O„zbekiston respublikаsi oliy vа o„rtа mаxsus tа‟lim vаzirligi buxoro davlat universiteti tahirov Behzod Nasriddinovich axborot xavfsizligi asoslari


-rasm. Kriptotizimning “qora quti” sifatidagi ko„rinishi



Yüklə 3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/107
tarix13.12.2023
ölçüsü3 Mb.
#140177
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   107
13241 2 62D59433227506AEF1BEA6CA35C85C6376F78A92

2.6-rasm. Kriptotizimning “qora quti” sifatidagi ko„rinishi. 
Axborotni himoyalash uchun kodlashtirish va kriptografiya usullari 
qo‗llaniladi. 
Kodlashtirish deb, axborotni bir tizimdan boshqa tizimga ma‘lum bir belgilar 
yordamida belgilangan tartib bo‗yicha o‗tkazish jarayoniga aytiladi. 
Kriptografiya deb maxfiy xabar mazmunini shifrlash, Ya‘ni ma‘lumotlarni 
maxsus algoritm bo‗yicha o‗zgartirib, shifrlangan matnni yaratish yo‗li bilan 
axborotga ruxsat etilmagan kirishga to‗siq qo‗yish usuliga aytiladi. 
Kalit- matnni shifrlash va shifrini ochish uchun kerakli axborot. 
Kriptoanaliz - kalitni bilmasdan shifrlangan matnni ochish imkoniyatlarini 
o‗rganadi. 
Kriptografiya himoyasida shifrlarga nisbatan quyidagi talablar qo‗yiladi: 
• yetarli darajada kriptobardoshlilik; 
• shifrlash va qaytarish jarayonining oddiyligi; 


39 
• axborotni shifrlash oqibatida ular hajmining ortib ketmasligi
• shifrlashdagi kichik xatolarga tasirchan bo‗lmasligi. 
Shifrlash va deshifirlash masalalariga tegishli bo‗lgan, ma‘lum 
bir alfavitda tuzilgan ma‘lumotlar matnlarni tashkil etadi. Alfavit - axborotlarni 
ifodalash uchun foydalaniladigan chekli sondagi belgilar to‗plami. Misollar 
sifatida: 
• o‗ttiz oltita belgidan (harfdan) iborat o‗zbek tili alfaviti
• o‗ttiz ikkita belgidan (harfdan) iborat rus tili alfaviti; 
• yigirma sakkizta belgidan (harfdan) iborat lotin alfaviti; 
• ikki yuzi ellik oltita belgidan iborat ASSII kompyuter belgilarining 
alfaviti; 
• binar alfavit, Ya‘ni 0 va 1 belgilardan iborat bo‗lgan alfavit; 
• sakkizlik va o‗n oltilik sanoq sistemalari belgilaridan iborat bo‗lgan 
alfavitlarni keltirish mumkin. 
Simmetrik shifrlarda ma‘lumotni shifrlash va deshifrlash uchun bir xil 
kalitdan foydalaniladi. 
Sodda shifrlar va ularning xossalari 
An‘anaviy (klassik) shifrlash usullariga o‗rinlarini almash- tirish shifrlari, 
oddiy va murakkab almashtirish shifrlari va ularning kombinatsiyalari va 
modifikatsiyalari kiradi. Ta‘kidlash joizki, o‗rinlarini almashtirish shifrlari va 
almashtirish shifrlarining kombinatsiyalari amaliyotda qo‗llanilayotgan har xil 
turdagi simmetrik shifrlarni tashkil etadi. 
O‗rinlarini almashtirish shifrlarida shifrlanadigan matnning harflari shu 
matn bloki ichida ma‘lum qoidalar bo‗yicha o‗rin almashtiriladi. O‗rinlarini 
almashtirish shifrlari eng sodda va eng qadimiy hisoblanadi. 
Shifrlovchi jadvallar. Tiklanish (XIV asr oxirlari) davrining boshlarida 
o‗rinlarini almashtirish shifrlarida shifrlovchi jadvallardan foydalanilgan. 
Shifrlovchi jadvallarning kaliti sifatida: jadvalning o‗lchami; o‗rin 
almashtirishni belgilovchi so‗z yoki jumla; jadval tuzilishining xususiyati 
bo‗lgan. 
Kalit sifatida jadvalning o‗lchami berilishi eng sodda jadvalli shifrlash 
hisoblanadi. Quyidagi matn berilgan bo‗lsin: 
AXBOROT XAVFSIZLIGI ASOSLARIDA 
Ushbu axborot ustun bo‗yicha ketma – ket jadvalga kiritiladi: 

Yüklə 3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin