Tayanch so’z va iboralar:«Badoe-al-lug’at», «Abushqa», Mirza Mehdixon asari,
«Muntaxab-al-lugat»,Fath Alixon Kojariy lugati.
Eski o'zbek adabiy tili, xususan, Alisher Navoiy asarlari tili bo'yicha yaratilgan dastlabki
lugatlardan biri «Badoe-al-lug'at» asaridir. Lug'at muallifi Toli Imoniy Hiraviyning hayoti to'grisida
ma'lumot yo'q. Asarni Husayn Boyqaro farmoniga kffra yozgani esa uning Navoiy bilan bir davrda
yashaganidan dalolat beradi.
Lug'atning kirish qismida muallif turkiycha lug'atlardan foydalangani haqida yozadi. Bu fakt
o'sha davrda Hirotda boy turkiycha lugatshunoslik an'anasi mavjud bo'lganini ko'rsatadi.
«Badoe-al-lug’at»da so'zlar alfavit tamoyili asosida joylashtirilgan va turkiycha so'zlarning
ma'nolari fors tilida izohlangan. So'zlar izohida, leksik-semantik ta'rif (izoh, tushuntirish) bilan bir
qatorda, fonetik, orfografik va morfologik ma'lumotlar ham keltirilgan. Fonetik-orfografik
ma'lumotlar so'zning talaffuzi va yozilishi xususidagi qoidalardan tashkil topgan. Lug'at muallifi bir
xil yoziladigan so'zlarni qanday diakritik belgi bilan ta'minlash kerakligiga alohida e'tibor bergan.
Lug’atda so'zlarning morfologiyasi arab filologik an'anasi asosida puxta ishlangan. Ot so'zlar
bosh kelishikda, birlik sonda, fe'l so'zlar esa masdar shaklida (-moq va —mak shaklida) keltirilgan.
Yordamchi so'zlar alohida berilgan.
Lug'atning illyustrativ materiali Alisher Navoiyning «Xamsa», «Chor devon» asarlaridan olingan.
Toli Imoniy Hiraviyning «Badoe-al-lug'at» asari boyicha bir qancha ilmiy tadqiqot ishlari
amalga oshirildi. Bu lugatning fotokopiyasi bilan ruscha tarjimasi alohida kitob holida
A.K.Borovkov tomonidan nashr ettirildi.
«Abushqa» Alisher Navoiydan keyin uning boy adabiy va ilmiy merosni izohlash, uning
asarlarida qo'llangan so'zlarni, so'z shakllarini fors va boshqa turkiy tillarga tarjima qilish kabi
filologik ishlar bajarildi. Shu munosabat bilan keyinchalik olimlar tomonidan «chigatoy form»
(chig'atoy tili termini «eski o'zbek tili» ma'nosida qo'llangan), «chig'atoy-titrk»,kabi lug'atlar tnzildi.
«Abushqa»ning bizga ma'lum bo'lgan nusxasi 1560 yilda yozilgan. Tadqiqotchilar bu
lug'atdagi birinchi so'zni unga nom sifatida qoilab, «Abushqa» («qariya», «chol») deb ataydilar.
«Abushqa» birinchi marta 1862 yilda qisqartirilgan holda vengr otimi German Vamberi
tomonidan nashr qilinadi. To'la holda 1868 yilda V.V.Velngyaminov-Zernov tomonidan Peterburgda
nashr qilinadi,
“Abushqa” lugatining nomi ham, muallifi ham noma'lum. Lug'at ichidagi birinchi so'z bilan
«Abushqa» deb atab kelinadi. Bu lug'at «Badoe-al-lugat» asariga ko'p jihatdan yaqin. «Badoe-al-
lug'at» XV asrda yaratilgan bo'lsa, "Abushqa" XVI asrning birinchi yarmida yaratilgan. Har ikkala
lugatda misollar Alisher Navoiy asarlaridan olingan.
A.K.Borovkovning ta'kidlashicha, "Abushqa"ning muallifi "Badoe-al-lugat"ni yaxshi bilgan.
Bu lug'atlar orasidagi yaqinlik ularda kafp so'zlarning bir xil izohlanishi va ularda keltirilgan
27
illyustrativ materialning bir-biriga (fxshash ekanligida kdrinadi. Lekin bu o'xshashliklar "Abushqa"
"Badoe-al-lugaf'ning kafchirmasi ekan degan ma'noni anglatmaydi. Bu lug'atlar orasida bir qancha
farqlar mavjud. Masalan, Toli Imoniy Hiraviyning lug'atida forslar uchun tushunarsiz bo'lgan eski
o'zbekcha so'zlarning ma'nolari fors tilida izohlangan, "Abushqa"da esa turklar (usmonli turklar)
uchun tushunarsiz bo'lgan eski o'zbekcha so'zlarning ma'nolari turk tilida izohlangan. Shuning uchun
bu lug'atlarning mundarijasi katta farq qiladi.
Dostları ilə paylaş: |