O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI
Iqtsodiyot yo‘nalishi
Global iqtsodiyot rivojlantirish fanidan
20.114-guruh talabasi
Abdulxamidova shaxnozaxonning
Jahon iqtisodiyotining glabaliashuv jarayonlarining vujidga kelishi va rivojlanishiga ta`sir etuvchi asosiy omillar mavzusida
MUSTAQIL ISHI
Farg‘ona 2023
Mavzu : Jahon iqtisodiyotining glabaliashuv jarayonlarining vujidga kelishi va rivojlanishiga ta`sir etuvchi asosiy omillar
Reja:
1. Jahon iqtisodiyoti globallashuvi tushunchasining mohiyati va uning asosiy jihatlari.
2. Globallashuv jarayonining asosiy manbalari, omillari va rivojlanish bosqichlari.
3. Globallashuvning milliy iqtisodiyot barqarorligiga ta’siri.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlar bu chuqur va qat’iy asosda o’rnatilgan mamlakatlarning xo’jalik siyosiy jarayonlarining birlashmasidan va milliy xo’jaliklararo mehnat taqsimotining turli ko’rinishidagi va turli shakllardagi takror ishlab chiqaruvchi tuzilmalarining ittifoqidan iborat. SHunday ulkan ishlarni amalga oshirish uchun, katta niyatlar, orzular bilan yashash uchun hammamizga birinchi navbatda tinchlik, xavfsizlik kerak, mintaqa xalqlari va davlatlarining hamjihatligi kerak. Iqtisodchilarning bir guruhi integratsiya jarayonida mamlakatlar o’rtasida yangi tovar oqimlarini shakllantirish hisobiga “resurslarning cheklanganligi omili”ni bartaraf etishni eng muhim muammo deb hisoblaydilar. Ularning fikricha, bu bir xildagi qimmatroq tovarlarni aloxida olingan bir mamlakat ichida ishlab chiqarishni bartaraf etish yoxud ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlariga mablag’larni tejash imkonini beradigan texnologiya ayirboshlashni kengaytirishdir. Olimlarning boshqa bir guruhi tashqi iqtisodiy omillarni, masalan, mamlakat aholisini xavfsizligini mustahkamlashni ustun bo’lgan shart-sharoit sifatida ilgari suradilar. Uchinchi guruh olimlar integratsiya guruhlari barpo etilishi ularning qatnashchilariga ishlab chiqarishning barqaror o’sish, ijtimoiy barqarorlik va boshqa maqsadlarga osonroq va tezroq erishish imkonini beradi, deb hisoblaydilar. Ushbu va boshqa nazariy yondashuvlarni umumlashtirib shuni aytish mumkinki, integratsiya o’zida mintaqaviy ko’lamda sifat jihatidan yangi iqtisodiy muhitni shakllantirish yo’li bilan milliy xo’jalik komplekslarining yaqinlashishi va o’zaro bir-biriga kirib borishini ifodalaydi.
Evropa Ittifoqi Komissiyasi evropa-Eyda dasturi doirasida “O’zbekistonda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish” loyihasini moliyalashtirishga kirishganligi munosabati bilan ana shu dasto’rni amalga oshirishga aloqador ijrochilar faoliyatini muvofiqlashtirish uchun maxsus loyiha ta’sis etilgan. Shu munosabat bilan Boshqaruv qo’mitasi 2004 yil 24 sentyabrda o’zining yig’ilishini o’tkazdi. Mazkur loyihani amalga oshirish uchun o’tkazilgan tenderda golib chiqqan grek Konsorsiumi tarkibida taniqli “Evropien Profaylz”, “Evropien Perspektiv” kompaniyalari hamda evropa Konstitutsiyaviy qonunchilik markaziy - Saos fondi bor. Loyihani oluvchi O’zbekiston Respublikasi. EIning mazkur dasturi barqaror rivojlanishga erishish hamda qonun ustuvorligiga, inson xuquqlari va erkinliklarini himoya qilishga asoslangan fuqorolik jamiyatining asoslarini barpo etish uchun demokratik o’zgarishlarni chuqurlashtirish jarayonlarini qo’llab-quvvatlash maqsadini ko’zlaydi.
Qonun chiqaruvchi oliy institutlar faoliyat olib borish asnosida to’plangan evropa tajribasidan bahramand etish yo’li bilan Oliy Majlisga ikki palatali parlament tizimiga o’tishda ko’maklashish ularning loyihasini asosiy vazifalaridan biridir. Ushbu loyiha asosida Oliy Majlis tomonidan 2 palatali parlamentga saylov o’tkaziladi.
Malumki, yaqinda evro hududga kiruvchi davlatlar o’nta edi. Endi ular evro pul birligi hududiga kirishga harakat qilishlari kerak. Buning uchun ushbu mamlakatlar pul siyosatida islohotlar o’tkazishi, o’z iqtisodiy ko’rsatkichlarini hozirgiga nisbatan bir necha barobar oshirishlari lozim edi. SHunda ular 2010 yilga borib evroga o’tishi mumkin. Ammo evropa markaziy bankining ma’lum qilishicha, oltita davlat - Polsha, Vengriya, CHexiya, Slovakiya, Kipr va Maltada iqtisodiy o’sish mutlaqo talab darajasida emas. Bunday o’sish bilan ular yana o’n yilda ham evroga o’ta olmaydilar.
Evrokomissiya ham xuddi shunday malumot tarqatdi. Unda takidlanishicha, Polsha va Vengriya evroga o’tish uchun talab qilinadigan beshta muhim ko’rsatkichlarning birontasiga ham erisha olmagan. Iqtisod va valyuta siyosati bo’yicha evrokomissar Xoakin Almuniyaning qayd etishicha, bu davlatlarda etarli darajada islohotlar amalga oshirilgan. Lekin bu evrokomissiya talabiga hali to’la javob bermaydi. Ushbu mamlakatlarda byudjetni takomillashtirish borasida ko’p ishlar qilinishi kerak. Iqtisodiy barqarorlik masalasida ham uncha-muncha yumushlarni bajarish lozim.X. Almuniya Litva, Latviya, estoniya va Sloveniyada evroga tezroq o’tish uchun imkoniyatlar bor ekanligini aytib o’tdi. Bu mamlakatlarning ayrimlarida milliy valyuta kurslari evroga yaqinlashib qoldi. Ammo ular 2007 yilgacha evro hududiga kira olishi qiyin. Ularga ham iqtisodiy o’sishning nisbatan pastligi xalal berishi mumkin.
Evropa Markaziy banki boshlig’i Jan Klod Trishening qayd etishicha, evro hududidagi mamlakatlar davlat harajatlari va milliy qarzlari hajmini cheklashi kerak. Lekin bu davlatlarning yarmi ushbu ko’rsatmani bajarmayapti. Bu esa evroga kirmoqchi bo’lgan yangi azolar uchun yaxshi namuna emas.Xo’sh, evro hududi yaqin orada kengayadimi? Bu savolga hozircha xech kim aniq javob bera olmaydi. CHunki yuqorida takidlab o’tganimizdek, eIga yaqinda kirgan mamlakatlarda pul siyosati va iqtisodiy o’sish talab darajasidan ortda qolayapti. Bunday vaziyatda esa evro hududining kengayishi xaqida gapirish ortiqcha.
Ishlab chiqarishning baynalminallashuvining erishilgan darajasi buyicha integratsiya to’zilmalarini bir-biridan farqlash zarur. U rasmiy hamda real tusga ega bo’lishi mumkin. Xalqaro iqtisodiy integratsiyaga uch darajali model sifatida karaladi (ayniqsa, uning harbiy evropa varianti):
-mikro darajada, yani korporativ darajada, bunda ayrim Kompaniyalar to’g’ridan-to’g’ri xo’jalik aloqalariga kirishadi, integratsiya jarayonlarini avj oldiradi;
-davlatlararo darajada, bunda davlatning malum maqsadga yunaltirilgan faoliyati (jamoaviy yoki bir tomonlama faoliyati) mamlakatlarning u yoki bu guruhi doirasida mehnat va kapital chatishib ketishini taqozo etib, integratsiya jarayonlariga ko’maklashadi;
-milliy manfaatlardan ustun turuvchi daraja, bunda ishtiroqchi mamlakatlar bir qancha siyosiy-iqtisodiy funksiyalarni ushbu sohalardagi suverenitetidan voz kechib, Ittifoqqa ixtiyoriy ravishda yondashadi.
3. 2. Jahon iqtisodiyoti globallashuv jarayonlarining vujudga kelishi va rivojlanishiga ta’sir etuvchi asosiy omillar.
Xalqaro iqtisodiyot doirasida umuman olganda, integratsiya savdoning ko’p darajada erkin bo’lishi tomon qo’yilgan dastlabki qadammi yoki aksincha, savdo oqimlari yulidagi cheklash ekanligi nuqtai nazaridan baholanishi kerak. Barcha mamlakatlar milliy xo’jaligini tashkil etadi. Har bir milliy xo’jalik – jahon xo’jaligining bir qismi hisoblanib, jahon ishlab chiqarish kuchlari va xalqaro ishlab chiqarish munosabatlari jamlamasidan tashkil topadi. Jahon xo’jaligi malum stadiyalarda xo’jalik hayotini milliylashtirayotgandek ko’rinsada, xaqiqatda o’zaro iqtisodiyot munosabatlari asosida birlashgan milliy xo’jaliklar yig’indisidan iborat. Milliy iqtisodiyot turli darajada o’zaro iqtisodiy munosabatlarga taalluqli bo’lmasada, xech bo’lmaganda tovar ayirboshlashda qatnashadi, lekin jahon xo’jaligining bir qismi hisoblanadi. Jahon xo’jaligining ishlab chiqarish potensiali – bu barcha mamlakatlar (jahondagi) ishlab chiqarish kuchlarini jamlanmasidan, ularni ishlab chiqarish fondlaridan, tabiiy, mehnat, moliyaviy resurslari jamlamasidan iborat. Jahon Yalpi Milliy mahsuloti – bu mamlakatlar Yalpi Milliy Mahsulotlari yigindisidan iborat.
Xo’jalik hayotini milliylashtirish jarayonida bir qancha etaplardan tashkil topadi:
1.Jahon xo’jaligining shakllanishi uchun imkoniyatlar yaratish.
2.Jahon xo’jaligining rivojlanishini iqtisodiyotning keng qamrovli industrlashtirish asosiga va dastlabki ko’rinishlarini transmilliylashtirish asosida barpo etish.
3.Hududiy xalqaro iqtisodiy integratsiyalarni rivojlantirish va jahon iqtisodiyotining dastlabki ko’rinishlarini globallashtirish.
4. Xalqaro ishlab chiqarish jarayonini, shu bilan bir qatorda, axborot taminotini rivojlantirish asosida keng qamrovli iqtisodiy globallashtirishni (batamom tugatish manosida emas) nixoyasiga etkazish.
U yoki bu integratsiya guruhining tashkil etilishi umuman olganda xalqaro iqtisodiyotning manfaatlariga qanchalik muvofiq ekanligini baholash uchun Jahon banki mutaxassislari bir qancha mezonlarni ishlab chiqishgan:
mintaqaviy savdo bitimlari istisnosiz iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini qoplab olishi kerak;
o’tish davri 10 yildan ortiq bo’lmasligi kerak va ayrim sohalarda savdoning erkinlashtirilishining aniq jadvallarini o’z ichiga olishi kerak;
eng ko’p qulaylik rejimi asosida erkinlashtirishdan oldin ayniqsa, tariflar azaldan yuqori bo’lsa, istalgan yangi integratsiya guruhi tashkil etilishi yoki bunday guruh erkinlashtirish bilan bir vaqtda tashkil etilishi kerak;
bojxona Ittifoqi doirasida tashkil etiladigan umumiy bojxona tarifi tarmoqda mavjud bo’lgan eng past tarifdan yoki hatto, eng ko’p qulaylik rejimi doirasidagi eng past tarifdan ortiq bo’lmasligi kerak;
integratsiya bitimlariga yangi a’zolarni qabul qilish qoidalari erkin bo’lishi va azolar soni kengayishiga tusqinlik qilmaslik kerak;
tovarning kelib chiqishi mamlakatini aniqlash qoidalari ochiq-oydin bo’lishi va guruh ichida proteksionizm vositasiga aylanmasligi kerak;
integratsiyaning eng rivojlangan shakllariga tezroq o’tish zarur, integratsiyaning rivojlangan shakllari rivojlanmagan shakllariga qaraganda ustun hisoblanadi, chunki ishlab chiqarish omillarining maqbulroq taqsimlanishi va ulardan foydalanishni taminlaydi;
integratsiya guruhlari barpo etilgandan keyin dempingga qarshi qoidalar uning azolari o’rtasidagi munosabatlarga nisbatan qo’llanilmasligi, uchinchi mamlakatlarga nisbatan esa ularni qo’llashning aniq qoidalari belgilanishi kerak.
3.3. Jahon iqtisodiyoti globallashuvining belgilari.
Bizga malumki, Bojxona Ittifoqi (BI) dastavval mamlakatlar unga azo davlatlar o’rtasidagi savdodagi barcha cheklanishlarni olib tashlash uchun birgalikda kushilishlari bilan ayni paytning o’zida Ittifoqqa kirib kelayotgan holda yuzaga keladi. Albatta, BIning shakllanishi umumjahon erkin savdo tamoyilini zid deyish mumkin, chunki u amaliyotda azo bo’lmagan davlatlarga nisbatan kamsitish tabiatiga ega. SHunday bo’lsa ham, u BI azolari o’rtasidagi savdo to’siqlarini kamaytiradi va odatda bloklararo savdoni rag’batlantiradi. SHu bois BI o’z azolari iqtisodiy integratsiyasiga ko’mak hisoblanadi, biroq malum darajada turli xil shartnoma va kelishuvlar asosida muvofiqlashtirishlarsiz savdoning global darajada erkinlashishi zararli bo’lishi mumkin. Keng manoda BI iqtisodiy suverenitetning ko’proq boy berilishini o’z ichiga oladi. Bu erkin savdo hududi holatidagi kabi tadbirdir, yani mamlakatlar barcha ichki tarif va boshqa to’siqlardan voz kechishni kelishadilar. Biroq bunga qo’shimcha ravishda dunyoning qolgan qismiga nisbatan umumiy va muvofiqlashgan savdo siyosatini qo’llash ham kelishib olinadi. Evropa Hamjamiyatida u barcha azo bo’lmagan davlatlardan kirib kelayotgan importlarga umumiy tashqi tarif shaklini oladi.
BIni va uning eX miqyosidagi savdoga tahsirini tahlil qilish uchun, avvalambor, BIni tashkil qilishning samaralarini baholash bilan bir qatorda, uning nazariy tomonini ochib berish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Savdoni yaratish BIning shakllanishi natijasi o’laroq tariflar va boshqa savdodagi to’siqlarning o’zgartirilishi bilan yuz beradi. Bu o’z navbatida, istemolchilarning ichki sharoitlarda kamroq samara bilan ishlab chiqilgan va qimmat mahsulotlar o’rniga ittifoqning boshqa azolari tomonidan taminlanadigan nisbatan samaraliroq va arzonroq ishlab chiqarilgan tovarlar va xizmatlarni sotib olishiga imkon yaratadi. Buni quyidagi oddiy raqamli misol bilan izoxlash mumkin. 3-jadvalda uch mamlakatdagi Fransiya, Germaniya va AQSH televizorlarning taxminiy ishlab chiqarish harajatlari va Fransiyadagi televizorlarga tariflarning turli darajalarini tasiri ko’rsatilgan.
Fransiya va Germaniya AQSHni tashqarida qoldirgan holda o’zaro BI tashkil etadi. qurishimiz mumkinki, absolyut sharoitlarda AQSH eng samarali va arzon televizor ishlab chiqaruvchi mamlakat hisoblanadi, undan keyin Germaniya va so’ngra Fransiya keladi. Jahon savdo munosabatlari vaziyati bo’lgan taqdirda AQSH televizorlarni ishlab chiqarishda ixtisoslashgan va har ikki davlat Germaniya hamda Fransiyaga eksport qilgan bo’lar edi.
Tariflar esa bularning barchasini o’zgartiradi, agar biz birinchi navbatda A va V qatorlarda aks ettirilgan holatga qaraydigan bo’lsak, shuni ko’rishimiz mumkinki, ittifoq tashkil qilinmasdan avval Fransiyaga kirib kelayotgan barcha import mahsulotlariga 100% tarifning mavjud bo’lishi Fransiya istemolchilariga maxalliy ishlab chiqarilgan televizorlarning eng arzon bo’lishini taminlar edi. Agar narxni istemolni belgilab beruvchi yagona omil deb faraz qilsak, ular faqat Fransiyada ishlangan mahsulotni sotib oladilar va tabiiyki, xech qanday import bo’lmaydi. Ittifoq tuzilgandan so’ng AQSHga nisbatan 100% tarifni saqlab mahsulot sifatida kirib keladi. Natijada Germaniya televizorlari Fransiya bozorlarida eng arzon bo’ladi va Fransiyaning ratsional istemolchilari ularni Fransiya televizorlari o’rniga sotib oladilar. Ushbu holat savdoni yaratuvchi – BIni tashkil etishning ijobiy savdo va farovonlik samarasi hisoblanadi. U ishlab chiqarish samarasidan tashkil topadi, yani televizorlar miqdorining ishlab chiqarishi Fransiyada Germaniyadagidan samaraliroq manbalarga o’tadi va shu tariqa resurslarni tejashga olib keladi. Ushbu xalqaro ixtisoslashuvning ratsional tajribasi tomon o’zgarish iqtisodiy farovonlikni oshiradi, chunki endilikda ayrim televizorlar arzonroq va samaraliroq ishlab chiqarilmoqda. SHuningdek, Fransiya istemolchilarning harid qilish quvvatining oshishiga
ham olib keladi, chunki ular televizorlarni arzonroq sotib
olishlari mumkin (400 frank o’rniga 250 frankka).
Ikkinchi tomondan esa savdoni qaytarish BIni tashkil etish bilan tariflarning o’zgarishi narxlarda o’z aksini topadi va shu tariqa istemolchilarni boshqa azo bo’lmagan davlatlar tomonidan samaraliroq va arzonroq mahsulotlar o’rniga hamkor davlatlarda kamroq samara bilan ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlarni sotib olishga undaydi. Buni ham rakamli asosda tuzilgan jadvaldagi misolga murojat etish orqali tushuntirish mumkin.
Agar biz jadvalning A va S qatorlarida yoritilgan holatni tahlil qiladigan bo’lsak, ittifoq to’zilishidan oldin Fransiyadagi istemolchilarning AQSHdan import qilingan televizorlarni sotib olishi mumkinligini ko’rishimiz mumkin, chunki ular 50 foizlik tarifga qaramay bozorda eng arzon hisoblanardi. Extimol, maxalliy ishlab chiqaruvchilar tarifning bunday darajasida import bilan raqobatlasha olmasdi. Ittifoq tashkil etilgandan keyin AQSH mahsulotiga nisbatan 50% tarifni saqlab qolgan holda Germaniya televizorlari Fransiyaga xech qanday boj to’lovlarisiz kirib keladi. Natijada Germaniya televizorlari Fransiya bozorlaridagi eng arzon mahsulotga aylanadi va Fransiya istemolchilari ularni AQSH televizorlari o’rniga sotib oladilar. SHu tariqa import samaraliroq manbadan kamroq samarali tomonga kuchiriladi desak mubolaga bo’lmaydi. Ushbu holat savdoni qaytarishdir – BIning salbiy savdo va farovonlik effekti hisoblanadi.
XX-XXI asrlar bo’sag’asida jahon iqtisodiyotida yangi termin globallashuv degan tushuncha paydo bo’lgan edi. Ushbu jarayon hozirgi kunda ko’pgina mamlakatlarning iqtisodchi olimlari tomonidan alohida ilmiy muammo sifatida tadqiq etilmoqda.
Globallashuv jarayoning rivojlanishi natijasida butun dunyo yagona global tizimga aylanishi sodir bo’ladi. Globallashuv jarayoni 1990 yillardan juda dolzarb masalaga aylandi, biroq mazkur jarayonning turli xil jihatlari ilmiy tadqiqotlarda 1960-1970 yillardan boshlab jiddiy muhokama qilina boshlagan edi.
Jahon iqtisodiyotining globallashuvi – bu, dunyo maydonini yagona hududga aylanishini anglatadi va bunda tovar va xizmatlar, kapital, axborotlar oqimining erkin harakati yuzaga keladi. Shuningdek, mazkur jarayon natijasida zamonaviy institutlar rivojlanishini rag’batlantiruvchi g’oyalarning tarqalishi va ularni
Tashuvchilarning erkin harakatlanishiga imkon yaratiladi.
Globallashuv jarayoni zamonaviy jahon iqtisodiyotining muhim tendentsiyalaridan hisoblanadi. Chunki ushbu jarayon jaxon iqtisodiyotida ro’y berayotgan boshqa tendentsiyalar kuchsiz namoyon bo’layotgan mamlakatlar iqtisodiyotida ham kuzatilmokda. Rivojlanayotgan mamlakatlarning aksariyat qismi transmilliylashish, integratsiyalashish va industriallashish jarayonlarnga kam jalb etilgan. Shu bilan bir vaqtda ushbu mamlakatlar jaxon tovarlar, xizmatlar, kapital (asosan iqtisodiy yordam ko’rinishida), ishchi kuchi (eksporterlar sifatida) va texnologiyalar bozorining faol ishtirokchilari sanaladi.
Jahon iqtisodiyotining globallashuvi – jahon iqtisodiyotining o’zaro bog’liq bo’lgan turli ishlab chiqarish soha va jarayonlarining kuchayib borishi, jahon xo’jaligida tovarlar, xizmatlar, kapital, ishchi kuchi va texnologiyalar bozorini asta-sekinlik bilan yagona bozorga aylanishini bildiradi.
Jahon iqtisodiyotida globallashuv jarayoni unga teskari jarayon iqtisodiy faoliyatning hududiy integratsiyalashuv jarayoni bilan birga kechmoqda. Ushbu jarayon cheklangan miqyosda, tovarlar va ishlab chiqarish omillarining erkin harakatiga asoslangan mamlakatlar guruhini qamrab oladi. Globallashuv tushunchasi yagona xalqaro iqtisodiy, huquqiy va madaniy-axborot makonini shakllanishini anglatadi. Globallashuv jarayoni iqtisodiy doiradan chiqqan holda jamiyat xayotining barcha asosiy sohalariga sezilarli darajada ta’sir ko’rsatadi. Bu jarayon XX oxiri XXI asr boshida jahon iqtisodiyotida alohida rol o’ynab, xalqaro iqtisodiy va siyosiy munosabatlarning yangi tizimini shakllanishiga kuchli turki berdi. Birinchidan, globallashuv mamlakatlar o’rtasidagi iqtisodiy masofani qisqartiruvchi aloqa vositalari va transport sohasida ilmiy-texnik taraqqiyotni jadallashuvini, xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvini hamda dunyo rivojlanishining ob’ektiv omillarini yuzaga keltiradi. Bu holat, dunyoning istalgan nuqtasidan zarur axborotni xoxlagan vaqtda olish va tezda qaror qabul qilishga imkon beradi, telekommunikatsiyaning zamonaviy tizimlari kapitalni xalqaro investitsiyalashni amalga oshirishni engillashtiradi. Dunyoning axborot integratsiyalashuvi sharoitlarida xo’jalik yuritishning xorijiy tajribasini o’zlashtirish va texnologiyalarni o’tkazish birmuncha tezlashadi. Globallashuvning ikkinchi manbasi – protektsionizm siyosatini cheklashga sabab bo’luvchi va jahon savdosini erkin qiluvchi savdoning liberallashuvi hamda iqtisodiy liberizatsiyaning boshqa shakllaridir. Buning natijasida turli xil savdo tariflari jiddiy ravishda pasaydi, tovarlar va xizmatlar savdosidagi boshqa ko’plab to’siqlar bartaraf etildi. Boshqa liberizatsiya tadbirlari ishlab chiqarishning qolgan omillari va kapital harakati kuchayishiga olib keldi. Baynalmilallashuv jarayonining uchinchi manbasi va globallashuvning asosiy manbalaridan biri transmilliylashuv hodisasi bo’ldi. Ushbu holatda transmilliy kompaniyalar etakchi kuch sifatida namoyon bo’ladi va ular bir vaqtning o’zida baynalmilallashuv jarayonining asosiy ishtirokchilari hisoblanadi. Globallashuv jarayoni barcha mamlakatlar iqtisodiyotida kuzatilmoqda. Ushbu jarayon mahsulotlar ishlab chiqarish, xizmatlar ko’rsatish, ishchi kuchlaridan foydalanish, investitsiya va texnologiyalarni bir mamlakatdan boshqalariga tarqalishiga ta’sir ko’rsatmoqda. Bularning barchasi pirovardida ishlab chiqarishning samaradorligi, mehnat unumdorligi va raqobatbardoshlikning oshishida namoyon bo’ladi. Aynan globallashuv jarayoni xalqaro raqobatlashuvni kuchayishiga olib keldi. Zamonaviy transmilliy korporatsiyalar, oldingi ishlab chiqarishga ixtisoslashgan TMKlardan farqli ravishda, asosan axborot va moliyaviy bozorlarda faoliyat ko’rsatmoqda. Mazkur bozorlarning global miqyosda birlashuvi sodir bo’lmoqda va natijada yagona jahon moliyaviy-axborot makoni shakllanmoqda. Bunga muvofiq tarzda TMKlarning va ular bilan chambarchas aloqador bo’lgan milliy iqtisodiy tuzilmalar hamda tashkilotlarning roli oshib bormoqda. Hozirgi paytda yangi texnologiyalarning 80% TMKlar tomonidan yaratilmoqda, ayrim holatlarda ularning daromadlari ayrim yirik mamlakatlarning yalpi milliy daromadidan oshib ketmoqda. Aytish joizki, dunyoning 100ta yirik iqtisodiyoti ro’yhatida 51ta o’rinni TMKlar egallagan. Ular faoliyatining muhim qismi gipertexnologiyalarni (yoki metatexnologiyalar) ishlab chiqish bilan bog’liq. Bular jumlasiga, yangi kompyuterlar avlodi, kompyuter dasturlari, ishlab chiqarishda foydalaniladigan texnologiyalarni va boshqalarni kiritish mumkin. Globallashuv jarayonining yana bir muhim jihati texnologik innovatsiyalar rivojlanishiga tegishli bo’lib, yangi texnologiyalar globallashuvni harakatga keltiruvchi kuch bo’lishi bilan birgalikda xalqaro raqobatlashuvni kuchaytirgan holda uning rivojlanishini va mamlakatlar o’rtasida tarqalishini rag’batlantiradi. Globallashuvning to’rtinchi manbasi sifatida erkin savdo tizimini va bozor iqtisodiyotini baholashda global hamfikrlikka erishishni keltirish mumkin. Aytish joizki, jahon iqtisodiyoti globallashuvining yana bir muhim xususiyati, XX asrning oxirgi yillarida moliya bozorlarining jadal rivojlanishida namoyon bo’ldi. Moliya bozorlarining (valyuta, fond, kredit va boshq.) yangi roli keyingi yillarda jahon iqtisodiyoti arxitekturasini keskin o’zgartirdi. Bir necha o’n yillar ilgari moliya bozorlarining asosiy maqsadi iqtisodiyotning real sektori faoliyatini ta’minlashdan iborat edi. Hozirgi davrda esa, jahon moliya bozoridagi o’zgarishlar butun dunyo mamlakatlari iqtisodiyotiga ta’sir ko’rsatishning muhim omili sifatida namoyon bo’lmoqda. Moliyaviy globallashuv jarayoni ayniqsa jahon iqtisodiyotining uchta asosiy markazlarida kuchaygan bo’lib, ularga AQSh, G’arbiy Evropa va Yaponiya kiradi. Moliyaviy spekulyatsiya operatsiyalari ham aynan mazkur uchtalik chegaralaridan tashqi dunyoga tarqaladi. Valyuta bozorining global aylanmasi bir kun davomida 0,9-1,1 trln. AQSh dollariga etadi.
Foydanalingan Adabiyotlar
1. ↑ Glebov G. I., Milaeva O. V. Sovremennie mejdunarodnie otnosheniya. Uchebnoe posobie. — Penza: Izd. Penz. gos. universiteta, 2010. — 98 s.
2. ↑ Коренюшкина Светлана Ильинична, Соловьев Кирилл Анатольевич (2015). Суверенитет в эпоху глобализации: теория и практика (Общество. Среда. Развитие (Terra Humana) nashri).
3. ↑ Novikova I. V. Globalizatsiya, gosudarstvo i rinok: retrospektiva i perspektiva vzaimodeystviya. — Mn.: Академия управления при Президенте Республики Беларусь, 2009.
Dostları ilə paylaş: |