O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi


Ovqat tarqatish va ovqatlanirish



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə159/168
tarix11.11.2022
ölçüsü0,69 Mb.
#119315
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   168
ТБПК.ХОЛМАТОВА.

Ovqat tarqatish va ovqatlanirish
Ovqat shifoxonani hamma bo’limlariga yagona oshxonada (ovqat pishiradigan joy) tayyorlanadi. Hamma bo’limlarda ovqat olib keladigan va tarqatadigan mas’ul shaxs markerda yozilgan haroratdan izalatsiyalangan idishda ovqatni olib keladi. Har bir bo’lim oshxonasida (tarqatish) ovqat isitish uchun plitalar mavjud bo’ladi, kerak bo’lsa ovqatni isitish uchun, birinchi suyuq ovqat va issiq ichimliklar 75°Cdan past, ikkinchi ovqat esa 65°Cdan past va salqin ovqat va ichimliklar 7-14°Cdan past bo’lmasligi kerak.
Ovqatni ovqat tarqatadigan hamshira yoki xona hamshirasi tarqatadi.
Yura oladigan bemorlar bo’lim oshxonasiga chiqadi. Yotoq rejimidagi bemorlarga ovqat tarqatadigan hamshira yoki xona hamshirasi oborib beradi. Ovqat tarqatishdan oldin xalat (tarqatish uchun) kiyishlari shart, farroshlar ovqat tarqatilgan paytda oshxonani tozalash ishlarini olib borishmaydi.
Ovqat tarqatish paytida bemorlar davo muolajalarini va fizioterapiyalarni toxtatib turishlari kerak. Kichik tibbiyot xodimi og’ir bemorlarga qo’lini yuvishga yordam berishlari kerak. Biroz bosh qismi ko’tariladi, agar qarshi ko’rsatmalar bo’lmasa. O’zi ovqatini yeya olmaydigan bemorlarga kichik tibbiyot xodimi yordam berish kerak. Suyuq ichimliklarni maxsus piyola idishida beriladi, suyuq ovqatni qoshiqlab bersa xam bo’ladi. Ovqat paytida bemor gaplashishi mumkun emas, ovqat massasi gapiryotgan paytida nafas yo’liga tushishi mumkun. Bemorni ovqatni oxirigacha yemasa zo’rlash kerak emas. Bir ozdan so’ng ovqatni isitib berish mumkun
Ovqatdan 20-30 daqiqadan so’ng bush idishlarni olish kerak.
Bir xil kasalliklarda og’iz orqali ovqatlanish qiyin yoki ilojisi bo’lmaydi (og’iz kasalliklarida, qizilo’ngach, oshqazon kasalliklarda va hushini yo’qotganda). U payt zond bilan oziqlantiriladi, ya’ni sun’iy ovqatlantiriladi. Sun’iy ovqatlantirish burun orqali va og’iz orqali qo’yilgan oshqazondagi zond orqali, yoki gastrastoma orqali ovqatlantiriladi.
Zond orqali ovqatlantirish.
Kerak bo’ladigan anjomlar:
-Diametri 0,5-0,8 smli rezinkali zond
-Vazelin yoki glitsirin
-Varonka yoki shprits Jane
-Suyuq ovqat (bulyon, choy, kisel’)
Ketma – ketligi:
-Perchatka kiyiladi
-Zond o’lchaniladi (burundan, quloq suprasi, xanjarsimon o’simtagacha) metka qo’yiladi.
-Zond moylanadi, vazelin yoki glitserin bilan.
-Burun pastki yo’lidan zondni 15-18 sm yuboriladi, orqa devori bo’ylab.
-Boshni biroz ko’tariladi, zondni metkagacha kiritiladi. Agar havo chiqmayotgan bo’lsa, bemor ovozi saqlangan bo’lsa demak zond oshqozonda.
-Zondni bir uchini varonkaga yoki Janega ulanadi.
-Ovqatni asta yuboriladi.
-Zondni toza suv bilan chayiladi va varonka olinadi.
-Zond uchiga qisqich qo’yiladi va halaqit bermasligi uchun bosh tomonga mahkamlanadi.
-Zondni sun’iy ovqatlantirish davri tugamaguncha olinmaydi (taxminan 2-3 xafta)

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   168




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin