O’zbekiston respublikasi oliy fan va innovatsiyalar vazirligi abdulla qodiriy nomli


Biologik tushunchalarni shakllantirish va rivojlantirish



Yüklə 113,69 Kb.
səhifə2/5
tarix02.12.2023
ölçüsü113,69 Kb.
#137872
1   2   3   4   5
Zoologiyani oʻqitishda oʻquvchilarda umumiy va xususiy biologik 2234.18.05

Biologik tushunchalarni shakllantirish va rivojlantirish.
Biologik tushunchalarni shakllantirish va rivojlantirish. Biologiyani oʻqitishning asosiy maqsadi oʻquvchilarda DTS bilan me’yorlangan bilim, koʻnikma va malakalar, kompetpntsiyalarni shakllantirish sanaladi. Shu sababli, biologiya oʻqitish metodikasining asosiy muammolaridan biri oʻquvchilarda ta’lim mazmunining asosiy tarkibiy qismi boʻlgan bilim, koʻnikma va malakalarni shakllantirish masalasi hisoblanadi va mazkur masala juda koʻp biolog-metodistlar tomonidan tadqiq etilgan.
Oʻquvchilarda bilimlarni shakllantirish uchun, avvalo, uning ta’rifini bilib olish zarur: Bilim – narsa va hodisalarning muhim belgi va xususiyatlari, jarayonlar va ular oʻrtasidagi bogʻlanishlar toʻgʻrisida fan tomonidan aniqlangan tushunchalardan tarkib topadi. Demak, bilim tushunchalar tizimidan iborat boʻlib, tushunchalarni shakllantirish muammosi yetakchi oʻringa chiqadi. Biologik tushunchalarni shakllantirish va rivojlantirish biologik ta’lim va tarbiyaning harakatlantiruvchi kuchi, oʻquv materiali mazmunining asosiy birligi sanaladi. Oʻquvchilarda tushunchalarni shakllantirish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi: oʻquv materialini sezgi organlari orqali qabul qilish, idrok etish, tasavvur qilish, yodda saqlash, amalda qoʻllash, natijalarni tekshirish, axborotlarni umumlashtirish va xulosa yasash. Oʻqituvchi tomonidan tushunchalarni shakllantirish bosqichlariga amal qilinishi oʻquvchilarning tushunchalarni qabul qilishiga, tushunishiga imkon yaratadi. Shu sababli, oʻqituvchi har bir oʻquv fani mazmunidagi tushunchalarni belgilab olishi, oʻquvchilarda shu tushunchalarni shakllantirishga diqqat markazini qaratishi lozim. Tushunchalar mavzudan mavzuga oʻtgan sari asta-sekin rivojlantirilib, mukammallashib boradi, shunga koʻra tushunchalarni shakllantirish bilan bir qatorda ularning rivojlantirilishi muhim ta’lim-tarbiyaviy ahamiyatga ega. Shuni esdan chiqarmaslik lozimki, oʻquvchilar tushunchalarni birdaniga egallay olmaydilar, tushunchalarning hosil boʻlishida yuqorida qayd etilgan bosqichlarni amalga oshirish, buning uchun esa muayyan vaqt kerak boʻladi. Faktlardan tushunchalarni keltirib chiqarish uzoq davom etadigan jarayon boʻlib, eng muhimi, tushunchalarni “tayyor” holda berishdan saqlanish, qiyinchiliksiz qabul qilingan tushunchalar tez esdan chiqishini unutmaslik kerak. Oʻqituvchi tushunchalarni shakllantirish bosqichlariga amal qilishi, oʻquvchilarni aqliy faoliyatga jalb etishi, ular tomonidan ob’ektlarni taqqoslash, oʻxshashlik va farqini topish, umumlashtirish va xulosa chiqarish kabi mantiqiy fikr yuritish operatsiyalaridan foydalanish koʻnikmalarini egallashlariga zamin yaratishi lozim.
Bir oʻquv fani davomida rivojlantiriladigan tushunchalar xususiy tushunchalar deyiladi.
Biologiya (Botanika)da oʻsimliklarning ildiz yordamida mineral oziqlanishi, barg orqali oziqlanishi – fotosintez, Biologiya (Zoologiya)da hayvonlarning morfologiyasi, anatomiyasi, fiziologiyasi, ekologiyasi, 8-sinf “Biologiya” oʻquv kursida odam organizmida boradigan hayotiy jarayonlar, ba’zi kasalliklarning belgilari va ularning oldini olish haqidagi tushunchalar xususiy tushunchalarga misol boʻladi. Xususiy tushunchalar ichida faqat bitta mavzuda rivojlantiriladigan tushunchalar lokal tushunchalar deyiladi. Lokal tushunchalar sirasiga “Poyalarning xilma-xilligi” mavzusidagi poyaning tik oʻsuvchi, oʻrmalovchi, chirmashuvchi, palak otuvchi, ilashuvchi, qisqargan turlari, “Oʻgʻitlar” mavzusidagi oʻgʻitlarning turlari kiradi.
Xususiy tushunchalarni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: ­ oʻsimlik hamda hayvonlarning organlari toʻgʻrisidagi tushunchalar; ­ oʻsimlik hamda hayvon organizmida boradigan hayotiy jarayonlar toʻgʻrisidagi tushunchalar; ­ ekologik, sistematik va filogenetik bogʻlanishlar toʻgʻrisidagi tushunchalar. Biologiya oʻquv fani mazmunida umumiy biologik tushunchalar asosiy oʻrinni egallaydi. Barcha tirik organizmlarga xos boʻlgan biologik qonuniyatlar va ayrim biologik oʻquv kurslarining xususiy tushunchalarini umumlashtiruvchi tushunchalar umumiy biologik tushunchalar deyiladi.
Umumiy biologik tushunchalarga quyidagilar kiradi: ­
hujayra tirik organizmlarning tuzilish, qurilish va hayotiy birligi; ­
organlar tuzilishi va funksiyasining birligi; ­ organizm bilan muhitning oʻzaro bogʻliqligi; ­
organizm – oʻz-oʻzini boshqaruvchi yaxlit sistema; ­
moddalar va energiya almashinuvi; ­ irsiyat va oʻzgaruvchanlik, organizmlarning koʻpayishi; ­
organik olamning evolutsion rivojlanishi. Umumiy biologik tushunchalar xususiy biologik tushunchalardan hosil boʻladi va ularning har biri maktab biologiya oʻquv fanlari mazmunida rivojlantirib boriladi.
9-sinfda oʻqitiladigan “Biologiya” (Sitologiya va genetika asoslari) oʻquv fani mazmunida anatomik, morfologik, sitologik, fiziologik, genetik tushunchalar asosiy oʻrinni egallaydi va ular oʻquvchilarning avvalgi kurslarda oʻzlashtirgan bilimlari asosida rivojlantiriladi va mustahkamlanadi. 5-8-sinflarda oʻqitilgan biologik oʻquv fanlarida umumiy biologik xarakterga ega boʻlgan tushunchalar “Biologiya” (Sitologiya va genetika asoslari) oʻquv fanini oʻqitishda xususiy tushunchalarga aylanadi. Tushunchalarning bir tartibdan boshqa tartibga oʻtishi, ya’ni umumiy biologik tushunchalarning “Biologiya” oʻquv fanini oʻqitishda xususiy tushunchalarga aylanishi biologik kurslarda tushunchalarni rivojlantirishning oʻziga xos xususiyati sanaladi. Bu tushunchalar koʻp tomonlama va ayni paytda harakatchan aloqalar bilan bogʻlanib, oʻzaro uzviylikda rivojlantiriladi.
Masalan, 5-8-sinflarda oʻqitilgan biologik oʻquv fanlarida umumiy biologik tushuncha sanalgan hujayra tushunchasi va unga bogʻliq ma’lumotlar “Sitologiya asoslari” bobida yangi tushunchalar bilan oʻzaro bogʻlanadi va uzviy rivojlantiriladi. Jumladan, yadro tushunchasi botanika, zoologiya, odam va uning salomatligi kurslarida hujayraning asosiy qismi shaklida e’tirof etilgan boʻlsa, mazkur kursda yadrodagi xromosomalarning tuzilishi, kariotip, diploid, gaploid nabor, xromosomaning ekzon, intron qismlari haqidagi tushunchalar bilan boyitilib, yadro hujayraning ajralmas qismi boʻlib, u irsiy axborotni saqlash, irsiy axborotni nasldan-naslga oʻtishini ta’minlash, hujayrada boradigan modda va energiya almashinuvi jarayonini boshqarish kabi funksiyalarni bajarishi qayd etiladi. 10-11-sinflar biologiya oʻquv fani mazmunida evolutsion va ekologik tushunchalar yetakchi oʻrinni egallaydi va mazkur tushunchalar oʻquvchilarning avvalgi oʻquv kursidan egallagan bilimlari asosida rivojlantiriladi. Mazkur oʻquv kursi biologik oʻquv fanlarni yakunlovchi kurs boʻlganligi sababli, umumiy biologik tushunchalarni shakllantirish, kengaytirish va rivojlantirish asosiy maqsad etib belgilanadi. “Botanika” va “Zoologiya” oʻquv fanlaridan oʻzlashtirgan sistematik birliklar tur, avlod, turkum, oila, sinf, tip, boʻlim kabi tushunchalari turlarning paydo boʻlishi, mikroevolutsiya, makroevolutsiya tushunchalari bilan oʻzaro bogʻlikda kengaytiriladi va rivojlantiriladi.
Biologik koʻnikma va malakalarni tarkib toptirish yoʻllari. Biologik ta’lim mazmunining ikkinchi tarkibiy qismini faoliyat usullari, ya’ni koʻnikma va malakalar tashkil etadi. Koʻnikma – biror faoliyatni oʻzlashtirilgan usuli, malaka esa, mazkur koʻnikmaning avtomatlashgan koʻrinishi sanaladi. Biologiya oʻqituvchisi oʻquvchilarda biologik koʻnikma va malakalarni tarkib toptirish bosqichlarini chuqur anglagan boʻlishi kerak.
Oʻquvchilar tomonidan koʻnikmalar quyidagi bosqichlar yordamida oʻzlashtiriladi:
1. Koʻnikma tarkibiga kiradigan ish usullarini aniqlash.
2. Koʻnikma tarkibiga kiradigan ish usullarini bajarish.
3. Bu ish usullarini takroran bajarish.
4. Amalda qoʻllash.
5. Natijalarni tekshirish.
Biologiyani oʻquv dasturidan oʻrin olgan koʻnikmalarni umumiy holatda quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:

Yüklə 113,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin