O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti ishanova m



Yüklə 1,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/78
tarix28.03.2022
ölçüsü1,24 Mb.
#115019
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   78
fayl 773 20210505

Tug‘ilgan  kun.  Bolalarning  tug‘ilgan  kunini  oilada  nishonlash 
kichkintoylarning  o‘zi  uchun  ham  katta  bayram  hisoblanadi.  Bunday  tantanaga 
bolaga  uning  yoshiga  mos  keladigan  sovg‘alar,  shirinliklar, o‘yinchoqlar  berilishi 


114 
 
sabab  bo‘ladi.  Tug‘ilgan  kunga  bolaning  o‘rtoqlari  taklif  etiladi.  Bolalar  uchun 
alohida dasturxon yozilib, ular mehmon qilinadi. Shu asosda bolalarning mehmon 
kutish  va  mezbonlik  malakalari  shakllana  boradi.  Bolalarning  tug‘ilgan  kunlarini 
nishonlashda  turli  qiziqarli  o‘yinlar  tashkil  qilish  muhim  tarbiyaviy  ahamiyatga 
egadir. Bu o‘yinlarning asosiy mazmuni bolalarda ziyraklik, nutq madaniyati kabi 
ijodiy fazilatlarni rivojlantirishga yo‘naltirilishi lozim. 
Qadimda kishilarning tug‘ilgan kunlarini nishonlash odati keng tarqalmagan.  
Ilgari  ko‘p  sharq  xalqlarida,  o‘zbeklarda  ham  “yil  boshi”  (navro‘z)da  kishining 
umriga  yosh  qo‘shiladi  deb  hisoblangan.  Shu  sababli  “Navro‘z”  tabiatning 
yangilanish  bayrami  bo‘libgina  qolmay,  u  barcha  uchun  “yosh  oshdi”  tantanasi 
hisoblangan.  Hozirgi  paytda  tug‘ilgan  kun  bilan  tabriklash  oilada,  do‘stlar 
davrasida,  ish  joylarida  ham  odat  tusiga  kirdi.  Ko‘pgina  muassasalarda 
yubileylarni  nishonlash  yaxshi  an’ana  bo‘lib  qolmoqda.  Tug‘ilgan  kunni 
nishonlash    o‘zbeklar    uchun    yangi  odat.    Ammo  12  yosh  –  muchal  to‘yini,                 
63 yosh – “payg‘ambar yoshi”ni nishonlash an’anasi  qadimdan  mavjud. 
Beshik  to‘yi. Qadim zamonlardan har bir oilada o‘tkazib kelingani tufayli, 
bu    marosim  xalq  madaniy  hayotining  ajralmas  qismiga  aylanib  qolgan.  Beshik 
to‘yi haqida ma’lumot berishdan oldin beshikni o‘ziga ta’rif bersak o‘rinli bo‘lardi. 
Beshik insoniyat tarixida yaratilgan buyuk kashfiyotlardan biridir. Beshik bolaning 
2-3 yoshgacha ulg‘ayishi uchun juda foydalidir. U kichik, ixcham bo‘lgani uchun 
istalgan  joyga  ko‘chirib  olib  brish  mumkin.  Beshik  go‘dakni  ovutish,  erkalash, 
uxlatish uchun o‘taqulay tuzilishga ega. 
 Beshik  bolani  tashqi  ta’sirlardan  himoya  qiladi  (sovuqdan,  issiqdan, 
zaxdan).  Beshik  bolaning  qo‘l-oyoq  harakatlaridan  bexos  cho‘chimay,  biror 
narsaga  urilmay,  yotgan  joyida  ag‘darilib  ketmay,  quruq,  osoyishta  uxlashiga 
imkon beradi. 
Chaqaloq  tug‘ilgandan  keyingi  muhim  tadbirlardan  biri  –  bolani  beshikka 
solish  marosimi va beshik  to‘yidir. Toshkentda farzand tug‘ilganiga 7 yoki 9 kun 
to‘lganda  bolani  beshikka  solish  marosimi  o‘tkaziladi.  Go‘dakning  chillasi 
chiqgach,  qudalarning    kelishuvi  asosida  beshik  to‘yini  o‘tkazish  odat  tusiga 


115 
 
kirgan.  Beshik  to‘yidan  oldin  kelinning  onasi  o‘z  nabirasi  uchun  sarpolar 
tayyorlaydi.  Qarindosh-urug‘lar  ham  beshik  to‘yida  chaqaloqqa  atab  sovg‘alar 
keltirishadi. 
Bolaning  ilk  tishi  chiqishi  ham  oilada  quvonchli  voqeaga  aylanadi. 
Bolaning  ota-onasi,  qarindoshlari  buni  katta  xursandchilik  bilan  nishonlaganlar: 
bug‘doy  qovurmoch  tayyorlab,  bolalarga  tarqatishgan,  kampirlarni  chaqirishib 
guruchli taomlar bilan siylashgan. 
O‘zbeklarda  soch    to‘yi  bolanig  sochini  ilk  bor  olish  ham  ma’lum  tartib 
asosida  amalga  oshirilgan.  Bolaning  sochini  ilk  bor  buvisi  yoki  bobosi  yaxshi 
niyatlar bildirib olganlar. 

Yüklə 1,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin