332
1
1 so`m =
Rossiya rubli yoki 1 Rossiya rubli = 47.00 so`m
47.00
Buyuk Britaniyada funt sterling, Avstraliya dollari va
eKYUning kursi teskari kotirovkalash yordamida o`rnatiladi. Agarda
ikki valyuta o`rtasidagi nisbat qandaydir uchinchi valyutaga nisbatan
olingan kurslarida aniqlansa, bunday nisbatni «krosskurs» deb
ataladi.
Masalan: 1 AQSH dollari = 30.00 Rossiya rubli
1 AQSH dollari = 5.00 Ukraina grivna
1 Ukraina grivnasi = 6.00 Rossiya rubli
Ko`rinib turibdiki, (krosskurs)
yuqorida keltirilgan nisbat
Ukraina
grivnasining
Rossiya
rubliga
nisbatan
aniqlangan
krosskursidir. Ushbu misolda AQSH dollari uchinchi valyuta sifatida
gavdalanadi. Jahon amaliyotida asosan uchinchi valyuta sifatida
AQSH
dollari
qo`llaniladi,
ya`ni
barcha
valyutalar
jahon
ayirboshlashida aynan shu valyutaga nisbatan kotirovka qilinadi.
Krosskursdan foydalanish ancha og’ir va tavakkaldir. Ammo
ularni qo`llash quyidagi 2 holatda zarur va foydalidir;
– sizning talabingizdagi valyutaga ega bo`lgan sotuvchilarda
sizning valyutangizga talab mavjud emas. (Masalan, so`mni
YAponiya ienasiga almashtirish kerak.
Bu erda uchinchi valyuta
AQSH dollari bo`lsin. YAponiya ienasi sotayotganlar ichida sizning
valyutangizni sotib olishni xohlaydiganlar yo`q).
Oldi sotdi bitimlarini amalga oshirishda valyuta bozorida
quyidagi valyuta kurslarining ko`rinishlaridan foydalaniladi;
«Spotkurs» bu naqd (kassa) bitimlarning kursidir. Spotkurs bu
bir mamlakat pul birligining shartnoma tuzilgan vaqtda o`rnatilgan
baho bo`yicha boshqa mamlakatlar pul birliklarida ifodalangan
bahosidir. Bunda valyutani valyuta bitimi tuzilgan kundan boshlab 2
ish kunida almashtirib berish shart hisoblanadi. «Forvard» kurs–bu
muddatli valyuta bitimlarining kursidir.
Forvard kursi valyutani kelajakda aniq bir kunga etkazib berish
sharti bilan sotilish va xarid qilish bahosini o`zida ifoda etadi.
Forvard bitimlari, odatda, valyuta kurslarining o`zgarishi
natijasida yuzaga keladigan xavfxatarlarni
bartaraf qilish maqsadida
ishlatiladi. Bitim tuzilayotgan paytda forvard kursda aniqlanadi va ana
333
shu kurs bo`yicha valyuta sotiladi yoki sotib olinadi. Agar shartnoma
muddati tugagan kunda kurs shartnoma kursidan farq qilsa, unda bir
tomon foyda ko`radi ikkinchi tomon esa zarar ko`radi. Masalan, siz
2003 yil 1 yanvarda 1$=965 so`m kursida sotib olish bitimini
tuzdingiz. Ammo 2003 yil 1iyun kuni 1$=970 so`mni
tashkil etdi,
natijada siz har bir dollarga 5 so`m miqdorida qo`shimcha foyda
ko`rdingiz.
Agar 1iyun kuni 1$=963 so`mni tashkil etsa, unda har bir
dollardan 2 so`mdan zarar ko`rasiz.
Muddatli bitimlar bo`yicha valyuta kurslari (report) ustama
yoki dastxat metodi bo`yicha kotirovka qilinadi va «autrayt» kurslari,
deb ataladi.
Forvard kurs + Spot kurs + Ustama Forvard kurs +
Spot kurs
Diskont.
Misol.
Bitim summasi 1 mln
Bitim muddati 90 kun
Bitim valyutasidagi kreditning % stavkasi (USD) 3,5 %
Baholovchi valyutadagi depozitlarga to`lanadigan % stavkasi (DEM)
5,5 % Cpot kurs 1 = 1,52101,5220 DEM
Dostları ilə paylaş: