Adabiyotlar O‗zbеkiston Rеspublikasining ―Turizm to‗g‗risidagi‖ qonuni. Xalq so‗zi / 1999 yil 20 avgust.
Хамидов О. Х. Безопасность питания туристов : монография / Хамидов О. Х., Сафаева С. Р., Очилова Х. Ф.. - Тошкент : Iqtisodiyot, 2017. - 145 с; 3.Сафарова Н. Н.Туризм ривожланишининг илмий-назарий асослари / Сафарова Н. Н., Нарзикулов М. П.. - Тошкент : IFMR, 2017.
15.1.Turistikfirmalarfaoliyatinirivojlantirishasoslari. Bozor iqtisodiyoti sharoitida har qanday tashkilot bir-biri bilan o‗zaro integratsiyalashuvsiz hech qanday rivojlanishga erisha olmaydi. Masalan, avtomobil ishlab chiqarish kompaniyalari bu kompaniya mahsulotlariga xizmat ko‗rsatadigan xususiy avtoservislarni amaliy jihatdan qo‗llab- quvvatlashi kerak. Chunki, avtoservislar kompaniya tomonidan chiqarilayotgan avtomobillarni ta‘mirlash bo‗yicha barcha qulayliklarga ega bo‗lsa, bu avtomobillarga bo‗lgan talab tabiiy ravishda oshib boradi. Xuddi shuningdek, turizm sohasidagi kichik va xususiy biznes subyektlari ham bir-biri bilan o‗zaro munosabatda bo‗lishlari turizm sanoatining istiqbolli rivojlanishiga olib keladi. Yuqoridagi bo‗limlarda aytib o‗tilganidek, turizm sohasida faoliyat ko‗rsatayotgan kichik va xususiy biznes subyektlari mos ravishda bevosita va bilvosita firmalarga bo‗linadi. Bevosita tadbirkorlik subyektlari turizm sohasiga to‗g‗ridan-to‗g‗ri aloqasi bo‗lgan har xil turistik sayohatlarni uyushtiruvchi agentliklar, turizm operatorlari, xususiy mehmonxonalar, kempinglar, xususiy sanotoriyalar va pansionatlar, xususiy ijara uylari va umuman olganda, turistik xizmatlarni ko‗rsatuvchi barcha firmalarni o‗z ichiga oladi61. Bilvosita tadbirkorlik subyektlari esa, mamlakatimiz ichki bozorlarida chet ellik turistlar ehtiyojini qondiradigan raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan kichik va xususiy biznes korxonalarini o‗z ichiga oladi.