O„zbekiston respublikаsi oliy vа o„rtа mаxsus tа‟lim vаzirligi buxoro davlat universiteti tahirov Behzod Nasriddinovich axborot xavfsizligi asoslari



Yüklə 3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/107
tarix13.12.2023
ölçüsü3 Mb.
#140177
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   107
13241 2 62D59433227506AEF1BEA6CA35C85C6376F78A92

Axborot xavfsizligi
– bu uzatiluvchi, yig‗iluvchi va saqlanuvchi axborotning 
xususiyati (holati) bo‗lib, uning tashqi muhit (inson va tabiat) va ichki 
tahdidlardan himoyalanganlik darajasini xarakterlaydi.
Axborotni muhofaza qilish keng ma‘noda axborot xavfsizligiga tahdidni 
oldini olish va ularning asoratlarini yo‗q qilishga qaratilgan tashkiliy, huquqiy va 
texnik choralar kompleksini bildiradi.
Axborotni muhofaza qilish axborotga bo‗lgan salbiy ta‘sir manbalarini hamda 
sabab va sharoitlarni aniqlash va bartaraf etish ma‘nosini anglatadi.
Bu manbalar axborot xavfsizligiga tahdidlarni tashkil etadi.
Axborotni muhofaza qilish quyidagilarga yo‗naltirilgan:

axborot xavfsizligini ta‘minlash bo‗yicha tahdidlarning oldini olish;

tizimli tahlil va nazorat orqali real va ehtimoli katta bo‗lgan 
tahdidlarni aniqlash va ularni o‗z vaqtida oldini olish choralari;

aniq tahdidlar va jinoiy harakatlarni aniqlash maqsadida tahdidlarni 
topish;

jinoiy harakatlarni bartaraf etish, shuningdek aniq jinoiy harakatlarni 
hamda tahdidlarni yo‗q qilish bo‗yicha choralar ko‗rish;

tahdid va jinoiy harakatlarning oqibatlarini yo‗q qilish va mavqeini 
saqlash.
Ushbu barcha usullarning maqsadi axborot resurslarini noqonuniy 
tahdidlardan himoya qilish va quyidagilarni ta‘minlashdan iborat:

konfedensial axborotlarning tarqab ketishini oldini olish;

konfedensial axborot manbalariga noqonuniy kirishni taqiqlash;

axborotning butunligi, to‗liqligi va undan foydalana olishni saqlash;

axborot konfedensialligiga rioya qilish; 

mualliflik huquqlarini ta‘minlash.
Yuqoridagilarni e‘tiborga olib, axborotni muhofaza qilish deganda davlat
jamiyat va shaxslarning axborot xavfsizligini ta‘minlashga yo‗naltirilgan usul, 
vosita va choralar majmuini tushunish mumkin.

Yüklə 3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin