Oʻzbekiston respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi


Mutaxassisning bilim va koʻnikmalariga qoʻyiladigan talablar



Yüklə 211,14 Kb.
səhifə94/105
tarix15.10.2023
ölçüsü211,14 Kb.
#130286
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   105
Umumiy oʻrta taʼlim maktablarida fan predmetlari

2. Mutaxassisning bilim va koʻnikmalariga qoʻyiladigan talablar:
• qandolat mahsulotlarini tayyorlash sexlarida qoʻllaniladigan jihoz va asbob-uskunalar texnika xavfsizligi qoidalari, xom ashyoning turlari, ularning qanday va qaysi tartibda ishlatilishi, pishirish jarayoni va bezak berish tartibi;
• turli xil qandolat mahsulotlari mijozlar uchun:
• unli qandolat mahsulotlari;
• shakarli qandolat mahsulotlari;
• retsepturadan foydalanish;
• xom ashyolarni tanlash;
• pishirish texnologik jarayoni;
• shakl berish mahorati;
• bezak berish mahorati;
• qadoqlash tartibini toʻgʻri tashkil etgan holda yetkazib berishi kerak
3. Muhim kasbiy sifatlari
• konsentratsiya qobiliyati;
• qoʻl mehnatiga moyilligi;
• xom ashyoni ajratish qobiliyati;
• ijodiy faoliyatga moyilligi;
• aniqlik;
• sabr-toqat;
• qatʼiyatlilik.
4. Kasbning qoʻllanish sohasi
1- mini sexlar – fabrikalar
3 — hususiy korxonalar
4 — taʼlim kombinatlari
5- qandolatchi oʻz ishini bajarishi va shaxsiy buyurtmalarni bajarishi mumkin.
5. Tibbiy monelik
• oʻtkir oshqozon ichak kasalliklari;
• allergik kasalliklar;
• tayanch harakat tizimi kasalliklari;
• yurak-qon tomir kasalliklari;
• umurtqa pogʻonasi kasalliklari;
• eshitish va koʻrish organlari kasalliklari;
• yuqumli teri kasalliklari;
• yuqori nafas yoʻllari kasalliklari.
6. Turdosh kasblar
Ishlab chiqarish magistrlar tayyorlash,
texnik — texnolog,
qandolatchi.
SARTAROSH
Kasb tipi – Odam- Odam


Sartarosh-Kasbning taqdimot Sartaroshlik sanʼati tarixi ming yillardir. Qanday gʻalati boʻlmasin lekin soch turmaklari ibtidoiy jamiyatda kiyimga qaraganda ancha oldin paydo boʻlgan. Miloddan avvalgi V ming yillikda odamlar sochni parvarish qilishga katta eʼtibor berdilar. UzSartaroshlik sanʼati tarixi ming yillardir. Qanday gʻalati boʻlmasin lekin soch turmaklari ibtidoiy jamiyatda kiyimga qaraganda ancha oldin paydo boʻlgan. Miloddan avvalgi V ming yillikda odamlar sochni parvarish qilishga katta eʼtibor berdilar. Uzoq oʻtmishdagi soch turmagi nafaqat odamni bezabgina qolmadi, balki, bu kasb, ijtimoiy kelib chiqish, millat va hatto alohida hollarda ham siyosiy qarashlarning belgisi xam edi. Har bir davr sartaroshlik sanʼati rivojiga yangiliklarni olib keldi, bu xalqning hayoti va urf-odatlarini aks ettirgan odamlarning goʻzalligi haqidagi tasavvuri boʻlib qoldi. Zotan, ibtidoiy jamiyatda, erkaklar oddiy soch turmagini tayyorlash jarayonini bajarishi kerak edi. Sochlarini pichoq bilan kesish yoʻllarini olov ustiga yoqib odamlar sochlarini turmak qilishardi.Ayollar esa sochlarini toʻplamlarga bogʻlab oʻrishardi. Sartaroshlikning dastlabki belgilari miloddan avvalgi 5-ming yil atrofida Misrliklar orasida topilgan.Sartaroshlar soch va tirnoqlarni boʻyash bilan mashgʻul boʻlib xizmat koʻrsatardi. Firʼavn parfyumeriya moyi bilan toʻlib-toshgan koʻplab moʻylardan yasalgan parikni kiyib olgan.Erkaklar soqollarini silikon yoki bronzadan tayyorlangan ustara bilan olgan.Sochni parvarish qilishda taroqdan foydalanishgan. Taroqlar yogʻochdan, fil suyagidan tayyorlanganligi maʼlum boʻldi.Soch turmaklar boʻyicha mutaxassislarni soqol oluvchi (siryulnikami) yaʼni qisman shifokorlik vazifalarini uddalashgan. Ular zuluk qoʻygan, murakkab boʻlmagan tibbiy muolajalarni amalga oshirgan.Sartaroshlar soch kesish, soch turmaklari, sochlarni qirib olish bilan bir qatorda manikyur va pedikyur qilish bilan ham shugʻullangan.Faqat bizning davrimizga kelib sartarosh kasbining faoliyati qisqartirilib faqatgina soch turmaklari bilan shugʻullanmoqda. Sartaroshlar sochlarni kesish, turmaklash, boʻyash jarayonida oʻzidagi bor mahoratni ishga solib, mukammal obraz yaratadilar. Ularning kasbi rassomlik kasbi bilan tenglashtiriladi haqiqiy kasb egasi nafis did sohibi boʻlishi lozim.
Chunki mohir sartaroshda zamonaviylik tuygʻusi bilan bir qatorda goʻzallikni koʻra oluvchi estetik nigoh hamda mohir qoʻllarga ega boʻlishi kerak..
Sartaroshlik kasb egalari uch turga boʻlinadi
• erkaklar uchun xizmat koʻrsatadigan;
• ayollar uchun xizmat koʻrsatadigan;
• bolalar uchun xizmat koʻrsatadigan.
Shunday ustalar borki, ular erkaklar, ayollar hamda bolalar uchun xizmat koʻrsatadi.Har bir kasbda boʻladigan raqobat sartarosh kasbi sohasida ham mavjud. Bu jarayon ustalar uchun oʻz uslublarini yaratishida mahoratlarini oshirishda qoʻl keladi. Sartaroshlar xuddi psixologlarga oʻxshab ishlashlari lozim. Chunki baʼzan mijozlar oʻz charchogʻini chiqarish uchun muammolarini yechimini topish uchun hamda dam olish uchun ham sartaroshlar huzuriga keladi. Hattoki, oʻz kasbining ustalari qabuliga mijozlar oldindan ruyxatga yozdirib qoʻyadi.Har bir malakali sartaroshning oʻz mijozlari boʻladi.

Yüklə 211,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin