O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti


Kaykovus ota-onaning yana bir muhim vazifasi farzand balog‘atga yetgach



Yüklə 0,98 Mb.
səhifə28/150
tarix26.11.2023
ölçüsü0,98 Mb.
#134982
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   150
Maktabgacha va boshlang’ich-hozir.org

Kaykovus ota-onaning yana bir muhim vazifasi farzand balog‘atga yetgach, o‘g‘il bo‘lsa uylantirib, qiz bo‘lsa uzatib, o‘z burchini ado etishi kerak, deb ko‘rsatadi. Ayniqsa qiz bola tarbiyasiga e’tibor berish, unga g‘amxo‘rlik qilish kerakligini alohida qayd etadi: “Agar qizing bo‘lsa, uni mastura doyalarga topshirg‘il, toki yaxshi parvarish qilg‘aylar va kattaroq bo‘lg‘andin so‘ng muallimga topshirg‘il ... Balog‘atga yetgandan so‘ng harakat qilib erga berg‘il, unga shafqat va marhamat ko‘rguzg‘il, nedinkim qiz otaning asiri bo‘lur”.
Kaykovusning hayotida xulq-odob qoidalariga qanday rioya etish haqidagi, yoshlarni adolatparvar, insonparvar, saxovatli, qanoatli, muruvvatli bo‘lishi haqidagi qarashlari, ayniqsa diqqatga sazovor. Ular yaxshilik va yomonlik o‘rtasidagi qarama-qarshilik asosida bayon etilgan: “Ey farzand, yaxshilik qil va qilg‘on yaxshilikdan hargiz pushaymon bo‘lmag‘il. Bir kishiga bir yaxshilik qilsang, ko‘rgilki, yaxshilik qilg‘on vaqtda u kishiga naqadar rohat yetg‘on bo‘lsa, sening ko‘nglingga ham undan ziyodroq shodlik va xurramlik yetishur. Agar kishiga yomonlik qilsang, unga naqadar ranj yetsa, sening ko‘nglingga ham ul miqdor tanglik yetishur. Demak, bu jahonda yaxshilik va yomonlik mukofoti, albatta, yetgusidur”. Kaykovusning kundalik turmushdagi xulq-odob qoidalariga oid fikrlari asarning “Majoz (hazilmazah) qilmoq, shatranj (shaxmat), nard o‘ynamoq zikrida”, “Shikorga (ovga) chiqmoq zikrida”, “Chavgon o‘ynamoq zikrida”, shuningdek, ovqatlanish, dam olish, hammomga borish, mehmondorchilik, sharob ichishga bag‘ishlangan boblarida bayon qilingan bo‘lib, hozirgi paytda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Bunday xulq-odob qoidalari inson kamolotini ko‘rsatuvchi sevgi va muhabbat, do‘st tanlash va dushmandan saqlanish masalalarida ayniqsa, namoyon bo‘ladi. “Ishq va uning odatlari zikrida” bobida
Kaykovus ishqda yanglishmaslikni, latif ta’b bo‘lishni manzur ko‘radi. “Ey farzand, to kishining ta’bi latif bo‘lmag‘uncha oshiq bo‘lmag‘usidir, nedinkim ishq beshak
ta’bi latiflikdin paydo bo‘lur. Har narsaki, ta’bi latiflikdan paydo bo‘lsa, u beshak latif bo‘lur. Shul vajdankim, latif ta’bdin latiflik tug‘ilur ...” “G‘aliz ta’b va yalqov kishi hech vaqt oshiq bo‘lmas”, — deb haqiqiy oshiqqa xos his-tuyg‘ularni ifodalaydi. U oshiqlikda ehtiyot bo‘lishga undaydi. “O‘zingni saqlag‘il va oshiqlikdan parhez qil,” — deydi. U ishq dardiga mubtalo bo‘lish jarayonini shunday ta’riflaydi: “... avval bir zebo suratni ko‘rgusidur, undir so‘ng ko‘ngulga pisand (ma’qul) tushgusidir. Ko‘ngulga pisand tushg‘ondin so‘ng ta’b unga moyil bo‘lur, ko‘ngil uning suratini taqozo qilur”, — deb birinchi ko‘rganda “Uni (ma’shuqani) yana bir ko‘rmoq ta’birida” bo‘ladi, ikkinchi marta “ko‘ngling havosi g‘olib” bo‘ladi, uchinchi marta ko‘rganda “ixtiyorni qo‘lingdan berursan”, — deydi. Shuning uchun ham oshiq o‘zini qo‘lga olishi kerakligi, “aqlni ko‘ngulga muakkal (vakil etilgan)” qilib, o‘zga narsalar bilan mashg‘ul bo‘lsa, ishq dardidan asta-sekin
xalos bo‘lishi mumkinligini uqtiradi. U ayniqsa, keksalarning hamda poshoh-hukmdorlarning keksalik davrida oshiqlikdan o‘zini tiyish zarurligini alohida ta’kidlaydi. Demak, Kaykovus sevgini insoniy tuyg‘u sifatida ta’riflasa ham undan o‘zini tiyish yo‘llarini bayon etadi, lekin har bir yosh boshiga ishq savdosi tushganda har qanday nasihatga itoat eta olmasligini ham qayd etib, shuni ko‘rsatadi: “Bas, agar oshiq bo‘lsang shundoq kishiga bo‘lgilki, ul ma’shuqlikka loyiq bo‘lsin, Batlimus va Aflotundek kishi bo‘lmasa va Ya’qubning o‘g‘li Yusufdek sabohati (husni) bo‘lmasa ham, bir oz malohati bo‘lsun... Ammo bir joyga mehmon bo‘lsang, ma’shuqangni o‘zingga hamroq qilib olib bormog‘il. Kaykovus yuksak axloqlilikning yana bir tarkibiy qismi do‘stlik deb biladi va do‘st tutmoq odobi haqida fikr bayon etar ekan, uning asosiy talablarini talqin etadi.
Kaykovus, avvalo, inson do‘stsiz bo‘lgandan ko‘ra, birodarsiz bo‘lgani durustdir, deydi. Kishining do‘sti qancha ko‘p bo‘lsa, aybi shuncha sir tutiladi va fazilati ko‘payadi. Kaykovus qiyinchiliklarda hamdard, tayanch bo‘ladigan, sadoqatli, ta’magir, hasadchi bo‘lmagan, aqlli, ilmli, muruvvatli kishilarni do‘st tutish mumkin, deb ta’kidlaydi. Shuningdek, do‘st bilan dushmanni ajrata bilish, dushman oldida o‘zini ojiz ko‘rsatmaslik, kuchli dushman va xiyonatchi, chaqimchi, sir ochuvchi do‘stdan saqlanishni maslahat beradi. U quyidagi xislatlarni har bir kishi o‘zida tarkib toptirishni ta’kidlaydi. Bular: o‘zidan zo‘r kishi bilan urushmaslik, hasadchi kishi bilan birga jamoat o‘rtasida o‘tirmaslik, nodon bilan munozara qilmaslik; riyokor, ikkiyuzlamachi kishi bilan do‘st bo‘lmaslik; yolg‘onchi kishi bilan muomala qilmaslik; baxil bilan suhbatda bo‘lmaslik; dushman kishi bilan sharob ichmaslik; xotinlar bilan bir yerda ko‘p o‘tirmaslik; kishilarga sir aytmaslik; biror kishi aybingni aytsa, shu aybni yo‘qotishga harakati kilish, biror kishini ortiqcha maqtash yoki ortiqcha yomonlamaslik, muhtoj bo‘lgan odamni hojatini chiqarish, kechirimli bo‘lish, kichiklarga mehribon bo‘lish; bir ishni ikki kishiga buyurmaslik, ya’ni sheriklik ish qilmaslik kabi hayotiy tavsiyalardir. Bulardan ko‘rinib turibdiki, Kaykovus do‘stlikni insonning kamolotini ko‘rsatuvchi axloqiy
xislatlardan biri sifatida talqin etgan.

Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin