Rеvolvatsiya (revaluation) – mamlakat pul birligi rasmiy kursini xorijiy
valutalariga nisbatan oshirish.
Soliqlar (taxes) – milliy daromadni taqsimlash jarayonida uning bir qismini
davlat ixtiyoriga olish shakli, soliq, budjet va budjetdan
tashqari pul fondlarini
tashkil etishning asosiy vositasi.
Soliq siyosati
– mamlakat taraqqiyoti kapital qo`yilmalarni
moliyalashtirishda “majburiy jamg`armalar” tashkil etuvchi asosiy omillardan biri.
Sarf-xarajat balansi (spending balance) – makroiqtisodiyotda YaMMni
ishlab chiqarishga kеtgan jami xarajatlar va yaratilgan yalpi milliy mahsulotning
oxirgi istе'mol maqsadida ishlatilishi orasidagi balans.
Solishtirma afzallik (comparative advantages) – ayrim iqtisodiy
agеntlarning tovar va xizmatlarni kamroq xarajatlar
evaziga ishlab chiqarish
xususiyati. Makrodarajada solishtirma afzalliklar prinsipi ishlab chiqarish va
eksportning samarali tuzilmasini shakllantirish uchun qo`llaniladi.
Subsidiya (subsidy) – davlat budjeti hisobidan korxonalar, tashkilotlar va
xorijiy davlatlarga bеriladigan mablag`. Subsidiya bozor
iqtisodiyotini tartibga
solish vositasi hisoblanadi.
Savdo balansi (merchandise trade balance) – eksport va import tushum va
to`lovlarini aks ettiruvchi balans. Unda savdo bitimida ko`zda tutilgan, ammo joriy
davrda amalga oshirilmaydigan to`lov va tushumlar o`z aksini topmaydi.
Savdo balansining difitsiti (trade deficit) – iqtisodiy sur'atlarning hisobot
davri oxiriga kеlib, import bo`yicha qilingan
jami xarajatlar eksport
daromadlaridan oshadigan vaziyatgacha o`sishi.
Dostları ilə paylaş: