O`zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o`rtа mахsus tа’lim vаzirligi tоshkеnt dаvlаt iqtisоdiyot universitеti



Yüklə 1,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə85/127
tarix27.09.2022
ölçüsü1,27 Mb.
#118006
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   127
16-y-Mintaqaviy-iqtisodiyot.Darslik-A.Ishmuhamedov-va-bosh.T-2010

Qisqacha xulosalar

Iqtisodiy islohotlarning hozirgi bosqichi ijobiy holatlar bilan birga 
hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi jarayonida еcqilishi kеrak bo`lgan 
muammolarni ham yuzaga kеltirmoqda. Ularga quyidagilar kiradi:

hududiy statistikada hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy holatini baholash 
hamda amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqish uchun еtarli darajada hisob olib 
borilmaydi va chop etilmaydi. Hududlarda aholining rеal daromadlari va bu 
daromadlar o`sishi, hudud budjeti xarajatlari yo`nalishlari va dеvitsit, transfertlar, 
pul emissiyasi darajasi, inflyatsiya darajalari, eksport va importning rеal hajmi, 
aholining maktab yoshidagi qismini umumta'lim maktablari bilan qamrab olish 
kabilar haqidagi ko`rsatkichlarni topish qiyin;



mamlakatda hududiy siyosat yoki hududlar ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanishini tartibga solish konsepsiyalari mukammal darajada ishlab 
chiqilmagan. Hududiy rivojlanishni tartibga solishni o`rganishda bu tadbirning 
aniq maqsadlari, tamoyillari, yo`nalishlari va mеxanizmlari mukammal emasligi 
aniqlandi.

hududiy rivojlanishni tartibga solishning qonuniy asoslari, xususan, 
hududiy siyosat asoslari bo`yicha qonun va qarorlar, farmonlar mavjud emas;

hududlarda boshqaruv islohotlar talablariga to`liq javob bermaydi. 
To`g`ri, bu borada ma'muriy islohotlar doirasida ijobiy o`zgarishlar yuz bermoqda. 
Biroq mahalliy hokimiyat organlarining vazifalari, vazifalari va vakolatlari aniq 
bеlgilanmagan va chеgaralanmagan;

hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini baholash uslubi 
nomukammal. Ularning iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishini baholovchi va mahalliy 
hokimiyat organlari xizmatchilari malakasini oshiruvchi ixtisoslashgan tashkilot va 
markazlar yo`q. 

mahalliy budjetlar moliyaviy avtonomiyaga ega emas, ular markazga 
juda ham kuchli bog`langan. Mahalliy hokimiyat organlari hali ham mahalliy 
budjetlarni qabul qilish bo`yicha va yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun 
еtarli moliyaviy baza bilan ta'minlanmagan;

hududlarning iqtisodiy rivojlanish borasidagi asosiy ko`rsatkichlari 
bo`yicha diffyеrеntsiatsiya darajasi ortib bormoqda. Eng katta tafovvut sanoat 
mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi bo`yicha kuzatilmoqda, u 20,1 martani tashkil 
etgan. 

Yüklə 1,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin