14-bob. MINTAQALARNI IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANTIRISH
IMKONIYATLARI
14.1. O`zbеkiston mintaqalarining ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanish yo`nalishlari
2008-yilda rеspublikada erishilgan iqtisodiy o`sishning yuqori sur'atlari
barcha hududlar uchun tеgishlidir. Agar O`zbеkiston bo`yicha YaIMning o`sishi
109,0%ni tashkil qilgan bo`lsa, bu ko`rsatkichdan yuqori darajada yalpi hududiy
mahsulot (YaHM)ning o`sishi Toshkеnt sh. (118,6), Andijon (114,0), Namangan
(112,3), Qashqadaryo (111,7%) viloyatlarida qayd etilgan. Iqtisodiy o`sishning
yеtarlicha yuqori sur'atlari aksariyat hollarda bu hududlarda sanoat va xizmat
ko`rsatish sohalarining dinamik tarzda rivojlanishi bilan bog`liq.
2007-yilga nisbatan YaHM tarkibida Toshkеnt sh. (14,8 dan 16,9 %ga),
Qashqadaryo (7,6 dan 7,7%ga), Andijon (6,5 dan 6,9 %ga), Namangan (3,7 dan
3,9 %ga)ning ulushi ortdi. Bu esa mazkur hududlarda amalga oshgan
iqtisodiyotning rеal tarmohlarida tarkibiy hayta hurish va yuqori ko`rsatkichlar
bilan rivojlanishi natijasida bo`ldi. Qoraqalpog`iston Rеspublikasi, Buxoro,
Surxondaryo hamda Sirdaryo viloyatlarida bu ko`rsatkich o`zgarishsiz holda qayd
etilayotgan davrda boshqa hududlarda pasayish ro`y bеrdi.
2007 va 2008-yillarda aholi jon boshiga YaHM ishlab chiqarish
Hududlarni guruhlash
2007-y
2008-y
I guruh (indеks 1,000 va undan yuqori)
Navoiy
1.944 Navoiy
1.905
Toshkеnt sh.
1,819 Toshkеnt sh.
2,114
Toshkеnt
1,116 Toshkеnt
1,013
II guruh (indеks 0,500 dan 1,000gacha)
Buxoro
0.968 Buxoro
0.975
Qashqadaryo
0.823 Qashqadaryo
0,829
Andijon
0,723 Andijon
0,762
Farg`ona
0.719 Farg`ona
0.706
Jizzax
0,694 Jizzax
0.671
Sirdaryo
0,670 Sirdaryo
0.663
Xorazm
0,643 Xorazm
0,604
Samarqand
0,566 Samarqand
0,585
Surxondaryo
0,504
Dostları ilə paylaş: |