda — oyoqqa. Shu yo'sin hukm etdilar Qirq kun qamoqqa. G'ayratiy.
SHOLI [f. jJLi - tozalanmagan guruch] Issiq mamlakatlarda botqokda o'sadigan, boshoklarida
guruch yetishadigan don o'sim-ligi; shu o'simlikning ok,lanmagan, guruch holig'a keltirilmagan
xrsili. Sholi otsla-moq. tsh Bultur 5 gektar paxta yerini buzdi-rib, sholi jtirdim.. «Mushtum».
Qori o'zi-ning xotinini yomonlab ketdi: sholini soch-masdan tuyolmaydi. suv qaynatsa ham,
tagi-ga oldirib qo'yadi. A. K,ahhor, Qo'shchinor chi-rokdari.
SHOLIKOR \f. jlSJLi - sholi yetish-tiruvchi| 1 Sholi zkib, guruch yetishtirish bilan shug'ullanuvchi
dehqon. Sholikorlar jinga ikkinchi iiiov berish davrida o'sim-likni shoxshtish tadbirlarini
ko'rishdi. M. Qo'shoqov, Hosildorlik oshyapti.
2 Sholi ekiladigan; sholi yetishtiri-ladigan. Sholikor xo'jalik. Sholikor yerlar. mm Tustovuqlar
ko'pincha saharlab sholikor yerlargauchib tushadi. M. Qoriev, Oydin ke-chalar.
SHOLIKORLIK 1 Sholi ekish ishi, kasbi. Tursunboy.. sholikorlik qilarkan-da, qop-qop sholi
orttirarkan. «Mushtum».
2 Qishloq hujaligining sholi ekish, guruch yetishtirish ishi bilan shug'ullanuvchi tarmog'i.
Respublikaning shimolida, Amudaryo bo'ylarida sholikorlikni rivojlantirish uchun katta
imkoniyatlar bor. Gazetadan.
3 Sholi ekiladigan yoki ekilgan keng dala. Sholikorlik qishloqdan bir tosh chama-si narida
bo'lib, Berdiboy unda yotib ishlay-di. A. Krdiriy, Obid ketmon. Charaqlab of-tob chiqib,
sholikorlik pollarini to'ldirgan yomg'ir suvlarini oynadek yaltiratdi. S. Ah-mad, Ufq.
SHOLIPOYA [f. .uL^U, ~ sholi ekil-gan maydon, sholizor] 1 Sholi ekilgan may-don. Shuning uchun
ham sholikorlar suvni loyqalatib, sholipoyadan chiqishmay, kechib yuraverishadi. S. Ahmad, Ufq.
Terak tagi-dan sholipoya bo'ylab yo'l bor; Chirchiqqa tik chiqadi. H. G'ulom, Mash'al.
2 Sholi o'simligining poyasi.
SHOLICHILIK 1 aim. sholikorlik 1. Sholichilik qilmoq.
2 ayn. sholikirlik 2. Sog'ligimdan noli-mayman. Uzoq yillar sholichilik brigadasi-<)a boshchilik
qilaman. Gazetadan.
SHOLPAR [f. _>JLi] Yungdan to'qilgan, junli. [Oyimtilla xola] Keli urganda sir-g'alib
tushayotgan sholpar ro'molini damba-dam boshiga tang'ir ekan, ko'cha eshikka qarab qo'yadi. H. Nu'mon
va A. Shorahmedov, Ota.
SHOLCHA Jundan to'qilgan palos. Him-matga «Qani, o'tir!» dedi oshpaz, yozib qo'igan sholchani
ko'rsatib. M. Muxamedov, Qahramon izidan. O'sha yerga bir parcha sholcha tashlanib. ichkaridan bir
patnisda non, kosalarda moshxo'rda chiqdi. Oydin, Uzidan ko'rsin.
SHOL-SHOL: shol-shol bo'lmoq Og'riq aralash o'zini og'ir sezmoq; majolsizlan-moq. Birov
do'pposlagandek butun badanim shol-shol bo'lib ketyapti. mm [Zuhra:] Bir vaqt ko'zimni ochib
qarasam, kasalxonada yotib-man: hamma yog'im shol-shol bo'lib ketgan. T. Jalilov, Zo'ravon.
SHOLG'OM [f. (JLLII] Ovqatga ishlati-ladigan, ildizmevasi oq, sariq, qizg'ish, och binafsha
ranglarda bo'ladigan sabzavot o'simligi. Sholg'omga suv qo'ymoq. mm Bo'yra-day joyga sholg'om
ekkan odamga ham suvmi! Oybek, Tanlangan asarlar. Sholg'om juda
38—O'zbek tilining izo\ti lug'ati
594
qadim zamonlardan iste`mol qilib kelina-di, U to'qtutar va shifoli masalliqlar-dan biri. K.
Mahmudov. O'zbek tansiq taomlari.
Sholg'om bo'lmoq yoki sholg'omday qizar-moq Qattiq izza hissini tuymoq, shu sa-babli qizarmoq.
G'o'zaning avji chatoqligi kishini sholg'om qilib qo'yadi. I. O'ktamov, Hikoyalar. - Kechirasiz! —
dedi o'z qilig'iga sholg'omday qizarib ketgan Mastonov. G'ay-ratiy, Dovdirash. Xo'jayinning yuzi
qip-qi-zil sholg'om bo'lib ketdi. «Mushtum».
SHOM \f. j»Li — kechki ovqat; kechki payt, oqshom] 1 Quyosh botib, qorong'ilik tusha boshlagan payt
va shu paytda o'qiladigan namoz. Odamlar tashqariga chiqqanda, shom qorong'isi cho'kkan edi. S.
Karomatov, So'nggi barxan. Anzirat bilan Anorxonning sariq va ko'k ro'mollarigina shom
qorong'isida sharpa-day miltillardi. Oybek, O.v. shabadalar.
2 Quyosh botgandan boshlab, mag'rib uf-qidagi qizil shafaq ko'rinmay qolguncha o'qiladigan namoz
(besh vaqt namozning to'rtinchisi). Shomni o'qigandan keyin Anvar Sultonali mirzodan izn olib
chiqdi. A. Qo-diriy, Mehrobdan chayon. Machitdan shom azoni eshitildi. Supadagilar bahsni to'x-
tatib, tahoratga qo'zg'alishdi. SH. Toshma-tov, Erk qushi.
3 ko'chma Qorong'ilik Hovliga shom tush-di. Avaz derazani ochib «Jumaniyoz!» deb chorladi. S.
Siyoev, Avaz.
Oy shom yedi yoki shom yeb chiqqan oy Shomdan keyin paydo bo'ladigan, chiqadigan oy, oyning shu
vaqtda chiqishi haqida. Tun yarimdan oshgan. Shom yeb chiqqan oy o'rmon ustlariga o'zining sutday
oq pardalarini to'shagan. 3. Fatxullin, So'nmas yulduz. Uzoq-da, baland teraklar orqasida shom
yegan oy ko'rindi. O. Husanov, Qo'shiqchiningtaqdiri. Umr shomi Umrning oxirgi, tugash pallasi.
-Xa, kela qol, shervachcha! — dedi mamnunlik bilan Sakson ota kulib — Umr shomiga yetsak ham,
yurakda o'timiz bor. Oybek, Tanlangan asarlar.
SHOMON [r. shaman < evenkcha shaman — budda ruhoniysi yoki tungus-manjurcha sha-man (saman) —
junbushga kelgan, jazavasi tutgan kishi] Amalda barcha qadimgi xalq-larda, hozirda ba'zi
qoloq xalq va qabila-larda: ruhoniy, tabib, sehrgar.
SHOMONLIK Yovuz va ezgu ruhlarga, ularning inson hayotiga ta'sir ko'rsatishi-ga ishonishdan
iborat ibtidoiy e'tiqod shakli.
SHOMPOL \nem. Stempel - sumba; keli-sop] Miltiq stvolini tozalash, moylash yoki (og'zidan
o'qlanadigan miltiqqa) zaryad joylash uchun ishlatiladigan ingichka va uzun metall tayoq.
SHOMPOLLI Shompolga ega, shompo-li bor; shompol yordamida o'qlanadigan. Shompolli miltiq.
SHOMRUQ Yovvoyi o'rdakning bir xili.
SHOMURT fol`k. Uzun, burama mo'ylov. Shomurti shoxalab har yoqqa ketgan, Ichida sichqonlar
bolalab yotgan.. Shunday qalmoq ko'lin to'lgab keladi. «Alpomish». Yamoqchi uyg'onib turib, eshikni
ochsa, shomurtini shopday kilib, podshoning mirg'azablari turibdi. «Ertaklar».
SHON I \a. jjLi — ish, aloqa, munosa-bat; qadr-qimmat, obro', ahamiyat; manfaat] 1 Erishilgan
hurmat, obro', sharaf, shavkat. Senga do'st bo'lib ortdi.. Shon ila shuh-ratimiz. G'ayratiy.
Yaralangan Vatan to-miriga Quydi issiq yurak qonini, Shu mu-qaddas yer zamiriga Qoni bilan
yozdi shonini. T. To'la.
2 Mashhurlik holati; dovruq, dong, shuhrat. Paxta terib o'tar uzun kun, Oshib to'lar uning
plani, Ishi bo'lar uning ovoza — Doston bo'lar dongi va shoni. H. Olimjon. Hayotga.. yomon yo'lni
qo'yib, yaxshi yo'ldan bo-rish — adabiylik yo'lidir. Shu yo'ldan borgan kishining nomi o'chmaydi,
uning shoni umridan uzoq yashaydi. M. Ismoiliy, Odamiylik qis-sasi.
3 G'urur, faxr. Paxta — bizning shoni-miz. shsh Qaynab toshsin neft` buloqlari, Neft`
mamlakatimizning shonidir. YO. Mirzo.
SHON II [f. ^Li — asalari uyasi katagi; yelka kuragi] maxs. Mahsi yoki etik qo'njiga uriladigan
tayoq-qolip. [Unsin] Shon qoqil-gan, bo'yi bir qarich kelar-kelmas tayyor bachkana mahsilarni
silliq yog'och bilan kuchi boricha ishqalab, so'ng qora gul surkab, ularga pardoz beradi. Oybek,
Tanlangan asarlar.
Shonga tortmoq ayn. iskanjaga olmoq q. iskanja.
SHONA I |0.4^Li — taroqsimon gulbarg| G'o'za g'unchasi. Gulparast, deb atamang, ishi-mizdan
bexabar, Shonalar sanab yurgan meh¬
595
natkash qizlar edik. G'. G'ulom. Biroq ozgina suv ham taqa-taq to'xtab qoldi. «Suv» deb navbat
kutib yotgan g'o'zalarning barglari qorayib, shona tashlay boshladi. I. Rahim, Chin muhabbat.
Shonaga kirmoq G'unchalamoq (g'o'za haqi-da). Yangi kvadratlardagi g'o'zalar tez ri-vojlanib, oldi
tekis shonaga kirdi. Gaze-tadan.
SHONA II [0. 4^Li — taroq; parranda toji] esk. ayn. taroq 1. Shona bilan zulfin tarab
o'rganlar, Oyna olib, oq yuzini ko'r-ganlar. Fozil shoir. Qizlar tongda buloq tomon borardi,
Yuvinishib, bari sochin ta-rardi, Har birin boshida chiroyli shona, Qu-rar ko'ngil qushi shunda
koshona. M. Alaviya.
SHONABARG \f. L^Ul, - taroqsi-mon gulbarg] Shona atrofidan chiqib, gul ochilguncha uni o'rab
turadigan taroqtishli mayda barg; yonbarg. G'o'za gulida uchta shona-barg bo'ladi.
SHONALAMOQ I Shona chiqarmoq, sho-na paydo qilmoq (g'o'za o'simligi haqida). G'o'zalar yoppasiga
shonaladi. mm G'o'zalar endi shonalab, ko'sak bog'lab kelayotgan bir mahal-da.. shahar zavodlariga
paxta tashshshshi G'u-lomjonni ajablantirmadi. M. Ismoiliy, Farg'ona t. o.
SHONALAMOQII Sochini taramoq. Gul-chehra.. sochini yuvib, shonalab turgan chog'ida, o'g'il o'rniga
ko'rib yurgan g'ozi oldiga kelib, yiqilib o'lgan edi. «Erali va Sherali».
SHONLI Shon-sharafga ega; dong ta-ratgan; shuhratli. Bugun shonli binokor-larimizning an'anaviy
bayrami. Gazetadan. O'zbek xalqining shonli farzandi Jo'raxon Usmonov mardlik, jasorat va
qahramoshik ko'rsatdi. Nazarmat, Jo'rlar baland say-raydi.
SHOP \f. *_iLi.] esk. Uchi orqaga qayril-gan tig'li qilich. [Mingboshi] Shopu kamari-ni belida
ko'rib, biram quvondi, biram qu-vondiki, shopini avaylab ko'zlariga keltir-di-da, to'tiyo
qilibko'zlariga surtdi. M. Is-moiliy, Farg'ona t. o.
Shop mo'ylov 1) katga, uzun mo'ylov. U Omontoyning qaddi-qomatiga, shop mo'yloviga qarab,
ko'zlari yashnab ketdi. S. Ahmad, Cho'l shamollari; 2) uzun \go'ylovli, mo'ylovi uzun kishi.
Haydarga bir shop mo'ylov odam Qo'lin bigiz kilibo'qtsmdi. YU. Shomansur. Qo'lini shop qilmoq
Qo'lini oldinga cho'zib o'qtal¬moq. -Hoy, sen, — qo'lini shop qilib, Maynaga o'shqirdi. — Mening
boshimga asilzoda erni o'ldirib keldingmi? A? SH. Toshmatov, Erk qushi. Juvon tarsaki tortib
yubormoqchi-day qo'lini shop qilib: «Yo'qol!» dedi. N. Qili-chev, Yorongul.
SHOPIRINMOQ: yuragi shopirinmoq Hayajonlanmoq, hovliqmoq, hapriqmoq. An-var Sultonali mirzoga
boyagi va'dani berib, bu xabar bilan yuragi shopiringan holda uyga keldi. A. Qodiriy,
Mexrobdan chayon. Uch ki-shidan uch xil gap eshitgan Nafisaxonning yuragi shopirinib, tinchimay,
ertasiga sa-molyot bilan Toshkentga keldi. Mirmuhsin, Umid.
SHOPIRMOQ 1 Idishdagi suyuq ovqat yoki ichimlikni cho'mich bilan olib, yana qayta quymoq (shu
harakatni takrorlamoq). Ayron-ni shopirmoq. ti Muqimiy.. To'ra Sohibxon-dan kechagi maqomni
yolg'iz o'qib berishni iltimos qildi, sho'rvani shopirib turishni o'z gardaniga oldi. S. Abdulla,
Mavlono Mu-qimiy. -Ikki ovul orasiga o't yoqib isi-nolmaysan, tog'a, — dedi Erimbet xotir-
jamlik bilan qimiz shopirib. A. Muxtor, Qoraqalpoq qisqasi.
2 Yanchilgan g'allani tepadan to'kib, shamolga tutib, qipiq yoki cho'p-xaslardan tozalamoq;
sovurmoq, shuningdek, paxta, shulxa, somon kabi narsalarni kurak, pan-shaxa bilan irg'itib
shamollatmoq. Bug'doy-ni shopirmoq. Sholini shopirmoq. ti Ko'z ilg'amas dsiga oppoq paxtazor,
Ishlab hori-ganday sirg'ilar oftob. Paxta bulutini shopirib bir chol, Kuritadi uni, oltinni,
shu tob. Zulfiya.
3 Uchirmoq, to'zitmoq. Dashnobod bog'ida barglar sarg'ayib bo'lgan, kuz shamollari ular-ni
shopirib ketgan. S. Ahmad, O'ylar. Atro-fi bir zum jimiganday bo'ladi-yu, dam o't-may achchiq
izg'irin shovullab, dimiq ayvonga yopiriladi-da, o'chok oldidagi xas-xashakni hovli sahniga
shopirib o'ynaydi. R. Rahmon, Mexr ko'zda.
SHOP-SHALOP esk. Amaldorlar taqib yuradigan qilich, xanjar, to'pponcha kabi qurollar, qurol-
aslaha. Nonushtadan keyin birov eshikni qattiq taqillatdi. Komil yugurib chiqib, ostonada
shop-shalop osgan serjaxl bir mirshabni ko'rib, qo'rqqanidan salom berishni ham unutib qo'ydi. M.
Osim, Tilsiz guvoh. Shu choq ikki yasovul otda gu¬
596
sur-gusur qilib, shop-shaloplarini sharaq-latib, ustaxona oldiga kelib to'xtadi. J. Sharipov,
Xorazm.
SHOSSE \fr. shaussee < lot. calciata-(via) — ohaktosh qoplangan yo'l] Tosh te-rilgan yoki
asfal`t, beton va sh.k. yotqizil-gan keng yo'l. Avtomatchilar tanklarga o'tirib olishib.. katta
shosse yo'lga chiqib olishgan. Gazetadan.
SHOSUPA [f. + a. A-LosLi — katta supa] Hovli yoki bog' o'rtasida bo'ladigan katta supa.
Shosupada, hovuz bo'yida Yonboshladik oxiri horib, Oftob kirib ketdi uyiga, Yul-duz chiqdi
osmonni yorib. H. Sharipov. Shosupa ustiga suvlar sepilgan, Atrofiga yaxshi gul-lar ekilgan.
«Rustam».
SHOTERAK Piramidasimon tik o'sa-digan yirik terak.
SHOTI 1 Aravaning o'qi va g'ildira-gidan tashqari yuqori qismi. Shotida o'tir-gan to'raning
aravakashi otga qamchi ham urmaydi. J. Sharipov, Xorazm.
2 Aravaning ot qo'shiladigan ikki yon yog'ochi. «Oqtoy» anchadan buyon yaydov yurgani uchun, arava
shotisi ostiga asti ro'para kelmay, o'ynoqilib ketaverdi. H. Nazir, So'nmas chaqmokdar.
3 shv. Narvon. Po'latjon uning ishini kuzatib turdi-da, keyin temir shoti bilan yuqoriga
ko'tarildi. S. Ahmad, Qadrdon da-lalar.
SHOTIKAPA: shotikapa atlas Xonat-lasning bir turi. -Chakka sochlari oppoq oqargan.. shotikapa
atlas ko'ylak kiigan ozg'ingina So'nagul ko'z oldimga keldi, — dedi Axmadjon. A. Muxtor, Davr
mening takdi-rimda.
SHOTIR [a. _>_LLi - epchil, mohir; ay-yor; o'tkir zehnli, akdli] map. 1 Podsho, xon kabi oliy
amaldorlar otini yetaklab, tu-tib yuruvchi navkar; jilovdor. Shohlarning oldida bo'lar shotiri,
Yovcha bo'lar yigitlar-ning botiri. «Ravshan».
2 kest. Birovning xizmatini yugurib-yelib qiladigan xizmatkor; yugurdak. Sul-ton Sullohovning
shotirlari tipirchilashib qolishdi: buxgalter Shotursun Shomirzaev bir bolani magazinga
yugurtirdi. T. AIM-MOB, Xirgoyi. -Komissiya! — deb xitob qi-libdi G'aniev. Shundan keyin
shotirlarning oyog'i yerga tegmay, u yoq-bu yoqni yig'ishtirish-ga tushishibdi. Gazetadan.
3 shv. Xon yoki shohni o'tqazib, ko'tarib yuriladigan maxsus o'rindiq; taxtiravon, maofa.
Ichkaridan xon ko'rindi, uni to'rt navkar shotirda olib kelardi. J. Sharipov, Xorazm.
SHOTLAND 1 Shotlandiyaning asosiy aqolisini tashkil qiluvchi xalqning nomi. Shotland xalqi.
Shotland millati.
2 Shu xalq, millatga mansub. Shotland ayoli. Shotland tili.
SHOTLANDKA \r. «shotlandskaya tkan`» (shotland gazlamasi) birikmasining qis-qargan shakli]
Paxta ipidan yoki jun, ipak aralashtirib to'qilgan rangdor katak-katak gazmol.
SHOTLANDLAR Shotlandiyaning aso-siy aholisini tashkil qiluvchi xalq, shot-land xalqi.
SHOTUT [f. +a. CJ^L*Li — yirik qizil tut] 1 Tut daraxtining tutgullilar oilasiga mansub
turi. Shotut tepasida maykachan bo'lib o'tirib olgan A`zamjon shotut yeb tu-rardi. S. Ahmad,
Ufq.
2 Shu daraxtning to'q qizil nordon ser-shira shifobaxsh mevasi.
SHOU [ingl. show — ko'rsatish, tomosha; ko'rsatmoq, namoyish qilmoq] Ommaviy to-moshabinlar va
tinglovchilarga mo'ljal-langan dabdabali, televizion yoki kontsert estrada tomoshasi.
SHOU-BIZNES \inm. show - business] Shou tashkil etish va o'tkazish bilan bog'-liq ishbilarmonlik
faoliyati; shou tash-kil etish yo'li bilan daromad topish.
SHOFYOR [fr. shauffeur - dastlab: o't-yoqar, go'lax; keyin: haydovchi < chauffer — o't yoqmoq,
isitmoq] Avtomobil` haydovchi shaxs. [Mirg'iyos:] Kabinasi bo'sh bo'lsa ham, shofyorning yoniga
o'tirmadim. R. Azizxo'jaev, Yashil chayla.
SHOX I [f. * Li - butoq, shox, shoxcha] 1 O'simlik, daraxt yoki buta tanasidan yon-veriga o'sib
chiqqan o'simta. Daraxtning sho-xini kesmoq. shsh Keldi yoz chog'i, Meva,shr pish-di. Olmalar shoxi
Egilib tushdi. I. Muslim. Ha, Qodirovga ishlaring tushmabdi, sizlar daraxtning shoxida
bo'lsalaring, men bargida yuraman. SH. Rashidov, Bo'rondan kuchli.
Shox otmoq Shox chiqarmoq, shoxlamoq. Kapitan bekatga kelib, na'matak oldida to'xtadi. U katta
sadadek shox otgan. O'. Umarbekov, Yoz yomg'iri.
2 Sinib tushgan, kesilgan novda, bu-toqyoki shox-shabba. Shoxlarsh yoqmoq. mm Rax-nalariga yantoq
va shox bosilgan past devor-li hovlilarning buzilgan uylari tashqari-ban ko'rinib turar edi.
S. Ayniy, Qullar.
SHOX II \f. j-U. - muguz, shox] Ba'zi xayvonlarning boshidan o'sib chiqadigan suyaksimon
qattiqo'simta; muguz. [Xo'kiz] Nay-zadek o'tkir shox.shrini unga to'g'rilab.. xu-ruj qilib kela
boshladi. K. Yashin, Hamza.
Uning shoxi bormi? Uning boshqalar-dan nima ortiqligi bor? Shox tashlamoq cm. 1) oqsoqlanib
yurmoq, oqsoqlamoq, cho'-loqlanmoq; 2) bir tomonga og'moq, qiyshay-moq. Varrak shox tashladi. mm
Tojixon bir-dan shox tashlab, qahqaha urdi. Mirmuhsin. Yugurdak; 3) u yon-bu yonga egilib,
o'yinga tushmoq, o'ynamoq. Uyinchilar noz va ehtiros bilan maqomga shox tashlab, ko'zlarini suzib
o'ynardilar. Oybek, Navoiy; 4) biror tomon-ga yon bosmoq, beqarorlik qilmoq. Ubaydul-laxo'ja
a'lam.. kimdan ko'proq pora olish niyatida dam u, dam bu tomonga shox tashlab, ularni
[boylarni] ikki oy ovora qildi. P. Tursun, O'qituvchi. Shoxi sinmoq (yoki qay-rilmoq) Biror
holat, daraja imkoniyati-dan mahrum bo'lmoq. [Muattar:] Bir yalang-oyoq Po'latning shoxini
qayirolmagan yigit osmondagi yulduzga qo'l cho'zsa qiziq bo'lar ekan. N. Safarov, Sharq tongi.
Qo'yaver.. bizdan oldin o'zining akasidan shoxi sinadigan bo'-libturibdi. J. Abdullaxonov,
Xonadon. Sho-xing chiqadimi? Biror yering ortib qola-dimi, nima foyda ko'rasan? Bildiki,
xotini bilan adi-badi aytisha bergani bilan shoxi chiqmaydi. Shuhrat, Jannat qidirganlar.
SHOXALAK aim. shoxilak.
SHOXARIQ Bir necha paykalga suv be-radigan asosiy dala arig'i. -Hozircha marza tekislab,
shoxariq chopyapmiz, — dedi Ko-miljon Murodovaga. I. Rahim, Ixlos.
SHOXILAK Sho'radoshlar oilasiga man-sub, sho'r va taqirlikda o'sadigan, bargi may-da va shirali
buta o'simligi.
SHOXLAMOQ I Shox, butoq chiqarmoq, shox otmoq (o'simlik haqida). Zokir ota g'o'za shoxlasa, ko'sak
ko'payadi, degan fikrga qo'-shildi, lekin hosil ortadi, degan fikrni pad qildi. A. Qahhor,
Qo'shchinor chiroklari. To'rt yigit birdan to'rt tarafga shoxlab ketgan, quchoqqa sig'maydigan
yong'oqlarga chiqib, uzun xoda bilan qars-qars qoqa berdi. Oydin, Yamoqchi ko'chdi.
SHOXLAMOQ II Shoxi bilan suzmoq. Shu topda u raqibini shoxlayman deb boshi-ni toshga urgan
qo'chqorga o'xshaydi. R. Rah-mon, Mexr ko'zda.
SHOXLI I Poyasidan shox o'sib chiqqan; sershox. Shoxli daraxt. Shoxli g'o'za.
SHOXLI II Boshida shoxi bor. Shoxli qo'ylar. Shoxli kiyik. Shoxli qoramol.

kichik suv yo'li; tor dengiz qo'ltig'i] 1 Katta suv yo'lidan tarqalgan kichik suv yo'llari:


kanal, ariq va ariqchalar. Kanal shoxobcha-si. Ariqdan shoxobchalar chiqarmoq. mm Xo-razm
irrigatorlari bu daryoning \Amudaryoning\ quyi oqimida yangi-yangi shoxobchalar bunyod
etayotirlar. 3. Satiev, Tuyamo'yin kanali.
2 ko'chma Bir turdagi tashkilot, korxona va sh.k. majmui. Temir yo'l shoxobchalari. Savdo
shoxobchalari (yana q. tarmoq).
SHOXSIZ I Shoxi, butog'i yoki novdasi bo'lmagan, shox-shabbasi kesilgan. Shoxsiz daraxt.
SHOXSIZ II Boshida shoxi yo'q, to'qol. Shoxsiz echki. Shoxsiz sigir.
SHOX-SHABBA 1 Daraxt yoki butaning shoxlari hamda shoxlardan iborat qismi. Shox-shabbalarni
kesmoq. mm Yel ketma-ket bo'kirar, bunga chiday olmagan shox-shabba-lar qars-qars sinar, keksa
yog'ochlar g'iyq-g'iyq etib, yolvorish ovozi chiqarar edilar. A. Qodiriy, O'tgan kunlar.
2 Shunday shoxlardan iborat o'tin; qu-ruq shoxchalar. [Nizomjon] O'zi g'isht quyib, o'zi devor
ko'tardi. Tepasiga to'siq terib, shox-shabba bostirib, lo'mboz qo'yishga tay-yorladi. S. Ahmad,
Ufq.
SHOSHA-PISHA rvsh. Shoshilinch ra-vishda, shoshgan holda. Shosha-pisha kiyin-moq. mm Tursunoy.. shosha-
pisha kech qolganlik sirini tushuntira boshladi. N. Fotih, Tursunoy. Rahim esa olazarak bo'lib,
shosha-pisha kitoblarini xaltasiga tiqdi. H. Nazir, Yonar daryo.
SHOSHIB-PISHIB aim. shosha-pisha. Shoshib-pishib gapirmoq. mm [Alisher] Shoshib-pishib meshkobning
og'zini ochib, to'yib-to'yib suvdan ichdi, ichdi-yu, birdan ko'zi ravshan-lashib ketdi. M. Osim,
Ajdodlarimiz qis-sasi.
598
SHOSHILINCH 1 sft. Tezda bajari-lishi lozim bo'lgan; oshig'ich. Shoshilinch buyurtma. Shoshilinch majlis.
Shoshilinch ish. Shoshilinch telegramma. Shoshilinch tib-bii yordam. Ishi juda ham shoshilinch emas. shsh
Men shoshilinch bir ish bilan Buxoroga ketyapman.. Mirmuhsin, Me'mor.
2 rvsh. Shoshgan holda, shosha-pisha, shoshib-pishib. G'airatchan Xalil aka hamma ishni ham shoshilinch
qilardi. F. Musajo-nov, Himmat. «Nahotki Avaz bo'lsa?» deb gumonsiradi va kalishini oyog'iga
shoshilinch ilib, tashqariga otildi. S. Siyoev, Yorug'lik.
3 ot Shoshib turilgan payt. Shoshilinch-da kitobimni unutibman.
SHOSHILISH Shoshilgan, tig'iz holat; shoshilinch harakat. Shoshilishning hojati yo'q. Shoshilishda kalishi
adash bo'libdi. mm Bu rastada ming xil kiyimli olomon yo'q, shoshilish yo'q, qo'lni siqib, «bor,
baraka top»lar ham yo'q. Oybek, Tanlangan asarlar.
SHOSHILMOQ ayn. shoshmoq. Muncha shoshilasan? mm Adolat shoshilib, uni [jur-nalni] varaqlay
boshladi. S. Zunnunova, Gul-xan. Tol shoxidagi bolalardan biri shoshi-lib tusha boshladi. M.
Ismoiliy, Farg'ona t. o. Bedarmon bo'lishiga qaramay, bikauka-si bilan amakisini ko'rishga
shoshilardi. J. Sharipov, Xorazm.
SHOSHMA(NG) 1 Shoshmoqfl. buyr. m. shakli. -Shoshmanglar, ovqat qilib yuboraman, — deya mulozamat
ko'rsatdi kulol.. Mir-muhsin, Me'mor. Shoshmang, oyi! Oldin men institutni bitiray.. keyin
ko'z tagiga olib yurgan qiz bor. «Mushtum».
2 und. s. Biror ish, xaggi-harakatdan to'xtatish, diqqat-e'tiborni tortishni bil-diradi. -
Mayli, men boray, — deb paqirimni ko'targan edim, Gulnora «shoshmang» dedi-yu, chopqillab
uylariga kirib ketdi. S. Siyoev, Yorug'lik. Voy-bo', isitmang bor-ku! Shoshma.. hozir tuzatamiz!
O'. Hoshimov, Qalbingga quloq sol.
SHOSHMA-SHOSHAR Ishni tez baja-rishga intiladigan, shoshib ish qiladigan; shoshqalok. Shoshma-shoshar
bola.
SHOSHMA-SHOSHARLIK Shoshib ish qilish, ishni bajarishda shoshish. To'g'ri aytasiz. Mening shoshma-
shosharligim qur-sin.. «Mushtum». Fursat qo'ldan boy beril-gani uchun shoshma-shosharlik boshlanadi
va buning natijasida ishlar sifatsiz baja-riladi. Gazetadan.
SHOSHMOQ 1 Erishish, yetish va sh.k. ga sabrsiz intilmoq; oshiqmoq. Avaz Yoshul-li bilan ochilib
gaplasholmadi, raisning ne-ga shoshayotganiga ham tushunmadi. S. Siyoev, Avaz. Yomg'ir aralash qor
yog'ib turgan bo'lsa ham, u negadir shoshmas edi. S. Zunnunova, Yangi direktor. -Rahmat, shoshib
turibmiz, — dedi Melivoy. F. Musajonov, Nozik ma-sala.
2 Tez, zudlik bilan bajarmoq; tez, il-damlik bilan harakat qilmoq. Odamlarning shoshib
yurishiga qaraganda, qormi, yomg'irmi yog'sa kerak. E. Raimov, Ajab qishloq. Shoshib xatni yonidan
chiqazib, qo'liga berdi. S. Ah-mad, Ufq. Zargarov hali qayoqqa borishini bshtasa ham, shoshib,
etiklarini kiydi. A. Muxtor, Bo'ronlarda bordek halovat.
3 To'satdan yuz bergan ish, hodisa tu-fayli xrvliqmoq, hayajonlanmoq, esanki-ramoq. To'satdan
mehmonlar kelib, shoshib qoldim. Shoshganda labbay topilmas. Ma-qol. mm Qudrat esa bolalarning
gapini tinglashini ham, atrofdagi boy manzara-larni ko'rib olishini ham bilmay, shoshib qolgan
edi. H. Nazir, So'nmas chaqmoklar.
Aqli shoshmoq 1) hayron qolmoq, ajab-lanmoq. Ko'rgazmaga kelganlarning u yerda-gi
eksponatlardan ak^sh shoishdi; 2) gangib qolmoq, nima qilishini bilmay qolmoq. Ana shu yerga
kelganda ko'plarning boshi gan-gib, aqli shoshib qoldi. H. G'ulom, Mash'al. Shoshma hali yoki
shoshmay tur Qarab tur hali, mendan ko'rasan (do'q, po'pisa). Shish-ma hali, peshonangdan otib,
yerga cho'ziltir-masam, odam bolasi emasman. Oybek, Tan-langan asarlar. Sen o'zboshimchani
akamga ay-tib, adabingni berdirib qo'ymasammi, sen etaksiz, shoshmay my p.. K. Yashin, Hamza.
SHOSHQALOQ ayn. shoshma-shoshar. E, muncha shoshqaloqsan. Hali Nazarboy ham sholg'om, turp sepgani
yo'q. E. Raimov, Ajab qishloq. Ust-boshi loy, yuz-ko'zi qurum. juldur, shoshqaloq odamlar bir-
birini ta-nimas, gap qotgani vaqti yo'q edi. A. Mux-tor, Chinor.
SHOSHQALOQLAMOQ kam qo'll. Sho-shib harakat qilmoq, shoshib qolmoq, shosh-moq.
SHOSHQALOKLIK Shoshma-shosharlik qilish, shoshish. O'qituvchi tajanglik, qo'-
pollik, shoshqaloqlik, besabrlik kabi no-matlub sifatlardan butunlay musaffo bo'lishi shart. R.
Usmonov, Odobnoma. Hali o'rinlarini yig'ishtirib ulgurmagan jangchi-larning harakatida
shoshqaloqlik ko'rindi. Shuxrat, Shinelli yillar.
SHOSHQIN 1 Shoshib, tez harakat qi-ladigan; biror tomonga oshiqayotgan; sho-shayotgan. Sho'x
qizlarday qancha shoshqin bo'l-sang-da, Kiribdursan mehnat ah,shn qo'liga. G'ayratiy. Tez oqar
shoshqin daryoning.. sohil bo'ylaridagi daraxtlarning sarv qomati asta-sekin ko'rina boshladi,
tong endigina yorishayotgan edi. A. Raxmat, Ellik bir ba-hodir.
2 ayn. shoshilinch 1. Eshikdagi sharpani uydagilar sezdi shekilli, devor orqasidan shoshqin
harakatlar, oyoq tovushlari, gap-so'zlar eshitildi. H. G'ulom, Toshkentliklar.
SHOSHQINLIK Shoshqin harakat, sho-shish. Uning odimlarida shoshqinlik yo'q edi. M. Ismoiliy,
Farg'onat. o.
SHOSHQOQ cm. kam qo'll. Shoshma-shoshar, shoshqaloq.
SHOYAD(KI) \f. j^Li, - extimol, bach-ki; zora, koshki| mod. s. Xohish-istak bil-diradi; qani
endi, zora, koshki. Shoyad. u kelib qolsa! mm Shoyad, o'ylaganlarining chap-pasi chiqsa; shoyad,
sevgilisi najot yo'lini topib kelgan bo'lsa? H. G'ulom, Toshkent-liklar. Siz shitoblik bilan
G'ulomjonga xabar qiling, shoyad, tadbirini topsa.. M. Ismoiliy, Farg'ona t. o.
SHOQUL \a. J>sLi - ipga bog'lab osil-tirilgan qo'rg'oshin soqqa < hind. J-iL^u (saxul) — ayni
ma'noda) Binokorlikda: devor, ustun va sh.k. ning tik (vertikal) \olatini anikdash uchun
ishlatiladigan. bir uchiga tosh bog'langan ipdan iborat asbob: shovun. Sollanganda shoqulning
ipi, Uyum-uyum g'ishtlar yotganda, Men ko'raman bar-chasini huv — «Un ikkilar» ahdi-shaxtini! M.
Ali.
SHOH \ f. iLi — podshoh] 1 ayn. podsho(h). Eron shohi (map.). Shohning qizi. mm Shoh bolasiga —
yurt va sipoh, darvesh bolasiga masjidu xonaqoh kerak. Oybek. Navoiy. O'ylama, o'lguncha har
kim bu razolatda ke-tar. Shohlar bir kun gado, bir kun gado shahzoddur. Hamza.
2 Shaxmat uiinnda: eng asosiy figura. Bir vaqtning o'zida raqib shohiga va dana¬laridan
biriga hujum qilish ikki yoqlama zarbaning eng ko'p uchraydigan xilidir. M. Muhiddinov,
Shaxmat.
3 Shaxmat o'yinida: biror dona bilan bevosita raqibning shohig'a qilinadigan hujum; kisht. Shoh
beribmot qilmoq. sht Mir-za Muhiddin qaltis bir shoh berib, Mux-torxon o'ylanib qoldi. A.
Qahxrr, Sarob.
4 s.t. Kdrta o'yinida: tojdor chol rasmi tasvirlangan, kuch jihatidan tuzdan keyin turadigan
qarta.
5 ko'chma Narsa yoki kimsalarning eng yaxshisi, sarasi. Qushlar shohi — burgut. mm Necha yuzlab
taomlar orasida palov milliy pazandalikning shoh taomi hisoblanadi. K. Mahmudov.
O'zbektansiqtaomlari. Shohqiz, shakar qiz, qizlarning guli, Qoshlaringni ko'rsatgil, menuning
quli. S. Ayniy, Doxun-da. Bir yulduzdir yetti ko'kda — falakda, Koinotning mash'aliga
o'xshatdim. U, dunyoga taqdim qshdi shoh asar, Men ham unga shu dostonni yaratdim. M. Shayxzoda.
6 Ba'zi so'z birikmalari tarkibida «bosh», «asosiy», «katta» degan ma'nolarni bildiradi
(bunday so'z birikmalarining ba'zilari qo'shma so'zga aylangan va aylan-moqda). Shoh ko'cha. Shoh
bekat. mm Sirdaryo to'silib, shoh to'gon qurildi. Gazetadan.
SHOHANSHOH \f. ..Li^Li - ulug' shoh; shoxdarning shohi| Eron shoqinipg unvopi va shu unvonga ega
bo'lgan shaxs. Ul ulug shav-katli shohanshoh kechasi muhim davlat ishi bilan mashg'ul bo'lib, endi
uxgamoqqa mayl bo'ldilar. M. Jo'raboev. M. B. martabasi.
SHOHBAYT \f. + a. iLi - g'azal yoki qasidaning muallif ko'rsatilg'an bayti] Chuqur mazmunli,
yuqori san'atli, diqqat-ni jalb qiluvchi bayt (she'r). Avazning qulogiga uning gapi kirmas, u
tarsaki yegandek, shayx Sa'diyning shohbaytiga ti-kilibo'tirardi. S. Siyoev, Yorug'lik.
SHOHI \f. j-*Li. — shohlarga mansub] ayn. shoyi. Sen uxlaysan, ammo Marg'ilon Senga atab
to'qiydi shohi. YO. Mirzo. Anvar Murod.. shohi pardalarni ko'tardi. Oybek. Hyp qi-dirib.
Uyaldi-yu, hech gap aytmaysh, Uyga qa-rab sekin qo'zgaldi, Suv bo'yida, oydinda ma-iutH Bitta
shohiro'molcha qoldi. H. Olimjon.
SHOHID \a. j_iLii - guvo\; kuzatuvchi] Biror ish, voqea, xatti-harakatda bevosi-ta ishtirok
etgan, qatnashgan yoki uni ko'r-gan shaxs; guvoh. Yo'q.. isbot uchun vijdonim¬dan boshqa shohidim
yo'q![dedi Otabek]. A. Qo-diriy, O'tgan kunlar. -Menda hech qanbay gu-voh yo'q! Shohidim bor! —
G'ulomjon tomog'i qirilib, rangi o'chib. bo'zarib gapirdi. M. Is-moiliy, Farg'ona t. o.
Kushtgiriy shoshib-pishib, o'zi shoxid bo'lgan voqealardan gapi-ribberdi. M. Osim, Sehrli so'z.
SHOHIDLIK aim. guvohlik.
Shohidlik bermoq Ko'rgan-bilgan voqea-qodisalar haqida xabar, ma'lumot bermoq, guvohlik
bermoq. Tarixchi Xondamir shohid-lik berganidek.. Amir (ya'ni Navoiy) bolalik davridan
hayotining oxirigacha fayzli va barakali vaqtining ko'p qismini ilm va kamol tahsiliga sarf
qildi. «Fan va turmush».
SHOHICHI ayn. shoyifurush. Ziyo shohi-chi, ertalabki choyni ichib borarman, degan edi, biz uning
bilan xam to'y kengashlarini qilamiz. A. Krdiriy, O'tgan kunlar.
SHOHLIK 1 Shohning mansabi, mav-qei. Haddan oshib ketdi ko'rgan mehnatim, Ho'ldan ketdi bari
shoxlik, davlatim. «Rus-tamxon».
2 Shohning qo'l ostidagi davlat, mam-lakat, el-yurt.
SHOHNISHIN [f. .7. - faxriy
joy, o'rin; boloxona] esk. Podsho, xon kabi oliy hukmdor o'tiradigan, uning taxti qo'-yilgan
xona. Bu darvozadan xonning o'zi top-Mac, chunki uning haramga kiradigan yo'li o'z mahkamasi
va shohnishin orqali edi. A. Qo-diriy, Mexrobdan chayon.
SHOHNOMA \f. 4-aL.oLi — shoh haqidagi acap] 1 (SH — katta) Fors shoiri Firdav-siyning qadimgi
shoxlar tarixiga bag'ish-langan yirik dostonining nomi.
2 Umuman, ko'pincha, yirik badiiy, she'-riy asar. Hayotimiz hali ming shohnomalar bo'ladi. G'.
G'ulom.
SHOHONA [f. 4iULi - podshoxlarcha, podshohga oid; viqorli; hashamatli] 1 Pod-sholarga xos,
shoxdarda bo'ladigan; oliy darajadagi, juda yaxshi. Shohona kiyim. Sho-hona jihoz. Shohona
kiyinmok. Shohona yasha-moq. mm Butun majlisni [Husayn Boyqaro] o'zining shohona ziyofatiga
taklif etdi. Oybek, Navoiy. Shu orada tiktirdi o'ziga libos, Bir liboski, shohona, shoh qiziga
xos! Shuhrat. O'ziga o'zi zehn solib, shohona kadam bilan zalga qarab yurdi. SH. Xolmirzaev,
Og'ir tosh ko'chsa.
2 ko'chma Dabdabali, xashamatli. Pulin-giz sandiqqa sig'mayotgan bo'lsa, kaminaga bering, men
o'zim shohona uy-joy qurdirib beraman. O. Yoqubov, Diyonat. Mana shu yangi imoratda dabdaba
bilan shohona to'y ber-moqchi bo'lib, chor tomonga chopar choptirdi. «Mushtum».
3 ko'chma Eng yirik va eng yaxshi, olam-shumul. Kosmosga birinchi odamning.. parvoz qilishi
kishilar ijodiy mehnatining shoho-na samarasi bo'ldi. Gazetadan. Uning \Push-kinning\ shohona
asarlari yana ko'plab yangi san'at durdonalarini yaratishga asos bo'ldi. Gazetadan.
SHOHROH [f. *1 j_*Li - katta, bosh yo'l] kt. Katga yo'l, bosh yo'l.
SHOHSUPA ayn. shosupa. Shohsupaga oq-shom nafasin Suv bo'yidan urardi rayhon. Shukrullo. Bular
[mexmonlar] kirishi bilan oydinda shohsupadan barvasta bir odam qo'zg'alib: -Xush kelibsizlar,
— dedi. A. Mux-tor, Chinor.
SHOHTUT ayn. shotut. Shohtut qiyomin bir totib ko'rsang, Ajib mo'`jiza ekan-ku, dersan. Shuhrat.
SHPAKLYOVKA, shpatlyovka [r. < nem. Spatel < ital. spatola — rassom va apteka-chining kurakchasi
< lot. spatha — kurak, qilich] Bo'yash oldidan teshik-yoriqlarni, botiqlarni berkitish uchun
ishlatiladigan xamirsimon maxsus qorishma. Shpaklyovka surmoq.
Shpaklyovka qilmoq Teshik-yoriqlarni shunday qorishma (shpaklyovka) surib ber-kitmok, tekislamoq.
SHPAL [r. shpala < nem. Spale - zina pog'onasi; uzun, yassi xoda yoki goll. spalk — tirgovuch,
tirgak] Temir yo'l ko'tarmasiga ko'ndalang yotqiziladigan va rel`slar uchun tayanch vazifasini
o'taydigan, yog'och, temir yoki temir-betondan tayyorlangan chorqir-ra to'sin. Gudron surkalgan
daraxt yonmaydi, u singdirilgan temir yo'l shpallari esa chiri-maydi. Gazetadan.
SHPANKA [r. < pol. hiszpan — ispan, ispaniyalik] Ra'nodoshlar oilasining olcha turkumiga
mansub, mevasi yirik, to'q qizil oddiy olcha navi.
SHPARGALKA \r. < pol. szpargalka - eski, yozib tashlangan qog'oz < lot. sparganum — yo'rgak]
Imtihon vaqtida o'quvchi, o'qi-tuvchiga bildirmay, yashirincha foydala¬nadigan, javoblar yozilgan
qog'oz. Roziya im-tihon paytlarida bo'lgan qiziq-qiziq vo-qealarni, shpargalka ishlatib qo'lga
tushib qolayozganini kula-kula gapirib berdi. O. Yoqubov, Tilla uzuk.
SHPAT [pol. szpat < nem. Spat] min. Ishqoriy va ishqoriy-yer metallar tuz-larining izomorf
aralashmasidan iborat minerallarning umumiy nomi. Yerning ust-ki qatlami — litosfera har xil
birik-malardan iborat bo'lib, tog' shpati, kvarts kabi minerallardan tashkil topgan. M. Ba-
hodirov. Tuproqshunoslikdan amaliy mash-g'ulotlar.
SHPATEL` \nem. Spatel — rassom va aptekachining kurakchasi < lot. spatha — kurak, qilich] 1
maxs. Zamazka yoki shpak-lyovka surtib tekislash uchun ishlatiladigan, yassi kurakcha shaklidagi
asbob.
2 tib. Tanglayni ko'rish uchun ishla-tiladigan, yassi kurakcha yoki yassi tayoqcha shaklidagi metall
asbob. Og'iz bo'shlig'ini qarash uchun og'izni katta ochib, tilni har tomonga o'girib, qoshiq bandi
yoki shpatel` bilan tilni bosib qaraladi. N. Ismoilov, Kasallarni parvarish qilish.
SHPIL`KA \pol. szpilka < nem. Spill -bino tomining ninasimon uchi; vertikal chig'ir] 1
Sochgato'g'nab qo'yiladigan ayrisi-mon buyum. Suyak shpil`ka.
1 s.t. Xotin-qizlar tuflisining bi-gizsimon poshnasi va shunday poshnali tufli.
SHPINDELLI Shpindeli bor, shpin-dellarga ega. Gorizontal shpindelli paxta terish mashinasi.
SHPINDEL` \ nem. Spindel - urchuq, duk, yig] tex. 1 Metall kesish stanogining ay-lanuvchi
vali; unga asbob (freza, parma, jilvirtosh va b.) yoki ishlov beriladigan buyum mahkamlanadi.
2 Paxta terish mashinasining konus yoki silindr shaklidagi ish organi. tsh Mexanik usul bilan
paxta terilganda. vertikal yoki gorizontal shpindellardan foyds`yuniladi. Q. Zokirov, Mo'l-
ko'lchilik uchun.
3 Ip yigiruvchi mashinaning dugi; yig. SHPION \nem. Spion < spahen — kuzat-
moq, ta'qib qilmoq; ayg'oqchilik qilmoq| 1 Davlatga oid va harbiy sirlarni maxfiy ravishda
bilib, o'g'irlab olib, boshqa mam¬lakatga, dushman tomonga yetkazuvchi shaxs; josus.
2 s.t. Shpionga xos ish tutuvchi, xatti-xarakat qiluvchi. Ko'ryapsizmi, shpion o'lgur-ni? Shunga
ehtiyot bo'ling. Shum kampirning agenti u. S. Ahmad, Kelinlar qo'zg'oloni.
SHPIONLIK Shpionga xos ish, xatti-harakat. Shpionlik bilan shug'ullanmoq.
SHPONKA \pol. szponka < nem. Spon — pona; mayda tarasha] tex. Mashina va mexa-nizmlarda:
detallarni biriktiruvchi qism.
SHPOR, shpora [nem. Sporn — turtki, niqtash < sporen — oyoq bilan niqtamoq (otni)] Otliq
xarbiylarda: otni qistash uchun xizmat qiladigan, etik poshnasi or-qasiga biriktirib
qo'yiladigan g'ildirak-chali temir asbob. Konvoshshr otlarning bi-qinlariga shporlarini qadashdi.
M. Ismoi-liy, Farg'ona t. o. Mayna sovuq yegan oyoqlari-ni o'ynatgan edi, xrom etigidagi
shporlar shiqillab ketdi. SH. Toshmatov, Erk qushi.
SHPORLI Shpor o'rnatilgan, shpor ta-qilgan. Hokim qo'l qovushtirib turgan odam-larni
ko'rmagandek, to'g'ri shosupaga bordi-da, baxmal ko'rpa solinib, paryostii^shr uyil-gan to'rga
shporli etigi bilan chiqib o'tirdi. M. Ismoiliy, Farg'onat. o.
SHPRITS [nem. Spritze < spritzen — sep-moq, purkamoq] Darajalarga bo'lingan ulti¬ma yoki
metall silindr hamda porshendan iborat asbob (organizmning to'qima va bo'sh-liqlariga
kiritiladigan kovak nina yoki kateter orqa^1i dori yuborish yoki suyukdik tortib olishda
qo'llanadi). Shpritsning ig-nasi. shsh Gulnoz shpritsga allaqanday suyuq dori solib kirdi va ukol
qilish uchun bemor-ga yaqinlashdi. H. G'ulom, Toshkentliklar.
SHRIFT [nem. Schrift - yozuv, yozish; harf < schreiben — yozmoq| Harf terish ma-shinalarida
matnlar terish uchun mo'ljal-langan bosmaxona literlari (harflari). Yirik shrift. Kursiv
shrift. Shrift ter-moq.
SHTAB \nem. Stab — podsholik alomati bo'lgan aso, hassa; harbiy qarorgoh] 1 Har-biy qismlarni
boshqaruvchi asosiy organ. Bosh shtab. Polk shtabi. Diviziya shtabi. shsh Kapitan, asirni shtabga
eltish haqida buy-ruq berib jo'nadi. A. Qahxrr, Oltin yulduz. Kengash borar harbiy shtabda,
Qaynamoqda ish buloq-buloq. H. Po'lat. Biz endi darxol bosh shtab huzuridagi harbiy kengash
qarorlarini
602
amalga oshirishimiz lozim. K. Yashin, Gene-ral Rahimov.
2 ko'chma Umuman, rahbarlik organi. Agrosanoat birlashmasi shtabiga kelganlar-ning
hasrasharidan tutun chiqayotgandek edi. «Mushtum». Iigitali ham fakul`tet shtab boshlig'i
sifatida Sirdaryoga jo'nadi. D. Nu-riy, Osmon ustuni.
SHTAB-KVARTIRA [shtab + kvartira] Harbiy shtab o'rnashgan joy, shtab qaror-gohi. Kechqurun soat
19 da Yur`ev Il`ichyov-ka qishlog'idagi shtab-kvartirada kengash chaqirdi. I. Rahim, Chin muhabbat.
SHTAMP [nem. Stampfe < ital. stampa — muhr] 1 Muhrning odatda to'g'ri burchakli turi, unda
muassasa nomi, manzili va b. ko'rsatilgan bo'ladi. Uning ichidagi ikkiga buklangan qog'ozning
yuqorisida.. jurnalning shtampi bo'lib, ostiga «o'rtok Saidiy» deb yozilgan edi. A. Qahxrr,
Sarob.
2 Turli materiallar (metall, plast-massa va b.) ga bosim bilan ishlov berib, muayyan
shakldagi buyumlar tayyorlash uchun mo'ljallangan asbob. Plenum.. shtamp va asboblarni
almashtirish, ishlab chiqarila-yotgan mahsulot sifatini oshirish.. yuzasi-dai aniq vazifalarni
belgiladi. Gazetadan. Biz shtamp usulida detal` ishlashni yo'lga qo'ygandik, qirindi ancha
kamaydi. Gazetadan.
3 ko'chma Ishlatilaverib siyqasi chiq-qan, tayyor namuna, bir qolipdagi ran yoki ibora; shablon.
Adabiy shtamp. shsh Ugazeta sahifalarida shablon va shtampga io'l qo'y-maslik zarurligini aytadi.
Gazetadan. Nutq-ning psixofiziologik, informativ va shtamp shakllari og'zaki nutq uchun ham,
yozma nutq xchun ham xosdir. «UTA».
SHTAMPLAMOQ 1 Shtamp bosmoq. Xatlarni shtamplamok.
2 tex. Shtampovka yo'li bilan biror narsa tayyorlamoq. Detallarni shtamplamoq.
SHTAMPOVKA, shtamplash 1 Shtamp vositasida buyum yoki detal` tayyorlash; shtamplash. Shtampovka
qshshngan buyumlar. Shtampovka stanogi.
2 Shtamp vositasida tayyorlangan buyum. Mashinasozlik sanoatida quymalar, shtam-povkalar ishlab
chiqaradigan korxonalarni ixtisoslashtirish. Gazetadan.
SHTAMPOVKACHI Shtamp vositasida buyum tayyorlovchi, shtampovka qiluvchi ish-chi, mutaxassis.
Qosimjon hozir ulkan kor¬xonaning usta shtampovkachisi hisoblanadi. Gazetadan.
SHTANGA \nem. Stange — uzun tayoq(cha), xoda] 1 Taxminan ikki metrli metall tayoq va uning
ikki uchiga o'rnatilgan ma'lum og'irlikdagi disklardan iborat, ko'tarib kuch sinashda
qo'llanadigan sport anjomi. Uzoq vaqt stadion sportchilar bilan gav-jum bo'ladi. Biri shtanga
ko'taradi, ik-kinchisi disk uloqtiradi. Gazetadan. Disk, shtanga, turnik siigari
inventarlarni yeb bo'lmasa, ichib bo'lmasa! «Mushtum».
2 Futbol, xokkey va sh.k. darvozasining tepa va yon yog'ochlari. To'p shshangaga tegdi.
3 Mashina, mexanizmlarda metall g'o'la-dan iborat qism, detal`.
SHTANGACHI Shtanga ko'tarish bilan shug'ullanuvchi sportchi. Yer yuzidagi eng kuchli shtangachi Akkseev
bu safar ham inson im-konintlari naqadar kattaligini yana bir bor namoyish qildi. Gazetadan.
SHTANGENTSIRKUL` [nem. Stangen-zirkel] Detallar va ularning qismlarini (eni, bo'yi va
qalinligini) o'lchaydigan asbob.
SHTAPEL` [nem. Stapel — paxta tolasi| Qisqa tolali sun'iy yoki sintetik ipdan to'qilgan
gazlama. Maydonba odam qanchalik ko'p bo'lsa ham, oq yo'lli shtapel` ko'ylak kiygan Gavharni
Mahkam juda uzoqdan ajratdi. P. Qodirov, Uch ildiz. Avvalgi linter paxta ko'rpa-yostiqdan
boshqasiga yaramasdi. Hozirgisidan shtapel` to'qilyap-ti. Gazetadan.
SHTAT I \nem. Staat - davlat; boshqaruv < lot. status - holat, xossa; boylik] AQSH, Braziliya,
Msksika, Venesuela, Nigeriya va b. ba'zi federativ davlatlarda: federapiya tarkibiga kiruvchi
va ma'lum darajada o'z-o'zini idora qilish xuquqiga ega bo'lgan davlat ma'muriy-hududiy
birligi. AQShning Kaliforniya shtati. Hindistonning Madras shtati.
SHTAT II \nem. Staat] Korxona, muassa-sa, tashkilot xodimlarining doimiy, bar-qaror shaxsiy
tarkibi, ularning lavozim va maoshlari ko'rsatilgan ro'yxati. Shtatni qisqartirish. Shtatdagi
injener. shsh -Ta-belchilik shshati kerakmi? — so'radi rais brigadirdan. Gazetadan. Shtatni
qisqar-tirish orqali tejalgan bir necha ming so'm ko'zga ko'rinyapti.. «O'zbekiston qo'rikdari».
603 YA'^
Tortlshdan papkaga solib qo'yilgan shtat ro'yxatini oldim. Gazetadan.
SHTATIV \nem. Stativ < lot. stativus — tik turuvchi] 1 Turli asbob, kimyoviy idish va sh.k. ni
muayyan vaziyatda tutib turadi-gan moslama. Mikroskop shtativi. Kolbani shtativga o'rnatish.
2 Foto- va kinoapparatlar yoki ast-ronomik, geodezik asboblar o'rnatiladigan yig'ma asbob;
uchoyoq.
SHTATSIZ `iror muassasa shtatida bulmagan yoki shtatda hisoblanmaydigan. Shtatsiz muxbir.
Shtatsiz lektor. mm Shtitsiz bo'limlar o'z ishini jamoatchilik asosida olib boryapti. Gazetadan.
SHTEMPEL` [nem. Stempel - muhr. tamg'a| Tamg'a bosadigan asbob. muhr; shun-day predmetning
izi. Pochta shtempeli. Shtempel` bosmoq.
SHTIK [r. sht`(k < pol. sztych — tig'li sovuq qurol| Miltiq stvoli uchiga urna-tilgan qirrali
nayza. Shtik sanchmoq. mm Uning o'ng kifti yoniba tikkayib turgan qirrali shtik Ergishning
ko'ziga chaqmoqday ko'rindi. A. Myx'iop. Opa-singillar.
SHTORM \goll. storm - bo'ron, kuchli shamol| Dovul, po'rtana. Besh balli shtorm. Shtorm signash.
SHTRAF \nsm. Strafe - jazo, jazolash: pul jarimasi| q. jarima. Shtraf qilmoq (solmoq). Shtraf
to'lamoq. mm -Juda shaf-qatsiz odamlar-da, bu inspektorlar, — deb nolidi iigit bexavotir
joyga yetib olgach, — qo'lga tushsang, shtraf to'lash bilan qu-tulmaysan. Kiri qilyapsan, deb
moliyaga yozib berishdan ham toymaydi bular. S. Anorboev. Oqsoy.
SHTREYKBREXER [nem. Streikbrecher-ish tashlashni izdai chiqaruvchi, buzuvchi| Ish tashlash vaqtida
ishni davom ettirib, zabastovkachilar manfaatiga xoinlik qila-digan shaxs.
SHTRIX I nvm. Strich ~ chiziq, liniya] 1 Qog'ozga tushirilgan ingichka chiziq. Oppoq qog'ozlar
sathida shtrix ketidan shtrixlar, yumaloq, konus, silindr shaklidagi qiyofalar stol ustida
sochilib yotibdi. Gazetadan.
2 ko'chma Biror predmet yoki narsadagi alohida xususiyat, o'ziga xos nozik tomon. Aktyorlar ham
o'z ro.iariga ijodiy yondash-ganlar.. obrazlarni komik utmpuxjiap yordami-da to'ldirganlar. A.
Akbarov, Yor-yor.
SHTURVAL [goll. stuurwiel < stuur— rul` + wiel — g'ildirak] Kema, samolyot va b. tur-li xil
mashinalarning harakatini bosh-qaradigan rul`. Mastura, shturvalga o'ti-rib, «oq oltin»
dengiziga sho'ng'idi. B. Fay-ziev, Oydin kecha. U \Jerar] yarim oyday yaltirab turgan shturvalga
qo'lini qo'yib, ro'parasidagi son-sanoqsiz lampa.. va si-ferblatlarning ko'k, qizil, binafsha
shu'-lalariga tikilib o'tiribdi. A. Muxtor, K,a-noti singan orzu.
SHTURVALCHI Shturvalni boshqaruvchi shaxs.
SHTURM \nem. Sturm ~ qattiqhujum] 1 Dushman istehkomiga yoki tayanch nuqtasiga qilingan
shiddatli xujum. Qal'ani shturm bilan egallamoq. mm Shiddatli shturm na-tijasida dushman
mudofaa marralaridan quvib chiqarildi. N. Safarov, Jangchi shoir.
2 ko'chma Biror maqsadga erishish uchun shiddatli xarakat, intilish. Al`pinistlar cho'qqini shturm
bilan egalladilar. mm flax-ma frontida qattiq shturm boshlash kerak. Gazetadan. Zavod va
fabriksharimiz, quri-lish va transportlarimizda ba`zan oyning so'nggi dekadasi shturm
kunlariga aylanib ketadi. Gazetadan.
SHTURMAN \goll. stuurman - rulni boshqaruvchi < stuur — rul` + man — odam, kishi] 1 Kema va
samolyotlarni eng muvo-fiq yo'l tanlab, boshqarib boruvchi muta-xassis. Uchuvchilar, shturmanlar
xonasida, uchshi xonasida diqqinafas bo'lib o'tirisha-di. Gazetadan.
2 ko'chma Mashina va sh.k. mexanizmlarni boshqaruvchi utaxc. «Zangori kema» shturmani Ergashxon
Turg'unova o'z mashinasining bun-keridan 140 tonnaga yaqin paxta to'kib, umumiy mehnat
g'alabasiga o'z hissasini qo'shadi. Gazetadan.
SHTURMBOZLIK ayn. shturmchilik Ayrim korxonalar oylik rejalarini oshirib ado etyaptilar. Lekin
bunga shturmbozlik.. zvaziga erishilmoqda. Gazetadan.
SHTURMOVIK|«shturm 1»s.dan| 1 Uncha katta bo'lmagan balandlikdan yerdagi ni-shonlarga hujum
qiluvchi jan! ovar samolyot; shunday samolyot uchuvchisi. Komandirning ha-voda bergan buyrug'i
bilan Io'ldoshning shtur-moviklar zvenosi eskadril`yaning boshqa ikki zvenosi o'rtasidagi
pozitsiyani egalladi. \. G'ulom, Toshkentliklar.
2 map. Fashistlar Germaniyasida: \ap-biylashtirilgan natsistlar tashkilotining a'zosi.
SHTURMCHI Shturm qiluvchi (to'g'ri va ko'chma ma'noda). Shturmchi samolyot. mm Shturmchilar hammadan
ilgari Berlinga bostirib bordilar. T. Rustamov, Mangu ja-sorat. Kosmosning navbatdagi
shturmchi aza-matlari orasida vrach ham borligi biz uchun behad quvonchlidir. Gazetadan.
SHTURMCHILIK Ish rejasini baja-rishda orqada qolib, muddat oz qolganda, rejani bajarish uchun
shoshilinch ravishda ishga tashlanish; shturmbozlik. Zavodlarni kvartallar bo'yicha bir tekis ish
bilan ta'minlamaslikka barham berish, yilning oxirida shturmchilikni tugatish zarur.
Gazetadan.
SHU ko'rs. olm. 1 So'zlovchiga yaqin, uning ko'z o'ngidagi narsani yoki kimsani ko'rsa-tish uchun
xizmat qiladi. Shu narsa. Menga shu kitob kerak. Tashabbusni shu brigada boshlab berdi. Mana shu
joydan kesing. Men-ga shu yer ma'qul. Hikoyaning shu yeriga kelganda, gap bo'lindi. Siz shu yerda
qoling. Kanal shu yerdan boshlangan. Siz shu yerlikmisiz?
Shu atrofda Unchalik uzoq bo'lmagan joyda; yaqin orada, yaqim o'rtada. Shuatrof-da quduq bormi?
Bolalar shu atrofda zdi. Shu orada (yoki o'rtada) 1) yaqin muddat ora-sida, ayni vaqtda. Shu
orada pane kelib qol-di. Shu orada to'y ham bo'lib o'tdi; 2) yaqin orada, yaqin joyda, unchalik
uzoq bo'lmagan joyda. Sigiringni shu orada o'tlatib yur! Ketmonni shu orada qoldirgan edim. Shu
o'rtada suv bormi? mm Shu o'rtada birdan.. xo'jayin borib qoldilar. Oybek, Tanlangan asarlar.
2 «Payt», «vaqt», «on», «dam» kabi so'z-lar bilan kelganda, so'z borayotgan narsa, voqea,
hodisa va sh.k. ning boshqasi bilan ayni vaqtda, bir vaqtda sodir bo'lganligi-ni ifodalaydi.
Shu choqqacha. Shu paytgacha. Shu vaqtgacha. Shu damgacha. Shu maxalgacha. Rejani shu oy bo'lmasayam,
yanagi oyda ba-jaramiz. Shu paytda ot kishnab yubordi. Shu vaqtda xo'roz qichqirdi. Shu onda bir
kishi kirib keldi. tsh Naq shu pallada darvozadan katta qora sigir shataloq otib, orqasida bir
kishini surib kirdi. Oybek, Tanlangan asarlar. Shu onda ichkaridan o'z xotinining tovushi
eshitildi. A. Qahhor, Mayiz yemagan xotin. Iskandarovning shu paytgacha razm solmaganini
qarang-a. S. Ahmad, La'li Ba-daxshon.
Shunda 1) ushbu yerda, bu joyda. Bilsang: uyim shaharda, Keldim senga saharda, Yur, xo'p deeang
agarda, YO shunda qolasanmu? E. Vo-xidov; 2) u holda, shunday holda, shunday paytda. Pechka
quraylik, uy shunda isiydi.
3 O'zi birikib kelgan so'z bildirgan shaxs, narsa, vaqt va sh.k. ni alohida qayd etadi,
ta'kidlaydi. Nima shi bo'lganini shu odam biladi. Shu qish juda sovuq keldi. Pax-ta plani shu bu
iiu.i ha.m bajari.ka. yaxshi bo'lardi. Menga kitob shu bugun kerak. Shu bugundan e`tiboran
darsga qatnashmayman. mm lily bu yil mevaga kirgan bir talay shaftoli, olcha, be.hini kesib,
\chol\ o'tin qi-lipti. A. Qahxrr, Qo'shchinor chiroklari.
4 Kesim vazifasida kelib, shaxs, nar-sa-xrdisa va sh.k. ning aynan shu ran bil-dirgan narsa
ekanini qayd etadi. Xoh.shsang
— shu, xoxlamasang — katta ko'cha. Aytadi-gan gapim — shu. Hozirgi davr talabi — shu. Uning
bo'lgan-turgani — shu. Uning maqsadi
— shu. mm | Yormat:] Ishning pir urgani — shu. Kishini chaqib qo'yadi. Oybek, Tanlangan asarlar.
Shu qadar Chunonam, shu darajada. Shu ham ishmi? yoki shu ham ish bo'ldimi?
So'zlovchining biror ish, xatti-harakat, narsa va sh.k. ga salbiy munosabatini, un-dan
qoniqmaganini bildiruvchi ibora. Shu ham ish bo'ldimi, nega kech keldingiz? Shun-dan-shunga
Allaqancha yerdan, ancha uzoqdan. Shundan-shunga piyoda keldim. mm ..Shundan-shunga men, sen bor,
— deb keldim. Muqimiy.
SHUARO [a. PI jjci - «shoir» s. ko'pl.] esk. kt. Shoirlar. Men bir ojiz fuqarongiz-man.. ahli
shuaro ila fuzalo qavmiga ko'r-satgan inoyatlaringiz tahsinga sazovordir. S. Siyoev, Yorug'lik.
Shuaroga saxovatning yetti darvozasini ochishlariga aminman. Oybek, Navoiy.
SHUBA [nem. Schaube — uzun va keng ko'ylak < ital. giubba < a. — ip gazla-madan qilingan
keng yengli ust kiyim] Av-rasi mo'ynali ustki qishki kiyim. Beso'na-qay shuba kiyib, shol ro'mol
o'ragan bir ayol mashinadan tushdi. N. Aminov, Suvarak.
SHUBXA [a. * o; Si — o'xshashlik; gumon; taxmin; ikkilanish] Ishonchsiz qarash; ishonchsizlik,
gumon. Kimdan shubhang bor?
605 Shubhaga solmoq. Shubhaga tushmoq. Shubhada qolmoq. Shubha tug'dirmoq. Shubha bilan qa-ramoq. tsh
Xayolingdan shubhani quvla, Yura-gingda saqlama tugun. Uyg'un. Xotinda haya-jon va entikish
holatlari bor edi. Shuning uchun qo'rboshining boyagi shubhasi yana kuchay-di. A. Qodiriy, Utgan
kunlar. Uning ko'kim-tir yuzidagi iztirob taajjub bilan, ta-ajjub shubha bilan almashdi. O.
Yoqubov, Ko'h-na dunyo. Ko'nglini.. shubhalar, sovuq vahima-lar qoplab, o'zini behol sezdi. H.
G'ulom, Mash'al.
Shubha yo'q ayn. shubhasiz. Shubha yo'q-kim, yov qadami topajak barham. G'ayratiy. Shubha qilmoq
Shubhada bo'lmoq; shubha-lanmoq. Bu gaplar amirzoda qulog'iga yetib borganiga aslo shubha
qilmasa ham bo'ladi. Mirmuhsin, Me'mor. Bezovtadir elimiz — Yurtimizga kirgan yov, Shubha
qilamiz dar-hol, Bemahal yursa birov. H. Olimjon.
SHUBHALANMOQ Shubha qilmoq, ishonchsialik bilan qaramoq; gumonsiramoq. Kimdan shubhalanasan ?
mm So'fi ham domla-imom mendan shubhalanib, bir necha marta yer ostidan ko'z qirini tashlab,
xo'mrayib qara-dilar. G'. G'ulom, Shum bola. Yigitshr.. uni shunchalik izzat qilishar ediki, Asror
ota bu juvonning oddiy traktorchigina ekaniga shubxalanib qoldi. A. Qahhor, Xotinlar.
SHUBXALI 1 Shubha tug'diradigan; gu-mon qilish mumkin bo'lgan. Shubhali hara-kat. tsh Aliqulning
shubhali ishlar bilan band ekanligini seza boshladilar. SH. Ra-shidov, Bo'rondan kuchli. Shubhali
odamlar-ning yoniga chiqavermang, ota! Mirmuhsin, Me'mor.
2 Shubha ifodalangan, shubha tug'dira-digan. To'tibu Adolatga qarab, shubhali ovoz bilan davom
etdi: -Nazarimda, bir gap borga o'xshaydi. S. Zunnunova, Gulxan. Ko'plarundan hurkib, shubhali
nazar bilan qarab, chetla-nibo'tar edilar. Oybek, Tanlangan asralar.
SHUBXASIZ 1 Hech qanday shubha tug'-dirmayditan; aniq. O'zbekiston rassomlari erishgan
mavaffaqiyatlar shubhasiz. Gaze-tadan.
2 mod. s. Muqarrar ravishda, albatta, so'zsiz. Shubhasiz, u haq. Rvja, shubhasiz, ba-jariladi.
shsh Men birinchi navbatda tar-biyani ulardan [oma-onamdan] olganman va ularning xislat va
xususiyatlari, shubhasiz, menga ta'sir qilgan. S. Ayniy, Esdaliklar.
Qo'shig'imga ilhom bergan qiz Olam-olam haydab ketdi yer. Kim ko'rsa ham uni, shubha-siz,
Paxtazorning qahramoni, dep. T. To'la.
SHUBHACHI Shubha qiluvchi, shubha qilaveradigan, shubxa bilan qarash odati kuchli. Men, to'g'risi,
shubhachiman. Har nar-sada, har hodisada bir illat ko'raman. Oy-bek, Hyp qidirib.
SHUV taql. s. Bo'g'iq shipillovchi to-vushni bildiradi.
Shuv etmoq «Shuv» degan tovush chiqar-moq. Devordan shuv etib tuproq to'kildi. shsh Haligi yigit
meni mo'ljalga olgan edi, chap berib qoldim. Bir koptok yonimdan shuv etib o'tib ketdi. 3.
Do'smatov, Yoqut. Yuragi shuv etib ketdi. Yuragi orqasiga tortib ketdi; qattiq qo'rqdi. -Nazira!
— dedi kimdir to'satdan. Nazira ovozni darrov tanidi, tanidi-yu, yuragi shuv etib ketdi,
turgan joyida qotibqoldi. O'. Umarbekov, Shirin-soy oqshomlari.
SHUVALAMOQ q. shivalamoq. Yaqindagi-na shuvalab o'tgan yomg'irdan keyin havo mu-saffo. S.
Anorboev, Oqsoy. Ertalabdan shu-valay boshlagan yomg'ir kunning ikkinchi yarmi-da tindi. R.
Fayziy, Kishilarimiz qissasi.
SHUVAMOQ shv. ayn. suvamoq. Andava bilan shuvamoq. mm Obidjoning.. yana bir ku-ni tokchalarni
shuvab tashlaymiz, deb o'r-toqlarini boshlab kelipti. A. Qahdor, Qo'sh-chinor chiroqlari.
..devorni yiqitdi. Ikki kun urinib, qayta urdim. Bir kun shuvadim. A. Hamdam, Dastingdan.
SHUVOQ I Mayda oqish bargli, o'ziga xos hidli ko'p yillik yovvoyi o'simlik. Qatortoldan tushib,
keng cho'lga chiqish bi-lanoq onda-sonda shuvoq ko'kargan qattiq va toshloq yerlar bosib o'tilardi.
SH. Rashidov, Bo'rondan kuchli. Saksovulzorlar, siyrak o's-gan cho'l shuvoqlari.. ortda qoldi.
«Yoshlik». Yerda — adirlarda yashillik unib chiqayotir: maysalar, shuvoqlar, qo'zigullar.. SH. Xol-
mirzaev, Saylanma.
SHUVOQ II shv. Suvoq. Malohat muzi-kaga mahliyo bo'lib turgan kezda, yer yana tebrandi. Sinchlar
qarsillab ketdi, shu-voqlar duv to'kildi, hovlini chang qopladi. I. Rahim, Tinimsiz shahar.
Hatto tom-(ni) shuvoq qildirganda ham, bormadim. S. Ahmad, Sud.
SHUVOQZOR Shuvoq o'sgan joy yoki maydon. Ular uzoq yurishdi. Kumlik tugab..
shuvoqzorda tushib olishdi. M. Mansurov, Yombi.
SHUVOQCHI ain. suvoqchi. Usta shuvoqchi yanglig'andavalabshuvalar.. «Mushtum».
SHUVULLAMOQ «Shuv, shuv» etgan tovush chiqarmoq. Yerto'la atrofidan zax tuproq shuvullab to'kildi.
Shuhrat, Shinel-li yillar. Tabiat o'z tilida roz aytib shuvullar ekan, yigit bundan o'z
quvonchining madhinio'qirdi. M. Ismoiliy, Fargonat. o. Ko'kda bulutlar qutqlasha boshlab, mayda
yomgir tomchilari barglarni shildiratib, shuvullay boshladi. Oybek, Quyosh qoraymas.
Yuragi shuvullab ketdi aim. yuragi shuv etib ketdi q. shuv. Birdan yuragim shuvullab,
yanahushsizday bo'libqoldim. E. Raimov, Ajab qishloq.
SHUVUT: yuzi shuvut bo'lmoq Qilmishi, aybi tufayli boshqalarga ko'rinolmay-digan, uyatga qolgan,
xijolatli. A\damchining yuzi shuvut, Rozi bo'lmas undan elt-yurt. Ma-qol. mm Brigadirning yuzi
shuvut bo'lib, tili kalimaga kelmay turganda, Karim ko'ziga chalindi. SH. Rashidov, Bo'rondan
kuchli. Paxtaning mehnati zo'r, himmatimiz undan zo'r. Qondosh ellar oldida yuzi shuvut emas-
miz. G'. G'ulom.
SHUD \f. / JKishidagi biror ish-ni uddalay olish qobiliyati; layoqat. Shudi bor yigit. Uning hech
narsaga shudi yo'q. mm [Sultonmurod] Bir yil ichidayoq chorvachilik-ni rentabelli sohaga
aylantirib qo'ydi. Yigitga, shud bo'lsa, o'rgatishga hojat qolmaydi. Gazetadan.
SHUDGOR [f. J[?A^ - haydalib ekin ekilgan ep] 1 Haydalgan, chopilgan yer. -Kar-tani beshga
bo'lib tashladik, — dedi Tilla-yev shudgorni qo'li bilan ko'rsatib. R. Aziz-xo'jaev, Yashil chayla.
Noz uyqudan uyg'onib, oq oltinini eslab, Ko'k sabza kiyib, shudgoru sahro bezanibdur.
Habibiy.
2 Haydash, shudgorlash. Kuzgi shudgor. mm Chala qolgan dalada shudgor.. H. Davron. -En-di bizga
javob, — qo'zg'aldi rais, — shudgor kechikdi. N. Safarov, Olovli izlar.
Shudgor qilmoq Shudgor holiga kel-tirmoq; shudgorlamoq. ..yerlarni g'o'zapoyadan tozalab, shudgor
qshshb qo'ygandan keyingina uy-ro'zg'or ishlariga qarar, to'y-ko'pkarilarga borardi. S. Nurov,
Narvon.
SHUDGORLAMOQ Ekin maydonini, dalani qaydab, chopib qo'ymoq; shudgor qil-moq. O'tgan yili rejani
oldin uddalab, dar-rov yerni shudgorlab qo'ydik. Gazetadan. Kuz bo'lgani uchun, dalalarda faqat
shudgorlash bilan band bo'lgan traktorchilar qolgan. «O'zbekiston qo'rikutri».
SHUDLI Qo'lidan ish keladigan; ud-daburo, epli. Shudli yigit. mm Ba'zi o'tli-shudli studentlar
esa uni «pismiq» deyi-shardi. S. Anorboev, Oqsoy. O'g'illarning ikkovi ham shudli yigit
bo'lyapti. T. Malik, Ajab dunyo.
SHUDRING ain. shabnam. Ertasiga of-tob g'o'yo tong shudringida yuvinib, kechagi chang-to'zondan
tozalanib chiqdi. S. Anorboev, Oqsoy. Barglarga shudring ingan, Havo qi-mizday tingan. S.
Akbariy.
SHUDSIZ Qo'lidan hech bir ish kel-maydigan; no'noq, noshud. Shudsiz odam.
SHUYTIB shv. Shunday qilib. Shuytib, sen ham botir bo'lgan, Senday axmoq bunda kelgan,
Suyaklaring qilay yakson, Qo'rqmasang, kel beri tomon. «Shirin bilan Shakar». Yax-shi shuytib
gapni o'ylar, Har gapini bilib so'shar. «Erali va Sherali».
SHUK: shuk turmoq kam qo'll. Jim va hushyor turmoq. Bir qo'lingiz qshshch dastasida, podsho o'tirgan
taxtning orqasida uni qo'riq-lab shuk turasiz. G'. G'ulom, Hasan Kayfiy.
SHUKR [a. — maqgov; minnatdor(chi)-lik, tashakkur] ayn. shukur 1.
Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin